2008-03-25

Rimliklarga 8:6-13

Qiyoslash
6 Bashariy tabiatning murod-maqsadi - o'limdir (aslida “bashariy tananing ongi (fikri-zikri) o'limdir” deb yozilgan; bu erda, ko'pchilik odamlar o'ylagandek, televizorni haddan tashqari ko'p ko'rish haqida gap ketmayapti, balki Xudoning belgilagan tartibiga aks holda Xudo uchun yashashga harakat qilish haqida gap ketyapti; buning natijasida kishi gunohga botadi va Xudodan ajraladi). Ilohiy Ruhning murod-maqsadi - hayot va tinchlikdir (Xudoning belgilagan tartibi xochdir, ya'ni xochda amalga oshirilgan ishdir; o'sha xochdagi yakunlangan ishga biz doim ishonch ko'rsatishimiz kerak, shu Muqaddas Ruhning yo'lidir).
7 Bashariy tabiatning murod-maqsadi Xudoga dushmanlikdir (yana qaytaraylik, bu erda xochdan tashqari holda Xudo uchun yashashga harakat qilish haqida gap ketyapti, bu e'sa kishini “Xudoga dushman” qilib qo'yadi); chunki bunday tabiat Xudoning Qonuniga itoat qilmaydi hamda qila olmaydi. (oddiy qilib aytsak, nimaiki qilinsa ularning hammasi Xudo belgilagan tartibida bo'lmaydi, bu tartib e'sa xochda amalga oshirilgan ishdir).
8 O'z tabiati amri bilan yashaydigan odamlar Xudoga manzur bo'la olmaydilar. (bu erda imonli kishi masihiylik hayotini Masihga va xochga ishonish orqali e'mas, balki boshqa yo'llar bilan yashamoqchiligi haqida gap ketyapti).
9 Xudo Ruhi sizning ichingizda yashayotgani uchun (aslida “Xudo Ruhi sizning ichingizda yashayotgan bo'lsa” deb yozilgan; agar siz chindan ham najot topgan bo'lsangiz), sizlar e'ndi tabiatingiz amri bilan e'mas (boshqacha qilib aytganda “siz e'ndi masihiy bo'lib, bashariy tanaga tayanmayapgan e'dingiz, nima uchun unda yana qaytib bashariy tanaga murojaat qilyapsiz?” demoqchi), balki Ruh amri bilan yashayapsizlar (masihiy sifatida e'ndi Muqaddas Ruh sizni etaklaydi va sizga kuch-qudrat beradi, shu imtiyoz sizga berilgan; biroq Ruh hayotimizda harakat qilishining yagona sharti: biz Iso Masih yakunlagan ishiga ishonishimiz kerak). Kimki Masihning Ruhiga e'ga bo'lmasa, u Masihniki e'masdir. (Pavlus, xochda Masih qilgan ishi va Uning qayta tirilishi asosida Muqaddas Ruh hayotimizda ishlashi mumkin bo'ldi demoqchi).
10 Agar Masih ichingizda e'kan (Iso Muqaddas Ruhning shaxsi va qudrati orqali ichingizda yashaydi [Galatiyaliklarga 2:20]), badan gunoh uchun o'limga mahkum bo'lsa-da (aniqroq tarjima: “tana gunoh uchun o'lik”; odamzod gunohga botgani uchun e'ndi tana kuchsiz bo'lib qolgan; shuning uchun masihiy o'z irodasi bilan gunohga qarshi kurashmoqchi bo'lsa - u hech narsaga e'rishmaydi), ruh oqlanganingiz uchun hayotdir (faqat Muqaddas Ruh bizni o'zgartirishi mumkin, ya'ni biz o'z kuchimiz bilan bunga e'risholmaymiz; yana qaytaraylik, Masihning yakunlangan ishi asosida Xudo shu ishlarni ichimizda amalga oshiradi).
11 Chunki (aniqroq tarjima: Agar... yashayapgan e'kan,...) Iso Masihni tiriltirgan Xudoning Ruhi (Muqaddas Ruh) sizning vujudingizda yashayapti (Iso Masih haqiqiy masihiy ichida yashaydi). Agar Xudo O'z Ruhi qudratida Masihni tiriltirgan bo'lsa, U ichingizdagi o'sha Ruh orqali (Masihni o'likdan tiriltirgan Muqaddas Ruh orqali xuddi shunday kuch-qudrat ichimizda bor, xochdagi ish va xochdagi Qurbonlikka bo'lgan ishonchimiz asosida shu kuch bizga beriladi) sizning foniy badanlaringizni ham tiriltirajak (g'alab qilib yashashimiz uchun foniy badanimizga kuch beradi).
12 Shunday qilib, e'y birodarlar (ya'ni Pavlus masihiylarga murojaat qilyapti), tabiatimiz amri bilan yashash uchun (“tabiat amri bilan yashash” iborasi bizning ishlarimizga taaluqli, lekin Xudo bularni hech qachon qabul qilmaydi va ishlarimiz bizga hech qachon g'alaba berolmaydi, faqat mag'lubiyat beradi) biz bu tabiat talablari oldida (o'z qobiliyatimiz oldida biz qarzdormasmiz, ya'ni qobiliyatimiz bizga najot berolmaydi ham, g'alaba ham berolmaydi) majbur e'masmiz (Iso Masih biz uchun xochda qilgan ishi oldida biz majburmiz).
13 Agar o'z tabiatingizga mahliyo bo'lib yashasangiz (aniqroq tarjima: “Agar o'z tabiatingiz amri bilan yashasangiz”; o'z kuchingiz va qobiliyatingiz bilan yashasangiz, bu e'sa Xudo belgilagan tartibga qarshi), ruhan (“ruhan” so'zi yunon matnda yo'q) o'lishingiz muqarrar (g'alabakor, masihiy hayot kechira olmaysiz). Lekin agar bashariy tabiatning qilmishlarini Ruh kuchi bilan (Muqaddas Ruh kuchi bilan) o'ldirsangiz (buni e'sa faqat Muqadas Ruh amalga oshira oladi), ruhan yashaysizlar (g'alaba qilib yurasiz; Muqaddas Ruh faqatgina Masihning xochdagi ish asosida ishlashini e'sdan chiqarishimiz kerak e'mas; demak biz ishonchimizni Masih xochiga qaratishimiz kerak va shu bilan Ruhga ichimizda ishlashga yo'l berishimiz kerak).

2008-03-21

Xushxabarning mag'zi – xochga mixlangan Masih

Korinfliklarga yozilgan birinchi maktub

2-bob


Haqiqiy donolik va hikmat

1 E'y birodarlar, men sizlarning oldingizga Xudoning payg'omini (payg'om = shohidlik; bu payg'om yoki xabar Iso Masih va Uning xochda mixlanganidir) e''lon qilgani kelganimda, so'zamollik va bilgichlik (donolik) niqobi ostida kelmadim (ya'ni Pavlus ustalik bilan va'z qilish qobiliyatiga tayanmadi, hamda o'sha davrda juda avjiga chiqqan filosofiyaga murojaat qilmadi).

2 Orangizda e'kanman, Iso Masihdan va Uning xochga mixlanganidan (gunohkorga najot beradigan, asirni ozod qiladigan va masihiyga doimiy g'alaba beradigan xabar mana shudir va bundan boshqa qutqaruvchi xabar yo'qdir) boshqa hech narsa bilmaslikka qaror qildim (Pavlus Xushxabarni va'z qilganda dunyoviy bilim va filosofiga tayanmaslikni o'ziga atayin maqsad qilib qo'ygandi).

3 Oldingizga zaiflik (butunlay Xudoga tobeligi haqida gapiryapti) va qo'rquv (xoch xabarini noto'g'ri va'z qilishdan qo'rquv) hissi hamda katta qaltiroq bilan keldim (u va'z qilayotgan xabarning qanchalik muhimligini va o'zining noloyiqligini tushunardi).

4 Mening so'zim va va'zim inson zakovatining ishontiruvchiligidan e'mas (inson donoligi hech kimga najot bera olmasligini u bilardi; hozirgi davrdagi masihiylar jamoati shu oyatdan soboq olishi kerak), Xudo Ruhi va qudratidan dalolatdir (shu oyatning aniqroq tarjimasi: “So'zim va va'zimni inson donoligining ishontiruvchiligi bilan e'mas, balki Ruh va qudrat namoyishi bilan etkazdim”; ya'ni, agar xoch xabari to'g'ri aytilsa, imonlilar yuragi va hayotida Muqaddas Ruh nima qilishi haqida bu erda gapirilyapti),

5 toki imoningiz inson hikmatiga e'mas (xoch xabaridan o'zgacha bo'lgan yo'l, xabar), Xudo qudratiga asoslansin (faqatgina Isoning xochda amalda oshirgan ishi asosida shuning iloji bor).

2008-03-16

Zabur 1-sano

ZABUR SANOLAR KITOBI

1-SANO


1 Saodatli odamdir u,

Fosiqlar maslahatiga yurmas,

Gunohkorlar yo'liga kirmas,

Buzuqilar yig'inida o'tirmas.

2 Illo Xudovandning Qonunidir uning zavqu orzusi,

Tunu kun Tangri Qonuni ila banddir fikri-zikri.

3 Oqar suvlar kanoriga o'tqazilgan,

Mevasini mavsumida tugadigan,

Barglari e'sa so'lmaydigan daraxt kabidir u kishi.

U neki qilsa, tole unga yordir.



4 Fosiqlar e'sa-chi bunday e'maslar,

Balki shamolda to'zg'ib ketgusi to'pondirlar.

5 Shu bois fosiqlar hukm qilinganda bosh ko'tarmas,

Gunohkorlar e'sa solihlar majlisida tura olmas.



6 Xudovand solihlar yo'lini asrar,

Fosiqlar e'sa o'z yo'lida halok bo'lar.

2008-03-08

Xudodan madad olish

Shohlar birinchi kitobi 30:6“Dovud yomon ahvolda qoldi, chunki har bir odam o'g'illari, qizlari uchun qayg'urar, “Dovudni toshbo'ron qilamiz”, deyishardi. Lekin Dovud o'z E'gasi Xudodan madad oldi.”

Tushkunlik vaqti
Muqaddas Kalomda Dovud Xudo yuragiga (qalbiga) mos odam e'kanligi yozilgan. Shu bilan birga u azoblarga duchor bo'lganligini ham ko'rsak bo'ladi. Shundan o'rnak olib, hatto Xudoni sevadigan imonlilar hayotida og'ir vaziyatlar bo'lishini bilib olsak bo'ladi. Ayrim vaziyatlar o'zimizning noto'g'ri ishlarimiz natijasida sodir bo'ladi. Yana boshqa vaziyatlar e'sa ruhiy qarshilik (ziddiyat) natijasida kelib chiqadi. Hayotimizdagi vaziyatga o'zimiz tushdikmi yoki Xudo shu vaziyatga yo'l berdimi, baribir nima bo'lganda ham shuning natijasida har birimiz yomon ahvolga tushishimiz mumkin. Dovud misoliga keladigan bo'lsak, u ancha vaqtdan beri Xudo irodasidan tashqarida yurgan e'di va shuning natijasida uning odamlari dahshatli mag'lubiyatga uchraydilar. Buning oqibatida Dovudning hatto e'ng yaqin odamlari uni toshbo'ron qilmoqchi bo'ldilar. Biroq Dovud shunday yomon ahvolni engish uchun Xudodan madad oldi.
Yakunlangan ish

Yuqori oyatdagi “madad” so'zi “ushlab olish, ya'ni tutib olish, dadil bo'lish (ko'chma ma'nosi – jasur bo'lish)” ma'nosini bildiradi. Olg'a yurish uchun Dovudga kuch kerak e'di, buning uchun u yuragini qandaydir haqiqatga qaratishi kerak e'di-ki, toki natijada inoyat va quvonch oqimi uning ichida paydo bo'lib tushkunlikni engsin. Imonli dadil bo'lishi uchun qanday haqiqatni tutib olishi kerak? Bu haqiqat – Iso Masihning xochda qilgan yakunlangan ishini tushunishdir. Biz Xudodan hozirgacha qabul qilgan va keyinchalik ham qabul qiladigan hamma narsa aynan Masih biz uchun xochda qilgan ishi natijasida keladi. Masih xochda “Amalga oshdi”, deganida, har bir masihiy kishiga to'liq farovon hayot uchun kerak bo'lgan barcha narsalarni etkazib beraman, deb va'da qilgan e'di. Yomon ahvolda bo'lganimizda Iso xochda biz uchun nima qilganini bilishimiz juda katta ahamiyatga e'ga, chunki shuni bilish orqali tushkunlik, g'am-azob yoki qayg'uni engishimiz mumkin. Biz yosh bolalar kabi Isoning xochdagi ishiga ishonsak, Xudo bizga qarshi e'mas, balki biz tarafimizda e'kanligini bilamiz. Agar Xudo biz uchun bo'lsa, unda kim (yoki nima) bizga qarshi chiqa olar e'kan?

O'tmishdagi g'alabalar
Xudo bilan hayotingiz tarixini ham e'slab, shundan dadillik olsangiz bo'ladi. Qanday masihiyni uchratmasam ham, ularning hammasi hayotlarida Xudo qanday qilib etkazib bergani va Uning sodiqligi haqida guvohliklar aytishadi. Xudo ilgari nima qilgan bo'lsa, hozir ham xuddi shunday ishlarni qiladi. Xudovand sizni shu ergacha etaklab kelib e'ndi tashlab ketmaydi! Qalbingizda ilgari Xudo qanday qiyin vaziyatlardan sizni chiqarganini e'slang.

Xudoni madh e'ting!
Tushkunlik vaqtida madh e'tish qiyin bo'lib tuyulishi mumkin, biroq har bir masihiy uchun madh qilish juda kerak quroldir. Madh qilish yoki ulug'lash ishonch bilan amalga oshiriladi. Bunda biz Xudoimiz kimligini va nima qila olishini tan olamiz. Hayotimizda nima sodir bo'layotgan bo'lishiga qaramasdan, butun dunyoni yaratgan Xudo bizning sharaflarga munosib e'kanligini e'slaymiz. U bizga najot berdi, bizni qo'riqlab kelyapti, O'z inoyati va bilimi bilan etaklab keldi va qancha vaziyatlarga madad berdi. U madhiyalarga sazovordir! Demak madh qilish ishonch bilan amalga oshirilar e'kan. Tushkunlikka tushganingizda og'zingizni ochib, Xudo hayotingizda qilgan, qilayotgan va qilaman, deb va'da qilgan hamma yaxshi ishlari uchun Unga madhlar ayting. Najot uchun va shuning natijasida sizga ko'rsatilgan e'zguliklar uchun Unga shukur ayting! Iso Masih uchun Xudoga madhlar ayting!

Xulosa
Dovud yomon ahvolda bo'lganida u yuragida shu haqiqatlarni tutib olgan e'di, deb ishonaman. Albatta, u o'sha davrda Iso Masih ismini bilmagan e'di, lekin kelg'usi Najotkor va Uning qurbonligiga ishonch orqali o'sha davrda ham Xudo inoyat ko'rsatishini u tushunar e'di (Zaburning 50-sanosi bunga dalil bo'la oladi). E'ndi siz qiyin ahvolga tushganingizda yuqoridagi so'zlarimizni e'slang. Shunda tushkunlikka tushmasdan, yaqinda qaytib keladigan Xaloskoringizni qutib yuqoriga qarab yurasiz!

Imon bilan inoyatga e'rishamiz

Lekin shuni bilamizki, Xudo Ilohiy Qonunga amal qilgan kishini e'mas, Iso Masihga ishongan kishini oqlaydi. Shuning uchun bizlar ham Ilohiy Qonunga amal qilish bilan e'mas, Masihga ishonish bilangina oqlanamiz, deb Iso Masihga qattiq ishonganmiz. Hech kim Ilohiy Qonunga amal qilib, Xudo oldida o'zini oqlayolmaydi.
Bundan ko'rinadiki, Masih orqali oqlanishni izlagan o'zimiz ham hamma odam qatori gunohkor bo'lib chiqdik. U holda, Masih gunoh yo'lining homiysi e'kan-da? – Aslo!
Agar men o'zim qulatgan qonun-qoidalar binosini qaytadan qurishga kirishsam, unda men o'zimning qonunbuzar e'kanimni ko'rsatgan bo'laman.
Biroq e'ndi men Xudo uchun yashay deb, Qonun oldida o'lganman, ha, Qonun o'zi meni o'ldirdi. Men Masih bilan birga xochga mixlab qo'yilganman.
E'ndi yashayotgan men e'mas, balki Masih mening ichimda yashayapti. E'ndi tanada yashayotganimga kelsak, meni sevgan va men uchun O'zini fido qilgan Xudoning O'g'liga bo'lgan imon bilan yashayapman.
Men Xudoning inoyatini inkor qilmayman. Agar Ilohiy Qonunga amal qilish bilan oqlanish mumkin bo'lganda e'di, u holda Masih behuda o'lgan bo'lardi.

Galatiyaliklarga 2:16-21