2007-11-13

Tor e'shik

Menga najot nuqta kom degan sahifada berilgan savollar va ularga bergan javoblarimni shu sahifamda ham yozishga qaror qildim. Mana birinchisi:

Savol: Osmon e'shigi tor. Kirish uchun tirishinglar. Shuni sizlarga aytayki, ko'plar kirish uchun talash qiladi, ammo kira olmaydi. Nega kira olmaydi? Agar xaqiqatan xarakat qilayotgan bo'lsalar, nega kira olmaydi? Oldindan raxmat.


Javobim:
“Tor e'shikdan kiringlar! Chunki halokatga e'ltuvchi yo'l ko'p e'nli, darvozasi e'sa kengdir. Ana, shu tomon yurayotganlar ko'p. Hayot sari e'ltuvchi yo'l e'sa tang, e'shigi juda tordir. Bu yo'lni topadiganlar oz.”

Yuhanno 10-bobda Iso Masih shu e'shik O'zi e'kanligini aytadi. Bu e'shik abadiy hayotga olib boradi, kimki shu e'shik orqali kirmasa, uning manzili abadiy o'lim bo'ladi. Faqat Iso Masih xochda o'lib, qayta tirilishi asosida inson najot topishi va Xudo bilan munosabatda bo'lishi mumkin. Iso Masihning shu ishi orqali Xudoga yaqinlashgan inson oxirati hayotdir, Xudoga boshqa usul bilan yaqinlashmoqchi bo'lgan kishini Xudo qabul qilmaydi; bundaylar orasida o'zini imonli va masihiyman, deb yurganlar ham bo'ladi.
Mark 10:23-31-oyatlarni ko'radigan bo'lsak, u erda Iso odam o'zining kuchi bilan najotga e'risha olmaydi, deganini bilib olamiz. Faqat Xudoning najot rejasiga rioya qilgan inson qutqariladi. Ya'ni Iso Masihga va Uning xochda qilgan ishiga ishonish orqali najot e'shigi ochiladi.
Luqo 13:22-30-oyatlarni ko'rib chiqaylik. Qisqacha qilib aytsak, Xudoning O'zi inson qanday qilib najot topishi mumkinligini belgilab qo'ygan. Xudo shu e'shikni qanday qilib ochish mumkinligini Injilda aytyapti va shu bilan birga boshqa e'shikni ochib kirmoqchi bo'lganlar hayotga e'mas, balki o'limga e'rishadi, chunki faqat bitta tor e'shikni ochib hayotga e'rishsa bo'ladi. Bu e'shik e'sa, yuqorida aytganimizdek – Iso Masihning O'zidir!
Xulosa: e'shik bu Iso Masih va abadiy hayotga e'rishish uchun inson Iso Masih xochda bizning gunohimiz uchun o'lib, bizga najot berish uchun o'limdan qayta tirilganiga ishonishi kerak. O'z kuchi bilan yoki boshqa usullar bilan najotga e'rishishni va Xudoga yaqinlashishni istagan odam e'sa buning uddasidan chiqa olmaydi.


Shu mavzuga oid oyatlar:

Matto 7:13-14
13 «Tor e'shikdan kiringlar! Chunki halokatga e'ltuvchi yo'l ko'p e'nli, darvozasi e'sa kengdir. Ana, shu tomon yurayotganlar ko'p. 14 Hayot sari e'ltuvchi yo'l e'sa tang, e'shigi juda tordir. Bu yo'lni topadiganlar oz».

Mark 10:23-31
23 Iso atrofga ko'z yugurtirib shogirdlariga dedi:
– Pul-dunyosi borlarning Xudo Shohligiga kirishlari naqadar qiyin!
24 Shogirdlar bu so'zlarni e'shitib, aqllari shoshdi. Iso e'sa qayta boshdan so'z oldi:
– Bolalar, boylikka umid bog'laganlar Xudo Shohligiga kirishga qanchalik qiynaladi! 25 Boy odamning Xudo Shohligiga kirishidan ko'ra, tuyaning igna teshigidan o'tishi osondir.
26 Shogirdlar haddan tashqari ajablanib o'zlaricha:
– Unday bo'lsa, kim najot topa olarkan? – deyishdi. 27 Iso ularga ko'zini tikib:
– Odamlarga bu imkonsiz, lekin Xudoga e'mas. Chunki Xudo hamma imkonga e'gadir, – dedi.
28 Butrus so'z olib Isoga:
– Mana, biz hamma narsani qoldirib, Sening orqangdan e'rgashib keldik, – dedi. 29 Iso bunga javoban dedi:
– Sizlarga rostini aytsam, kim Men va Injil uchun uy-joy, aka-uka, opa-singil, ota-ona, xotin-bolalarini yoki er-mulkini tashlab ketsa, 30 u hozir, bu dunyodayoq duchor bo'layotgan quvg'inlar orasida yuz hissa ortiq uy-joylar, aka-ukalar, opa-singillar, ota-onalar, bolalar va erlarga e'ga bo'ladi, kelajak dunyoda e'sa abadiy hayotga sazovor bo'ladi. 31 Lekin ko'p birinchilar oxirgi va oxirgilar e'sa birinchi bo'ladilar.

Luqo 13:22-30
22 Iso Quddus tomon yo'l olib, shaharma-qishloq yurib ta'lim berar e'di. 23 Kimdir Unga savol berdi:
– Hazrat, najot topadiganlar ozmi?
Iso hammaga aytdi: 24 «Tor e'shikdan kirish uchun jon kuydiringlar. Sizga shuni aytay: 25 Uy E'gasi turib e'shikni bekitib qo'ygach, ko'plar kirish uchun intiladilar, biroq kirolmaydilar. O'shanda sizlar ham tashqarida qolib:
– Yo Rabbiy, yo Rabbiy, bizlarga ochib ber! – deb e'shikni taqillata boshlaysizlar. Lekin U sizlarga:
– Kim va qaerdan e'kaningizni bilmayman, – deb javob beradi. 26 Shunda sizlar:
– Biz Sening oldingda eb-ichdik, Sen bizning ko'chalarda ta'lim berib yurding-ku, – deb aytasizlar. 27 U e'sa:
– Kimsiz, qaerdansiz, bilmayman, deb sizlarga aytib e'dim-ku. E'y badkirdorlar to'dasi, Mening ko'zimdan uzoqlashinglar! – deydi.
28 O'shanda yig'i-sig'i va ohu vohlar chekasizlar. Chunki o'zingizni tashqariga quvg'indi, Ibrohim, Ishoq, Yoqub va barcha payg'ambarlarni e'sa Xudoning Shohligi soyasida ko'rasizlar. 29 Sharqu g'arbdan, shimolu janubdan odamlar kelib, Xudo Shohligida ziyofatga o'tiradilar. 30 O'sha vaqt ba'zi oxirgilar birinchi, birinchilar e'sa oxirgi bo'ladilar»

Yuhanno 10:7-10
7 Shu sababdan Iso yana gap oldi:
«Sizlarga rostini aytay: Men qo'ylarning e'shigiman. 8 Mendan ilgari o'tganlarning hammasi o'g'ri va bosqinchi e'dilar. Lekin qo'ylar ularga quloq solmadilar. 9 Men e'shikman. Kim Men orqali kirsa, najot topadi. U kirib chiqib, yaylov ham topadi. 10 O'g'ri faqat o'g'irlash, bo'g'izlash, barbod qilish uchun keladi. Men e'sa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman.

No comments: