2007-12-30

Muqaddas Ruh amri bilan yashash

Bashariy tana amri bilan yashagan imonli kishi Xudoga manzur bo'la olmaydi.
Muqaddas Ruh amri bilan yashagan imonli e'sa Iso orqali Xudoga to'liq manzur bo'ladi va Ruh uning hayotida O'z ishini amalga oshiradi.
Quyidagi oyatlarda shu haqida yozilgan:

Rimliklarga 8:1-8

1 Shunday qilib, Iso Masih ummati bo'lganlarga (bashariy tana amri bilan e'mas, Ruh amri bilan yashayotganlarga) qarshi e'ndi hech bir mahkumlik yo'qdir.
2 Iso Masih ummatiga hayot beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi.
3 Inson tabiati ojizligi tufayli Ilohiy Qonun o'zi ham ojiz bo'lib qoldi. Qonun ulgura (ya'ni qila) olmagan ishni e'sa Xudo qildi: U O'z O'g'lini gunohkor insonga o'xshatib olamga yubordi va Uni gunoh uchun qurbonlikka bag'ishladi, shu yo'sin inson tabiatidagi gunohni mahkum qildi.
4 Xudo buni, Ilohiy Qonun talablari tabiat amri bilan e'mas, Ruh amri bilan yashayotgan bizlarda bajo bo'lsin, deb qildi.
5 Bashariy tabiat amri bilan yashaydiganlar bashariy fikr qiladilar. Ilohiy Ruh amri bilan yashaydiganlar ilohiy fikr qiladilar.
6 Bashariy tabiatning murod-maqsadi – o'limdir. Ilohiy Ruhning murod-maqsadi – hayot va tinchlikdir.
7 Bashariy tabiatning murod-maqsadi Xudoga dushmanlikdir; chunki bunday tabiat Xudoning Qonuniga itoat qilmaydi hamda qila olmaydi.
8 O'z tabiati amri bilan yashaydigan odamlar Xudoga manzur bo'la olmaydilar.

2007-12-24

Iso Masih tug'ilgan kuni hammaga muborak bo'lsin!

Iso Masih tug'ilgan kuni hammaga muborak bo'lsin!
Sizga tinchlik va marhamat bo'lsin!

Aslida Iso 25-dekabrda tug'ilmagan, chunki cho'ponlar qo'ylari bilan dalada e'dilar (Luqo 2:18), ular e'sa qish sovug'ida dalada bo'lmaydilar. Tarixda ko'p odamlar turli xil kunlarni Isoning tug'ilgan kuni deb belgilashgan. Nima bo'lganda ham, Muqaddas Ruh ilhomi bilan yozilgan Xushxabarlarda Iso qaysi kuni tug'ilgani ko'rsatilmagan.
Masihiylar har kuni Isoning tug'ilganini nishonlashi kerak, chunki bu hodisa hammamiz uchun buyuk ahamiyatga e'ga. Iso Masih bu dunyoga kelib, gunoh uchun o'lib va uchinchi kuni qayta tirilib, Unga ishongan hamma insonlarga najot berdi. Agar siz hali Isoga ishonmagan bo'lsangiz, Xudodan ibodat qilib so'rang - U sizga vahiy orqali shu haqiqatni ochib beradi. Isoga ishonib abadiy hayotga e'rishing! Chunki faqat Iso nomi orqali inson abadiyatga e'rishishi mumkin! Undan boshqa Najotkor yo'q! Omin.

Mana Luqo xushxabarida bayon e'tilgan Isoning tug'ilgan kuni:

Iso Masihning tug'ilishi
1 O'sha kunlarda Qaysar Avgust butun Rim dunyosidagi aholi ro'yxatga olinsin, degan farmon chiqardi. 2 Shunday qilib, Suriyada Kviriniy hokimlik qilganda ilk bor ro'yxatga olish sodir bo'ldi. 3 Har kim ro'yxatdan o'tish uchun o'z shahriga bordi.

4 Shuningdek, Yusuf ham Jalilaning Nosira shahridan Yahudiyaga, Dovudlar shahri Baytlahmga bordi. Chunki u Dovud nasabi va xonadonidan e'di. 5 U o'ziga unashtirilgan qiz, homilador Maryam bilan birga ro'yxatdan o'tmoqchi bo'ldi. 6 Ular o'sha erda bo'lganlarida e'sa Maryamning oy-kuni to'ldi. 7 U o'zining to'ng'ich o'g'lini tug'di. Uni yo'rgaklab, oxurga yotqizib qo'ydi, chunki musofirxonada ularga joy yo'q e'di.

Cho'ponlar va farishtalar
8 O'sha yurtda cho'ponlar bor e'di. Ular tunda suruvlarini poylab, dalada tunar e'dilar. 9 To'satdan Xudovandning farishtasi ularning oldida paydo bo'ldi va ilohiy nur ularning ko'zlarini qamashtirdi. Bu dahshat cho'ponlarni vahimaga soldi.

10 – Qo'rqmanglar! – dedi ularga farishta. – Men sizlarga e'l-xalqni cheksiz quvontirajak Xushxabarni keltirdim. 11 Bugun Dovudlar shahrida sizlar uchun Xaloskor tug'ildi. U Rabbimiz – Masihdir. 12 Mana, sizlarga Uning belgisi: yo'rgaklangan, oxurda yotgan chaqaloqni topasizlar.


13 Birdaniga farishta yonida lak-lak samoviy qo'shinlar bo'y ko'rsatdi. Ular Xudoga hamdu sano aytishardi:

14 «Samodagi Xudoga hurmatu izzat,
      Erdagi bandalarga tinchligu marhamat!»


15 Farishtalar ular oldidan osmonga ko'tarilgan zamon, cho'ponlar o'zaro so'z qotdilar:

– Qani kelinglar, Baytlahmga borib, Xudovand bizga bildirgan bu voqeani ko'raylik!

16 Ular yugura borishib, Maryam, Yusuf va oxurda yotgan chaqaloqni topdilar. 17 Ko'rishiboq, chaqaloq haqida o'zlariga aytilgan bashoratdan so'zladilar. 18 Hamma e'shitganlar cho'ponlarning gapiga juda hayron bo'lishdi. 19 Maryam e'sa bu so'zlarning barini diliga tugib olib, chuqur o'ylab yurdi. Oxiri cho'ponlar:
20 – Biz hamma narsani ayni aytilganidek topdik, – deb, e'shitib ko'rganlari uchun Xudoga hamdu sano o'qib, qaytdilar.

2007-12-21

Tavba qilish nima degani?

2-Korinfliklarga 7:10-11
“Azbaroyi Xudo keladigan xafagarchilik o'kintirmaydi, aksincha, odamlarni tavbaga keltirib, najot topishiga imkon yaratadi. Dunyoda bo'ladigan xafagarchilik e'sa faqat o'limni keltirib chiqaradi.
Qaranglar, aynan shu sababli, ya'ni sizga Xudo taqdir e'tgan xafagarchilik sababli o'zingizni oqlash uchun sizlarda qanday g'ayrat paydo bo'ldi, qanday g'azab, qanday qo'rquv, qanday sog'inch, qanday jonbozlik, qanday adolatparvarlik hosil bo'ldi! Ana shularning hammasi bilan o'zingizni halolladingizlar.”

Tavba qilish nima degani? Tavba qilish oddiy va murakkab bo'lmagan jarayon bo'lib, bunda kishi noto'g'ri yo'nalishda ketayotganini tan oladi. Bu haqiqat Xudoning Muqaddas Ruhi ta'siri ostida namoyon bo'ladi; ko'pincha bu Xudo Kalomini voizlik qilish natijasida sodir bo'ladi. Demak, najot topgan va topmagan kishi ham noto'g'ri yo'nalishda ketayotganligini tan olib, to'xtab, shu yo'ldan qayrilib to'g'ri yo'nalishda yurishni boshlagan kishi tavba qilgan bo'ladi.

To'g'ri yo'nalishda yurish uchun kuchni tavba qilish bera olmaydi. Buning uchun ishonchimiz to'g'ri yo'nalishda bo'lishi kerak. Iso Masihning yakunlangan ishiga ishonishda davom e'tsak, to'g'ri yo'nalishda yurish uchun inoyat va kuch bizga beriladi. Bunday inoyat va kuchni bizga Muqaddas Ruh orqali Xudo beradi. Shunday qilib imonli kishi xochga ishonishda davom e'tmasa, u har safar tavba qilaveradi, lekin gunoh ustidan g'alabaga e'rishmaydi. (1-Yuhanno 1:9-oyatda aytilishicha biz gunohimizni tan olsak, Xudo bizni kechiradi; shunday in'om uchun Xudoga shukurlar bo'lsin!). Bunday kishilar gunohdan fosh bo'lganlarida to'g'ri yo'nalishga tushadilar, lekin shu yo'nalishda yurishni davom e'tish uchun kuchlari bo'lmaydi. Bunday kuch faqat xochga ishonish orqali keladi. Bir xil gunohni qayta-qayta qilayotgan imonli chindan ham tavba qilgan bo'ladimi? Ko'p hollarda ular chindan ham tavba qiladi. Biroq ishonchlari to'g'ri yo'nalishda bo'lmaganligi, ya'ni xochga qaratilmaganligi uchun, ular yana noto'g'ri yo'nalishga tortilib ketadilar.

Biz gunohga qarshi gaprishimiz kerak va imonlilarga gunohni ustidan g'alaba qilish uchun qaerdan kuch kelishini ko'rsatishimiz kerak. Bunday kuch Masih xochiga ishonish orqali keladi!

Gunohkor tabiat

“Menda, ya'ni irsiy tabiatimda yaxshi narsa yo'qligini aniq bilaman. Yaxshilik qilish istagi dilimda bor bo'lsa-da, uni ro'yobga chiqarishga kuchim etmaydi”.
(Rimliklarga 7:18).


Gunohkor tabiat yoki gunohkor tana nima?
Shu savolga javobni Muqaddas Kalomdan qidiramiz. Buning uchun biz Ibtidoga qaytishimiz kerak.
Gunohkor tabiat qanday paydo bo'ldi

Xudo Odam Ato va Momo Havoni yaratganda ularni gunohsiz qilib yaratgan e'di (Ibtido 1:26-31). Lekin Ibtidoning 3-bobini o'qisak, birinchi Momo Havo, keyin e'sa Odam Ato Xudoga itoatkorsizlik qilib (Ibtido 3:6), gunoh qilganlarini ko'ramiz. Bu insoniyatning e'ng dahshatli kuni e'di.

Bundan oldin Odam Ato Xudo bilan juda yaqin munosabatda bo'lib, U bilan gaplashib yurar e'di. Lekin gunohga botgandan keyin Odam Xudoga e'mas, balki o'ziga (o'z shaxsiga) intila boshladi. Uning tabiati gunoh bilan birlashib, gunohkor tabiatga aylandi. Shundan keyin Odam o'ziga o'xshagan, ya'ni o'zining suratidagi farzandlarni ko'ra boshladi (Ibtido 5:3). Odamning o'zi e'sa Xudo suratida yaratilgan e'di (Ibtido 1:26).

Bu degani, Odam Atodan boshlab hamma insonlar gunohkor bo'lib tug'ila boshladi, chunki ularda ham gunohkor tabiat bor. Bola hech qanday gunoh hali qilmagan bo'lsada, u gunohkor hisoblanadi, chunki unda gunohkor tabiat bor. Shuning uchun bolalarga yomonlik qilishni o'rgatmasak ham, ular o'zlari yomonlik qilaveradilar. Buning o'rniga biz ularga yaxshilik qilishni o'rgatamiz. Shunga qaramasdan, yosh bolalar balog'at yoshiga etmaslaridan oldin, gunoh uchun javobgar bo'lmaydilar, Isoning O'zi ham Xudo shohligi bolalarga tegishli degan (Matto 19:14).
Gunohkor tabiatdan qutqarilish

Shunday qilib, najot topmagan kishi gunohkor tabiat hukmronligi ostida bo'lib, doim Xudoga itoatkorsizlikda va gunohda yashaydi. Yuhanno shunday deydi: “Agar gunohimiz yo'q desak, o'z-o'zimizni aldagan bo'lamiz va ko'nglimizda haqiqat bo'lmaydi” (1-Yuhanno 1:8). Bu erda gunoh degan so'z gunohkor tabiatni bildiradi.

Kishi najot topsa, bu holat o'zgaradi, ya'ni kishi najot topganidan keyin uning gunohkor tabiati kuchsizlantiriladi va hayotsiz bo'lib qoladi.

Bu haqda Pavlus shunday deydi: “Sizlar Masih bilan aloqada bo'lib sunnat ham qilindingizlar. Bu Masihning sunnati bo'lib, inson qo'li bilan qilinmaydi, bu sunnat gunohkor vujudning kesib tashlanishi demakdir.” (Kolosaliklarga 2:11). E'ski Ahddagi sunnat marosimida terining bir parchasi kesib tashlanar e'di; bu marosim Yangi Ahdda sodir bo'ladigan narsaga ishora qilar e'di, aniqrog'i Masih sunnatiga ishora qilardi. Kishi Isoga va Uning xochdagi ishiga ishonib, Uni qabul qilganda, Masih uni sunnat qiladi va uning gunohkor tabiatini kesib tashlaydi. Shuning uchun najot topgandan keyin insonda gunoh aybi yo'qoladi.

Lekin, gap shundaki, gunohkor tabiat yana qayta tirilishi mumkin (Rimliklarga 7:9). Agar imonli kishi ishonchini faqat Masihga va xochga qaratsa, uning gunohkor tabiati unga xalaqit bermaydi. Lekin hamma imonlilar buni bilmaydi va bunga rioya qilmaydilar. Yangi imonlilar odatda boshqa narsalar yoki kimsalarga ishona boshlaganda ularning gunohkor tabiati qayta tiriladi. Shunda imonli tuzoqqa ilinadi va gunohkor tabiat bilan jang boshlanadi, lekin imonli o'z kuchi bilan g'alaba qozonolmaydi (Rimliklarga 7:18).

Biz shu tanada e'kanmiz gunohkor tabiatdan to'liq ozod bo'lmaymiz. Xudo hozirgi kunda bu gunohkor tabiatni bizdan olib tashlamaydi, balki Iso ikkinchi marta erga kelganda va biz U bilan uchrashganimizda shu gunohkor tabiatdan forig' bo'lamiz (1-Korinfliklarga 15:53).
Gunohkor tabiat ustidan g'alaba qozonish

Imonli kishi gunohkor tabiatga qarshi qancha jang qilmasin, u hech qachon g'olib chiqmaydi (Rimliklarga 6:12). Xudo farzandi g'alaba qozonishi uchun yagona yo'l bor – bu Isoga va U biz uchun xochda qilgan ishiga ishonishdir.

Pavlus 1-Korinfliklarga 1:17-oyatda nima haqida voizlik qilishni aytadi, shu e''tiborimizning markazida bo'lishi kerak, chunki faqat shu yo'l bilan biz gunoh ustidan g'alaba qozonishimiz mumkin: “Zotan Masih meni cho'mdirishga e'mas, balki Injil Xushxabarini targ'ib (voizlik) qilishga yubordi. So'zamollik qilishga ham yubormadi, toki Masihning xochi inkor e'tilmasin.” Demak biz Injilni voizlik qilishimiz kerak e'kan, bunda Masihning xochi inkor e'tilmasligi kerak, ya'ni xoch xabari Injil xushxabarining markazida turadi.

Biz Xudodan oladigan hamma narsalarning manbai Iso Masihdir va shu narsalar xoch vositasida bizga beriladi; biz shuni tushunishimiz kerak va shundan kelib chiqqan holda Iso Masihga va xochga ishonishimiz kerak. Ana shundagina Muqaddas Ruh hayotimizda ishlay oladi va kerakli natijalarni paydo qildiradi (Rimliklarga 8:2).

2007-12-02

Haqiqiy tok

Yuhanno 15:1-8
1 «Men haqiqiy tokman, Otam e'sa Bog'bondir.
2 Mendagi hosil bermaydigan har bir novdani U kesib tashlaydi. Hosil beradigan har bir novdani e'sa, yana ko'proq hosil bersin deb, xomtok qilib tozalaydi.
3 Mening sizga aytgan so'zim orqali sizlar hozirdan tozasizlar.
4 Men bilan aloqada bo'linglar, shunda Men sizlar bilan aloqada bo'laman. Tokda qolmagan novda o'z-o'zidan hosil berolmaydi; shu singari agar sizlar Men bilan aloqada qolmasangizlar, hosil berolmaysizlar.
5 Men – tok, sizlar – novdasizlar. Kim Men bilan aloqada bo'lib, Men u bilan aloqada bo'lsam, u ko'p hosil beradi. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar.
6 Kim Men bilan aloqani uzsa, novda kabi tashlab yuboriladi va quriydi. Bunday novdalarni e'sa terib, o'tga uloqtirib yondirishadi.
7 Agar siz Men bilan aloqada bo'lib, so'zlarimni qalbingizga jo qilsangizlar, istaganingizni so'ranglar, e'rishasizlar.
8 Sizlar ko'p hosil bersangiz, Otam ulug'lanadi, sizlar e'sa Mening shogirdlarim bo'lasizlar».


1 «Men haqiqiy tokman (ya'ni Iso haqiqiy Isroil hamda haqiqiy jamoat va haqiqiy Odamdir; e'ng muhimi yagona Iso hayot manbaidir), Otam e'sa Bog'bondir. (Xudo Ota haqida aytilgan so'zlar, Ota tokka qaraydigan bog'bon bo'libgina qolmasdan, balki tok E'gasidir ham).

2 Mendagi (najot topish uchun biz Iso Masihda bo'lishimiz kerak, bu e'sa Iso xochda qilgan ishiga ishonish haqida aytilgan) hosil bermaydigan (hayotimizda hosil yoki meva paydo bo'lishini faqat Muqaddas Ruh ta'minlab beradi; Ruh buni Isoning yakunlagan ishiga asoslanib bajaradi, biz e'sa o'z tomonimizdan imonimizni doim xochga qaratishimiz kerak) har bir novdani (imonlini) U kesib tashlaydi (agar imonli kishi xochni rad e'tsa, oxiri oqibatda u Iso tanasidan kesib yoki olib tashlanadi). Hosil beradigan har bir novdani e'sa (Masih va xoch haqida qandaydir tushunchaga e'ga bo'lgan imonlini), yana ko'proq hosil bersin deb (imonli kishining imoni to'liq xochga qaratilgandagina Muqaddas Ruh kerakli meva yoki hosilni paydo qildiradi [Rim. 8:1-2, 11]), xomtok qilib tozalaydi. (shu imonlining imoni to'liqligicha xochga qaratilgan bo'lishi uchun kerakli har qanday usullarni Xudo ishlatadi).

3 Mening sizga aytgan so'zim orqali sizlar hozirdan tozasizlar. (javob har doimgidek Xudo Kalomida topiladi; Muqaddas Kalomning asosiy mazmuni “Iso Masih va Uning xochda mixlanganidir”).

4 Men bilan aloqada bo'linglar (doim faqat Isoga va U xochda biz uchun bajargan ishiga qarashimiz kerak), shunda Men sizlar bilan aloqada bo'laman (agar imonimiz doim xochga qaratilgan bo'lsa, demak biz loyig'icha Isoda bo'lamiz; ana o'shandagina U albatta biz bilan aloqada bo'ladi). Tokda qolmagan (Isoda bo'lish uchun bizga kerak bo'lgan har qanday narsa va kerakli javob faqat Masihda va xochda topilishini tushunishimiz kerak; biz hech qachon Masih va xochni bir-biridan ajratishimiz kerak e'mas [1-Kor.1:23-; 2:2]) novda (imonli) o'z-o'zidan hosil berolmaydi (kishi o'zini o'zi muqaddaslay olmaydi! buning iloji yo'q); shu singari agar sizlar Men bilan aloqada qolmasangizlar, hosil berolmaysizlar.

5 Men – tok (jamoat e'mas, allaqanday voiz e'mas, hatto qandaydir ta'limot ham e'mas, balki faqat Masih tokdir), sizlar – novdasizlar (imonlilar). Kim Men bilan aloqada bo'lib, Men u bilan aloqada bo'lsam, u ko'p hosil beradi (shuni yana aytaylik: Xudodan qabul qiladigan hamma narsalar Masih va xoch orqali bizga keladi; shu sabab bilan imonimiz doim xochga qaratilgan bo'lishi kerak; o'shanda Muqaddas Ruh hayotimizda meva keltira boshlaydi; buni amalga oshirishning boshqa yo'li yo'q!). Mensiz (ya'ni Iso biz uchun xochda qilgan ishi) hech narsa qilolmaysizlar. (imonli kishi shu so'zlarni qayta-qayta takrorlashi kerak)

6 Kim Men bilan aloqani uzsa (xochni qabul qilishdan bosh tortsa; bunday holda ushbu kishi “o'zga Isoga” xizmat qilyapgan bo'ladi [2-Kor. 11:4]), novda kabi tashlab yuboriladi (ya'ni hayot manbaidan ajratib tashlanadi) va quriydi (imonli kishi loyiq ravishda Masihga va xochga ishonmasa, u oxiri qurib qoladi). Bunday novdalarni e'sa terib, o'tga uloqtirib yondirishadi. (bu so'zlarning ma'nosiga e''tibor bering; agar imonli kishi loyiq ravishda Masihga va xochga ishonishda davom e'tmasa, buning natijasida u abadiy do'zahga tushadi).

7 Agar siz Men bilan aloqada bo'lib (o'z ishonchingizni Masihda va xochda asoslang), so'zlarimni qalbingizga jo qilsangizlar (chindan ham Xudo Kalomi “Masih va xoch” hikoyasidir), istaganingizni so'ranglar, e'rishasizlar. (Masihga va xochga loyiq ravishda ishongan imonli faqat Xudo irodasini istaydi; mana shu Xudo irodasi yoki istagi amalga oshirilishi kafolatlanadi).

8 Sizlar ko'p hosil bersangiz (ya'ni Iso bekorga o'lmagan degani, balki Uning xochdagi o'limi natijasi “ko'p hosil” demakdir), Otam ulug'lanadi (imonli kishi ishonchini to'liqligicha faqat Isoga va xochga qaratishi kerak), sizlar e'sa Mening shogirdlarim bo'lasizlar». (Luqo 9:23-24).

Iso inson tanasida zohir bo'ldi

Savol: Xudo hozir erga kelsa, U qanday ko'rinishda bo'lar va nima qilgan bo'lar e'di?

Xudo er va osmonni hamda ulardagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Shuni aniqlik bilan aytsam bo'ladi-ki, Xudo mana shu erga taxminan ikki ming yil ilgari kelgan e'di. U inson tanasida kelgan bo'lsada, biroq Unda gunoh yo'q e'di va Uning ismi Iso Masih e'di.
Iso erda bo'lganda U to'liqligicha Xudovandning irodasini bajardi va oxiri xochda insoniyat gunohi uchun qurbonlik sifatida o'ldi, qabrga qo'yildi va uchinchi kuni U qayta tirildi; shu bilan U shayton va o'lim ustidan g'alaba qozondi, hamda Unga ishongan odamlarga najot in'omini hadya qilib, yuraklariga Muqaddas Ruhni berdi. Chunki mana shu maqsadda Iso erga birinchi marta kelgan e'di. Iso erga ikkinchi marta ham keladi, lekin u safar Unga ishonmagan insonlarni hukm qilish uchun keladi (2-Timo'tiyga 4:1; Ibroniylarga 9:28).

Ayni paytda e'sa, Iso Masih Unga ishonganlar yuragida Muqaddas Ruh orqali yashayapti. Shuning uchun hozir Xudo erga kelib nima qilar e'di, degan savolga hozir erda yashayapgan imonlilar javob berishi kerak; bu imonlilar gunoh tabiati (bashariy tana) hoxishlari bilan e'mas, balki Muqaddas Ruhda harakat qilayotgan va yashayapgan haqiqiy masihiy bo'lishlari kerak, faqat o'shanda bunday imonlilar Xudoning tabiatini namoyon qiladi va yuqoridagi savolga to'liq javob bo'la oladilar. Demak Ruhda yashayapgan imonli Xudoga manzur bo'lib, Uning irodasini to'liq bajara oladi.

Mana Rimliklarga 8-bobda shu haqda nima deyilgan:
1 Shunday qilib, Iso Masih ummati bo'lganlarga qarshi e'ndi hech bir mahkumlik yo'qdir.
2 Iso Masih ummatiga hayot beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi.
3 Inson tabiati ojizligi tufayli Ilohiy Qonun o'zi ham ojiz bo'lib qoldi. Qonun ulgura olmagan ishni e'sa Xudo qildi: U O'z O'g'lini gunohkor insonga o'xshatib olamga yubordi va Uni gunoh uchun qurbonlikka bag'ishladi, shu yo'sin inson tabiatidagi gunohni mahkum qildi.
4 Xudo buni, Ilohiy Qonun talablari tabiat amri bilan e'mas, Ruh amri bilan yashayotgan bizlarda bajo bo'lsin, deb qildi.

Shu bobning qolgan oyatlarini ham o'zingiz o'qib ko'ring.

Agar kishi o'zini masihiyman desa-yu, lekin uning hayotida bashariy tana namoyon bo'lsa, demak u hali ham to'liqligicha Muqaddas Ruhda yashamayapgan bo'ladi. Lekin bu umuman boshqa mavzu, shuning uchun bu haqda boshqa safar so'zlayman.

Mening sevgim

Rabbimiz Iso Masih muhabbat haqida nima degan ekan, bir eshitib ko'ring!

2007-11-13

Tor e'shik

Menga najot nuqta kom degan sahifada berilgan savollar va ularga bergan javoblarimni shu sahifamda ham yozishga qaror qildim. Mana birinchisi:

Savol: Osmon e'shigi tor. Kirish uchun tirishinglar. Shuni sizlarga aytayki, ko'plar kirish uchun talash qiladi, ammo kira olmaydi. Nega kira olmaydi? Agar xaqiqatan xarakat qilayotgan bo'lsalar, nega kira olmaydi? Oldindan raxmat.


Javobim:
“Tor e'shikdan kiringlar! Chunki halokatga e'ltuvchi yo'l ko'p e'nli, darvozasi e'sa kengdir. Ana, shu tomon yurayotganlar ko'p. Hayot sari e'ltuvchi yo'l e'sa tang, e'shigi juda tordir. Bu yo'lni topadiganlar oz.”

Yuhanno 10-bobda Iso Masih shu e'shik O'zi e'kanligini aytadi. Bu e'shik abadiy hayotga olib boradi, kimki shu e'shik orqali kirmasa, uning manzili abadiy o'lim bo'ladi. Faqat Iso Masih xochda o'lib, qayta tirilishi asosida inson najot topishi va Xudo bilan munosabatda bo'lishi mumkin. Iso Masihning shu ishi orqali Xudoga yaqinlashgan inson oxirati hayotdir, Xudoga boshqa usul bilan yaqinlashmoqchi bo'lgan kishini Xudo qabul qilmaydi; bundaylar orasida o'zini imonli va masihiyman, deb yurganlar ham bo'ladi.
Mark 10:23-31-oyatlarni ko'radigan bo'lsak, u erda Iso odam o'zining kuchi bilan najotga e'risha olmaydi, deganini bilib olamiz. Faqat Xudoning najot rejasiga rioya qilgan inson qutqariladi. Ya'ni Iso Masihga va Uning xochda qilgan ishiga ishonish orqali najot e'shigi ochiladi.
Luqo 13:22-30-oyatlarni ko'rib chiqaylik. Qisqacha qilib aytsak, Xudoning O'zi inson qanday qilib najot topishi mumkinligini belgilab qo'ygan. Xudo shu e'shikni qanday qilib ochish mumkinligini Injilda aytyapti va shu bilan birga boshqa e'shikni ochib kirmoqchi bo'lganlar hayotga e'mas, balki o'limga e'rishadi, chunki faqat bitta tor e'shikni ochib hayotga e'rishsa bo'ladi. Bu e'shik e'sa, yuqorida aytganimizdek – Iso Masihning O'zidir!
Xulosa: e'shik bu Iso Masih va abadiy hayotga e'rishish uchun inson Iso Masih xochda bizning gunohimiz uchun o'lib, bizga najot berish uchun o'limdan qayta tirilganiga ishonishi kerak. O'z kuchi bilan yoki boshqa usullar bilan najotga e'rishishni va Xudoga yaqinlashishni istagan odam e'sa buning uddasidan chiqa olmaydi.


Shu mavzuga oid oyatlar:

Matto 7:13-14
13 «Tor e'shikdan kiringlar! Chunki halokatga e'ltuvchi yo'l ko'p e'nli, darvozasi e'sa kengdir. Ana, shu tomon yurayotganlar ko'p. 14 Hayot sari e'ltuvchi yo'l e'sa tang, e'shigi juda tordir. Bu yo'lni topadiganlar oz».

Mark 10:23-31
23 Iso atrofga ko'z yugurtirib shogirdlariga dedi:
– Pul-dunyosi borlarning Xudo Shohligiga kirishlari naqadar qiyin!
24 Shogirdlar bu so'zlarni e'shitib, aqllari shoshdi. Iso e'sa qayta boshdan so'z oldi:
– Bolalar, boylikka umid bog'laganlar Xudo Shohligiga kirishga qanchalik qiynaladi! 25 Boy odamning Xudo Shohligiga kirishidan ko'ra, tuyaning igna teshigidan o'tishi osondir.
26 Shogirdlar haddan tashqari ajablanib o'zlaricha:
– Unday bo'lsa, kim najot topa olarkan? – deyishdi. 27 Iso ularga ko'zini tikib:
– Odamlarga bu imkonsiz, lekin Xudoga e'mas. Chunki Xudo hamma imkonga e'gadir, – dedi.
28 Butrus so'z olib Isoga:
– Mana, biz hamma narsani qoldirib, Sening orqangdan e'rgashib keldik, – dedi. 29 Iso bunga javoban dedi:
– Sizlarga rostini aytsam, kim Men va Injil uchun uy-joy, aka-uka, opa-singil, ota-ona, xotin-bolalarini yoki er-mulkini tashlab ketsa, 30 u hozir, bu dunyodayoq duchor bo'layotgan quvg'inlar orasida yuz hissa ortiq uy-joylar, aka-ukalar, opa-singillar, ota-onalar, bolalar va erlarga e'ga bo'ladi, kelajak dunyoda e'sa abadiy hayotga sazovor bo'ladi. 31 Lekin ko'p birinchilar oxirgi va oxirgilar e'sa birinchi bo'ladilar.

Luqo 13:22-30
22 Iso Quddus tomon yo'l olib, shaharma-qishloq yurib ta'lim berar e'di. 23 Kimdir Unga savol berdi:
– Hazrat, najot topadiganlar ozmi?
Iso hammaga aytdi: 24 «Tor e'shikdan kirish uchun jon kuydiringlar. Sizga shuni aytay: 25 Uy E'gasi turib e'shikni bekitib qo'ygach, ko'plar kirish uchun intiladilar, biroq kirolmaydilar. O'shanda sizlar ham tashqarida qolib:
– Yo Rabbiy, yo Rabbiy, bizlarga ochib ber! – deb e'shikni taqillata boshlaysizlar. Lekin U sizlarga:
– Kim va qaerdan e'kaningizni bilmayman, – deb javob beradi. 26 Shunda sizlar:
– Biz Sening oldingda eb-ichdik, Sen bizning ko'chalarda ta'lim berib yurding-ku, – deb aytasizlar. 27 U e'sa:
– Kimsiz, qaerdansiz, bilmayman, deb sizlarga aytib e'dim-ku. E'y badkirdorlar to'dasi, Mening ko'zimdan uzoqlashinglar! – deydi.
28 O'shanda yig'i-sig'i va ohu vohlar chekasizlar. Chunki o'zingizni tashqariga quvg'indi, Ibrohim, Ishoq, Yoqub va barcha payg'ambarlarni e'sa Xudoning Shohligi soyasida ko'rasizlar. 29 Sharqu g'arbdan, shimolu janubdan odamlar kelib, Xudo Shohligida ziyofatga o'tiradilar. 30 O'sha vaqt ba'zi oxirgilar birinchi, birinchilar e'sa oxirgi bo'ladilar»

Yuhanno 10:7-10
7 Shu sababdan Iso yana gap oldi:
«Sizlarga rostini aytay: Men qo'ylarning e'shigiman. 8 Mendan ilgari o'tganlarning hammasi o'g'ri va bosqinchi e'dilar. Lekin qo'ylar ularga quloq solmadilar. 9 Men e'shikman. Kim Men orqali kirsa, najot topadi. U kirib chiqib, yaylov ham topadi. 10 O'g'ri faqat o'g'irlash, bo'g'izlash, barbod qilish uchun keladi. Men e'sa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman.

Rimliklarga 1:1-7

Rimliklarga 1:1-7-oyatlarda inoyat haqidagi fikrlar:

"Xudoning Injil Xushxabarini etkazmoqqa maxsus saylangan va havoriylikka chorlangan Iso Masihning quli – Pavlusdan salom. Xudo qadimdanoq o'z payg'ambarlari orqali muqaddas yozuvlarda bashorat qilganidek, ushbu Xushxabar Uning O'g'li haqidadir. Iso Masih jisman Dovud zurriyoti e'sa-da, ruhan ilohiylik kasb e'tadi. U qaytadan tirilib, Xudoning O'g'li e'kanini qudratli ravishda namoyon qildi. Shunday qilib, Rabbimiz Iso Masih nomidan barcha xalqlarni imonga bo'ysundiraylik, deb Xudo Uning ismi haqi bizga inoyat qildi hamda havoriylikni ato e'tdi. Iso Masih da'vat e'tgan sizlar ham o'sha xalqlardansizlar. Xudo sevgan va muqaddas bo'lishga chaqirgan barcha Rimda yashovchilarga Otamiz Xudodan va Rabbimiz Iso Masihdan inoyat va tinchlik bo'lsin." Rimliklarga 1:1-7

Bu erda Pavlus o'zini Xudoning havoriysi, deb tanishtiryapti. Xudo E'ski Ahdda payg'ambarlar orqali Najotkor (ya'ni Iso Masih) kelishini va'da qilgan e'di. E'ski Ahdning markazida ham Iso Masih turadi, chunki hamma marosimlar va qurbonliklar Isoga ishora qiladi.
Iso jisman Dovud zurriyoti e'di; ya'ni Najotkorimiz bizni gunohdan qutqarish uchun, bizga o'xshab tanada bo'lishi kerak e'di. Iso biznikiga o'xshagan tanada bo'lgan bo'lsada, Unda gunoh yo'q e'di. Shuning uchun U komil va benuqson qurbonlik qo'zisi bo'la oldi va shuning uchun Xudo Uning qurbonligini qabul qildi. Shuning uchun biz Iso Masihning xochda qilgan ishi orqali najotga e'risha olamiz.
Demak Iso jisman Dovud urug'i e'di (Ibtido 3:15; Galataliyaliklarga 3:16), biroq Ruhan Iso Xudoning O'g'lidir (4-oyat). Iso qayta tirilishi orqali Uning Ilohiyligi namoyon bo'ldi. O'sha paytdagi yahudiylar va rimlik askarlar Isoni Xudoning O'g'liman, degani uchun xochda o'ldirishgan e'di, biroq Iso Xudoning O'g'li bo'lgani uchun ham Xudo Uni o'limdan qayta tiriltirdi. U xochda qilgan ishi orqali biz Xudoning inoyatini qabul qildik. Shu xabarni biz barcha xalqlarga e'shittirishimiz kerak, ular buni qabul qilishlaridan qat'iy nazar.
Rabbimiz bizga ham najotini ko'rsatdi va bizni qorong'ulikdan qutqarib, O'zining ravshan nuriga da'vat e'tdi. Iso Masihga va U xochda qilgan ishiga, hamda Xudo Uni qayta tiriltirganiga ishongan inson najot topadi. Bunday odamni Xudo sevadi va muqaddas, deb e''lon qiladi. Ettinchi oyatda yunon tilida “muqaddas, deb chaqirgan” deyilgan, ya'ni “bo'lishga” degan so'z tarjimon tomondan qo'shilgan. Xullas tarjima yaxshi qilinmagan. Shu 7-oyatga asosan, najot topgan har bir kishi Xudo nazarida muqaddas (avliyo, pir, buzruk), deb ataladi. Chunki bunday kishi najot topgan paytida Iso Masih uni muqaddas qilib yaratadi (yangidan tug'ilish), bunga sabab Isoning xochda qilgan ishidir.
Inoyat va tinchlik Xudo Otadan, Iso Masih orqali va Muqaddas Ruh vositasi bilan bizga etib keladi. Mana shu 7-oyatda Xudovand uchta shaxsdan iborat e'kanligini ko'ramiz.

Iso Masih xochga mixlangan

Muqaddas Kalomdan parcha.

1-Korinfliklarga 2-bob, 2, 4-5 oyatlar:

2 Orangizda e'kanman, Iso Masihdan va Uning xochga mixlanganidan boshqa hech narsa bilmaslikka qaror qildim.

4 Mening so'zim va va'zim inson zakovatining ishontiruvchiligidan e'mas, Xudo Ruhi va qudratidan dalolatdir,
5 toki imoningiz inson hikmatiga e'mas, Xudo qudratiga asoslansin.

Fosiqlar yashnashi va ularning oxirati

Zaburdan 72-sano

Asaf sanosi

Fosiqlar yashnashi va ularning oxirati

1 Isroilga, ha, barcha dili poklarga

Xudo doim himmatlidir.

(Bu Zabur kitobining 3-bo'limi bo'lib, “Leviylar kitobi” deb ataladi. Bu bo'limning mavzusi “Ma'bad” deb ataladi; birinchi bo'limning mavzusi e'sa “Baxtiyor odam” va ikkinchisiniki “Isroil” yoki "Xudoning xalqi" deb ataladi.

Bu bo'limda Isroil qiyinchilik davrida Xudoga topinishi (sajda qilishi) haqida gapiriladi. Birinchi bo'limda e'sa Masih (Najotkor) va ikkinchisida kichik va sodiq guruh haqida gapiriladi. Chindan ham Xudovand Isroilga nisbatan himmatli e'di).

2 Mening (Asafning) e'sa oyoqlarim qoqila yozib,

Tovonlarim toyishiga oz qolgan e'di.

(Asaf Dovud davrida topinish (sajda qilish) xorining boshlig'i e'di [1-Paralipomenon kitobi 16:4-5]. Ya'ni u Isroilda juda yuksak ruhiy mansabda e'di).

3 Men fosiqlar sog'lomligini ko'rdim,

Maqtanchoqlar holiga g'ashim keldi.

(Asaf hayron bo'lyapti, chunki uning fikricha yovuz, gunohkor kishilar hayoti yaxshi e'di, podshohlik farzandlari e'sa qiynalib yurganlarini u ko'radi. Ma'bad tashqarisida inson ongi chalkashishi va yurak aynishini u o'rganadi. Biroq ma'bad ichida doim hamma narsa osoyishtalikda bo'ladi. Inson o'ziga qarasa boshi qotib qoladi, tashqariga qarasa chalkashib e'sankirab qoladi, biroq yuqoriga (tepaga) qarasa tasalli topadi.

Asafning muammosi uning o'zligi (shaxsiyati) e'di. Inson o'ziga ko'p e''tibor berishni boshlasa, ruhan yo'ldan adashib qoladi. Odamlar qadimgi zamonlardan beri o'zlarini yaxshilashga, yoki yuqori darajaga ko'tarishga harakat qilib kelganlar. Biroq odam o'sha qadimgi zamonlardan to hozirgi vaqtgacha bu ishda mag'lubiyatga uchrab kelmoqda. Hatto masihiy kishi o'zini yaxshilashga harakat qilsa, u mag'lubiyatga uchraydi. O'zlikni engishning yagona yo'li bor, bu – o'zlikni Masihda yashirib qo'yishdir (Yuhanno 14:20)).

4 Ular o'lgundek iztirob chekmaydi,

Tanlari e'sa soppa-sog'lomdir.

(Imonli kishi o'zligi bilan mahliyo bo'lib qolsa, unda uning ruhiy zehni o'tmas bo'lib qoladi. Asaf ham shunday qadimiy qopqonga (tuzoqqa) tushib qolgan e'di. Birinchidan, najot yo'lining maqsadi yashnash (ya'ni yaxshi hayot) e'mas, balki inson qutqarilishi bu yo'lning markazida turadi.

Ikkinchidan, fosiqlar o'limi haqida u noto'g'ri fikrga e'ga e'di. Fosiqlarning o'limi hech ham ijobiy bo'lmaydi).

5 Ularda xalq dardi yo'q,

Boshqa odamlarday baloga yo'liqmaydilar.

(Ochig'ini aytganda, bu dunyo tizimi Xudoga e'mas, balki shaytonga tegishlidir. Shuning uchun Xudo farzandi doim shu tizim orqali ta'qibga olinadi va qiynaladi.

Shunga qaramasdan Iso Masihga e'rgashgan kishining hayoti juda katta mukofotlarga e'ga bo'lgan hayotdir. Agar abadiy hayot bo'lmaganda ham e'di, Xudo uchun yashash e'ng yaxshi hayot bo'lgan bo'lar e'di).

6 Gardanlariga mag'rurlik munchog'in taqib,

Zo'ravonlik libosiga bezanganlar.

(Asaf, fosiqlar har doim yovuz ishlarni qilsalarda, buning deyarli hech qanday yomon oqibati bo'lmaydi, deyapti. Ular mag'rurlikka to'la, bu e'sa ularga yomon natija e'mas, balki yaxshi mukofot beryapganga o'xshaydi, demoqchi).

7 Ko'zlari semizlikdan qisilib qolgan,

Ko'ngillaridagi xayollar daydib yuradi.

(Bu gaplardan Asaf bu mavzuni juda ko'p vaqtdan beri o'ylab kelyapganligini ko'rsak bo'ladi. U o'zligi haqida ko'p o'ylagani uchun, shayton uning qalbiga hujum qilgan e'di. Shaytonning e'ng zo'r qurollaridan ham biri shu, ya'ni masihiy Xudo uchun yashagani uchun ko'p narsalardan mahrum bo'lib qoladi, degan fikrga imonlini ishontirishdir. Biroq shayton yolg'onchi va yolg'onlarning otasi e'kanligini hech qachon e'sdan chiqarmaslik kerak. Aslida imonli kishi Xudo uchun yashagani uchun u hamma narsaga e'ga bo'ladi).

8 Mazax bilan, kek saqlab gapiradilar,

Kibr ham, jabr ham tushmas tillaridan.

(Fosiqlar og'zini ko'pirtirib odamlarni qiynasalar ham, ularga hech narsa bo'lmaydi, deb aytyapti).

9 Og'izlarini ko'kka ko'targanlar,

Zabonlari e'sa erda sudralmoqda.

(Ularning har bir so'zi Xudo Kalomiga teskari. Ular qanday yomon ishlar qilishlari haqida gapiradilar-u, xuddi ularga hech kim xalaqit bera olmaydiganga o'xshaydi).

10 Hatto Xudo xalqi ular tomon yuz burmoqda,

Ularda suv ko'p e'kan, ichgan qonar e'kan.

(Tamagirlik hayotidan chiqib imonga kelgan odamlarni bunday fosiqlar yana ilgarigi hayotga qaytaradilar).

11 «Tangri qaerdan biladi?

Taoloda bilim bormikan?» – deydilar.

(Boshqacha qilib aytganda ular Xudo ustidan kulib, yovuzliklari hech ham jazolanmaydi, deb o'ylaydilar).

12 Ana shundaydir betavfiqlar,

Bu dunyoda rohat-farog'atdadirlar,

Davlatlari tobora oshib boradi.

(To'g'ri, ayrim yovuz odamlar boy bo'lib yashnashi mumkin, lekin umuman olib qaraganda bu fikr to'g'ri e'mas. Odatda hayotda bunday bo'lmaydi. Butun dunyoni hisobga olganda, har bir boy fosiq kishiga o'n mingta kambag'al kishi to'g'ri keladi).

13 Men bekorga pok saqlabman yuragim,

Halol qo'lim-la ishlamog'im behuda e'kan!

(Masihiy kishiga qarshi qilingan shaytonning har bir hujumi (qanday yo'nalishda bo'lishidan qat'iy nazar), bitta maqsadga e'ga: shu shaxsning ishonchini buzib, yo'q qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, Asaf Xudo uchun yashashdan hech qanday foyda chiqmaydi, deyapti.

U qanchalik noto'g'ri e'kanligini bilsangiz e'di! Fosiqlarning mukofotlari o'zlariga o'xshab yolg'on va vaqtinchalik bo'ladi. Solih kishining mukofoti e'sa abadiydir).

14 Men har kuni kulfatga yo'liqaman,

Subhdan-subhga adabimni eyapman-ku!

(Rabbimiz arz-shikoyatlarni va nolishlarni xush ko'rmaydi. Chunki shikoyat qilish ishonchning aksidir va Rabbimiz biz uchun qilgan ishlarga minnatdor bo'lishning teskarisidir. Shunga qaramasdan ko'pchiligimiz shu gunohni qilamiz – biz noshukurmiz).

15 Agarda shunday so'zlayman, deganimda,

Sening o'g'illaring nasliga xoinlik qilar e'dim.

(Dalillar unga qarshi guvohlik berishini u yaxshi bilardi. Gunoh (yovuzlik) foyda keltirmaydi, Xudo uchun yashash e'sa ko'p foyda keltiradi).

16 Buni qanday tushunish kerak deb o'ylaganimda,

Bu menga ovoragarchilikday tuyuldi –

(E'ndi Asaf o'zi noto'g'ri e'kanligini angladi; u sirpanchiq yo'lda turganini tushundi, bu yo'l e'sa faqat halokatga olib boradi; biroq hali ham u o'z savoliga javob topganicha yo'q).

17 To Tangrining aziz makoniga (ma'badiga) kirib,

Ularning xotimasini tushunib olgunimcha..!

(Qanday qilib ma'bad unga to'g'ri javob bera oldi e'kan? Buning sababi shuki, aynan ma'bad ichida Xudo bor e'di. E'ndi u fosiqlarning yashnashini e'mas, balki Xudo shuhratini ko'ryapti. Faqat shunday vaziyatda fosiqlarning kamchiligi yaqqol namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, u Rabbimizni ko'rganda, o'zini ko'rmay qoldi).

18 Ha, Sen ularni (fosiqlarni) toyg'oq erlarga qo'yding,

Bexosdan tubi yo'q jarlikka uloqtirarsan.

(Tashqi ko'rinishdan fosiqlarning yo'li boylikka to'laga o'xshab ko'rinadi; biroq yaqindan uni ko'zdan kechiradigan bo'lsak, bu yo'l “toyg'oq” e'kanligini ko'ramiz. Shuning uchun fosiqlar o'z halokatiga uchraydilar).

19 Ular nogahon dong qotib qolar,

Dahshatdan supurilib, barham topar.

(E'ndi Asaf chindan ham vaziyat qanaqaligini aniq ko'ra boshladi. Fosiqlar xuddi boyib yashnaganga o'xshaydilar, keyin e'sa birdaniga ular inqirozga uchraydilar va bir zumda “barham toparlar”.

E'ndi fosiqlarning maqtanishi va Xudoga qarshi aytgan so'zlari faqat yuzaki e'kanligini u ko'ryapti. Bir zumda ular “dahshatdan supurilib” yo'q bo'ladilar).

20 Uyg'onganda tush qanday e'sdan uchib ketsa,

Sen, yo Rabbiy, ularni shunday uyg'otib,

Bema'ni xayollarini barbod qilasan.

(Ba'zi paytlarda Xudo bizga xuddi uxlab qolgandek tuyuladi; lekin oz vaqtdan keyin Xudovand uyg'onadi. Shunda U fosiqlarning “bema'ni xayollariga” bostirib kiradi).

21 Mening yuragim qaynab turganda,

Jon-tanim azobda qolganda,

(Mana Asaf Xudovandni ko'rdi va Muqaddas Ruh uni fosh qildi. E'ndi u qilgan gunohidan “azobda qoldi”. Nima qilib qo'yganini u e'ndi anglab oldi va shuning uchun u qalbida qiynalyapti).

22 Men nodon va johil bo'lib qoldim,

Sening oldingda hayvon kabi e'dim.

(Asaf qadam qo'ygan yo'l chindan ham ahmoqqona yo'l e'kanligini Muqaddas Ruh unga namoyon qildi! Gap shundaki Muqaddas Ruhning asosiy vazifalaridan biri insonni fosh qilishdir. Agar bunday bo'lmaganda e'di, masihiy kishi to'g'ri yo'ldan ozib ketishi va keyin qanday qilib ortga qaytishini bilmasligi mumkin e'di).

23 Biroq men doim Sen bilanman,

Sen mening o'ng qo'limdan tutib turasan.

(Biz adashib qolsak, Xudovand bizni tashlab ketmaydi. Balki U bizni to'g'irlaydi, bizga gapiradi va to'g'ri yo'lga qarab yo'naltiradi. Shu borada, ruhan ma'noda gapirganda, U bizni qo'limizdan ushlab etaklaydi).

24 Maslahating ila menga yo'l ko'rsatib,

Oxirida meni sharaf ila qabul qilasan.

(Bundan oldin Asaf o'z xohishining maslahatiga quloq solib yurgan e'di. E'ndi e'sa u Xudovandga “Sening maslahatinga quloq solaman” deyapti. Xudoning maslahati – Uning kalomidir).

25 Osmonda kimim bor Sendan bo'lak?

Erda ham Sendan o'zgasini istamayman.

(Xudovandni ko'rib, Uning shuhratidan bahramand bo'lganidan keyin, Asaf o'zining najoti pul, o'zi turgan joyi yoki mansab orqali e'mas, balki Iso Masih orqali kelishini tushunib oladi. E'ndi u Masih hamma narsalarni qoniqtirishini biladi).

26 Badanim, yuragim holdan ketmoqda,

Illo Xudo abadiy dilim suyanchig'idir,

E'zgulik qismatim Uning O'zidir.

(Asaf o'zining kuchiga tayanganda, yiqildi, chunki o'zining kuchi etarli e'mas e'di. Lekin e'ndi Xudo uning kuchi e'kanligini tushunib etdi. Hamda e'ndi unga nimaiki kerak bo'lsa, Xudo shularni ta'minlashi mumkinligini u bilib oldi – “abadiy qismatim Uning O'zidir”).

27 Mana, Sendan uzoqda qolganlar yo'qolur,

Senga xoinlik qilgan har bir kishini nobud e'tasan.

(E'ndi u fosiqlarning ahvoli nima kechishini aniq ko'ryapti. Ular halokatga uchraydilar yoki “nobud bo'ladilar”).

28 Lekin men uchun Xudoga yaqinlashmoq yaxshidir.

Uning barcha ishlarini targ'ib qilay deyman,

Xudoyi Taoloni o'zim uchun panoh bilaman.

(Asaf hayotida ayrim yomon narsalar sodir bo'ldi, lekin bu vaziyatdan ayrim yaxshi narsalar ham chiqdi. Shu xavfli vaziyat orqali Asaf “Xudoga yaqinlashdi”. E'ndi u dunyodagi narsalarga e'mas, balki Xudoga ishonch bog'layapti. E'ndi u hech ham fosiqlar boyib yashnashi haqida gapirmaslikka so'z beradi, biroq e'ndilikda faqat “Xudoning ishlarini targ'ib qiladi”. Bundan biz ham soboq olishimiz kerak).

Zaburdan 72-sano

ASAF SANOSI

1 Isroilga, ha, barcha dili poklarga
Xudo doim himmatlidir.
2 Mening e'sa oyoqlarim qoqila yozib,
Tovonlarim toyishiga oz qolgan e'di.
3 Men fosiqlar sog'lomligini ko'rdim,
Maqtanchoqlar holiga g'ashim keldi.
4 Ular o'lgundek iztirob chekmaydi,
Tanlari e'sa soppa-sog'lomdir.
5 Ularda xalq dardi yo'q,
Boshqa odamlarday baloga yo'liqmaydilar.
6 Gardanlariga mag'rurlik munchog'in taqib,
Zo'ravonlik libosiga bezanganlar.
7 Ko'zlari semizlikdan qisilib qolgan,
Ko'ngillaridagi xayollar daydib yuradi.
8 Mazax bilan, kek saqlab gapiradilar,
Kibr ham, jabr ham tushmas tillaridan.
9 Og'izlarini ko'kka ko'targanlar,
Zabonlari e'sa erda sudralmoqda.
10 Hatto Xudo xalqi ular tomon yuz burmoqda,
Ularda suv ko'p e'kan, ichgan qonar e'kan.
11 «Tangri qaerdan biladi?
Taoloda bilim bormikan?» – deydilar.
12 Ana shundaydir betavfiqlar,
Bu dunyoda rohat-farog'atdadirlar,
Davlatlari tobora oshib boradi.
13 Men bekorga pok saqlabman yuragim,
Halol qo'lim-la ishlamog'im behuda e'kan!
14 Men har kuni kulfatga yo'liqaman,
Subhdan-subhga adabimni eyapman-ku!
15 Agarda shunday so'zlayman, deganimda,
Sening o'g'illaring nasliga xoinlik qilar e'dim.
16 Buni qanday tushunish kerak deb o'ylaganimda,
Bu menga ovoragarchilikday tuyuldi –
17 To Tangrining aziz makoniga kirib,
Ularning xotimasini tushunib olgunimcha..!
18 Ha, Sen ularni toyg'oq erlarga qo'yding,
Bexosdan tubi yo'q jarlikka uloqtirarsan.
19 Ular nogahon dong qotib qolar,
Dahshatdan supurilib, barham topar.
20 Uyg'onganda tush qanday e'sdan uchib ketsa,
Sen, yo Rabbiy, ularni shunday uyg'otib,
Bema'ni xayollarini barbod qilasan.
21 Mening yuragim qaynab turganda,
Jon-tanim azobda qolganda,
22 Men nodon va johil bo'lib qoldim,
Sening oldingda hayvon kabi e'dim.
23 Biroq men doim Sen bilanman,
Sen mening o'ng qo'limdan tutib turasan.
24 Maslahating ila menga yo'l ko'rsatib,
Oxirida meni sharaf ila qabul qilasan.
25 Osmonda kimim bor Sendan bo'lak?
Erda ham Sendan o'zgasini istamayman.
26 Badanim, yuragim holdan ketmoqda,
Illo Xudo abadiy dilim suyanchig'idir,
E'zgulik qismatim Uning O'zidir.
27 Mana, Sendan uzoqda qolganlar yo'qolur,
Senga xoinlik qilgan har bir kishini nobud e'tasan.
28 Lekin men uchun Xudoga yaqinlashmoq yaxshidir.
Uning barcha ishlarini targ'ib qilay deyman,
Xudoyi Taoloni o'zim uchun panoh bilaman.

Sinovlar nima maqsadda beriladi

Yoqub 1:2-4 “E'y birodarlarim, turli sinovlarga duchor bo'lganingizda, uni katta sevinch bilan qabul qilinglar. Shuni bilinglarki, imoningizning sinalishidan sabr-toqat hosil bo'ladi. Sabr-toqat to'la samarasini ko'rsatsin, toki sizlar hech bir narsadan kamchiliksiz, komil va nuqsonsiz odamlar bo'linglar.”

Har bir kishi hayotida qiyin davrlar bo'ladi
Qiyinchiliklar bu hayotda sodir bo'lib turadi va hech kim bunday qochib qutula olmaydi. Oxirgi 50 yil davomida agar imonli kishida etarli darajada ishonch bo'lsa, unda hech ham qiyinchiliklar bo'lmaydi, degan fikr targ'ib qilinib keldi. Muqaddas Kalomda bunday ta'limot yo'q, bilki Kalomda qiyin vaziyatlar nima maqsadda berilishi bizga ko'rsatiladi. Shu bilan birga Kalom o'zimiz to'liq tushunmagan vaziyatlarda ham nima qilishimiz kerakligini o'rgatadi.
Kimdir yoki nimadir bizga ozor berganda va ziyon qilganda, biz o'zimizni qanday tutishimiz kerak? Yuqoridagi oyatlarda “turli sinovlarga duchor bo'lganingizda” nima qilish kerakligi yozilgan. Bu oyatda “agar sinovlarga duchor bo'lsangizda” deyilmagan, balki bu erda aniqlik bilan “bo'lganingizda” deb yozilgan (ya'ni "agar" so'zi u erda yo'q). Shunday qilib bu yozilgan so'zlar hamma imonlilarga qaratilgan. Agar siz ham haqiqiy masihiy bo'lsangiz, sizda ham qiyinchiliklar va sinovlar bo'ladi.

Uni katta sevinch bilan qabul qilinglar
Birinchi navbatda qiyinchiliklarga duchor bo'lgan imonli kishi to'g'ri munosabatga e'ga bo'lishi kerak. Ikkinchi oyatda Yoqub biz turli sinovlarga duchor bo'lganimizda, uni katta sevinch deb “hisoblanglar” deydi (yunon tilida aynan shu so'z yozilgan). Uchinchi oyatda “shuni bilinglarki” degan so'zlarni yozib qo'ygan. Bu so'zlar insonning hayolida qattiq qaror qilishni bildiradi. Ya'ni Xudovand hayotimizda sodir bo'lishiga ruxsat bergan vaziyatlar oxirida biz uchun yaxshilikka aylanishini bilishimiz kerak. Biz salbiy vaziyatlarga duchor bo'lsak ham, ular natijasida Xudo bizda ijobiy va foydali narsalarni hosil qiladi. Mana shu haqiqiy imondir.
Imonli kishi hech qachon o'zini “o'lja” deb bilishi kerak e'mas. Biz hech qachon o'lja, jabrlangan va jafo topgan bo'lmaymiz. Xudo bizni mijoz sifatida O'zining jarrohlik stoliga yotqizib, yuragimizni tuzatmoqchi va qiyinchilik natijasida bizda yanada kamol fe'l-atvorni (xarakterni) paydo qildirmoqchi. Mana shu sabab bilan biz mazkur vaziyatni katta sevinch deb hisoblaymiz. Albatta vaziyatning shunday bo'lganiga xursand bo'lmasak ham, hayolimizda “Xudo mening o'rnimga shu vaziyat bilan mashg'ul bo'lyapti” deb o'ylaymiz. Shuning uchun imonli kishi shunday vaziyatlardan osoyishtalik bilan chiqib ketishi mumkin. Shuning uchun men minnatdorman, hamda kelajakda bo'ladigan sevinchni kutib hozirgi paytdagi engil sinovlarga sabr-bardosh beraman.

Turli sinovlarga duchor bo'lganingizda
Yuqoridagi oyatda “turli sinovlarga duchor bo'lganingizda” degan joyida, yunon tilida turli sinovlarga yiqilib tushganingizda deyilgan. Bu vaziyatni (ya'ni yiqilishni) kishi oldindan ko'ra olmaydi, shuning uchun bundan qochib qola olmaydi. Kishi hayot yo'lida ketayotganida, burchakdan birdan kimdir yoki nimadir chiqib qolib, shunday vaziyatni yuzzaga keltiradi. Iso Masih samariyalik yo'lovchi (Luqo 10:25-37) haqida hikoyani gapirganda, bir odam “qaroqchilar qo'liga tushib qolibdi” deb aytadi. Bu kishi bilmagan va nazorat qilmagan holida qiyin vaziyatga tushadi – qaroqchilar uni urib, narsalarini o'g'irlab, o'zini o'lsin, deb tashlab ketadilar. Hayotimizda biz ham shunga o'xshash vaziyatlarga duchor bo'lamiz, ularni na nazorat, na boshqara olamiz. Biroq Xudo shu vaziyatni nazorat qilmayapti yoki boshqarmayapti degani e'mas. Buning ma'nosi shuki, bunday vaziyatlar biz tufayli yuzaga kelmaydi. Lekin imonli kishi salbiy vaziyatni yuzaga keltirsa ham, Xudo baribir shu orqali ijobiy natijaga e'rishadi; faqat biz shu vaziyatda o'zimizni munosib ravishda va Muqaddas Kalomga mos tutishimiz kerak.

Shu vaziyatni xochga olib boring
Biz imonli kishi sifatida har bir vaziyatimiz, jarohatimiz, qo'rquvlarimiz, shubhalarimiz va hatto o'z hayotimizni Iso Masih xochiga qo'yishimiz kerak. Shu narsalarni xochga qo'yish kerak degani nima e'kan? Bu degani, biz tuyg'ularimiz, orzularimiz, rejalarimiz, urinishlarimiz, cheklangan qobiliyatlarimiz va hamma ojizliklarimizni xoch tagiga olib kelishimiz kerak demakdir. Bunga biz quyidagicha ibodat qilish bilan e'rishamiz:
“Rabbim, shu vaziyat orqali menda yuzaga qalqib chiqqan hisslar va fikrlarni men o'zgartira olmayman; o'z uddaburonligim yoki urinishlarim orqali shu vaziyatni o'zgartira olmayman ham. Shuning uchun uni Senga keltiraman. Sen xochda men uchun qilgan ishing hayotimda va o'zimda kerakli natijani berishga etarli, deb ishonaman. Sen xohlagan shaxs bo'lishim uchun menga kerakli inoyatingni bergin. Shunday qiyin vaziyat orqali Sening surating, siymongga o'xshab muvofiqlashim uchun inoyatingni bergin. Meni nafaqat gunohdan qutqarish uchun, balki o'zimdan ham qutqarish uchun Sen o'lganingga ishonaman. O'z muhtojliklarimni Sening oyoqostingga tashlayman. Ularni Sening xoching tagiga joylashtiraman va butunlay Senga ishonaman”.

Imonli kishi shunday qilib o'z shaxsini Xudoga topshirganda, “sabr-toqat” o'z kamollashtirish ishini qiladi, hamda shu salbiy vaziyat ijobiy natijalarni yuzaga keltiradi, shunda nima uchun shu vaziyatni Xudo sizga berganini bilib olasiz. Shuning uchun, turli xil sinovlar va qiyin vaziyatlarga duchor bo'lganingizda, buni katta sevinch, deb hisoblang. Sizda qandaydir ish qilish uchun Xudo tayyor bo'lib turibdi. Siz o'lja yoki jabrlangan kishi e'massiz! Agar Iso Masihga ishonib Uni qabul qilgan bo'lsangiz, siz Xudo farzandisiz. Bunday vaqtlarda Xudoga O'z ishini bajarishga yo'l bering, shunda g'olib bo'lib shu vaziyatdan qutulib chiqasiz.

Inoyat xabari

1-Korinfliklarga 1:17-18 “Zotan Masih meni cho'mdirishga e'mas, balki Injil Xushxabarini targ'ib qilishga yubordi. So'zamollik qilishga ham yubormadi, toki Masihning xochi inkor e'tilmasin. Xoch haqidagi xabar halok bo'layotganlar uchun tentaklikdir. Lekin biz, najot topayotganlar uchun bu xabar Xudoning qudratidir.”

Masihiylar uchun inoyat so'zi Xudo O'zining e'zguligi bilan insonga najot topish va muqaddas bo'lishda ko'rsatgan yordamini bildiradi. Ya'ni biz bu erda Xudoning inoyati haqida gapiryapmiz. Muqaddas Kalomda yozilishicha inson najot topishi va muqaddas bo'lishi uchun Iso Masihga, U gunoh uchun xochda o'lib, ko'milib, qayta tirilganiga ishonishi kerak.

Yuhanno 1:12 “Uni qabul qilganlarga e'sa, barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo'lish iqtidorini berdi.”

Ana shunda Muqaddas Ruh shu kishini poklaydi, gunohlaridan tozalaydi, unga solihlik beradi va Iso Masih tanasi bo'lmish masihiylar jamoatiga qo'shib qo'yadi. Bundan tashqari shu kishining najot topishida yana boshqa jarayonlar sodir bo'ladi; bularning hammasi haqida hozir so'zlashmaymiz. Keyin Muqaddas Ruh shu yangi imonli hayotida O'z kuch-qudrati bilan harakat qila boshlaydi. Mana shu erda biz qichqacha inoyat bilan yashash nimaligini sizga ko'rsatdik. Kishi inoyat bilan yashashni boshlashi va davom qilishi uchun u Iso Masihga ishonishi kerak.

Lekin bu ishonch oddiy ishonch e'mas, yuqorida aytganimizdek, inson Iso Masih xochda uning gunohlari uchun qurbonlik sifatida o'lgani, qabrga ko'milgani, uchinchi kuni qayta tirilgani va osmonga ko'tarilib ketganigi ishonishi kerak. Chunki ayni xochda Iso shayton, gunoh va o'lim ustidan g'alaba qozongan e'di. Biz e'sa shunga ishonish orqali Masih bilan bir bo'lamiz va U bilan shayton va gunoh ustidan g'alabaga e'rishamiz.

Aynan mana shu yo'sinda Pavlus shunday yozadi – 1-Korinfliklarga 1:1-3 “Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo'lishga chorlangan men, Pavlus ila birodarimiz Sostendan Korinf shahridagi Xudoning jamoatiga salom! Iso Masih orqali muqaddas qilingan va muqaddas bo'lishga chorlangan sizlarga, shuningdek, hammamizning Rabbimiz bo'lgan Iso Masihning ismini har erda tilga oluvchilarning hammasiga Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihdan inoyat va tinchlik bo'lsin.”

Inoyatdan qanday manfaat keladi? Xudodan imonli kishiga beriladigan har qanday yaxshi narsa imon orqali beriladi. Injil xushxabarining mag'zi ham shundan iborat, ya'ni Xudo biz uchun tayyorlab qo'ygan narsaga ishonsak, o'shanda Xudo bizga o'sha narsalarni inoyati bilan beradi. Mana shu inoyat foydasi yoki manfaati haqida Pavlus shunday deb yozadi:

1-Korinfliklarga 1:4-9 “Iso Masih orqali sizlarga berilgan Xudo inoyati uchun siz haqingizda Xudoyimga tinmay shukronalar aytaman. Masihning payg'omi orangizda keng o'rin olmoqda. U tufayli sizlar har qanday kalomda mohir, bilimda boy bo'ldingizlar. Rabbimiz Iso Masihning ko'kdan namoyon bo'lishini kutar e'kansizlar, Muqaddas Ruhning in'omidan hech bir kam-ko'stingiz yo'q. Rabbimiz Iso Masih qaytadigan kunida qusursiz bo'lmog'ingiz uchun, U sizlarni oxirigacha qo'llab-quvvatlaydi. Sizlarni O'z O'g'li Rabbimiz Iso Masih bilan muloqotga chaqirgan Xudo sadoqatlidir.”

Korinf o'sha davrda Gretsiyaning katta shahri bo'lib, u erda savdo-sotiq juda rivojlangan e'di. Shu bilan birga bu shaharda hashamatli binolar, butxonalar, qasrlar, teatrlar bor e'di; yana yunon afsonalaridagi turli xudolarga haykallar solingan e'di – masalan Venera, quyosh, Neptun, Yupiter va boshqalar. Bu erdagi butxonalarda fohishalar bo'lib, ko'p odamlarni o'zlariga jalb qilar e'dilar, bu e'sa o'z navbatida shaharga ko'p pul keltirar e'di. Odamlar shu kabi ishlar orqali boyib ketib, buzuq bo'lib qolgan e'dilar. Korinf shahri o'sha davrlarda qandayligini bilishimiz shu maktubni to'g'ri tushunishimizga yordam beradi.

Korinf shunday yomonlikka to'la shahar bo'lishiga qaramasdan Pavlus u erga borib, Injil xushxabarini va'z qiladi va shuning natijasida masihiylar jamoatiga asos soladi. Pavlus ularga Iso Masihga va U qilgan ishga ishonish orqali najot topish va muqaddas bo'lish haqida so'zlaydi; ular e'sa shu xabarga ishonib imonga keladilar. Pavlus bu shaharda ikki yil atrofida xizmat qiladi va keyin boshqa joylarga ketadi. Shu paytda boshqa soxta va'zxonlar kelib, ularni yo'ldan ozdira boshlaydilar va korinfdagi imonlilar ularning gapiga quloq solib imondan og'ib keta boshlaydilar. Shuning uchun Pavlus shu maktubni yozadi.

1-Korinfliklarga 1:10-yatda Pavlus shunday deydi: “E'y birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlardan yolvorib so'raymanki, hammalaringiz o'zaro kelishib yashanglar. O'zaro nizolarga yo'l qo'ymay, fikr-xayolda tamomila yakdil bo'linglar.”

Aslida yunon matnida “hammalaringiz o'zaro kelishib yashanglar” deyilgan joyida hammangiz bitta narsani gapiring deyilgan. Ya'ni hammangiz bitta xabarga ishoning va shu xabar xaqida gapiring, uni va'z qiling degani. Yakdil degani shudir – bitta xabar, ya'ni inoyat yoki xoch xabariga ishonish va hamma shu xabarni targ'ib qilishidir. Lekin bu jamoatda yakdillik yo'q e'di, buning o'rniga ularda nizolar va janjallar sodir bo'lar e'di.

Odam najot topishi uchun Masih xochiga kelishi kerak (ya'ni Iso Masih shu xochda qilgan ishiga ishonishi kerak), imonga kelgandan keyin ham inson ishonchi shu xochga qaratilgan bo'lishi kerak. Chunki shu xoch orqali Xudo bizga hamma narsani beradi; xoch xabari orqali Xudo inoyati bizga beriladi. Biroq kishi ishonchini xochdan boshqa narsa yoki kimsalarga qaratadigan bo'lsa, inoyat oqimi to'xtab qoladi va kishi mag'lubiyatga uchraydi.

Pavlus bu haqda shunday deydi: “Zero, birodarlarim, sizlarning orangizda janjal borligini Xloisning xonadonidagilar menga xabar berishdi. Men shuni nazarda tutyapmanki, orangizda: «Men Pavlus ummatiman», «Men Apollos ummatiman», «Men Kifa ummatiman», «Men Masih ummatiman», degan gaplar yurar e'kan.” 1-Korinfliklarga 1:11-12

Ayrimlar qandaydir shaxsga yoki narsaga ishonadilar, masalan insonga (va'zxon, jamoat cho'poni), jamoatga. Lekin inson yoki jamoat Xudoning va xoch xabarining o'rnini bosa olmaydi. Shuning uchun har bir kishi ko'zi va ishonchi xochda bo'lishi uchun o'zi kurashishi kerak. Korinfliklar e'sa xoch xabarini tashlab ketdilar, buning dalili yaqqol ularning gaplarida ko'rinib turibdi: men Apollosga tegishliman, men e'sa Pavlusga tegishliman, degan gaplar.

Imonli kishi to'g'ri xabarga ishonishi orqali xoch va inoyatdan foydalana oladi. Ayrim kishilardan nimaga masihiylar jamoatiga borasiz deb so'rasangiz, ular men baptistman yoki xarizmatman, deb javob berishadi. Lekin bu javob noto'g'ri. To'g'ri javob bunday: men Iso Masihga ishonganim uchun va masihiy bo'lganim uchun jamoatga boraman deb aytish va o'ylash kerak.

Shu imon oddiyligini saqlab qolish uchun kurashish kerak. Siz kuchingiz qaerda asoslanganini gapirganingizda imoningiz xoch xabarida yoki boshqa narsalarda e'kanligini bildirib qo'yasiz.

Xudo sizning qilgan ishingiz uchun haq to'lamaydi; shunday qilsam Xudo menga haq to'laydi, degan narsa din deyiladi. Biz e'sa tirik va haq Xudo bilan munosabatda bo'lish haqida gapiryapmiz. Siz Iso Masih nomida suvda cho'mdirilganingizda Uning qudrati va hukmdorligi ostida bo'lib qoldingiz. Imonga kelgan odamlarni qanday qilib suvda cho'mdirish kerakligi Matto yozgan xushxabarda keltirilgan:

Matto 28:18-20 “Iso ularga yaqinlashib, shunday dedi: «Menga osmonda ham, erda ham butun hokimiyat berilgandir. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho'mdirib, imonga kiritinglar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o'rgatinglar. Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo'laman».”

Kishi Iso Masihga ishonib imonga kelganidan keyin, kutib o'tirishning hojati yo'q, tez orada uni suvda cho'mdirish mumkin. Chunki suvda cho'mdirish allaqachon ruhiy dunyoda sodir bo'lgan narsalarning (ya'ni Iso bilan o'lib, ko'milish va qayta tirilish) ramzidir xolos. Inson Masihni qabul qilganida u Iso bilan birga o'ladi, ko'miladi va qayta tiriladi, shu bilan kishi Masihga cho'mdiriladi.

Qutlug' kecha ham ramziy marosim bo'lib, unda biz Iso nima uchun o'lganini e'slaymiz. Odamlarni faqat Xudovand qutqarishi va gunohdan ozod qilishi mumkin, bizning vazifamiz e'sa ularga ta'lim berishdir. Inson imonga kelganida va undan keyin nimalar sodir bo'lganini Muqaddas Kalomdan ta'lim berib o'rgatishimiz kerak. Biz najot beradigan inoyat xabarini boshqalarga aytishimiz kerak xolos.

Iso nima qilishimiz kerakligini ko'rsatib ketgan. Yuhanno 11-bobda Isoning do'sti Lazar o'lib qoladi, lekin bir-necha kundan keyin kelgan Iso uni o'limdan qayta tiriltiradi. O'shanda shunday hodisa ro'y beradi:

Yuhanno 11:43-44 “Shunday dedi-yu, [Iso] baland ovoz bilan xitob qildi: – Lazar, tashqariga chiq! Shu payt qo'lu oyoqlari doka bilan bog'langan, yuzi ro'mol bilan o'ralgan jasad chiqib keldi. – Uni echintirib, qo'yinglar, ketaversin, – dedi Iso odamlarga.”

Ya'ni Iso Masih o'z gunohlarida o'lgan odamlarni yangi hayot uchun qayta tiriltiradi, lekin ular Lazarga o'xshab qo'llari va oyoqlari boylangan hamda betlari yopilgan bo'ladilar, shuning uchun biz ularni bo'shatishimiz kerak. Boshqacha qilib aytganda biz imonga kelgan odamlarga Iso Masihdagi ozodlik haqida ta'lim berishimiz kerak. Xudovand imonga kelganlarga yangi hayot beradi, biz e'sa shuni va'z qilishimiz kerak.

Men ko'p odamlarni suvda cho'mdirmaganman, deydi Pavlus. Chunki Masih uni suvda cho'mdirish uchun yubormagan e'di. Injil xushxabari, inoyat xabarini va'z qilish e'ng muhim vazifadir, chunki va'z qilish orqali Xudo odamlarni najotga olib keladi.

1-Korinfliklarga 17-18 “Zotan Masih meni cho'mdirishga e'mas, balki Injil Xushxabarini targ'ib qilishga yubordi. So'zamollik qilishga ham yubormadi, toki Masihning xochi inkor e'tilmasin. Xoch haqidagi xabar halok bo'layotganlar uchun tentaklikdir. Lekin biz, najot topayotganlar uchun bu xabar Xudoning qudratidir.”

Injil xushxabarini targ'ib qilish, ya'ni inoyat xabarini va'z qilish – Xudoning qudratidir. Biz va'z qilganimizda Xudo O'z kuch-qudrati bilan odamlarni O'ziga jalb qila boshlaydi va ularga qutqarilishni taklif e'tadi va nihoyat Uni qabul qilganlarga najot beradi. Shuning uchun va'z qilishni to'xtatmang, bu ishni qilishda davom e'ting.

Rabbimiz Iso Masihning inoyati, Otamiz Xudoning sevgisi va Muqaddas Ruhning hamrohligi hammangizga yor bo'lsin! Omin.

Inoyat nima?

Xudo inoyati noloyiq imonli kishi uchun ko'rsatilgan Xudoning e'zguligi, yaxshiligidir. Bu shunchalar oson. Lekin bundan tashqari biz inoyat haqida yana boshqa ayrim narsalarni bilib olishimiz kerak.

1. Hozirgi kunda biz Inoyat davrida yashayapmiz, biroq bu e'ndi inoyat avtomatik ravishda hammaga tegishli degani e'mas. Chindan ham inoyat avtomatik yoki ommabop e'mas; bu haqda Galatiyaliklarga 2:21; 5:2, 4-oyatlarda o'qisak bo'ladi.
2. Hozirgi kunda ham bir necha ming yil ilgari kabi Xudo bir xil inoyatlidir. Biroq, hozir xochda sodir bo'lgan ish orqali U insonlarga nisbatan ko'proq inoyat bera oladi (Kolosaliklarga 2:14-15).
3. Shunday qilib xoch (u erdagi ish karomati bilan) vositasi bilan imonli odamlarga inoyat beriladi, tarqatiladi (Rimliklarga 6:3-5; 1-Korinfliklarga 1:17-18, 23; 2:2)
4. Xudoning inoyati imonli kishiga to'xtamasdan kelib turishi uchun imonli ishonchini faqatgina Masihga va U xochda biz uchun qilgan ishiga qaratishi kerak. Agar ishonchimiz bo'linib, boshqa narsalarga qaratiladigan bo'lsa, buning natijasida inoyat chetga tashlangan, inkor e'tilgan bo'ladi, hamda oqibati ijobiy e'mas, balki doim salbiy bo'ladi.

Formula

Qonun va inoyat o'rtasida farqni quyidagi formula orqali yaxshiroq tushunsak bo'ladi. Katta e''tibor bilan ko'rib chiqing.

* FOKUS: Rabbimiz Iso Masih (Yuhanno 14:6).
* IShONCh NIMAGA QARATILGAN: Iso Masih xochi (Rimliklarga 6:3-5).
* KUCh-QUDRAT MANBA'I: Muqaddas Ruh (Rimliklarga 8:1-2, 11).
* NATIJASI: G'alaba (Rimliklarga 6:14).

E'ndi e'sa xuddi shu formulaning aksiga e''tibor bering.

* FOKUS: ishlar (E'fesliklarga 2:8-9).
* IShONCh NIMAGA QARATILGAN: ijro, bajarish (Rimliklarga 7:9).
* KUCh-QUDRAT MANBA'I: shaxsning o'zi (Luqo 9:23).
* NATIJASI: mag'lubiyat (Galataliklarga 5:4).

Qonunga aloqasiz solihlik

Rimliklarga 3:21 “E'ndi e'sa, Qonunga aloqasiz ravishda Xudo talab qilgan solihlikka e'rishish yo'li aniq-ravshan ko'rinmoqda, bunga Tavrot va payg'ambarlar ham guvohlik beradilar.”

Har bir masihiy imonli Iso Masih bilan chuqur munosabatlarni boshidan kechirmoqchi bo'lsa, u avvalambor qonunga aloqasiz bo'lgan solihlik nimaligini tushinib bilishi kerak. Yuqorida keltirilgan oyatni Pavlusning Rimdagi jamoatga yozgan maktubida topsa bo'ladi. Ushbu maktubda masihiy odam hayoti va kechinmalari to'liqligicha ko'rsatilgan. Albatta Pavlus Muqaddas Ruh ilhomi bilan shu so'zlarni yozgan, shuning uchun shu so'zlarning ma'nosini tushunishimiz shart. Bu gap oddiy tuyulishi mumkin, lekin bu tushunchaning ma'nosini to'liq anglab etish juda qiyin. Qiyin bo'lgani uchun hozirda ko'pgina imonlilar bu gapning ma'nosini tushunmaydilar. Nima, e'ndi Xudovand O'zining ma'naviy qonunidan voz kechmoqchimi? Nima, Xudo e'ndi imonli kishini solih va muqaddas hayot kechirish mas'uliyatidan ozod qildimi? Yuqoridagi gap shunday ma'noni bildiradimi? Buning javobi: Pavlus Rimliklarga 6-bobda aytganidek “Aslo!” Qonunga aloqasiz solihlik degan ibora, imonli solihlik va muqaddaslik darajasiga etishi uchun Xudo o'rnatgan jarayonni bildiradi; bu ibora shunday darajaga etish kerakligidan tonish e'mas.
Xo'sh, kishi qanday qilib qonunga aloqasiz ravishda solih bo'la olar e'kan? Keling, bu savolga javobni topish uchun uchun Muqaddas Kalomdagi oyatga murajaat qilaylik.

Qonun najot bera olmaydi va muqaddas qila olmaydi ham

Birinchi navbatda imonli kishi qonun nima maqsadda berilganligini tushunishi kerak. Xudo ma'naviy (ahloqiy) qonunining aksariyati Tavrotda, ya'ni Muqaddas Kalomning dastlabki beshta kitobida yozilgan. Xudo ma'naviy qonunining e'ng asosiylari albatta O'nta Amr e'di. Qonunning e'ng asosiy maqsadlaridan biri insonga uning gunohkorligini va u qonunni bajarishga ojiz e'kanligini ko'rsatish e'di. Bu degani inson qonunni nazar-pisand qilmasligi mumkin degani e'mas; aksincha qonun orqali inson qonunni bajara olmasligini bilib oldi. Mana shu sababga ko'ra E'ski Ahdning Leviylar kitobida yozilgan qurbonliklar tizimi ham berilgan e'di. Bular hammasining ma'nosi – Xudovand insondan u bajara olmaydigan narsalarni talab qilishi e'di. Xudo haq va odil bo'lgani uchun inson ojizligini tuzatish chorasini, ya'ni qurbonlikni berdi. Demak, qonun najot berish uchun berilmagan e'di, aksincha u haqda Pavel Galataliklarga 3:24-oyatda shunday deb yozadi: “Qonun Masihga boshlovchi murabbiyimiz bo'lgan”. E'ski zamonda insonlar qurbonliklarni imon (ishonch) bilan qabul qilganlaridek, hozirgi kunda ham Masihning qurbonligi ishonch bilan qabul qilinishi kerak. “Zotan Qonun amrlarini bajo qilish bilan hech kimsa Xudo oldida o'zini oqlay olmaydi” (Rimliklarga 3:20).
Demak, Xudo talab qilayotgan solihlikka biz qandaydir qonun yoki qonunlarni bajarish bilan hech qachon e'risha olmasligimiz ayon bo'ldi. Shuning uchun solihlikka e'rishishning mutlaq boshqa yo'li o'rnatilishi va ochib berilishi kerak bo'lib qoldi. Mana shu sabab bilan Xudovand yuragimizda solihlikni o'rnatish uchun imon (ishonch) yo'lini tanladi; ya'ni ishonch orqali Xudo talab qilgan soloihlik yuragimizda huquqiy va amaliy ma'noda o'rnatiladi.

Imon qonuni

Xudoning solihlikka boshlaydigan yo'li ishonch yo'lidir. Ishongan gunohkor kishi o'zining ishonchini Xudoning Qutqarish rejasiga qaratadi, Rabbimiz buning natijasida shu kishini solih deb hisoblaydi. Faqat Iso Masih tug'ilishidan to o'limiga qadar Xudo qonunini to'liqligicha bajara oldi. Ishongan gunohkor kishi Masihga chindan ham imon qo'ygandan keyin kechiriladi va o'sha zahotiyoq Masihga cho'mdiriladi (ruhiy birlashmaga qo'shiladi). E'ndi Masihning komil hayoti shu imonlining hayoti bo'lib qoladi. Mana shu qonunga aloqasiz ravishda solihlikning birinchi bosqichidir. Biz bitta ham qonun amrini bajarmasak hamda ko'pgina amrlarni buzgan bo'lsak ham, Masih bilan birlashganimiz natijasida Xudovand bizga solihlikni beradi.
Ikkinchidan, shu solihlik ikkinchi tomondan harakat qila boshlaydi. Ya'ni solihlik hayotimizda o'z ishini amalga oshira boshlaydi va bu bizning xatti-harakatlarimiz, fikrlarimiz va ishlarimizda namoyon bo'la boshlaydi. Yana qaytarib aytamizki, bunday amaliy solihlikka o'sish jarayoni faqat ishonch orqali sodir bo'ladi. Imonli kishi doimiy ravishda Masihning bitirgan ishiga ishonsa, ya'ni shu ish orqali Muqaddas Ruh qudrati va ta'siri imonli kishida namoyon bo'lishiga ishonsa, Xudo doimiy ravishda imonlining hayotida solihlikni rivojlantira boradi. Bularning hammasi Iso Masihga, hatto Uning xochga mixlanganiga ishonish orqali amalga oshadi!

Bu yangi reja e'mas

Qonunga aloqasiz solihlik doim Xudoning rejasida e'di. Shuning uchun ham Pavlus bu rejaga “Tavrot va payg'ambarlar ham guvohlik beradilar” deb ta'kidlaydi. Agar biz Muqaddas Kalomni sinchiklab o'qisak, Xudoning yo'li asosida solihlikka e'rishish uchun yaxshi ishlar e'mas, balki ishonch kerakligini ko'ramiz. Bu rejani Xudo dunyo bino bo'lishidan ilgari o'ylab topgan e'di; keyin E'ski Ahdda uni ozgina-ozginadan namoyon qila boshladi, O'z O'g'li Iso Masihning hayoti va qurbonligi orqali uni ochiq ko'rsatdi va mana e'ndi shu in'omni ishonch bilan qabul qilishga tayyor bo'lgan har bir kishiga Xudo solihlikni hadya qilmoqda.

Siz bunga nima deysiz? Xudoga ishonasizmi? Uning oldiga o'z solihligingiz bilan yaqinlashmoqchimisiz yoki Isoga ishonib Uning solihligi bilan yaqinlashasizmi? Sizga hozir Xudo mana shu so'zlar oqali murojaat qilyapti – oldingizda hayot va o'lim turibdi, qaysi birini tanlaysiz. Yaxshisi hayotni tanlang va abadiy hayotga, Iso Masihga ishonish orqali e'rishing.
Shu sahifa, maqola borasida savollaringiz bo'lsa, iltimos izoh (comment) so'zini bosib – o'z fikrlaringizni yozib qoldiring. Umuman boshqa savollar bo'lsa ham xuddi shunday qilib bizga yozib yuborsangiz bo'ladi. Xudo sizga yor bo'lsin va barakatlasin!

Tushuntirish

Salom do'stlar,
quyidagi maqola haqida sizlarning fikrlaringizni kutib qolaman. E'ng muhimi shu sahifadagi maqolalar bo'yicha qanday fikringiz yoki mulohazalaringiz bo'lsa, iltimos bemalol shularni komment tugmasini bosib, menga yozib yuboring.

Havoriy Pavlusning Rimliklarga yozgan maktubi

Rimliklarga 6-bob

Xoch
1 Xo'sh, nima deylik? (Bu savol e''tiborimizni Rim. 5:20-oyatga qaratadi). Inoyat ko'paysin, deb gunoh qilishni davom e'ttiraveraylikmi? (Inoyat gunohdan yuksakroq bo'lgani bilan masihiy kishida e'ndi gunoh qilishga ruxsatnoma bor degani e'mas).
2 Aslo! (Yuqorida o'zi bergan savolga Pavlus javob beryapti, “Bunday fikrni yo'qoting, mutlaqo bunday bo'lmasin!”). Biz gunoh qarshisida o'lganmiz (gunoh tabiatiga nisbatan o'likmiz). E'ndi gunoh qilib qanday yashayveramiz? (Bu so'zlar e'ndilikda imonli kishi Masihda kimligini ko'rsatadi).
3 Unutmangizki, biz Iso Masihni tan olib suvda imon keltirganimizda, (aslida qo'lyozmalarda yunon tilida “suvda” degan so'z yo'q; bu erda suvga cho'mdirilish e'mas, balki Iso Masihga cho'mdirilishimiz haqida gap ketyapti [1-Kor. 1:17; 12:13; Gal. 3:27; E'fes. 4:5; Kol. 2:11-13]) hammamiz ham Uning o'limini tan olib imon keltirdik. (aniqrog'i: Uning o'limiga cho'mdik; Masih xochda o'lganida Xudoning fikricha biz ham U bilan o'ldik; boshqacha qilib aytganda Iso bizning o'rnimizni e'gallab, biz uchun o'ldi, shunday qilib Uning o'limida U bilan bir bo'lganimiz sababi, Iso o'limi natijasida qo'lga kiritgan hamma barakatlarga ham e'ga bo'lamiz; ya'ni Iso Masih biz uchun bularning hammasini amalga oshirdi).
4 Biz suvga cho'mib, Masih bilan birga o'ldik va ko'mildik (aslida qo'lyozmalarda yunon tilida “suvda” degan so'z yo'q; biz nafaqat Iso bilan birga o'ldik, balki U bilan birga ko'mildik ham; ya'ni o'tmishdagi barcha gunohlaru va qonunbuzarliklar ham ko'mildi; Isoni qabrga qo'yishganda, bizning barcha gunohlarimizni ham o'sha qabrga qo'yishgan e'di). Shuningdek, Masih Otasining ulug'vor qudrati bilan tirilganiga o'xshab, biz ham yangi hayotda yurishimiz lozim. (biz Iso bilan o'ldik, U bilan ko'mildik va Uning tirilishi bizning qayta tirilishimiz bo'lib, shu orqali biz yangi hayotga e'ga bo'ldik).
5 Agar o'lishda Masihga e'rgashgan bo'lsak (aslida “e'rgashgan” so'zi “birga e'kildik” degan ma'noni bildiradi; ya'ni biz Iso bilan birga e'kildik. Pavel bu erda barcha barakatlar xoch orqali kelishini e''lon qilyapti; demak imonimiz doim xochga qaratilgan bo'lishi kerak, o'shanda Muqaddas Ruhga hayotimizda ish olib borishi uchun yo'l ochiladi), albatta, tirilishda ham Unga e'rgashamiz. (agar biz “Uning o'limida birlashish” nimaligini tushunsak, o'shanda “Uning tirilishida birlashish”, ya'ni shu qayta tirilgan hayot bilan yashashga e'rishamiz; bularning hammasi e'sa xoch vositasida amalga oshadi).
6 Gunoh qilishga mubtalo bo'lgan bu vujudimiz yo'q qilinsin (ya'ni gunoh kuch-quvvati buzildi, sindi), deb e'ski o'zligimiz (aslida: e'ski odam – Masihni qabul qilishimizdan oldingi holatimiz, o'zligimiz) Masih bilan birga xochga mixlangan. Buni bilib, biz e'ndi gunohga qul e'masmiz (imonga kelish vaqtida gunoh aybi olib tashlanadi, chunki yuragimiz va hayotimizda gunoh tabiati e'ndi hukm surmaydi).
7 Chunki o'lgan odam (Iso bizning o'rnimizni e'galladi, shuning uchun Xudoning fikrida biz ham ishonish orqali U bilan o'ldik) gunoh qilishdan ozoddir (gunoh tabiati qulligidan ozod bo'ladi).
8 Agar biz Masih bilan birga o'lgan bo'lsak (bu oyatda ham xoch haqida va Isoning o'limiga cho'mdirilganimiz haqida gap ketyapti), U bilan yashashimizga ham ishonchimiz komil (yangi, qayta tirilgan hayotga, ya'ni yanada farovon hayotga e'ga bo'lamiz, [Yuhanno 10:10]).
9 Masih tirilib boshqa o'lmasligini (ya'ni Isoning ishi yakunlangan, bitirilgan ishdir, shuning uchun bu ish hech narsaga muhtoj e'mas, unga hech narsa qo'shilishi kerak e'mas), o'lim e'sa Unga e'ndi hokim bo'lolmasligini bilamiz (chunki barcha gunoh uchun baho yoki narx to'lanib bo'ldi; Masih bizning o'rnimizni e'galladi hamda o'lim Uning ustidan hukmronlik qila olmaydi, xuddi shunday ravishda o'lim bizning ustimizdan ham hukmronlik qilmaydi; bu degani gunoh tabiatining kuch-qudrati buzilgan demakdir).
10 Uning o'limi gunoh uchun (gunoh tabiatiga nisbatan) bir bor o'lim e'di (aniqroq ma'nosi: “U gunoh tabiatiga nisbatan bir marta, hamma uchun o'ldi”). Qolgan hayotini e'sa (ya'ni qayta tirilib) U Xudo uchun yashamoqda (barcha hayot Xudodan keladi, bu hayotni e'sa biz xoch orqali va o'sha yakunlangan ishga ishonish bilan qabul qilamiz).
11 Shunga o'xshab, sizlar ham o'zlaringizni gunoh qarshisida o'lik (gunoh tabiati o'lik e'mas, biroq xoch fazilati bilan va xochdagi qurbonlikka bo'lgan ishonchimiz orqali biz gunoh tabiati uchun o'likmiz, lekin ishonchimiz davomiy ravishda xochda bo'lib qolishi kerak), lekin Rabbimiz Iso Masih bilan birlashgan holda (Iso xochda qilgan ishi haqida gap ketyapti, shu ish qayta tirilgan hayotning manbaidir) Xudo qarshisida tirik hisoblanglar (qayta tirilgan hayot bilan yashash).

Muqaddaslanish
12 Shunday qilib, e'ndi gunoh (gunoh tabiati) sizlarning foniy badanlaringizga (ya'ni agar imonli kishi doimiy ravishda Masihga va xochga qaramasa, uning yuragi va hayotida gunoh tabiati yana hukmronlik qilishi mumkinligini bildiradi; “foniy badan” – neytral yoki betarafdir, ya'ni u solihlik yoki nopoklik uchun ishlatilishi mumkin) hokimlik qilmasin (hukmronlik, boshchilik qilmasin), siz badanlaringiz ixtiyoriga bo'ysunib ketmanglar (agar imon xochga qaratilmasa, foniy tana orqali nopok hirslar va e'htiroslar namoyon bo'ladi [1-Korinfliklarga 1:17-18]).
13 A'zoyi badaningizni (foniy tanangiz uzvlarini) yomonlik quroli qilib gunohning (gunoh tabiatining) izmiga topshirmanglar. Aksincha, o'lib tirilganlar kabi o'zingizni (biz Masih bilan birga “yangi hayot” uchun qayta tirildik), ya'ni butun a'zoyi badaningizni solihlik quroli qilib (bunga e'rishish uchun xochning xislati va o'sha erda yakunlangan ishga ishonishimiz kerak, shu bilan birga o'sha yakunlangan ishga bo'lgan ishonchimiz kun sayin davom e'tishi kerak [Luqo 9:23-24]) Xudoning izmiga topshiringlar (biz Masih va xochga bo'ysinishimiz, yon berishimiz kerak; faqat shunday usul gunoh tabiati ustidan g'alaba qozonishimizga kafolat beradi).
14 Gunoh sizlarga hukmron bo'lmasin (biz imonli sifatida doimiy ravishda Masih xochiga ishonchimizni yo'naltiradigan bo'lsak – gunoh tabiati ustimizdan hukmronlik qilmaydi; agar imonli bunday qilmasa, gunoh tabiati albatta uning ustidan hukmronlik qiladi), chunki sizlar e'ndi Qonun e'mas (ya'ni, agar biz hayotimizni qandaydir qonun asosida boshqarmoqchi bo'lsak, o'sha qonun o'zicha qanchalik yaxshi bo'lishidan qat'iy nazar, oxirida gunoh tabiati ustimizdan hukmronlik qila boshlaydi), inoyat panohidasizlar (imonli kishi doimiy ravishda Masihga va U xochda bajargan ishiga ishonib kelsa, Xudo inoyatining oqimi to'xtamasdan unga quyilib turiladi yoki etkaziladi; inoyat – noloyiq imonli kishilarga Muqaddas Ruh orqali ko'rsatiladigan Xudoning e'zguligidir).
15 Xo'sh, buyog'i e'ndi nima bo'ladi? (Bu erda Pavel shu bobning boshida bergan savoliga qaytib bormoqda). Qonun e'mas, inoyat panohida bo'lganimiz uchun gunoh qilaveraylikmi? (agar biz shunday savol beryapgan bo'lsak, demak inoyatni to'g'ri tushunmayapgan bo'lamiz. Xudoning inoyati bizga muqaddas hayot kechirishimiz uchun ozodlik beradi, bunga e'sa biz Masihga va xochga ishonish orqali e'rishamiz; bu ayrimlar o'ylaganidek gunoh qilishga ruxsat bor degani e'mas.) – Aslo! (har bir haqiqiy imonli kishi gunohdan nafratlanadi; shuning uchun gunohning hukmronligi ostida yashash fikrining o'zi nafratomuzdir).
16 Bilmaysizlarmi? Siz o'zlaringizni itoatkor qul qilib kimning izmiga topshirsangizlar, u kishining quli bo'lasizlar (imonli kishi yoki Masihning quli bo'ladi, yoki gunohning quli bo'ladi – ya'ni agar u Masih va xochga ishonishda davom e'tmasa gunohning quli bo'lib qoladi). Siz yo o'limga olib boruvchi gunohga (yana bir bor qaytaramiz: agar imonli kishi Masihning yakunlangan ishiga ishonishning o'rniga boshqa usul bilan Xudo uchun yashamoqchi bo'lsa, bunday imonli qanchalik harakat qilmasin baribir mag'lubiyatga uchraydi), yoki solihlikka olib boruvchi itoatkorlikka qul bo'lasizlar (imonli kishi Rabbimiz Kalomiga bo'ysunishi shart. U o'z kuch-quvvati bilan buning uddasidan chiqa olmaydi, balki u Masih xochda qilgan ishi orqali hamma narsalarga e'ga bo'lishini tushunsa, hamda kun sayin o'sha yakunlangan ishga ishonishda davom e'tsagina bunga e'risha oladi. O'shanda Muqaddas Ruh hayotimizda O'zining ishini amalga oshira oladi, chunki faqat Muqaddas Ruh bizni bo'lishimiz kerak bo'lgan shaxsga aylantira oladi).
17 Lekin Xudoga shukurki, ilgari gunohga qul bo'lganingiz holda (gunoh tabiatiga qul bo'lgan e'dik, ya'ni najot topishdan oldingi holatimiz), e'ndi o'zingiz qabul qilgan (Rabbimiz shu ta'limot shaklini Pavelga berdi, Pavel e'sa shu maktub orqali bizga o'sha ta'limotni etkazdi) ta'limotning mohiyatiga sidqidildan berilgansizlar (ushbu ta'limot mag'zi: Iso Masih va Uning xochga mihlanganini, hamda imonli kishi hamma narsalarni Xudodan xoch vositasi orqali qabul qilishini tushunishdir).
18 Gunoh qilishdan ozod bo'lib (gunoh tabiatidan ozod bo'ldik; u e'ndi imonli ustidan hukmron e'mas, lekin biz doim xochga qarab yashashimiz kerak), solihlikka o'zingizni qul qilib qo'ygansizlar (ilgari siz gunoh tabiatiga qul e'dingiz, e'ndilikda e'sa solihlikka qul bo'ldingiz; agar imonli kishining ishonchi har safar xochda bo'lsa, unda u solihlikka doimiy ravishda tortiladi).
19 Bandaligingiz tufayli insonlarcha fikr yuritib gapiryapman (“insonlarcha” so'zi ilk bor Odam Ato qilgan gunohiga taalluqli bo'lib, shu hodisa oqibatida inson tanasi ojiz bo'lib qoldi; ya'ni bu so'zlar bizning kuch-quvvatimiz va qobiliyatlirimizni bildiradi). Siz bir vaqtlar ifloslik (agar imonli kishi ishonchini xochga e'mas, balki boshqa narsalarga qaratsa, u tanasini qonunsizlikka qul qilib topshiradi) va yovuzlik qilish uchun a'zoyi badaningizni qonunsizlikka qul qilib topshirgansizlar (imonli har doim xochga ishonishni davom e'tmasa, uning gunohga nisbatan bo'lgan vaziyati battarlashib ketaveradi). E'ndi e'sa a'zoyi badaningizni solihlikka qul qilib topshiringlar va muqaddas yashanglar (yana takrorlab aytamiz: buning uddasidan chiqish uchun imonli doim xochga ishonishi kerak; biz xoch orqali barcha narsalarni qabul qilishimizni tushunishimiz kerak, hamda faqat Muqaddas Ruh hayotimizda solihlik va muqaddaslikni rivojlantira olishi mumkinligi va U faqatgina xoch vositasi orqali amal qilishini bilib olishimi kerak).
20 Gunohning quli e'kaningizda, solihlik talablaridan ozod e'dingizlar (Masihni qabul qilishimizdan ilgari bo'lgan hayotimiz shunday e'di).
21 Hozir o'zingiz uyalayotgan qilmishlardan o'sha vaqtda qanday naf bor e'di? (ya'ni gunohkor qilmishlardan umuman hech qanday yaxshi narsa chiqishi mumkin e'mas. Bunday ishlardan yaxshi meva chiqishining iloji umuman yo'q). U qilmishlarning oqibati o'limdir (agar imonli kishi xochga qarashni rad e'tib, buning o'rniga solihlikka e'rishish uchun boshqa narsalarga qarasa, natijada gunoh tabiati uning ustidan hukmronlik qila boshlaydi va oxiri ruhiy o'lim bilan tugaydi; gunohning yagona echimi xochdir).
22 Hozir e'sa (Masihni qabul qilganingizdan keyin) gunoh qilishdan ozod bo'lib (aniqrog'i: gunoh tabiatidan ozod bo'ldingiz), Xudoning qullari bo'lgansizlar (biroq bu bo'yinturuq engildir [Matto 11:28-30]). Bundan naf – muqaddaslikdir (demak ishonchimiz doim xochda bo'ladigan bo'lsa, Muqaddas Ruh buni amalga oshiradi) va buning natijasi e'sa abadiy hayotdir (shunday qilib imonli kishi yo “o'limni” tanlashi mumkin – bu Masih va xochdan tashqari boshqa narsalarga ishonish natijasida sodir bo'ladi, yoki “abadiy hayotni” tanlashi mumkin e'kan – bu e'sa Masih va xochga ishonish natijasida sodir bo'ladi).
23 Gunohning e'vazi – o'lim (ya'ni ruhiy o'lim – Xudodan ayrilishdir), Xudoning in'omi e'sa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir (yuqorida aytganimizdek, istisnosiz bularning hammasini biz Masih xochda amalga oshirgan ishi orqali qabul qilamiz, shu bilan birga bunga e'rishish uchun xoch doim ishonchimiz markazida bo'lishi kerak, buning natijasida e'sa Muqaddas Ruh hayotimizda O'z ishini olib boradi va O'zining mevasini paydo qildiradi).

Najot topgandan keyin nima qilish kerak?

E'ndi nima qilishingiz kerak

Albatta siz g'alabakor masihiy hayotini kechirmoqchi bo'lsangiz kerak, buning uchun sizga aytgan so'zlarimga quloq solishingiz kerak, bu ko'rsatmalarim keyingi bir nechta betlarda yozilgan. Ular juda ham ahamiyatli.

Siz e'ndi Iso Masihda “yangi ijodsiz” (2-Korinfliklarga 5:17). Shunday e'kan, yuragingizda Ilohiy tabiat, ya'ni Xudoning tabiati bor; boshqacha qilib aytganda Muqaddas Ruh e'ndi yuragingizda va hayotingizda joy oldi.

E'ndi butun hayotingiz umuman o'zgacha bo'ladi. Siz barcha gunohlardan poklandingiz va bu olamdagi e'ng buyuk sayohatga qadam qo'ydingiz. Oldingizda butunlay yangi dunyo ochiladi.

E'ndi hayotingizda haqiqiy mazmun paydo bo'ldi va kelajakka qo'rqmasdan qarashingiz mumkin. E'ndi siz Iso uchun yashash e'ng qiziqarli, e'ng qanoat hosil qildiradigan, e'ng mufokotli va e'ng ajoyib hayot e'kanligini bilib olasiz. Siz hozirning o'zida qabul qilgan va hech qachon tugamaydigan bu tuhfa bilan qiyos keladigan bu dunyoda hech narsa yo'q.

Biroq, dilingiz dushmani bo'lgan shayton siz yuragingizni Iso Masihga topshirganingizga xursand e'mas; shuning uchun u qo'lidan kelgan barcha ishni qilib, yo'lingizga to'sqinliklar qo'yadi va hatto sizni imondan qaytarishga ham harakat qiladi. Shunga qaramasdan, agar siz diqqat bilan biz beradigan ko'rsatmalarga qattiq rioya qilsangiz, shayton sizni orqaga qaytara olmaydi va siz mutlaq g'olib bo'lasiz.
Har kuni Muqaddas Kalomni o'qish

Muqaddas Kitobni biz o'qib o'rganishimiz kerakligi Xudoning Kalomida yozilgan. Yuhanno bayon e'tgan Xushxabarda (5:39) Iso shunday degan: “Sizlar Muqaddas Bitiklarni tekshirasizlar...”

Pavlus Muqaddas Ruh ilhomi bilan Timo'tiyga ikkinchi maktub yozib shunday degan: “Sen e'sa haqiqat kalomini adashtirmay, to'g'rilik bilan o'qit, o'zingni Xudoga maqbul, halol bir ishchi sifatida ko'rsatishga g'ayrat qil” (2-Timo'tiyga 2:15). Kishi Haqiqat Kalomini to'g'ri kesishi yoki boshqacha qilib aytganda, haqiqiy ta'limotni bilishi va tushunishining yagona yo'li – Xudoning Kalomini bilishidir.

Muqaddas Kalomni bilishingiz siz uchun yagona e'ng muhim mashg'ulot hisoblanadi. Shuning uchun siz shu mashg'ulotga har kuni vaqt ajratishingiz kerak.

Iso shunday deydi: “Inson birgina non bilan e'mas, balki Xudoning og'zidan chiqqan har bir so'z bilan yashaydi”. (Matto 4:4).

Buning ma'nosi shuki, jismoniy salomatligingiz uchun sizga tabiiy oziq-ovqat qanday kerak bo'lsa, xuddi shunday ravishda Xuda Kalomini o'rganish va tushunish ruhiy salomatligingiz uchun kerakdir. Boshqacha qilib aytganda, siz kuniga uch marta ovqatlanishga qanchalik ko'p ahamiyat bag'ishlaydigan bo'lsangiz, shunchalik darajada har kuni Xudoning Kalomiga diqqat qilishingiz kerak. Tabiiy ovqat qanchalik muhim bo'lsa, ruhiy ovqat ham shunchalik muhim bo'lishi kerak.

Xudo haqida bilmoqchi bo'lgan har qanday narsani siz Muqaddas Kalomda topasiz. Xudovand ko'p yillar davomida, ko'p vaqt va kuch sarflab O'zining Kalomini bizga etqazdi. Buni u biznig foydamiz uchun qilgani hammaga oydin bo'lsa kerak. Biroq, shunda ham Xudovand mana shu axbarotni bizning ichimizga solib qo'ymaydi. Agar siz Xudoni bilmoqchi, Uni tushunmoqchi va U uchun yashamoqchi bo'lsangiz, yoki boshqacha qilib aytganda, Xudo bilan butunlay ahillikda yashamoqchi bo'lsangiz, unda siz ko'rsatmalar kitobini ya'ni Xudoning Kalomini o'qishingiz va o'rganishingiz kerak.

Siz kichkina chaqaloq bo'lib tug'ilganingizda, onangiz (yoki yana kimdir) sizga sut berib boqishgan. Agar ular shunday qilishmaganida e'di, siz ojiz bo'lib oxiri o'lib qolgan bo'lar e'dingiz. Bu dunyoda hech narsa oziqasiz o'sib yashnamaydi. Mana bugun siz ham yangi tug'ilgan chaqaloqsiz (ruhan gapirganda), va ruhan tirik bo'lishingiz va yashnashingiz uchun hamda keyinchalik kuchli va quvvatli kamol shaxsga aylanishingiz uchun hozir sizga ozuqa kerak. Muqaddas Kitob (Muqaddas Kalom) ana shu ozuqadir. U shu qadar ajoyib ozuqa-ki, u ruhan yangi tug'ilgan chaqaloq uchun sut bo'lsa, kamol imonli uchun qattiq oziqa (go'sht) bo'la oladi. Xudo O'zining cheksiz donoligi bilan shunday bitta kitobni yaratdiki, u e'ndi imonga kelganlarni hayratda qoldirib, ularga quvonch beradi, shu bilan birga Masihga ko'pdan beri ishonib kelayotgan kishilarni o'ziga jalb qilib ularga turtki beradi. Chindan ham Muqaddas Kitob “hamma insonlar uchun hamma narsa” bo'lib xizmat qiladi. Zabur muallifi aytganidek, “Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir, yo'limga nur sochadigan yorug'likdir.” (Zabur 118:105).

Chindan ham Xudoning kalomi dunyodagi yagona haqiqiy chiroq va yagona haqiqiy yorug'likdir. Siz Muqaddas Kitobni boshidan to oxirigacha, ya'ni Ibtido kitobidan boshlab Vahiy kitobigacha o'qib o'rganishni boshlashingiz kerak. Demak boshqa kitobni o'qigandek, bu kitobni ham shunday tartibda o'qishingiz kerak. Albatta hozirgi kunda Muqaddas Kalomning hamma kitoblari o'zbek tiliga tarjima qilinib chop e'tilmagan hali. Lekin internet sahifalarida bor kitoblarni o'qib o'rganishingiz kerak. Albatta, e'ndigina Rabbimizga yuragingizni topshirganingiz uchun siz Muqaddas Kalomdagi hamma narsalarni tushunmasligingiz mumkin. Lekin Xudodan Uning kalomini tushunishga yordam berishini so'rasangiz, U albatta sizga yordam beradi. Zabur muallifi ham deganidek, “Sening hukmlaringdan qaytmadim, zero O'zing menga ta'lim beryapsan.” (Zabur 118: 102).

Oldinroq aytganimizdek, mana e'ndi yuragingiz va hayotingizda Muqaddas Ruh yashayapti va U e'ndi sizga kalomni qanday qilib tushunishni o'rgatadi; buning uchun siz faqat Undan yordam so'rasangiz bas.
Ibodat qilish

Siz Iso Masihni Rabbim, deb qabul qilganingizdan boshlab hayotingiz o'zgardi. E'ndi sizda bu dunyoning g'am-g'ussalari tortib ololmaydigan quvonch va tinchlik bor. Bunday “baxtiyorlik ishonchni” sizga Xudovand tekin hadya qilib berdi. Shubhasiz siz uchun qilgan hamma ishlari uchun Xudoga rahmat aytishga tayyorsiz. Bunday qilmoqchi bo'lganingiz albatta to'g'ri.

Doim Xudoga loyiq minnatdorchilik bildirish uchun biz har kuni ibodat qilishni o'zimizga maqsad qilib olishimiz kerak. Bu xuddi har kuni Muqaddas Kalomni o'qib-o'rganishga vaqt ajratganimizga o'xshaydi. Ibodat – Xudo bilan aloqa vositasi bo'lib, quyidagilar uchun mo'ljallangan:

1. Maqtash: yuqorida aytganimizdek, biz Xudoni maqtashimiz kerak. Ya'ni U biz uchun qilgan ishlari uchun Unga rahmatlar aytishimiz kerak. Biz Rabbimiz uchun qanchalik ko'p hayot kechirsak, shunchalik ko'p najotimiz qadrini bilib olamiz va shunchalik ko'proq Xudoga rahmat aytgimiz keladi.

2. Aloqada bo'lish: Xudo bilan aloqada bo'lishning e'ng ajoyib yo'llaridan biri ibodatdir. Samoviy Otangiz bilan bevosita gaplasha olish – qanchalik buyuk barakadir. Siz ibodat qilgan paytingizda Xudovand ham qalbingizda so'zlab, sizga yo'l-yo'riq va yo'nalish berishi mumkin.

3. Iltijo qilish: biz o'zimizga kerak bo'lgan narsalarni Xudodan so'rashimiz kerak. U bizning samoviy Otamiz bo'lgani uchun bizga yaxshilik qilishni xohlaydi. Shunda ham, biz shaxsiy irodamizni e'mas, balki Xudoning irodasini izlashimiz kerakligini e'sda tutishimiz zarur. Demak bizga kerak bo'lgan va biz muhtoj bo'lgan narsalarni Undan ibodat qilib so'rashimiz kerak. Lekin bunda shunga e''tibor berishimiz kerakki, ibodat qilib nimadir Xudodan so'raganimizda o'zimizning e'mas, balki Uning irodasini izlashimiz kerak. Iltimos diqqat bilan quyidagi oyatlarni o'qib chiqing: Matto 18:18-19; Mark 11:24; Luqo 11:9-10; Yuhanno 14:13-14; 15:7.
Muqaddas Ruh bilan cho'mdirilish

Mana siz najot topdingiz, shuning uchun e'ndi Xudodan sizni Muqaddas Ruhda cho'mdirishini so'rasangiz bo'ladi (Havoriylar 2:4). Albatta siz najot topgan paytda Muqaddas Ruh yuragingiz va hayotingizga kirib kelgan e'di, e'ndi e'sa U sizga yuqoridan kuch-qudrat berishni istaydi. Iso Masih ham osmonga ko'tarilishidan oldin O'zining barcha shogirdlariga, “Otamning bergan va'dasi amalga oshguncha u erda kutib turinglar” (Havoriylar 1:4) degan e'di. Iso bu erda Muqaddas Ruhga cho'mdirilish haqida so'zlayotgan e'di (Havoriylar 1:5).

“Muqaddas Ruhdan tug'ilish” bilan “Muqaddas Ruhga cho'mdirilish” orasida katta farq borligini tushunishingiz kerak. Bular ikkita alohida jarayondir.

“Muqaddas Ruhdan tug'ilish” siz najot topgan paytda sodir bo'ladi, bunda Muqaddas Ruh sizni Iso Masihning oldiga olib kelib, yuragingiz va hayotingizda yangidan tug'ilish ishini amalga oshiradi. Xudoning kuch-quvvatiga e'ga bo'lishingiz uchun e'sa siz “Muqaddas Ruhga cho'mdirilishingiz” kerak (Havoriylar 1:8). Har bir imonli masihiy kishi Xudodan uni Muqaddas Ruh bilan cho'mdirishini so'rashi hamda shuni qabul qilishini intizorlik bilan kutishi kerak (Luqo 11:13).
Muqaddas Ruhga cho'mdirilish belgilari

Kishi Muqaddas Ruh bilan cho'mdirilganida uning yuragida va hayotida ko'p narsalar sodir bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda siz Ruhga cho'mdirilganingizni ko'rsatadigan ko'pgina alomatlar bo'ladi. E'ng muhimi, imonli kishi Muqaddas Ruhga cho'mdirilganini ko'rsatuvchi dastlabki belgi – uning Xudoning Ruhi bergan so'zlar bilan noma'lum tillarda gapirishidir (Havoriylar 2:4; 10:45-46; 19:1-7).

Muqaddas Ruhning shunday ajoyib ravishda imonli kishiga kuch-qudrat berishi bugungi kunda amalga oshmaydi, degan oyatlar Muqaddas Kitobda umuman yo'q. Shu bilan birga, millionlab sodiq, barakali, samarali masihiylar borki, ular shunday samarali bo'lishlari – noma'lum tillarda gapirish bilan Muqaddas Ruhda cho'mdirilishga bog'liq, deb tasdiqlaydilar. Chinini aytadigan bo'lsak, Iso Masihda kamolatga e'rishishingiz uchun, siz albatta Muqaddas Ruhda cho'mdirilishingiz kerak.

Insonlar najotga e'ga bo'lishlari uchun Iso xochda o'ldi. Najot topish jarayonida Muqaddas Ruh yuragimiz va hayotimizda o'rin oladi va yashashni boshlaydi. Har bir masihiy insonga Xudo Ruhi kerak. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, Muqaddas Ruh bilan cho'mdirilmasak biz to'liqligicha kamolatga e'risha olmaymiz; Muqaddas Ruhda imonli cho'mdirilganda u doim Xudoning Ruhi bergan so'zlar bilan noma'lum tillarda gapiradi (Havoriylar 2:4). U bizning “Madadkorimiz” bo'lib, “U bizlarni butun haqiqatga boshlaydi” (Yuhanno 16:7-15).
Suvda cho'mdirilish

Suvda cho'mdilirishning ma'nosi nima? Agar biz Masihni og'zimiz bilan e''tirof e'tgan bo'lsak – Muqaddas Kitobda yozilgani kabi – najot topish uchun hamma narsa qilgan bo'lmaymizmi? Imonga kelganimizni isbotlash yoki tasdiqlash uchun yana nimadir qilishimiz kerakmikan? Gap shundaki, suvda cho'mdirilish uchun bir nechta sabablar bor. Birinchisi – Isoning O'zi suvda cho'mdirilish orqali bizga o'rnak berdi. U “ilohiy amrni to'la bajarish” uchun shunday qilgan e'di (Matto 3:13-15).

Suvda cho'mdirilish marosimi Rabbimiz Iso Masihning o'limi, qabrga qo'yilishi va qayta tirilishini bildiradi. Shunday qilib Uning suvda cho'midirilishi - bizga najot berish uchun qilgan ishini bildirardi. Shuning uchun biz Xudoga itoat qilganimiz va Najotkorim, deb Rabbimiz Iso Masihni qabul qilganimizni odamlarga e''lon qilib, suvda cho'mdirilishimiz kerak. Suvda cho'mdirilish bizga najot bermaydi, yoki najotimizga hech narsa qo'sha olmaydi, balki bu marosim biz allaqachon najot topganimizni ko'rsatuvchi nishonadir. Biz e'sa najot topganimizni butun dunyoga e''lon qilishni istaymiz. Chindan ham, suvda cho'mdirilish ajoyib timsol bo'lib, bu orqali kishi o'z yuragi va hayotini Iso Masihga topshirganini ko'rsatadi. Shu bilan birga bu marosim o'tmishdagi xunuk va Xudosizlik qabrga ko'milib, e'ski hayotimiz uchun biz o'lganimizni, hamda Iso Masihda biz yangi hayotga qayta tirilganimizni bildiradi. Mana shu sabab bilan ham suvda cho'mdirilish – suvga to'liq botish orqali amalga oshiriladi. Bu e'ski odam ko'milgani va yangi odam yangi hayotga qayta tirilganini bildiradi (Rimliklarga 6:4).
Hayotingizda Xudo irodasi

Mana siz Xudoning farzandi bo'ldingiz, e'ndi Rabbimiz hayotingiz uchun kamol irodasi borligini bilib oling. Boshqacha qilib aytganda, siz Xudo shohligida muhim o'ringa e'gasiz va shuning uchun Rabbimiz sizga shunga muvofiq munosabatda bo'ladi. Siz Xudoga yuragingiz va hayotingizni topshirgan e'kansiz, e'ndi U Xudo shohligini sizga ochib beradi va o'sha shohlikdagi o'rningizni ko'rsatadi (Yuhanno 3:3). Chindan ham Muqaddas Ruhning yuragingiz va hayotingizdagi qiladigan ishi – sizga “Xudo irodasi”ni ochib berishdir (Rimliklarga 8:27). Boshqacha qilib aytganda, siz Xudo irodasiga butunlay qoplanib qolasiz – bu e'sa dunyodagi e'ng ajoyib va a'lo hayotdir.

Agar Muqaddas Ruh hayotingizda O'zi xohlaganicha harakat qilishiga yo'l qo'yib bersangiz, U Xudo irodasini amalga oshirib, shu iroda asosida yashashga hamda Rabbiy istagan narsalarni bajarishingizda sizga yordam beradi.

Xudovandning har bir masihiy kishi uchun O'z irodasi bor; ya'ni siz uchun ham Xudoning irodasi bor. Uning irodasi faqat siz uchun va buni boshqa hech kim bajara olmaydi. Shuning uchun siz Xudoning irodasini izlashingiz kerak. Shunday qilib ajoyib yo'llar orqali Muqaddas Ruh ishlashi bilan, yuragingizda Iso Masih ko'proq gavdalanishini ko'rasiz. Xudo siz uchun belgilagan joylarga Muqaddas Ruh sizni etaklaydi. Shunday yordamga e'ga bo'lish juda ham yaxshi, hammasidan ham shunday etakchilik va yo'lboshchilikka e'ga bo'lish ajoyibdir (Yuhanno 16:13-15).
Masih xochiga ishonish

Siz Iso Masihga hamda U xochda najotingiz uchun bahoni to'laganiga imon keltirish orqali najot topdingiz va yangi masihiy imonliga aylandingiz (Yuhanno 3:16). Lekin faqat najot topish uchun xochga ishonish kerak e'mas; shu bilan birga siz har kuni xochga ishonishda davom e'tishingiz kerak va shu orqali kundalik hayotingizda g'alabaga e'risha olasiz. Mana shu yo'l har qanday yomon odat va gunoh ustidan g'alaba qilishga etaklaydi; ya'ni sigaret, aroqxo'rlik, giyohvand moddalar (narkotiklar), achchiqlanish, depressiya, qimorvozlik, rashk-hasad, ochko'zlik, har qanday fisqu fijir va insoniyat mubtalo bo'lgan har qanday muammoga javob Isoning xochida topiladi (1-Korinfliklarga 2:2).

Imonli kishi xochga ishonishda davom e'tishi bilan (buni doimiy ravishda qilishi kerak), Muqaddas Ruh unga kerak bo'lgan yordamni beradi va shu bilan har taraflama to'liq g'alaba qo'lga kiritiladi (Yuhanno 14:16-17). Gap shundaki, masihiy kishi ustidan qandaydir gunoh hukm surishiga hech qanday sabab yo'q. Agar inson xochga ishonadigan bo'lsa, Muqaddas Ruh har doim imonli kishiga g'alaba beradi. E'ng asosiy narsa xochdir, chunki Muqaddas Ruh xoch orqali ishlaydi, xarakat qiladi (Galataliklarga 6:14; Rimliklarga 8:1-2, 11).
Masihiylar jamoatiga borish

Masihiylar jamoati – yo'l chetidagi qandaydir bino e'mas, balki Masihning tanasidir. Mana siz hozir shu tananing bir qismi, uzvi bo'lib qoldingiz, Iso Masih e'sa shu tananing boshidir. Shuning uchun, agar buning iloji bo'lsa yaxshi masihiylar jamoatini topib, u erga qatnashingiz kerak.

Masihiylar jamoatida quyidagi narsalar o'qitilishi va va'z qilinishi kerak:

1. Inson Iso Masih qoni orqali najot topishi va'z qilinishi kerak. Agar qandaydir jamoat, Iso Masih qoni orqali e'mas (ya'ni insoniyatni qutqarish uchun Rabbimiz xochda amalga oshirgan ishi orqali e'mas), balki boshqa yo'l orqali najot topish mumkin, deb o'rgatadigan bo'lsa, bunday jamoat Xudoning Kalomiga zid bo'lgan narsalarni ilgari suryapgan bo'ladi (Matto 26:28; Havoriylar faoliyati 20:28; Kolosaliklarga 1:20; Ibroniylarga 9:22; 1-Butrus 1:18-19).

2. Jamoat Muqaddas Ruh bilan cho'mdirilishni o'rgatishi kerak; bu kechinma inson Isoni qabul qilganidan keyin sodir bo'lib, barcha imonlilar uchun mo'ljallangan va boshqa tillarda gapirish Muqaddas Ruhda cho'mdirilishning dalili bo'lib xizmat qiladi (Isha'yo 28:11-12; Havoriylar faoliyati 2:4; 10:45-46; 19:6; 1-Korinfliklarga 14:4-5, 14-18).

3. G'alabakor va samarali masihiy hayot va'z qilinishi kerak (Rimliklarga 6:11; 1-Korinfliklarga 15:57-58; E'fesliklarga 6:10- 13; Yoqub 1:22; 1-Yuhanno 5:4-5; Vahiy 2:7). Bu degani har jihatdan va har tomonlama gunoh ustidan g'alaba qilish demakdir.

4. Xudoning Kalomiga asoslangan xolda ilohiy shifolanish va'z qilinishi kerak (Chiqish 15:26; 23:25; Isha'yo 53:5; Mark 6:13; Yoqub 5:14-15; 1-Butrus 2:24). Muqaddas Kalom davridagi kabi bugungi kunda ham Iso Masih insonlarga shifo berishi Kalomda yozilgan, deb ishonamiz.

5. Masihiylar jamoati osmonga ko'tarilib ketishi o'rgatilishi va va'z qilinishi kerak. Bu e'sa masihiylar jamoati Rabbimiz bilan bo'lish uchun bu dunyodan ko'tarilib, olib ketiladigan vaqtni bildiradi. Bu hodisa istalgan vaqtda sodir bo'lishi mumkin; bunda har bir masihiy kishi (hox o'lik, hox tirik bo'lsin) qayta tiriladi yoki o'zgaradi (ya'ni samoviy tanaga e'ga bo'ladi). Aslida osmonga ko'tarilish bilan qayta tirilish bitta hodisadir (1-Korinfliklarga 15-bob; 1-Salonikaliklarga 4:13-17).

6. Rabbimiz O'z o'rnini, ya'ni shohlarning Shohi va xo'jayinlar Xo'jayini bo'lgan o'rnini e'gallash uchun tez orada ajoyib holda erga qaytishi jamoatda va'z qilinishi kerak. O'sha vaqtda, dunyo bino bo'lgan vaqtdan beri yashagan har bir Xudoning azizi (muqaddas odami) Iso bilan birga keladi. Boshqacha qilib aytganda, masihiylar jamoati ko'tarilish (qayta tirilish) paytida bu dunyodan ko'tarilib ketgan barcha kishilar Iso bilan o'shanda shu er sayyorasiga qaytib kelishadi; shunday qilib Podshohlik davri boshlanadi (Vahiy 19-bob).

7. Siz shunday masihiylar jamoatini tanlashingiz kerakki, u erdagi imonli odamlar (soni ko'p yoki kamligidan qat'iy nazar) butun dunyoga Iso Masihning xushxabarini etkazish istagi bilan yonib yurishlari kerak. Barcha odamlarga xushxabarni etkazish maqsadi Xudoda birinchi navbatda turadi, buning hayron qoladigan joyi yo'q bo'lsa kerak.

Kimdir sizga xushxabarni qachondir aytgan e'di, e'ndi e'sa siz Rabbimizni etarli darajada sevib, boshqa barcha kishilar ham siz kabi xushxabarni e'shitish imkoniyatiga e'ga bo'lishlarini istashingiz kerak. Boshqalar xushxabarni qabul qilish yoki qilmasligi – ularning ixtiyorida; biroq aynan ularda xushxabarni e'shitish imkoniyati bo'lishi – birinchi o'rinda turadi. Ochiqchasiga aytganda, Xudovand bizga shunday buyuk Najot bergani uchun Unga tashakkur aytishning e'ng zo'r yo'li – qo'limizdan kelganicha boshqalarga shu ajoyib hikoyani aytib berish, hamda xushxabarni butun dunyoga tarqatayotgan odamlarga yordam berishdir. Har qanday ishda shu istak bizda yonib turishi kerak (Mark 16:15-16). Xushxabarni bilmagan va uni e'shitish imkoniyatiga muyassar bo'lmagan kishilar uchun Iso bekor o'lgan hisoblanadi. Lekin ular e'shitishlari kerak, bu e'sa umuman olganda siz va menga bog'liq. “Targ'ib qiluvchi bo'lmasa, qanday e'shitadilar? Yuborilmasdan turib, Kalomni qanday targ'ib qiladilar?” (Rimliklarga 10:14-15).

Agar siz shu maqola orqali yuragingizni Rabbimizga topshirgan bo'lsangiz, hayotingizdagi shu yagona muhim hodisa haqida bizga ham aytishingizni istardik. Iltimos “Comments” tugmasini bosib, qisqa o'zingiz haqingizda va qanday qilib Iso Masihni qabul qilganingizni bizga yozib qoldiring.

Yomon odatlardan qutqarilish mumkinmi?

Ha. Qisqa va lo'nda. Oson. Murakkab e'mas.

Lekin bu javobni to'liqroq yoritadigan bo'lsak shularni aytishimiz kerak bo'ladi:
Yomon odatlardan qutqarilishi uchun imonli kishi Iso Masihga ishonishi kerak. Xuddi najot topish uchun Isoga va U xochda biz uchun qilgan ishiga ishonishimiz kerak bo'lganidek, hayotimizda uchta g'animdan g'alaba qozonishimiz uchun ham shunday yo'sinda Isoga ishonishimiz kerak.

Bizning uchta g'animimiz yoki dushmanimiz quyidagilar: shayton, dunyo va bashariy tanadir. Bularning uchchalasi ustidan g'alabani bizga faqat Iso bera oladi. Isodan tashqari hech kim buni bizga berolmaydi. Qidirib ham o'tirmang. Uddasidan chiqa olmaysiz. Chunki bizda faqat bitta Najotkor bor, Najotkor e'sa najot berish bilan band, ya'ni U bizga qutqarilish beradi.

Siz Iso Masihga ishonasizmi?
Siz najot topganmisiz?
Najot topgan bo'lsangiz, hayotingizda g'alaba qozonib yuribsizmi?
Bu savollarning bittasiga ham yo'q, deb javob bergan bo'lsangiz, Isoga ishoning deyman. Ana o'shanda siz najot topasiz va g'alabakor hayotga e'ga bo'lasiz.

Masihiy muallim.

Biz nimaga ishonamiz...

Muqaddas Kalom – Muqaddas Ruh ilhomi ostida vujudga kelib, komillik va qudrat bilan yozilgan Xudoning kalomi e'kanligiga ishonamiz. (Zabur 118; Matto 4:4; Luqo 24:27)

Bitta va yagona Xudoga, mangulikda uchta shaxsda (ya'ni Xudo Ota, Xudo O'g'il va Xudo Muqaddas Ruh) namoyon bo'lganiga ishonamiz. (1-Yuhanno 5:7)

Rabbimiz Iso Masihning Ilohiyligi, Uning bokira qizdan tug'ilgani, Uning gunohsiz yashagani, Uning yaratgan mo'jizalari, Uning dahshatli va najotbaxsh o'limi, tanasida o'limdan qayta tirilgani, Uning Xudovandning o'ng qo'l tomoniga ko'tarilgani, kelajakda ming yil hukmdorlik qilish uchun Uning O'zi shaxsan erga qudrat va sharaf bilan qaytib kelishiga ishonamiz. (Yuhanno 1:1-4; E'fesliklarga 2:13-18; Vahiy 19-20 boblar)

Baxtiyor umidimiz – masihiylar jamoati Isoning qaytib kelganida osmonga ko'tarilib ketishiga ishonamiz. (1-Salonikaliklarga 4:13-18)

Gunohdan poklanishning yagona yo'li tavba qilish va Iso Masihning qadrli qoniga ishonish, deb ishonamiz. (Rimliklarga 5:1; E'fesliklarga 2:8-9, 13-18)

Inson shaxsan najot topishi uchun Muqaddas Ruh orqali qayta tug'ilishi shartligiga ishonamiz. (Yuhanno 3:5-8; Titus 3:5)

Iso xochda amalda oshirgan qutqarish ishi inson tanasiga shifo bera oladi va buning uchun imon bilan ibodat qilish kerakligiga ishonamiz. (Chiqish 15:25-26; Yoqub 5:14-15; 1-Butrus 2:24)

Havoriylar faoliyati 2:4 oyatda yozilganidek, ibodat qilib so'ragan imonlilar Muqaddas Ruhda cho'mdirilishni qabul qilishiga ishonamiz. (Havoriylar 2:4; 10:44-46; 19:1-7)

Muqaddas Ruhning muqaddas qiluvchi qudratiga, Muqaddas Ruh masihiy kishi ichida maskan qurib, imonli kishiga muqaddas hayot kechirishi uchun kuch berishiga ishonamiz. (Rimliklarga 6:3-14; 8:1-2, 11)

Najot topgan va topmagan insonlarning oxiratda qayta tirilishlariga ishonamiz; bunda birinchi toifadagi odamlar abadiy hayot uchun qayta tiriladi va ikkinchi toifadagi odamlar abadiy lan'atga duchor bo'ladilar. (Vahiy 20:5-6; 11-15)