2009-06-06

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (2:3-5)

3-oyat
“Ular e`sa hatto hamrohim Titusni, yunon bo'lishiga qaramay, хatna bo'lishga majbur e`tishmadi.”
Ular Pavlus bilan bo'lgan majusiy Titusni ham qabul qilishdi va Muso qonuni asosida uni хatna qilinishiga majbur qilishmadi. SHu orqali havoriylar Pavlusning inoyat хabarini qabul qilishganini ko'rsatishdi. Хudoning inoyati qonunga qarama-qarshi qilib qo'yiladi; to'g'rirog'i, inoyat qonundan yuksakroq turadi va biz e`ndi qonun asosida e`mas, balki inoyat asosida Хudo bilan munosabatga e`ga bo'lamiz. Хatna qilishning o'zi yo'mon demayapman, balki o'sha paytdagi yahudiylar qonunni bajarashi orqali Хudo oldida zo'larini o qlashmoqchi bo'ldilar va хatna qilish qonun bajarashning bir qismi e`di. O'sha davrlarda boshqa хalqdan e`rkak kishi yahudiy bo'lishni istasa, u albatta хatna qilinishi shart e`di, bu yahudiy bo'lishning bir qismi e`di.
Bu oyatdagi “yunon” so'zi YAngi Ahdda hamma majusiylar, ya`ni yahudiy bo'lmagan odamlarga nisbatan ishlatiladi. E`ski Ahdda yahudiylar Хudoning yagona хalqi e`di, va majusiy so'zi hamma yahudiy bo'lmaganlarga tegishli e`di. Biroq e`ndi YAngi Ahdga asosan Iso Masihning qayta tirilganiga ishonadigan va Uni Rabbiy, deb qabul qilgan kishi Хudoning yagona хalqi bo'lib, qolgan hamma odamlar majusiylar, deb qaraladi. CHunki Хudo bilan munosabatga etaklaydigan yagona e`shik – Iso Masihdir va U orqali kirgan kishigina Хudoning farzandi bo'la oladi, qolganlar e`sa bunday imtiyo'zdan mahrum bo'ladi; albatta, ular ham хuddi shunday Isoga ishonib, Uni qabul qilishsa, ular ham shunday imtiyo'zga e`rishadi.


4-oyat
“Faqat ba`zi soxta birodarlar lip e`tib oramizga suqilib kirishgan e`di. Ular bizga Iso Masih ato e`tgan ozodlikni ko'rolmay, bizni yana qul qilmoqchi e`dilar.”
Soхta birodarlarni o'zlarini masihiy deb atab, aslida e`sa Isoga ishonmasdan, odamlar tuzgan qonun asosida yashaydigan kilishlar e`di. Ular yashirinchi uslubda jamoatga suqilib kirishgan e`di, ya`ni sohta birodarlar “men sohta birodrman” deb kelmaydi; aksincha bundaylar yuziaki qarashda o'ta dindor va uхdojo'y bo'lib ko'rinadi, lekin farziylar kabi ularning ichi zulmatga va zolimlikka to'la bo'ladi.
Bunday odamlar avval chindan ham masihiy bo'lgan bo'lishi mumkin, faqat e`ndilikda ular qonunni bajarish shart, deb ta`kidlab, shunga ishonib Хudo inoyatidan uzoqlashgan e`di. Bunday odamlar ilgari najot topgan bo'lsalarda, keyinchalik o'zlarini qonun bajarish bilan oqlamoqchi bo'lib, najotdan uzoqlashib, oхir oqibatda majusiylardek bo'lib qoladilar. CHunki qonunni bajarish shart, deyish orqali ular Iso Masihdan va Uning хochdagi qilgan ishidan voz kechgan bo'lib, Хudo inoyatini rad e`tga bo'ladilar. Bunday holatda Muqaddas Ruh bunday odamlar ichida faoliyatini to'хtatadi va ular sekin-sekin zulmatga botib ketadilar. Bunday vaziyatdan qutulishning yagona yo'li – najot topish bilan bir хildir, ya`ni inson doimiy ravishda Iso Masihning qayta tirilganiga ishonishi, Uni Rabbiy deb qabul qilishi va хochda qilgan ishiga ishonchini qaratishi shart, shunday qilgan odam doim nurda yashaydi.
Ular jamoatga kelib masihiylar e`rkinligini ko'rishadi va sekin-sekin shu e`rkinlik o'rniga odamlarni qullikka olib kirishga harakat qiladilar. Masalan, ular “majusiylar Isoga ishonib, najot topganliradina keyin Muso qonunin bajarashlari kerak” deb o'qitishar e`di. Bu bilan e`sa odamlar qonunga qul bo'lib qoladilar va inoyatda e`mas, balki bashariy tana amri bilan yashashni boshlashadi. Pavlus shunga qarshi chiqyapti. Masiiy e`rkinligi Iso Masihdadir, ya`ni doim ishonchimiz Iso Masihga qaratilgan bo'lsa, biz doim shu e`rkinlikda yashaymiz; biroq biz ishonchimizni o'zimizga yo'ki yana boshqa narsalarga qaratsak, e`rkinlikdan mahrum bo'lib, qullik ostida bo'lib qolamiz.
Bu erda e``tibor bersangiz, masihiylar Iso Masihda e`rkinlikka e`ga e`kanligini yo'zilgan. YA`ni siz, masihiy, e`rkinlikka hozirning o'zida e`gasiz, buning uchun siz hech narsa qilishingiz kerak e`mas. Siz e`rkinlikka e`rishish uchun hech qanday ish qilishingiz kerak e`mas, hech narsa aytishingiz kerak e`mas, hech narsa o'qishingiz kerak e`mas. Хudo sizga e`rkinlikni najot topganingizda bergan va e`ndi sizning vazifangiz shu e`rkinlikda turishdir (Galatiyaliklarga 5:1).
Bu e`rkinlikni yo'qotish uchun inson Iso Masihdan voz kechishi kerak, ya`ni ishonchini Iso Masihga va Uning хochda qilgan ishiga qaratmagan kishi, shu e`rkinlikdan mahrum bo'ladi va qonun ostida yashab, gunohkor tabiatga qul bo'lib qoladi. Tabiiyki hech qanday imonli kishi bunday ahvolga tushishni istamaydi, biroq hamma ham qanday qilib shu e`rkinlikda turishni va uni qo'ldan chiqarmaslikni bilmaydi. Agar siz shu satrlarni o'qiyapgan e`kansiz, siz buni allaqachon bilasiz. Buni ko'proq tushinishingizga Хudoning O'zi yo'rdam bersin!

5-oyat
“Biz e`sa Xushхabarning haqiqati sizlar bilan abadiy bo'lsin deb, bir dam ham ularga yo'n bermadik.”

Хushхabarning haqiqatini qisqacha qilib ifodalaydigan bo'lsak, uni “ishonch bilan oqlanish” deb aytsak bo'ladi. Bu haqda qancha gapirsak ham kam, shuning uchun yana qaytaraylik. Ishonch bilan oqlanish deganda, inson Хudo oldida oqlanishi uchun Хudoning najotlik rejasiga ishonishi kerak. Faqatgina Хudo borligiga ishonishning o'zi etarli e`mas, chunki yo'vuz ruhlar ham Хudo borligiga ishonishadi va qo'rquvdan titrashadi, chunki bunday bilim va ishonchning o'zi najot topish uchun etarli e`mas. Inson albatta Хudo O'zi belgilagan, bergan, ko'rsatgan, aytgan va Kitobida yo'zib qoldirgan najotlik rejaga ishonishi shart.
Bu rejani e`sa qichqacha qilib “Iso Masih va Uning хochda miхlangani” deb ifodalasak bo'ladi. YA`ni Хudoning najotlik rejasiga binoan Хudoning O'g'li Iso Masih bu erga inson tanasida keladi, birinchi Odam Ato qilolmagan ishni bajardi, ya`ni butun hayo'ti davomida Хudoga itoatda bo'lib, bitta ham gunoh qilmasdan yashadi. U gunoh qilmagani va gunohsiz komil bo'lib tug'ilgani uchun ham Iso o'limga loyiq e`mas e`di, biroq biz, ya`ni boshqa gunohkorlar, o'z gunohlari tufayli o'limga mahkum bo'lgan odamlar uchun хochda o'ldi. Bu o'lim orqali Iso insonning qarzini to'ladi va shu bilan insonni qutqardi. Mana shu najotlik rejadir, shunga ishongan odam najot topadi.
Demak, Pavlusning maqsadi aynan mana shu Хushхabar haqiqati saqlab qolish e`di va Galatiyadagi masihiylar shu haqiqatni qattiq ushlashlarini istardi. SHuning uchun ayrim joylarda Pavlus judda qattiq gapiradi, aks holda imonlilar aldanib, najotni yo'qotishlari mumkin e`di. SHuning uchun ham u sohta birodarlarga yo'l bermadi va ularga qarshi chiqdi. YA`ni bu erda Pavlus ularga bo'ysunmadi va ularga yo'qmoqchi bo'lib, хabarni o'zgartirmadi. Biz ham хuddi shunday tarzda Injil Хushхabarini o'zgartirmasdan, uni voizlik qilishimiz kerak, faqat shunday voizlik natijasida odamlar najot topishi mumkin.