2007-12-02

Iso inson tanasida zohir bo'ldi

Savol: Xudo hozir erga kelsa, U qanday ko'rinishda bo'lar va nima qilgan bo'lar e'di?

Xudo er va osmonni hamda ulardagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Shuni aniqlik bilan aytsam bo'ladi-ki, Xudo mana shu erga taxminan ikki ming yil ilgari kelgan e'di. U inson tanasida kelgan bo'lsada, biroq Unda gunoh yo'q e'di va Uning ismi Iso Masih e'di.
Iso erda bo'lganda U to'liqligicha Xudovandning irodasini bajardi va oxiri xochda insoniyat gunohi uchun qurbonlik sifatida o'ldi, qabrga qo'yildi va uchinchi kuni U qayta tirildi; shu bilan U shayton va o'lim ustidan g'alaba qozondi, hamda Unga ishongan odamlarga najot in'omini hadya qilib, yuraklariga Muqaddas Ruhni berdi. Chunki mana shu maqsadda Iso erga birinchi marta kelgan e'di. Iso erga ikkinchi marta ham keladi, lekin u safar Unga ishonmagan insonlarni hukm qilish uchun keladi (2-Timo'tiyga 4:1; Ibroniylarga 9:28).

Ayni paytda e'sa, Iso Masih Unga ishonganlar yuragida Muqaddas Ruh orqali yashayapti. Shuning uchun hozir Xudo erga kelib nima qilar e'di, degan savolga hozir erda yashayapgan imonlilar javob berishi kerak; bu imonlilar gunoh tabiati (bashariy tana) hoxishlari bilan e'mas, balki Muqaddas Ruhda harakat qilayotgan va yashayapgan haqiqiy masihiy bo'lishlari kerak, faqat o'shanda bunday imonlilar Xudoning tabiatini namoyon qiladi va yuqoridagi savolga to'liq javob bo'la oladilar. Demak Ruhda yashayapgan imonli Xudoga manzur bo'lib, Uning irodasini to'liq bajara oladi.

Mana Rimliklarga 8-bobda shu haqda nima deyilgan:
1 Shunday qilib, Iso Masih ummati bo'lganlarga qarshi e'ndi hech bir mahkumlik yo'qdir.
2 Iso Masih ummatiga hayot beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi.
3 Inson tabiati ojizligi tufayli Ilohiy Qonun o'zi ham ojiz bo'lib qoldi. Qonun ulgura olmagan ishni e'sa Xudo qildi: U O'z O'g'lini gunohkor insonga o'xshatib olamga yubordi va Uni gunoh uchun qurbonlikka bag'ishladi, shu yo'sin inson tabiatidagi gunohni mahkum qildi.
4 Xudo buni, Ilohiy Qonun talablari tabiat amri bilan e'mas, Ruh amri bilan yashayotgan bizlarda bajo bo'lsin, deb qildi.

Shu bobning qolgan oyatlarini ham o'zingiz o'qib ko'ring.

Agar kishi o'zini masihiyman desa-yu, lekin uning hayotida bashariy tana namoyon bo'lsa, demak u hali ham to'liqligicha Muqaddas Ruhda yashamayapgan bo'ladi. Lekin bu umuman boshqa mavzu, shuning uchun bu haqda boshqa safar so'zlayman.

No comments: