2008-05-21

Sinov va vasvasa haqida

“O'shanda Iso, iblisning sinovidan o'tish uchun Muqaddas Ruh tomonidan sahroga olib borildi.” (Matto 4:1)

Birinchi Odam bog'da sinalgan e'di; ikkinchi Odam, oxirgi Odam e'sa sahroda sinovdan o'tdi.

“Sinaldi” degani “imtihondan o'tish” demakdir. Odam o'z gunohsizligida sinalgan e'di; Iso e'sa O'zi gunohsiz bo'lsa ham, yaxshi va yomonni bilgan holatida sinalgan e'di. Masih bu dunyoning qayog'u va yovuzlik sahrosiga kelib, to'liq itoatkorlik va tobelik hayotini namoyon qildi. Shuning uchun Isoning komil itoatkorligi va tobeligi sinovdan o'tishi kerak e'di. Sinov nimadan iborat e'di? Iso Otasining irodasidan (istagidan) boshqa irodaga e'ga bo'lishi mumkin e'mas e'di; shu bilan birga U Otasining irodasini qabul qilib, undan zavq olishi kerak e'di, buning oqibatida Unga nima bo'lishidan qat'iy nazar. Biz shuni e'sda tutishimiz kerak!

Shu itoatkorlik va tobelikni shayton vayron qilmoqchi bo'lgan e'di. Shuning uchun u Isoni Xudo O'g'li, Masih va Inson O'g'li sifatida O'z imtiyozlaridan foydalanishga taklif qildi, O'z foydasini ko'zlab mo''jiza yaratishga undadi, O'zini Isroilga namoyon qilishga va Unga va'da qilingan dunyo hukmronligini qabul qilishga undadi. Biroq shayton maqsadiga e'risha olmadi!

Isoning sinovi qanday tarzda bo'lgan bo'lsa, hamma sinovlar ham shunday tarzda o'tadi. Amalga oshirilgan harakat (ish) haqiqiy sinov (vasvasa) natijasidir. Barcha sinov (vasvasa) insonni Xudo irodasidan tashqariga chiqishga undaydi. Ko'pincha biz sababga qaramasdan, harakatga e''tibor beramiz. Shunday qilib biz adashgan bo'lamiz. E'ng achinarlisi shuki, bunday ish tutish orqali biz g'alabaga e'risha olmaymiz.

Iso shaytonga qarshi chiqqani kabi biz ham xuddi shunday ravishda shaytonga qarshi chiqa olmaymiz. Biz shunday qila olamiz deb o'ylasak, noto'g'ri fikrlagan bo'lamiz. Sinovdan (vasvasadan) ozod bo'lishning yagona yo'li Masih xochda qilgan ishiga nazar tashlashdir. Bundan boshqa ozod bo'lish yo'li yo'qdir. Chunki Iso bizning o'rnimizni oldi, O'zining komil hati va komil qurbonligi orqali zulmat kuchlari ustidan g'alaba qozondi.

Pavlus shunday degan e'di: “Bizga qarshi yozilgan, mahkumligimizni bildiruvchi aybnomani Xudo o'chirdi, ya'ni uni Masih bilan birga xochga mixlab, kuchdan qoldirdi. O'sha xoch orqali ruhiy hokim va hukmronliklar ustidan ham g'alaba qozondi. Ularning qurol-yarog'ini olib qo'ydi-da, ularni O'zining tantanali yurishida yurgizib, rasvoi olam qildi.” (Kolosaliklarga 2:14-15).

Iso Masihga va Uning xochdagi ishiga ishonish, hamda ishonchimizni shu ishga qaratish orqali biz g'alabaga e'risha olamiz, bundan boshqa yo'l yo'qdir va bundan boshqa yo'l kerak ham e'mas.

2008-05-12

Yahyo payg'ambar

O'sha kunlarda Yahyo payg'ambar paydo bo'lib, Yahudiya cho'lida voizlik qila boshladi. U: «Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi!» – deb xitob qilar e'di. Bu voqea e'sa Isha'yo payg'ambarga vahiy qilingan shu oyatga to'g'ri keladi:

«Mana, cho'lda nido yangramoqda:

Xudovand yo'lini tayyorlangiz,

Ravon aylangiz so'qmoqlarin! – deya». (Matto 3:1-3).

Yahyo payg'ambarning (Suvga cho'mdiruvchi Yahyoning) qilgan voizligi diplomatiya qoidalariga umuman muvofiq e'mas e'di. Balki uning voizligi shaxsiy, qisqa, kuchli, qudratli va maqsadga muvofiq e'di. U gapni aylantirmasdan so'zlardi. Ayrim imonlilar Yangi Ahd ma'naviyati E'ski Ahd ma'naviyatidan o'zgacha, deb aytadilar; biroq Matto 3:1-7-oyatlar bunday fikrni asossizligini ko'rsatadi, bundan boshqa yana ayrim oyatlar (Vahiy kitobida) bunga misol bo'la oladi.

Xudoning gunohga bo'lgan munosabati qanday qilib o'zgarishi mumkin e'kan?

Yahyo payg'ambar gunohkor odamlarni shayton zoti yoki farzandlari deb ataydi, Xudoning g'azabi kelyapti deydi, dindorman degan odamlar daraxtining ildizida bolta yotibdi deydi, shu odamlar tavba qilmasalar ular so'nmas olovda yonadilar deb aytadi.

Agar daraxt shoxi kesib tashlansa u qisman jarohatlangan bo'ladi, lekin daraxt ildiziga bolta qo'yilsa u butunlay yo'q bo'lib ketadi degani. Bu erda Yahyo payg'ambar daraxtni ramziy ma'noda ishlatib, u bu bilan o'zini dindorman degan, lekin aslida Xudodan uzoqda bo'lgan odamlarni nazarda tutgan e'di.

Yahyo payg'ambar tug'ilishidan oldin 400 yil davomida hech qanday payg'ambar bo'lmagan e'di, shuning uchun uning ovozi anchadan beri orziqib kutilgan ovoz e'di. Payg'ambar ovozisiz Isroil qonunchilikka berilib ketgan e'di. Agar payg'ambar ovozi bo'lmasa masihiylar jamoati ham xuddi shunday ahvolga tushib qoladi.

Shunga e''tibor berish kerakki, Yahyo so'zlaganda juda kam bashorat so'zlarini aytgan bo'lib, ko'proq va'z qilgan e'di, ya'ni kelajakda bo'ladigan narsalar e'mas, balki hozirgi paytda nimaga e''tibor berish kerakligi haqida gapirgan e'di. Demak Yahyo solihlik payg'ambari e'di, aynan mana shunga haqiqiy payg'ambar da'vat qilingan bo'ladi.

Yahyo E'ski Ahdning e'ng oxirgi payg'ambari e'di; u hamma payg'ambarlardan e'ng buyuki e'di, chunki u Masihdan oldin kelgan e'di. Chindan ham Yahyo Iso Masihni odamlarga tanishtiruvchi zot bo'ldi.

Hozirgi kunda aytilgan voizliklarning qanchasi Yahyo payg'ambarning voizliklariga o'xshagan e'kan?