2008-02-26

Iso Masih hayoti haqida kino

Iso Masih hayoti haqida kinoni ko'rishga sizni taklif qilaman:
mana shu erga bosing...

Buning uchun sizga Window Media Player kerak bo'ladi.
Fikrlaringizni qoldiring.

2008-02-22

Imon jangi

“Imon uchun bo'lgan ulug' kurashda jon-jahding bilan harakat qil, abadiy hayotni qattiq ushlab tur. Xudo seni shuning uchun da'vat e'tgan, sen ulug' imonni ko'p guvohlar oldida ochiq tan olgansan.”
1-Timo'tiyga 6:12


Ishonchni parvarish haqida

“Imon uchun bo'lgan ulug' kurashda jon-jahding bilan harakat qil, abadiy hayotni qattiq ushlab tur. Xudo seni shuning uchun da'vat e'tgan, sen ulug' imonni ko'p guvohlar oldida ochiq tan olgansan.” 1-Timo'tiyga 6:12

“Ulug' kurashda astoydil kurashdim, umr dovonini oshib bo'ldim, imonni saqladim.” 2-Timo'tiyga 4:7

1-Timo'tiy 6:12-oyatda quyidagi ma'nodagi so'zlar yozilgan: “Ajoyib imon kurashida jon-jahding bilan jang qilgin.” Ko'p imonlilar shu oyatni noto'g'ri tushunib, biz demak tanamiz bilan jang qilishimiz yoki kurashimiz kerak, deb o'ylaydilar. Men ham ilgari shu oyatni to'liq tushunmas e'dim. Shu so'zlarni aniq ma'nosini keltiraylik: najot topish uchun biz Iso Masihga va U xochda biz uchun qilgan ishiga (gunohimiz uchun o'lib qayta tirilganiga) ishongan e'dik; e'ndi e'sa shu imonni doim Iso Masihga qaratishimiz kerak va bu e'ng og'ir kurashdir. Demak imon kurashi deganda har doim ishonchimizni Isoga qaratishimizni tushunamiz.

Yuqoridagi ikkinchi oyatda qarasak Pavlus ham umrining oxirida shu haqda so'zlaganini ko'ramiz: “Ulug' kurashda astoydil kurashdim, umr dovonini oshib bo'ldim, imonni saqladim.” 2-Timo'tiyga 4:7. Uning gapi bo'yicha u umrining oxirigacha imonni saqlab qolgan e'di.

E'ndi imon yoki ishonch haqida ozgina so'zlashaylik:

Ishonch yoki imon bizga Xudodan beriladi, ya'ni ishonishimiz uchun Xudo bizga kuch va imkoniyat beradi. Buni U inoyati bilan amalga oshiradi. Keyin biz shu ishonchni (imonni) parvarish qilishimiz kerak. Masalan: tuvakdagi gulni parvarish qilganda biz unga suv quyib turishimiz va quyosh nurlari tushadigan joyga qo'yishimiz kerak. Agar bunday qilmasak gul so'lib, o'lib qoladi. Shunga o'xshagan holda, biz birinchi marta qanday qilib ishonchga e'ga bo'lgan bo'lsak, keyin ham shu ishonchni saqlab qolishimiz kerak. Ya'ni biz najot topganimizda Iso Masihga va U xochda biz uchun qilgan ishiga ishongan e'dik; aynan mana shu asosda biz najot topgan e'dik. Najot topganimizdan keyin ham biz xuddi mana shunday ravishda ishonishda davom e'ttirishimiz kerak. Agar biz shunday qilmasak biz “so'lib” qolib, to'g'ri yo'ldan ozib ketishimiz mumkin.

“Ha, sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu – Xudoning in'omi, sizning yutug'ingiz e'mas. Yana hech kim: Men savob ishlarim tufayli qutulganman, deb maqtanmasin.” E'fesliklarga 2:8-9

Yana bitta fikr: hammamizda ishonch bor, lekin ko'pincha u turli xil narsalarga qaratilgan bo'ladi. Masalan ishonchimizni 100% deb olsak, uning 50% o'zimizga qaratilgan, 25% ota-onamizga va qolgan 25% yana boshqa kimsalar yoki narsalarga qaratilgan bo'lishi mumkin. Biroq, ishonchimizning 100% to'liq Iso orqali Xudoga qaratilgan bo'lishi shart. Bunga e'rishish uchun biz doim ishonchimizni Iso Masihga va U xochda biz uchun qilga ishiga qaratishimiz kerak. Shunday qilib biz ishonchimizni parvarish qilamiz.

Ishonchi kam odam, o'z ishonchini to'liq Isoga qaratmagan bo'ladi, imoni o'sishni xohlagan kishi ishonchini to'liq Isoga qaratishi kerak. Xudo nazarida kishi qilgan ish e'mas, balki ishonchining yo'nalishi ahamiyatga e'ga. Shuning uchun Xudo sodiq, ya'ni ishonchini saqlab qolgan xizmatkorlarini maqtaydi va O'zining hujuriga qabul qiladi.

Oddiy qilib aytganda hamma savollarga javob Iso Masih va Uning xochda mixlanganida topiladi; bu vosita orqali Xudodan hamma narsalarni olamiz. Ya'ni Iso Masihning xochi vosita bo'lsa, Isoning O'zi manbadir. Isodan nimadir olmoqchi bo'lsangiz, faqat xoch vositasi orqali olsangiz bo'ladi. Xoch deganda taxta yoki metaldan qilingan xoch shaklini aytmayapman, balki Iso Masih xochda bizning o'rnimizda o'lgani va shu orqali bizga najot va boshqa narsalar berganligi jarayonini ko'zda tutyapman.

2008-02-16

Xudo qudrati bilan saqlanish

1-Butrus 1:5 “Oxirzamonda ochiq ko'rinishga tayyor bo'lgan ulug' najotga e'rishmog'ingiz uchun, imoningiz tufayli, Xudoning qudrati bilan qo'riqlanmoqdasizlar”.

Bu oyatda qaytadan tug'ilgan imonlilar haqida gap ketyapti. Butrus o'z maktubining shu bobida najot topgan odam qanday manfaatlarga e'ga bo'lishi haqida yozyapti. Shu manfaatlardan biri bu imonlining osmondagi merosidir. Shu merosni Xudovand O'zi qo'riqlab turadi, deydi. Imonli shu manfaatlarni ishonch bilan qabul qiladi va saqlaydi. Butrus bu haqda juda yaxshi bilar e'di. Bir necha marta u Xudoga itoatsizlik qilgan bo'lsa ham, baribir shu baliqchi Xudoga xizmat qilishda davom e'tdi. E'ndilikda imon yo'lida u cho'loqlanib, zo'rg'a qadam bosmayapti, balki Xudoning shuhrati bilan butunlay o'zgarib, ulug' havoriyga aylandi va mana shu maktbuni yozib qoldirdi. Butrus bizga “To'xtab qolmanglar, ishonchni tashlab ketmang” deyapti.

Agar Xudo kuch-qudratni berib turmasa, kishi imonda tura olmasligini Butrus bilardi. Xudoning qudrati bilan qo'riqlanmoqchi (saqlanmoqchi) bo'lgan har bir imonli unga berilgan ishonchni parvarish qilishi kerak.

Ishonch to'g'ri yo'nalishga e'ga bo'lishi kerak

Xudoda kuch-qudrat ko'p va uni bizga berishi mumkin, lekin Xudo faqat ishonch orqali shu qudratni bizga berishni tanladi. Shu fikrni yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Kuch-qudrat faqat Xudoga tegishlidir; shu qudrat Xudodan chiqib bizga kelishi kerak, chunki biz muhtoj insonlarmiz. Imonda chindan ham komil bo'layotgan kishi buni juda yaxshi tushunadi. Har kuni bunday kishi yanada ko'proq Xudoga bog'liq va tobe bo'lib qoladi. Unga kerak narsalarni qabul qilishi uchun imonlida ishonch mavjud bo'lishi kerak va ishonchi bilan Xudoning qudratini olishi kerak. Lekin shuni aytish kerakki, ishonch to'g'ri yo'nalishga qaratilgan bo'lishi kerak. Keling, shuni tushuntirib beray.

Biz har kuni turli xil yo'llar bilan ishonchimizni ko'rsatamiz. Biz stulga o'tirishdan oldin u bizni ko'tararmikan, deb uni tekshirib ko'rmaymiz. Biz ishonch bilan stul ustiga o'tiramiz. Yoki moshinani yurg'izmoqchi bo'lganimizda kalitni buraymiz va moshina ishlaydi, deb ishonamiz. Shunday oddiy ishlarda ham biz ishonchimizni ko'rsatamiz (ishlatamiz). Biroq bunday narsalarga ishonish Xudo qudratini bizga etkazmaydi. Biz o'z ishonchimizni faqat Xudoning Najot rejasiga qaratishimizni Xudo xohlaydi. Bu rejani Iso Masih xochda amalga oshirgan e'di. Shuning uchun ishonchimiz doim Masihning xochdagi yakunlangan ishiga qaratilgan bo'lishi kerak. Faqat shunday ishonch Xudoga manzur bo'la oladi (Ibroniylarga 11:6). Faqatgina shunday ishonchga javoban osmondan Xudoning qudrati imonliga beriladi.

Xudo ichingizda amal qilmoqchi

Filippiliklarga 2:13-oyatda shunday deyilgan: “Zotan Xudoning O'zi sizlarning vujudingizda amal qiladi, U O'z murod-maqsadini ado e'tishingiz uchun sizlarda xohishni ham, harakatni ham tug'diradi.” Shu oyatga e''tibor bersangiz, imonli kishi ichida Xudo amal qiladi yoki ishlaydi, deb yozilganini ko'rasiz.

Yana boshqa oyatga qarasak: Filippiliklarga 1:6“Xudo sizlarda boshlagan xayrli ishini to Iso Masihning keladigan kunigacha tamom qilishiga aminman.” Bu erda ham shuni ko'rsak bo'ladiki, Xudoning O'zi harakat qiladi va boshlagan ishini yakunlaydi (tamomlaydi). Lekin Xudo har qanday kishi ichida amal qilmaydi. Ishonchini Masih xochiga qaratgan har bir imonli kishi ichida Xudo doim ishlaydi va amal qiladi. Biz Isoning yakunlangan ishiga ishonsak (Isoning O'zi xochda “amalga oshdi yoki yakunlandi” degan e'di), Xudo ichimizda ishlaydi, bizni saqlaydi, quvvatlaydi va qo'riqlaydi. Aynan mana shunday yo'l bilan imonli kishi “Xudo qudrati bilan qo'riqlanadi yoki saqlanadi”.

2008-02-13

Imon haqida oyatlar

1 Imon – umidvor bo'lgan narsalarning mujassamlanishidir, imon bilan biz ko'rinmaydigan mavjudotga amin bo'lamiz.

2 Ota-bobolarimiz imon bilan Xudoning roziligini qozondilar.

3 Bizlar imon orqali anglayapmizki, koinot Xudoning kalomi bilan bunyod bo'lgan, ya'ni ko'rinadigan moddalar ko'rinmaydigan voqelikdan vujudga kelgan.

4 Imon bilan Hobil Xudoga Qobildan ko'ra yaxshiroq qurbon keltirdi. Hobil imoni tufayli solih kishi deb qabul qilindi. Xudoning O'zi uning bag'ishlovlarini tasdiqlab, undan roziligini bildirdi. Hobil o'lgan bo'lsa ham, imoni orqali hanuz gapiryapti.

5 Imoni tufayli Hano'x o'lmay, yuqoriga olindi. U yana topilmadi, chunki Xudo uni yuqoriga olgan e'di. Yuqoriga olishdan oldin Xudo undan roziligini ta'kidlagan e'di.

6 Ishonmasdan e'sa Xudoning roziligini topmoqning imkoni yo'q. Kim Xudoga yaqinlashmoqchi bo'lsa, Uning borligiga ishonmog'i lozim, Xudo Uni izlovchilarga mukofot berishiga e''tiqod qilmog'i shart.

Ibroniylarga 11:1-6


2008-02-03

Muqaddas Ruhda yashash

Rimliklarga 8-bob

Muqaddas Ruhda yashash

1 Shunday qilib, Iso Masih ummati (aslida: “Iso Masihda bo'lganlarga”; Rimliklarga 6:3-5-oyatlarga bog'liq bo'lib, Isoning o'limiga cho'mdirilish, ya'ni xochga mixlanish haqida gap ketyapti) bo'lganlarga (quyidagi ibora ayrim qo'yozmalarda yo'q bo'lsa ham, ko'pgina qo'lyozmalarda matnga kiritilgan va ma'no bo'yicha zid e'mas, mana o'sha ibora: “gunohkor tabiatda e'mas [tabiat amri bilan e'mas], balki Ruhda [Ruh amri bilan] yashayotganlarga”; gunohkor tabiatda yashaganlar gunohga qarshi bo'lgan kurashda o'z shaxsiy kuchi va qobiliyatlariga yoki buyuk diniy tirishishlariga tayanadilar; Muqaddas Ruhda yashayotgan imonlilar e'sa Masihning xochdagi yakunlangan ishiga ishonib yashaydilar, Muqaddas Ruh e'sa faqat shunday ishongan imonlilarda harakat qilib, ularga gunoh ustidan g'alaba beradi) qarshi e'ndi hech bir mahkumlik (ya'ni ayb) yo'qdir.
2 Iso Masih ummatiga (aslida: “Iso Masihdagi” deb yozilgan; Pavlus shu kabi iboralari ishlatganda u doim Masih xochda qilgan ishi haqida so'zlayapgan bo'ladi, chunki Isoning shu ishi oqibatida bunday “hayot” kechirish mumkin bo'ldi) hayot beruvchi (barcha hayot Muqaddas Ruh orqali Masihdan keladi [Yuhanno 16:13-14]) Ruhning (Muqaddas Ruhning qonuni, ya'ni mana shunday yo'l bilan Ruh ishlaydi degani) Qonuni (hozir beriladigan qonun Xudo qonuni bo'lib, abadiy o'tmishda Xudo tomonidan tayyorlangan e'di [1-Butrus 1:18-20]; aynan mana shu qonun Xudo belgilagan g'alaba beradigan tartibdir) meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan (bu ikkita qonun borliq dunyodagi e'ng qudratli qonunlardir; “Iso Masihdagi hayot Ruhining qonuni” “gunoh va o'lim qonunidan” qurdatliroqdir; buning ma'nosi shuki, agar imonli kishi Masihga va xochga ishonmasdan Xudo uchun yashamoqchi bo'lsa, u doim mag'lubiyatga uchraydi) ozod qildi (menga to'liq g'alaba berdi).
3 Inson tabiati ojizligi tufayli Ilohiy Qonun o'zi ham ojiz bo'lib qoldi (qonun ostida bo'lganlar faqat o'z irodalarini ishlatishlari mumkin e'di, bu e'sa hech ham etarli e'mas; shuning uchun ular qanchalik ko'p harakat qilmasinlar baribir qonunni bajara olmasdilar; xuddi shunday qobiliyatsizlik hozir ham mavjud; qandaydir qonunlar tizimi orqali Xudo uchun yashamoqchi bo'lgan kishi mag'lubiyatga uchraydi, chunki Muqaddas Ruh bunday vaziyatda faoliyat ko'rsatmaydi). Qonun ulgura (aniqrog'i: qonun qila olmagan ishni...) olmagan ishni e'sa Xudo qildi: U O'z O'g'lini (insonning nochor ahvoli haqida gap ketyapti, inson o'zini qutqara olmasdi, hatto oddiy qonunni bajara olmas e'di, va shuning uchun Najotkorga muhtoj e'di) gunohkor insonga o'xshatib (ya'ni Masih haqiqiy inson bo'lib, O'zida umuman gunoh bo'lmasada, tashqi qiyofasi bo'yicha gunohga mubtalo bo'lgan tanaga o'xshash shaklda kelgan e'di) olamga yubordi va Uni gunoh uchun (gunoh jazosini to'lab, uning kuch-qudratini buzib, gunohga qul bo'lganlarni qutqarib ularni muqaddasladi) qurbonlikka bag'ishladi, shu yo'sin inson tabiatidagi gunohni mahkum qildi (Iso gunoh uchun O'zining komil tanasini qurbonlik qilib bag'ishladi va gunoh kuch-qudratini barbod qildi, shu orqali biz e'ndi tanamizda gunohni enga olamiz; buning barchasi xoch vositasi orqali amalga oshirildi).
4 Xudo buni, Ilohiy Qonun talablari (biz faqat Iso Masihga va biz uchun xochda qilgan Iso ishiga ishonish orqali Qonun bizda to'liq amalga oshadi) tabiat amri bilan e'mas (o'z kuchimiz va qobiliyatimiz bilan e'mas), Ruh amri bilan yashayotgan (aslida “yashayotgan” so'zi e'mas “yurayotgan” yoki “qadam bosayotgan” so'zi ishlatilgan; shu “qadam bosish” degani, qanday yashashimizni yoki qanday hayot kechirayotganimizni bildiradi; biz ishonchimizni Masihga va xochga qaratsak, Xudo bizga beradigan hamma narsalar xoch orqali kelishini tushunib, ishonchimizni xochga qaratsak - o'shanda Muqaddas Ruh ichimizda qudrat bilan harakat qila oladi va bizda Ruh mevasini paydo qiladi; “Ruh amri bilan yashash”ning asl ma'nosi shudir!) bizlarda bajo bo'lsin, deb qildi.
5 Bashariy tabiat amri bilan yashaydiganlar bashariy fikr qiladilar (Masih xochiga ishonmasdan Xudo uchun yashashga harakat qilayotgan imonlilar haqida gap ketyapti). Ilohiy Ruh amri bilan yashaydiganlar ilohiy fikr qiladilar (istisnosiz faqat Masihga va xochga ishonadigan imonlilar haqida gap ketyapti; bunday imonlilar Muqaddas Ruh irodasini va xohishini bajaradilar, shuning o'zigina g'alabani keltiradi).

davomi bor...