2008-09-05

Odobli odam Xudo shoxligiga kiroladimi?

“Shu mahal bir kishi Isoning yoniga kelib:

– Valine'mat Ustozim! Abadiy hayot nasib bo'lishi uchun qanday savobli ish qilmog'im lozim? – deb so'radi. Iso unga dedi:

– Nega sen Mendan savobli ish haqida so'rayapsan? Birgina Xudodan boshqa hech kim savob e'gasi e'mas. Agar boqiy hayotga e'rishmoq istasang, ilohiy amrlarga rioya qil.” (Matto 19:16-17).

Buning iloji yo'qligini bilsa ham, nega Iso mana shu boyvachcha yigitga ilohiy amrlarga rioya qil, deb aytdi e'kan?

Uchta xushxabarchilar yozganlaridan shu narsalarni xulosa qilsak bo'ladi: bu yigit yosh e'di, to'ralardan, boy, kudratli, iltifotli, ta'lim olgan va dindor e'di. Odamlardan ko'pi uni juda baxtli deb aytishgan bo'lar e'di; shunda ham u Qonunni amrlarini bajarganman desa-da, “hayotga” e'ga e'masligini bilar e'di. U hayotga e'ga bo'lmoqchi bo'ladi va buning uchun u nima qilish kerakligini so'raydi.

Iso unga yuqorida yozilgandek javob berishiga ikkita sabab bor:

Birinchidan, Masih birinchi Ahd ostida erga kelib, sunnat axliga xizmat qilyapgani sababli shu yigitga Qonunga butunlay itoatkorlik qilish e'vaziga abadiy hayot mukofot qilinadi, deb javob beradi.

Ikkinchidan, Rabbimiz uni gapga solib, u aytayotgan gaplar qanchalik ahmoqona va xomtamalik e'kanligini ko'rsatadi.

Bu yosh to'ra hamma amrlarni mukammallik bilan bajardim, deb ta'kidladi. Biroq shunda unga nimadir etishmayotgan e'di. Ruhan bu yigit ko'r e'di.

Iso unga amrlarga rioya qilgin, deganda, uning kulguli javob berib, “qaysilariga?” deydi.

Iso sabr qilib, unga bir nechta amrlarni aytadi; bu manbadan abadiy hayotga e'rishish uchun amrlarning hammasini har doim bajarish kerak e'di, biroq buning iloji yo'q e'di!

Bundan keyin Iso bu yigitning asosiy muammosi haqida so'zlaydi, uning muammosi pul e'di. Rabbimiz unga hamma narsalaringni sotib yubor va “kel, Mening ortimdan e'rgash”, deb aytadi.

Muqaddas Kitob shunda nima bo'lganini yaqqol ko'rsatadi: “Yigit bu so'zlarni e'shitib, qayg'u ichida u erdan chiqib ketdi. Chunki uning pul-dunyosi ko'p e'di” (Matto 19:22).

Ularning suhbatini e'shitgan shogirdlar juda taajublanadilar, chunki shu boyvachcha kabi juda ahloqli odam Xudo shoxligiga kira olmaydi, degan so'zlarni ular e'shitdi. Odamda hech qanday yaxshi narsa yo'qligini ular tushunmas e'dilar, hamda 13 Zabur sanosida yozilgan narsalarni e'sdan chiqargandilar.

Bu erda haq Hukmdor aytishicha odamning, qanchalik u ziyoli va odobli bo'lmasin, Xudo shoxligiga kirishiga imkon yo'q. Inson o'z tana rangini o'zgartira olmaydi, qoplon ham dog'larini o'zgartira olmayd, chunki u tashqi tomondan ko'rsatadigan narsalar uning tabiatida mavjuddir. Biroq Xudo buning imkonini topa oladi, zero U hamma narsaga qodirdir. Nimanidir bajarish orqali e'risha olish mumkin bo'lmasa, shuni in'om yoki sovg'a sifatida qabul qilsa bo'ladi; Xudoning in'omi e'sa abadiy hayotdir (Rimliklarga 6:23).

Odamning ahvoli (hato odobli odamniki) xochda bo'lgan ishga sabab bo'lgandir!