2007-11-13

Sinovlar nima maqsadda beriladi

Yoqub 1:2-4 “E'y birodarlarim, turli sinovlarga duchor bo'lganingizda, uni katta sevinch bilan qabul qilinglar. Shuni bilinglarki, imoningizning sinalishidan sabr-toqat hosil bo'ladi. Sabr-toqat to'la samarasini ko'rsatsin, toki sizlar hech bir narsadan kamchiliksiz, komil va nuqsonsiz odamlar bo'linglar.”

Har bir kishi hayotida qiyin davrlar bo'ladi
Qiyinchiliklar bu hayotda sodir bo'lib turadi va hech kim bunday qochib qutula olmaydi. Oxirgi 50 yil davomida agar imonli kishida etarli darajada ishonch bo'lsa, unda hech ham qiyinchiliklar bo'lmaydi, degan fikr targ'ib qilinib keldi. Muqaddas Kalomda bunday ta'limot yo'q, bilki Kalomda qiyin vaziyatlar nima maqsadda berilishi bizga ko'rsatiladi. Shu bilan birga Kalom o'zimiz to'liq tushunmagan vaziyatlarda ham nima qilishimiz kerakligini o'rgatadi.
Kimdir yoki nimadir bizga ozor berganda va ziyon qilganda, biz o'zimizni qanday tutishimiz kerak? Yuqoridagi oyatlarda “turli sinovlarga duchor bo'lganingizda” nima qilish kerakligi yozilgan. Bu oyatda “agar sinovlarga duchor bo'lsangizda” deyilmagan, balki bu erda aniqlik bilan “bo'lganingizda” deb yozilgan (ya'ni "agar" so'zi u erda yo'q). Shunday qilib bu yozilgan so'zlar hamma imonlilarga qaratilgan. Agar siz ham haqiqiy masihiy bo'lsangiz, sizda ham qiyinchiliklar va sinovlar bo'ladi.

Uni katta sevinch bilan qabul qilinglar
Birinchi navbatda qiyinchiliklarga duchor bo'lgan imonli kishi to'g'ri munosabatga e'ga bo'lishi kerak. Ikkinchi oyatda Yoqub biz turli sinovlarga duchor bo'lganimizda, uni katta sevinch deb “hisoblanglar” deydi (yunon tilida aynan shu so'z yozilgan). Uchinchi oyatda “shuni bilinglarki” degan so'zlarni yozib qo'ygan. Bu so'zlar insonning hayolida qattiq qaror qilishni bildiradi. Ya'ni Xudovand hayotimizda sodir bo'lishiga ruxsat bergan vaziyatlar oxirida biz uchun yaxshilikka aylanishini bilishimiz kerak. Biz salbiy vaziyatlarga duchor bo'lsak ham, ular natijasida Xudo bizda ijobiy va foydali narsalarni hosil qiladi. Mana shu haqiqiy imondir.
Imonli kishi hech qachon o'zini “o'lja” deb bilishi kerak e'mas. Biz hech qachon o'lja, jabrlangan va jafo topgan bo'lmaymiz. Xudo bizni mijoz sifatida O'zining jarrohlik stoliga yotqizib, yuragimizni tuzatmoqchi va qiyinchilik natijasida bizda yanada kamol fe'l-atvorni (xarakterni) paydo qildirmoqchi. Mana shu sabab bilan biz mazkur vaziyatni katta sevinch deb hisoblaymiz. Albatta vaziyatning shunday bo'lganiga xursand bo'lmasak ham, hayolimizda “Xudo mening o'rnimga shu vaziyat bilan mashg'ul bo'lyapti” deb o'ylaymiz. Shuning uchun imonli kishi shunday vaziyatlardan osoyishtalik bilan chiqib ketishi mumkin. Shuning uchun men minnatdorman, hamda kelajakda bo'ladigan sevinchni kutib hozirgi paytdagi engil sinovlarga sabr-bardosh beraman.

Turli sinovlarga duchor bo'lganingizda
Yuqoridagi oyatda “turli sinovlarga duchor bo'lganingizda” degan joyida, yunon tilida turli sinovlarga yiqilib tushganingizda deyilgan. Bu vaziyatni (ya'ni yiqilishni) kishi oldindan ko'ra olmaydi, shuning uchun bundan qochib qola olmaydi. Kishi hayot yo'lida ketayotganida, burchakdan birdan kimdir yoki nimadir chiqib qolib, shunday vaziyatni yuzzaga keltiradi. Iso Masih samariyalik yo'lovchi (Luqo 10:25-37) haqida hikoyani gapirganda, bir odam “qaroqchilar qo'liga tushib qolibdi” deb aytadi. Bu kishi bilmagan va nazorat qilmagan holida qiyin vaziyatga tushadi – qaroqchilar uni urib, narsalarini o'g'irlab, o'zini o'lsin, deb tashlab ketadilar. Hayotimizda biz ham shunga o'xshash vaziyatlarga duchor bo'lamiz, ularni na nazorat, na boshqara olamiz. Biroq Xudo shu vaziyatni nazorat qilmayapti yoki boshqarmayapti degani e'mas. Buning ma'nosi shuki, bunday vaziyatlar biz tufayli yuzaga kelmaydi. Lekin imonli kishi salbiy vaziyatni yuzaga keltirsa ham, Xudo baribir shu orqali ijobiy natijaga e'rishadi; faqat biz shu vaziyatda o'zimizni munosib ravishda va Muqaddas Kalomga mos tutishimiz kerak.

Shu vaziyatni xochga olib boring
Biz imonli kishi sifatida har bir vaziyatimiz, jarohatimiz, qo'rquvlarimiz, shubhalarimiz va hatto o'z hayotimizni Iso Masih xochiga qo'yishimiz kerak. Shu narsalarni xochga qo'yish kerak degani nima e'kan? Bu degani, biz tuyg'ularimiz, orzularimiz, rejalarimiz, urinishlarimiz, cheklangan qobiliyatlarimiz va hamma ojizliklarimizni xoch tagiga olib kelishimiz kerak demakdir. Bunga biz quyidagicha ibodat qilish bilan e'rishamiz:
“Rabbim, shu vaziyat orqali menda yuzaga qalqib chiqqan hisslar va fikrlarni men o'zgartira olmayman; o'z uddaburonligim yoki urinishlarim orqali shu vaziyatni o'zgartira olmayman ham. Shuning uchun uni Senga keltiraman. Sen xochda men uchun qilgan ishing hayotimda va o'zimda kerakli natijani berishga etarli, deb ishonaman. Sen xohlagan shaxs bo'lishim uchun menga kerakli inoyatingni bergin. Shunday qiyin vaziyat orqali Sening surating, siymongga o'xshab muvofiqlashim uchun inoyatingni bergin. Meni nafaqat gunohdan qutqarish uchun, balki o'zimdan ham qutqarish uchun Sen o'lganingga ishonaman. O'z muhtojliklarimni Sening oyoqostingga tashlayman. Ularni Sening xoching tagiga joylashtiraman va butunlay Senga ishonaman”.

Imonli kishi shunday qilib o'z shaxsini Xudoga topshirganda, “sabr-toqat” o'z kamollashtirish ishini qiladi, hamda shu salbiy vaziyat ijobiy natijalarni yuzaga keltiradi, shunda nima uchun shu vaziyatni Xudo sizga berganini bilib olasiz. Shuning uchun, turli xil sinovlar va qiyin vaziyatlarga duchor bo'lganingizda, buni katta sevinch, deb hisoblang. Sizda qandaydir ish qilish uchun Xudo tayyor bo'lib turibdi. Siz o'lja yoki jabrlangan kishi e'massiz! Agar Iso Masihga ishonib Uni qabul qilgan bo'lsangiz, siz Xudo farzandisiz. Bunday vaqtlarda Xudoga O'z ishini bajarishga yo'l bering, shunda g'olib bo'lib shu vaziyatdan qutulib chiqasiz.

No comments: