2007-11-13

Inoyat xabari

1-Korinfliklarga 1:17-18 “Zotan Masih meni cho'mdirishga e'mas, balki Injil Xushxabarini targ'ib qilishga yubordi. So'zamollik qilishga ham yubormadi, toki Masihning xochi inkor e'tilmasin. Xoch haqidagi xabar halok bo'layotganlar uchun tentaklikdir. Lekin biz, najot topayotganlar uchun bu xabar Xudoning qudratidir.”

Masihiylar uchun inoyat so'zi Xudo O'zining e'zguligi bilan insonga najot topish va muqaddas bo'lishda ko'rsatgan yordamini bildiradi. Ya'ni biz bu erda Xudoning inoyati haqida gapiryapmiz. Muqaddas Kalomda yozilishicha inson najot topishi va muqaddas bo'lishi uchun Iso Masihga, U gunoh uchun xochda o'lib, ko'milib, qayta tirilganiga ishonishi kerak.

Yuhanno 1:12 “Uni qabul qilganlarga e'sa, barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo'lish iqtidorini berdi.”

Ana shunda Muqaddas Ruh shu kishini poklaydi, gunohlaridan tozalaydi, unga solihlik beradi va Iso Masih tanasi bo'lmish masihiylar jamoatiga qo'shib qo'yadi. Bundan tashqari shu kishining najot topishida yana boshqa jarayonlar sodir bo'ladi; bularning hammasi haqida hozir so'zlashmaymiz. Keyin Muqaddas Ruh shu yangi imonli hayotida O'z kuch-qudrati bilan harakat qila boshlaydi. Mana shu erda biz qichqacha inoyat bilan yashash nimaligini sizga ko'rsatdik. Kishi inoyat bilan yashashni boshlashi va davom qilishi uchun u Iso Masihga ishonishi kerak.

Lekin bu ishonch oddiy ishonch e'mas, yuqorida aytganimizdek, inson Iso Masih xochda uning gunohlari uchun qurbonlik sifatida o'lgani, qabrga ko'milgani, uchinchi kuni qayta tirilgani va osmonga ko'tarilib ketganigi ishonishi kerak. Chunki ayni xochda Iso shayton, gunoh va o'lim ustidan g'alaba qozongan e'di. Biz e'sa shunga ishonish orqali Masih bilan bir bo'lamiz va U bilan shayton va gunoh ustidan g'alabaga e'rishamiz.

Aynan mana shu yo'sinda Pavlus shunday yozadi – 1-Korinfliklarga 1:1-3 “Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo'lishga chorlangan men, Pavlus ila birodarimiz Sostendan Korinf shahridagi Xudoning jamoatiga salom! Iso Masih orqali muqaddas qilingan va muqaddas bo'lishga chorlangan sizlarga, shuningdek, hammamizning Rabbimiz bo'lgan Iso Masihning ismini har erda tilga oluvchilarning hammasiga Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihdan inoyat va tinchlik bo'lsin.”

Inoyatdan qanday manfaat keladi? Xudodan imonli kishiga beriladigan har qanday yaxshi narsa imon orqali beriladi. Injil xushxabarining mag'zi ham shundan iborat, ya'ni Xudo biz uchun tayyorlab qo'ygan narsaga ishonsak, o'shanda Xudo bizga o'sha narsalarni inoyati bilan beradi. Mana shu inoyat foydasi yoki manfaati haqida Pavlus shunday deb yozadi:

1-Korinfliklarga 1:4-9 “Iso Masih orqali sizlarga berilgan Xudo inoyati uchun siz haqingizda Xudoyimga tinmay shukronalar aytaman. Masihning payg'omi orangizda keng o'rin olmoqda. U tufayli sizlar har qanday kalomda mohir, bilimda boy bo'ldingizlar. Rabbimiz Iso Masihning ko'kdan namoyon bo'lishini kutar e'kansizlar, Muqaddas Ruhning in'omidan hech bir kam-ko'stingiz yo'q. Rabbimiz Iso Masih qaytadigan kunida qusursiz bo'lmog'ingiz uchun, U sizlarni oxirigacha qo'llab-quvvatlaydi. Sizlarni O'z O'g'li Rabbimiz Iso Masih bilan muloqotga chaqirgan Xudo sadoqatlidir.”

Korinf o'sha davrda Gretsiyaning katta shahri bo'lib, u erda savdo-sotiq juda rivojlangan e'di. Shu bilan birga bu shaharda hashamatli binolar, butxonalar, qasrlar, teatrlar bor e'di; yana yunon afsonalaridagi turli xudolarga haykallar solingan e'di – masalan Venera, quyosh, Neptun, Yupiter va boshqalar. Bu erdagi butxonalarda fohishalar bo'lib, ko'p odamlarni o'zlariga jalb qilar e'dilar, bu e'sa o'z navbatida shaharga ko'p pul keltirar e'di. Odamlar shu kabi ishlar orqali boyib ketib, buzuq bo'lib qolgan e'dilar. Korinf shahri o'sha davrlarda qandayligini bilishimiz shu maktubni to'g'ri tushunishimizga yordam beradi.

Korinf shunday yomonlikka to'la shahar bo'lishiga qaramasdan Pavlus u erga borib, Injil xushxabarini va'z qiladi va shuning natijasida masihiylar jamoatiga asos soladi. Pavlus ularga Iso Masihga va U qilgan ishga ishonish orqali najot topish va muqaddas bo'lish haqida so'zlaydi; ular e'sa shu xabarga ishonib imonga keladilar. Pavlus bu shaharda ikki yil atrofida xizmat qiladi va keyin boshqa joylarga ketadi. Shu paytda boshqa soxta va'zxonlar kelib, ularni yo'ldan ozdira boshlaydilar va korinfdagi imonlilar ularning gapiga quloq solib imondan og'ib keta boshlaydilar. Shuning uchun Pavlus shu maktubni yozadi.

1-Korinfliklarga 1:10-yatda Pavlus shunday deydi: “E'y birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih nomi bilan sizlardan yolvorib so'raymanki, hammalaringiz o'zaro kelishib yashanglar. O'zaro nizolarga yo'l qo'ymay, fikr-xayolda tamomila yakdil bo'linglar.”

Aslida yunon matnida “hammalaringiz o'zaro kelishib yashanglar” deyilgan joyida hammangiz bitta narsani gapiring deyilgan. Ya'ni hammangiz bitta xabarga ishoning va shu xabar xaqida gapiring, uni va'z qiling degani. Yakdil degani shudir – bitta xabar, ya'ni inoyat yoki xoch xabariga ishonish va hamma shu xabarni targ'ib qilishidir. Lekin bu jamoatda yakdillik yo'q e'di, buning o'rniga ularda nizolar va janjallar sodir bo'lar e'di.

Odam najot topishi uchun Masih xochiga kelishi kerak (ya'ni Iso Masih shu xochda qilgan ishiga ishonishi kerak), imonga kelgandan keyin ham inson ishonchi shu xochga qaratilgan bo'lishi kerak. Chunki shu xoch orqali Xudo bizga hamma narsani beradi; xoch xabari orqali Xudo inoyati bizga beriladi. Biroq kishi ishonchini xochdan boshqa narsa yoki kimsalarga qaratadigan bo'lsa, inoyat oqimi to'xtab qoladi va kishi mag'lubiyatga uchraydi.

Pavlus bu haqda shunday deydi: “Zero, birodarlarim, sizlarning orangizda janjal borligini Xloisning xonadonidagilar menga xabar berishdi. Men shuni nazarda tutyapmanki, orangizda: «Men Pavlus ummatiman», «Men Apollos ummatiman», «Men Kifa ummatiman», «Men Masih ummatiman», degan gaplar yurar e'kan.” 1-Korinfliklarga 1:11-12

Ayrimlar qandaydir shaxsga yoki narsaga ishonadilar, masalan insonga (va'zxon, jamoat cho'poni), jamoatga. Lekin inson yoki jamoat Xudoning va xoch xabarining o'rnini bosa olmaydi. Shuning uchun har bir kishi ko'zi va ishonchi xochda bo'lishi uchun o'zi kurashishi kerak. Korinfliklar e'sa xoch xabarini tashlab ketdilar, buning dalili yaqqol ularning gaplarida ko'rinib turibdi: men Apollosga tegishliman, men e'sa Pavlusga tegishliman, degan gaplar.

Imonli kishi to'g'ri xabarga ishonishi orqali xoch va inoyatdan foydalana oladi. Ayrim kishilardan nimaga masihiylar jamoatiga borasiz deb so'rasangiz, ular men baptistman yoki xarizmatman, deb javob berishadi. Lekin bu javob noto'g'ri. To'g'ri javob bunday: men Iso Masihga ishonganim uchun va masihiy bo'lganim uchun jamoatga boraman deb aytish va o'ylash kerak.

Shu imon oddiyligini saqlab qolish uchun kurashish kerak. Siz kuchingiz qaerda asoslanganini gapirganingizda imoningiz xoch xabarida yoki boshqa narsalarda e'kanligini bildirib qo'yasiz.

Xudo sizning qilgan ishingiz uchun haq to'lamaydi; shunday qilsam Xudo menga haq to'laydi, degan narsa din deyiladi. Biz e'sa tirik va haq Xudo bilan munosabatda bo'lish haqida gapiryapmiz. Siz Iso Masih nomida suvda cho'mdirilganingizda Uning qudrati va hukmdorligi ostida bo'lib qoldingiz. Imonga kelgan odamlarni qanday qilib suvda cho'mdirish kerakligi Matto yozgan xushxabarda keltirilgan:

Matto 28:18-20 “Iso ularga yaqinlashib, shunday dedi: «Menga osmonda ham, erda ham butun hokimiyat berilgandir. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho'mdirib, imonga kiritinglar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o'rgatinglar. Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo'laman».”

Kishi Iso Masihga ishonib imonga kelganidan keyin, kutib o'tirishning hojati yo'q, tez orada uni suvda cho'mdirish mumkin. Chunki suvda cho'mdirish allaqachon ruhiy dunyoda sodir bo'lgan narsalarning (ya'ni Iso bilan o'lib, ko'milish va qayta tirilish) ramzidir xolos. Inson Masihni qabul qilganida u Iso bilan birga o'ladi, ko'miladi va qayta tiriladi, shu bilan kishi Masihga cho'mdiriladi.

Qutlug' kecha ham ramziy marosim bo'lib, unda biz Iso nima uchun o'lganini e'slaymiz. Odamlarni faqat Xudovand qutqarishi va gunohdan ozod qilishi mumkin, bizning vazifamiz e'sa ularga ta'lim berishdir. Inson imonga kelganida va undan keyin nimalar sodir bo'lganini Muqaddas Kalomdan ta'lim berib o'rgatishimiz kerak. Biz najot beradigan inoyat xabarini boshqalarga aytishimiz kerak xolos.

Iso nima qilishimiz kerakligini ko'rsatib ketgan. Yuhanno 11-bobda Isoning do'sti Lazar o'lib qoladi, lekin bir-necha kundan keyin kelgan Iso uni o'limdan qayta tiriltiradi. O'shanda shunday hodisa ro'y beradi:

Yuhanno 11:43-44 “Shunday dedi-yu, [Iso] baland ovoz bilan xitob qildi: – Lazar, tashqariga chiq! Shu payt qo'lu oyoqlari doka bilan bog'langan, yuzi ro'mol bilan o'ralgan jasad chiqib keldi. – Uni echintirib, qo'yinglar, ketaversin, – dedi Iso odamlarga.”

Ya'ni Iso Masih o'z gunohlarida o'lgan odamlarni yangi hayot uchun qayta tiriltiradi, lekin ular Lazarga o'xshab qo'llari va oyoqlari boylangan hamda betlari yopilgan bo'ladilar, shuning uchun biz ularni bo'shatishimiz kerak. Boshqacha qilib aytganda biz imonga kelgan odamlarga Iso Masihdagi ozodlik haqida ta'lim berishimiz kerak. Xudovand imonga kelganlarga yangi hayot beradi, biz e'sa shuni va'z qilishimiz kerak.

Men ko'p odamlarni suvda cho'mdirmaganman, deydi Pavlus. Chunki Masih uni suvda cho'mdirish uchun yubormagan e'di. Injil xushxabari, inoyat xabarini va'z qilish e'ng muhim vazifadir, chunki va'z qilish orqali Xudo odamlarni najotga olib keladi.

1-Korinfliklarga 17-18 “Zotan Masih meni cho'mdirishga e'mas, balki Injil Xushxabarini targ'ib qilishga yubordi. So'zamollik qilishga ham yubormadi, toki Masihning xochi inkor e'tilmasin. Xoch haqidagi xabar halok bo'layotganlar uchun tentaklikdir. Lekin biz, najot topayotganlar uchun bu xabar Xudoning qudratidir.”

Injil xushxabarini targ'ib qilish, ya'ni inoyat xabarini va'z qilish – Xudoning qudratidir. Biz va'z qilganimizda Xudo O'z kuch-qudrati bilan odamlarni O'ziga jalb qila boshlaydi va ularga qutqarilishni taklif e'tadi va nihoyat Uni qabul qilganlarga najot beradi. Shuning uchun va'z qilishni to'xtatmang, bu ishni qilishda davom e'ting.

Rabbimiz Iso Masihning inoyati, Otamiz Xudoning sevgisi va Muqaddas Ruhning hamrohligi hammangizga yor bo'lsin! Omin.

No comments: