2008-10-18

Masih inoyati

“Hayronman, sizlar qanchalik tez Masihning inoyatli da'vatidan yuz o'girib, boshqa bir «Injil»ga sajda qildingizlar! Aslida boshqa Injil yo'q. Faqat ba'zilar sizlarni chalg'itib, Masih Xushxabarini buzib ko'rsatishni xohlaydilar.” (Galatiyaliklarga 1:6-7).

Xudo odamzodga O'z muhabbati bilan Xushxabarni berdi va odam jumbog'iga shu orqali echim berdi. Shayton e'sa bunga qarama-qarshi ravishda, odamning gunohkor tabiati va mag'rurligiga Xushxabarni moslashtirib, uni buzadi; hamda odam fosiqligiga to'g'rilab Xushxabarni dinga aylantiradi.
Iso Masih Xushxabari insonni o'limga mahkum qiladi va shunday qilib odamni va uning dinlarini tugatadi, shundan keyin e'sa insoniy tabiatdan e'mas, balki ruhdan tug'ilgan “yangi odamni” bunyod qiladi. Insonning Xudoga xizmat qilolmasligi, manzur bo'lolmasligi va itoat qilolmasligi Qonun ostida namoyon bo'ldi. Shuning uchun hozirgi inoyat kunida shaytonning maqsadi inson dini bilan Ruh dinini birlashtirishdir. Biroq bunday birlashma sodir bo'la olmasligi va uning naqadar nopokligi Galatiyaliklarga yozilgan maktubda ochiq-oydin yozilgan.
Masih bu dunyodan Unga tegishli odamlarni olish uchun O'zini gunoh uchun qurbonlik sifatida topshirdi (Galatiyaliklarga 1:4). Isoning xochida odamning o'zi, uning dini va bu dunyo tizimi mahkum bo'lgan. Shuning uchun, tabiiy tug'ilish orqali dunyoga kelgan insonning Xudoga din orqali manzur bo'lishi uchun qilgan har qanday harakati isyondir; bu e'sa odamning e'ng katta gunohidir. Aslida, odamning qilgan harakatlari mana shu “yovuz dunyoning” kuchi, e'nergiyasidir, Masih e'sa bizni aynan shunday dunyodan qutqarib chiqadi.
Pavlus Galatiyadagi masihiylar jamoatlarining asoschisi e'di; biroq Rabbimiz uni boshqa joylarga xizmat qilish uchun olib ketganidan keyin, ayrim sohta o'qituvchilar shu jamoatlarga suqulib kirib, havoriy Pavlusning ta'limoti va shaxsiga qarshi gaplar gapira boshlashadi. Buning uchun bu sohta o'qituvchilar “ishlar” xushxabarini tarqata boshladilar.
Galatiyaliklarga yozgan maktubida Pavlus xat boshida ularga yaxshi va maqtov so'zlarini yozmagan, lekin boshqalarga yozgan maktublarda odatda Pavlus shunday maqtov so'zlarini yozar e'di. Bu maktub boshida e'sa u qattiq hayron qolganini aytadi. Rabbimizni qabul qilgan, Pavlus orqali imonga kelgan bu odamlar qanday qilib juda tez orada buzuq xushxabarga berilib ketgan bo'lsa? Shuni aytish kerakki, Xushxabarni rad e'tish shaytonning maqsadiga kirmaydi, chunki u bunday qila olmaydi, shuning uchun u Xushxabarni buzishga harakat qiladi.
Isoning xochda qilgan ishini tan olmaydigan har qanday xabar, ochiq va oydin qilib aytganda, “boshqa xushxabardir”; aniqroq qilib aytsak “boshqa xushxabar” yo'q, chunki bunday buzuq xushxabar hech kimga yordam bera olmaydi. Iso Masih va Uning xochda qilgan ishi haqidagi Xushxabardan tashqari hamma boshqa xabarlar “Masih Xushxabarining” buzulgan shaklidir. Shuni aniqliq bilan aytamizki, bunday “buzuq xushxabar” hech kimni qutqarmaydi, shifo bermaydi, ozod qilmaydi va hech qanday ijobiy natijalarni bermaydi. Aslida, bunday xushxabar insonni qullikka va yolg'onga yanada chuqurroq botiradi. Buzuq xushxabarda qutqarilish yo'q; buzuq xushxabarda kuch-qudrat yo'q; buzuq xushxabarda najot olish yo'qdir! Buzuq xushxabarda bor bo'lgan birdan-bir narsa kulfatdir, shuning uchun havoriy “Faqat ba'zilar sizlarni chalg'itmoqchi,” deydi. Bunday chalg'itish chindan ham katta kulfatga etaklaydi.
Mening fikrimcha, reformatsiya davridan to hozirgi kungacha bo'lgan vaqtda masihiylar jamoatining ruhiy ahvoli ancha achinarlidir. Albatta, ayrim jamoatlar ilgarigilariga qaraganda juda boy va badavlat bo'lishi mumkin, hamda ular qatorida ko'proq odamlar bor bo'lishi mumkin; biroq Iso aytganidek: “Sen: „Boyman, boyib ketdim, hech narsadan kam-ko'stim yo'q”, – deysan-u, ammo ayanchli, achinarli, qashshoq, ko'r va yalang'och e'kanligingni bilmaysan!” (Vahiy 3:17).
Agar qandaydir xabar o'zini Injil Xushxabari deb aytsayu, lekin uning asosida faqatgina Iso xochi ta'limoti yotmasa, unda bunday xabar “buzuq xushxabardir”. Dunyoda e'sa bunday “xushxabarlar” juda ko'payib ketgan.
Yigirmanchi asrning oxirlarida “oxirgi yomg'ir” deb ataladigan Muqaddas Ruhning yog'ishi boshlangan e'di. “Ilk yomg'ir” e'sa ilk masihiylar jamoati davrida sodir bo'lgan e'di, bu haqda Havoriylar faoliyati kitobida yozilgan. Bu ikkala yomg'ir haqida Yo'e'l payg'ambar karomat qilgan e'di (Yo'e'l 2:23). Deyarli hamma masihiy mazhablari bu oxirgi yomg'irni tan olmaydi. Buning natijasida, ularning ayrimlari Muqaddas Ruhsiz Iso xochi ta'limotini o'qitishga harakat qildilar, biroq bu bilan ular “buzuq xushxabarni” e''lon qilyapgan e'dilar, Rabbimiz e'sa buni hech qachon qabul qilmaydi. Natijada ular e'ndilikda, xochni ham Muqaddas Ruhni ham targ'ib qilmaydilar.
Mana shu oxirgi yomg'ir natijasida paydo bo'lgan “to'liq Xushxabar” jamoatlari e'sa xochni e''lon qilmasdan, faqat Muqaddas Ruh haqida va'z qilishga harakat qildilar. Bundan oldinga usul etarli bo'lmaganligi kabi, bu usul ham etarli e'mas e'di. E'ndilikda e'sa, ko'pchilik to'liq Xushxabar jamoatlari xochni ham, Muqaddas Ruhni ham va'z qilmayaptilar. Iso Masih xochi xabari va Muqaddas Ruh shunchalik bir-biri bilan birlashib ketganki, ular ikkalasini ajratishning iloji umuman yo'q (Vahiy 5:6; Yuhanno 7:37-39).
Yuqorida aytilgan vaziyatning yomon tomoni shuki, ayrim istisnolarni e''tiborga olmasa, deyarli barcha jamoatlardagi aytilgan xabarlar “buzuq xushxabar”ni tashkil qiladi. Iso bu haqda bashorat qilgan e'di: “Biroq Inson O'g'li kelganida, er yuzida imon toparmikin?” (Luqo 18:8). Yunon tilidagi matnda “imon” so'zi oldida aniq artikl bor bo'lib, bu najot beruvchi yagona imon yoki ishonchga ishora qiladi. Iso bu erda aytgan imon, havoriy Pavlus 2-Korinfliklarga 13:5-oyatda yozgan imon bilan bir xildir. Bu ishonch xoch xabari bilan chambarchas bog'liqdir.
Hamma odam o'ziga shunday savol berishi kerak:
Men o'sha “imon”damanmi yoki men “boshqa xushxabarni” qabul qildimmi?

2008-10-04

Xudo Kalomini buzganlar holiga voy!

“E'y ulamoyu farziylar, munofiqlar! Osmon Shohligini insonlarga bekitib qo'yganingiz uchun holingizga voy! O'zlaringiz ham unga kirmayapsizlar, kirmoqchi bo'lganlarga ham yo'l qo'ymayapsizlar. Hoy ilonlar, zaharli ilon zotlari-ey! Jahannam jazosidan qanday qilib qutularkansizlar?” (Matto 23:13, 33).

Bu bobda biz ko'rayapgan Iso xozirgi kun jamoatlarida aytilgan yoki zamona zaylida aytilgan Iso e'mas. Chunki bu bobdagi Iso o'sha kundagi va'zxonlarga qaratib sakkiz marta “holingizga voy” deb aytadi. Juda dahshatli so'zlar bilan ularni jahannamga mahkum qildi.
Birinchi o'n ikkita oyatlarda Iso O'z shogirdlari va xaloyiqqa qarab gapiradi; qolgan oyatlarda e'sa U ulamolar va farziylarga qaratib gapiradi, qaysikim Isroilning o'sha davrdagi diniy rahbarlar e'di.
Ular “Muso minbarida o'tiribdilar” degani, ular Muqaddas Kitobning rasmiy qo'riqchilari va o'qituvchilari degani e'di. Lekin buning o'rniga ular Xudo Shohligini yopib qo'yib, uning kalitini, ya'ni Muqaddas Kitobni olib qo'ygan e'dilar, holbuki ular oddiy xalqqa Muqaddas Kitobni bermasdan, o'z urf-odatlari bilan uni bekor qilishgan e'di.
Hozirgi kunda Muqaddas Kitob hujum ostida, ilgarigi bunchalik qattiq hujum bo'lmagan. E'ndi (ayniqsa g'arbiy mamlakatlarda) Kitobni ustidan kulibgina qolmay, balki odamlar uni buzishga harakat qilishyapti. Ko'plab tarjima deb atalmish kitoblar chop e'tilyapti, biroq ular aslida Kalomni Xudo atganday e'mas, balki matnni istaganlaricha ifodalab, o'z fikrlari bilan yozyaptilar. Buning natijasida ko'pgina imonlilar (agar ularni umuman imonli, deb aytolsak) Xudo Kalomida aslida nima yozilganini deyarli bilishmaydi.
Xudo Kalomini buzyapgan odamlarga qaratib “ilonlar”, “munofiqlar yoki ikki-yuzlamachilar” va “qora ilon” deyish mos bo'larmikan?
Shu bobning o'ttiz ettinchi oyatida yozilgan so'zlar qanchalik hiss-tuyg'ulidir! Isroil Xudosi O'z ma'badida turibdi. U birdaniga mana shu ko'r va nopok munofiqlardan yuzini o'giradi. Uning yuzi va ko'zlarida yonib turgan gunohsiz g'azab birdaniga hasrat va shafqatga aylanadi. Shunda U qo'llarini yonga cho'zib, Uning to'g'risida cho'zilib yotgan shaharga qaraydi va “O, Quddus, Quddus! .. Men ham sening bolalaringni necha bor shunday to'plamoqchi bo'ldim,” deb xitob qiladi.
Keyin yana bir bor farziylarga qaratib, “Mana, sizning uy-joyingiz huvillab qoladi” deydi-yu, shu bilan ma'baddan chiqib ketadi.
Odamlar ma'baddan oddiy bir odam chiqib ketganini ko'rdilar, lekin farishtalar shuhratli Xudoni va Xudo shuhratini ma'abaddan chiqib ketganini ko'rdilar. Xudo shuhrati Sulaymon ma'badi ichida bo'lar e'di; lekin ikkinchi ma'abdda shuhratli Xudoning O'zi ma'badda yashar e'di, bu haqda Haggay payg'ambar bashorat qilgan e'di!

Siz-chi, siz nimani tanlaysiz? Xudo Kalomini buzasizmi yoki uni Xudo aytganiday qabul qilib, o'qiysizmi?
O'zingiz qaror qiling, lekin men Xudo bergan Muqaddas Kitobga ishonaman va u erda yozilgan narsalar asosida yashayman, bunda Xudo menga quvvat beryapti, shuning uchun Xudoga hamdu-sanolar bo'lsin!