2007-11-13

Najot topgandan keyin nima qilish kerak?

E'ndi nima qilishingiz kerak

Albatta siz g'alabakor masihiy hayotini kechirmoqchi bo'lsangiz kerak, buning uchun sizga aytgan so'zlarimga quloq solishingiz kerak, bu ko'rsatmalarim keyingi bir nechta betlarda yozilgan. Ular juda ham ahamiyatli.

Siz e'ndi Iso Masihda “yangi ijodsiz” (2-Korinfliklarga 5:17). Shunday e'kan, yuragingizda Ilohiy tabiat, ya'ni Xudoning tabiati bor; boshqacha qilib aytganda Muqaddas Ruh e'ndi yuragingizda va hayotingizda joy oldi.

E'ndi butun hayotingiz umuman o'zgacha bo'ladi. Siz barcha gunohlardan poklandingiz va bu olamdagi e'ng buyuk sayohatga qadam qo'ydingiz. Oldingizda butunlay yangi dunyo ochiladi.

E'ndi hayotingizda haqiqiy mazmun paydo bo'ldi va kelajakka qo'rqmasdan qarashingiz mumkin. E'ndi siz Iso uchun yashash e'ng qiziqarli, e'ng qanoat hosil qildiradigan, e'ng mufokotli va e'ng ajoyib hayot e'kanligini bilib olasiz. Siz hozirning o'zida qabul qilgan va hech qachon tugamaydigan bu tuhfa bilan qiyos keladigan bu dunyoda hech narsa yo'q.

Biroq, dilingiz dushmani bo'lgan shayton siz yuragingizni Iso Masihga topshirganingizga xursand e'mas; shuning uchun u qo'lidan kelgan barcha ishni qilib, yo'lingizga to'sqinliklar qo'yadi va hatto sizni imondan qaytarishga ham harakat qiladi. Shunga qaramasdan, agar siz diqqat bilan biz beradigan ko'rsatmalarga qattiq rioya qilsangiz, shayton sizni orqaga qaytara olmaydi va siz mutlaq g'olib bo'lasiz.
Har kuni Muqaddas Kalomni o'qish

Muqaddas Kitobni biz o'qib o'rganishimiz kerakligi Xudoning Kalomida yozilgan. Yuhanno bayon e'tgan Xushxabarda (5:39) Iso shunday degan: “Sizlar Muqaddas Bitiklarni tekshirasizlar...”

Pavlus Muqaddas Ruh ilhomi bilan Timo'tiyga ikkinchi maktub yozib shunday degan: “Sen e'sa haqiqat kalomini adashtirmay, to'g'rilik bilan o'qit, o'zingni Xudoga maqbul, halol bir ishchi sifatida ko'rsatishga g'ayrat qil” (2-Timo'tiyga 2:15). Kishi Haqiqat Kalomini to'g'ri kesishi yoki boshqacha qilib aytganda, haqiqiy ta'limotni bilishi va tushunishining yagona yo'li – Xudoning Kalomini bilishidir.

Muqaddas Kalomni bilishingiz siz uchun yagona e'ng muhim mashg'ulot hisoblanadi. Shuning uchun siz shu mashg'ulotga har kuni vaqt ajratishingiz kerak.

Iso shunday deydi: “Inson birgina non bilan e'mas, balki Xudoning og'zidan chiqqan har bir so'z bilan yashaydi”. (Matto 4:4).

Buning ma'nosi shuki, jismoniy salomatligingiz uchun sizga tabiiy oziq-ovqat qanday kerak bo'lsa, xuddi shunday ravishda Xuda Kalomini o'rganish va tushunish ruhiy salomatligingiz uchun kerakdir. Boshqacha qilib aytganda, siz kuniga uch marta ovqatlanishga qanchalik ko'p ahamiyat bag'ishlaydigan bo'lsangiz, shunchalik darajada har kuni Xudoning Kalomiga diqqat qilishingiz kerak. Tabiiy ovqat qanchalik muhim bo'lsa, ruhiy ovqat ham shunchalik muhim bo'lishi kerak.

Xudo haqida bilmoqchi bo'lgan har qanday narsani siz Muqaddas Kalomda topasiz. Xudovand ko'p yillar davomida, ko'p vaqt va kuch sarflab O'zining Kalomini bizga etqazdi. Buni u biznig foydamiz uchun qilgani hammaga oydin bo'lsa kerak. Biroq, shunda ham Xudovand mana shu axbarotni bizning ichimizga solib qo'ymaydi. Agar siz Xudoni bilmoqchi, Uni tushunmoqchi va U uchun yashamoqchi bo'lsangiz, yoki boshqacha qilib aytganda, Xudo bilan butunlay ahillikda yashamoqchi bo'lsangiz, unda siz ko'rsatmalar kitobini ya'ni Xudoning Kalomini o'qishingiz va o'rganishingiz kerak.

Siz kichkina chaqaloq bo'lib tug'ilganingizda, onangiz (yoki yana kimdir) sizga sut berib boqishgan. Agar ular shunday qilishmaganida e'di, siz ojiz bo'lib oxiri o'lib qolgan bo'lar e'dingiz. Bu dunyoda hech narsa oziqasiz o'sib yashnamaydi. Mana bugun siz ham yangi tug'ilgan chaqaloqsiz (ruhan gapirganda), va ruhan tirik bo'lishingiz va yashnashingiz uchun hamda keyinchalik kuchli va quvvatli kamol shaxsga aylanishingiz uchun hozir sizga ozuqa kerak. Muqaddas Kitob (Muqaddas Kalom) ana shu ozuqadir. U shu qadar ajoyib ozuqa-ki, u ruhan yangi tug'ilgan chaqaloq uchun sut bo'lsa, kamol imonli uchun qattiq oziqa (go'sht) bo'la oladi. Xudo O'zining cheksiz donoligi bilan shunday bitta kitobni yaratdiki, u e'ndi imonga kelganlarni hayratda qoldirib, ularga quvonch beradi, shu bilan birga Masihga ko'pdan beri ishonib kelayotgan kishilarni o'ziga jalb qilib ularga turtki beradi. Chindan ham Muqaddas Kitob “hamma insonlar uchun hamma narsa” bo'lib xizmat qiladi. Zabur muallifi aytganidek, “Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir, yo'limga nur sochadigan yorug'likdir.” (Zabur 118:105).

Chindan ham Xudoning kalomi dunyodagi yagona haqiqiy chiroq va yagona haqiqiy yorug'likdir. Siz Muqaddas Kitobni boshidan to oxirigacha, ya'ni Ibtido kitobidan boshlab Vahiy kitobigacha o'qib o'rganishni boshlashingiz kerak. Demak boshqa kitobni o'qigandek, bu kitobni ham shunday tartibda o'qishingiz kerak. Albatta hozirgi kunda Muqaddas Kalomning hamma kitoblari o'zbek tiliga tarjima qilinib chop e'tilmagan hali. Lekin internet sahifalarida bor kitoblarni o'qib o'rganishingiz kerak. Albatta, e'ndigina Rabbimizga yuragingizni topshirganingiz uchun siz Muqaddas Kalomdagi hamma narsalarni tushunmasligingiz mumkin. Lekin Xudodan Uning kalomini tushunishga yordam berishini so'rasangiz, U albatta sizga yordam beradi. Zabur muallifi ham deganidek, “Sening hukmlaringdan qaytmadim, zero O'zing menga ta'lim beryapsan.” (Zabur 118: 102).

Oldinroq aytganimizdek, mana e'ndi yuragingiz va hayotingizda Muqaddas Ruh yashayapti va U e'ndi sizga kalomni qanday qilib tushunishni o'rgatadi; buning uchun siz faqat Undan yordam so'rasangiz bas.
Ibodat qilish

Siz Iso Masihni Rabbim, deb qabul qilganingizdan boshlab hayotingiz o'zgardi. E'ndi sizda bu dunyoning g'am-g'ussalari tortib ololmaydigan quvonch va tinchlik bor. Bunday “baxtiyorlik ishonchni” sizga Xudovand tekin hadya qilib berdi. Shubhasiz siz uchun qilgan hamma ishlari uchun Xudoga rahmat aytishga tayyorsiz. Bunday qilmoqchi bo'lganingiz albatta to'g'ri.

Doim Xudoga loyiq minnatdorchilik bildirish uchun biz har kuni ibodat qilishni o'zimizga maqsad qilib olishimiz kerak. Bu xuddi har kuni Muqaddas Kalomni o'qib-o'rganishga vaqt ajratganimizga o'xshaydi. Ibodat – Xudo bilan aloqa vositasi bo'lib, quyidagilar uchun mo'ljallangan:

1. Maqtash: yuqorida aytganimizdek, biz Xudoni maqtashimiz kerak. Ya'ni U biz uchun qilgan ishlari uchun Unga rahmatlar aytishimiz kerak. Biz Rabbimiz uchun qanchalik ko'p hayot kechirsak, shunchalik ko'p najotimiz qadrini bilib olamiz va shunchalik ko'proq Xudoga rahmat aytgimiz keladi.

2. Aloqada bo'lish: Xudo bilan aloqada bo'lishning e'ng ajoyib yo'llaridan biri ibodatdir. Samoviy Otangiz bilan bevosita gaplasha olish – qanchalik buyuk barakadir. Siz ibodat qilgan paytingizda Xudovand ham qalbingizda so'zlab, sizga yo'l-yo'riq va yo'nalish berishi mumkin.

3. Iltijo qilish: biz o'zimizga kerak bo'lgan narsalarni Xudodan so'rashimiz kerak. U bizning samoviy Otamiz bo'lgani uchun bizga yaxshilik qilishni xohlaydi. Shunda ham, biz shaxsiy irodamizni e'mas, balki Xudoning irodasini izlashimiz kerakligini e'sda tutishimiz zarur. Demak bizga kerak bo'lgan va biz muhtoj bo'lgan narsalarni Undan ibodat qilib so'rashimiz kerak. Lekin bunda shunga e''tibor berishimiz kerakki, ibodat qilib nimadir Xudodan so'raganimizda o'zimizning e'mas, balki Uning irodasini izlashimiz kerak. Iltimos diqqat bilan quyidagi oyatlarni o'qib chiqing: Matto 18:18-19; Mark 11:24; Luqo 11:9-10; Yuhanno 14:13-14; 15:7.
Muqaddas Ruh bilan cho'mdirilish

Mana siz najot topdingiz, shuning uchun e'ndi Xudodan sizni Muqaddas Ruhda cho'mdirishini so'rasangiz bo'ladi (Havoriylar 2:4). Albatta siz najot topgan paytda Muqaddas Ruh yuragingiz va hayotingizga kirib kelgan e'di, e'ndi e'sa U sizga yuqoridan kuch-qudrat berishni istaydi. Iso Masih ham osmonga ko'tarilishidan oldin O'zining barcha shogirdlariga, “Otamning bergan va'dasi amalga oshguncha u erda kutib turinglar” (Havoriylar 1:4) degan e'di. Iso bu erda Muqaddas Ruhga cho'mdirilish haqida so'zlayotgan e'di (Havoriylar 1:5).

“Muqaddas Ruhdan tug'ilish” bilan “Muqaddas Ruhga cho'mdirilish” orasida katta farq borligini tushunishingiz kerak. Bular ikkita alohida jarayondir.

“Muqaddas Ruhdan tug'ilish” siz najot topgan paytda sodir bo'ladi, bunda Muqaddas Ruh sizni Iso Masihning oldiga olib kelib, yuragingiz va hayotingizda yangidan tug'ilish ishini amalga oshiradi. Xudoning kuch-quvvatiga e'ga bo'lishingiz uchun e'sa siz “Muqaddas Ruhga cho'mdirilishingiz” kerak (Havoriylar 1:8). Har bir imonli masihiy kishi Xudodan uni Muqaddas Ruh bilan cho'mdirishini so'rashi hamda shuni qabul qilishini intizorlik bilan kutishi kerak (Luqo 11:13).
Muqaddas Ruhga cho'mdirilish belgilari

Kishi Muqaddas Ruh bilan cho'mdirilganida uning yuragida va hayotida ko'p narsalar sodir bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda siz Ruhga cho'mdirilganingizni ko'rsatadigan ko'pgina alomatlar bo'ladi. E'ng muhimi, imonli kishi Muqaddas Ruhga cho'mdirilganini ko'rsatuvchi dastlabki belgi – uning Xudoning Ruhi bergan so'zlar bilan noma'lum tillarda gapirishidir (Havoriylar 2:4; 10:45-46; 19:1-7).

Muqaddas Ruhning shunday ajoyib ravishda imonli kishiga kuch-qudrat berishi bugungi kunda amalga oshmaydi, degan oyatlar Muqaddas Kitobda umuman yo'q. Shu bilan birga, millionlab sodiq, barakali, samarali masihiylar borki, ular shunday samarali bo'lishlari – noma'lum tillarda gapirish bilan Muqaddas Ruhda cho'mdirilishga bog'liq, deb tasdiqlaydilar. Chinini aytadigan bo'lsak, Iso Masihda kamolatga e'rishishingiz uchun, siz albatta Muqaddas Ruhda cho'mdirilishingiz kerak.

Insonlar najotga e'ga bo'lishlari uchun Iso xochda o'ldi. Najot topish jarayonida Muqaddas Ruh yuragimiz va hayotimizda o'rin oladi va yashashni boshlaydi. Har bir masihiy insonga Xudo Ruhi kerak. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, Muqaddas Ruh bilan cho'mdirilmasak biz to'liqligicha kamolatga e'risha olmaymiz; Muqaddas Ruhda imonli cho'mdirilganda u doim Xudoning Ruhi bergan so'zlar bilan noma'lum tillarda gapiradi (Havoriylar 2:4). U bizning “Madadkorimiz” bo'lib, “U bizlarni butun haqiqatga boshlaydi” (Yuhanno 16:7-15).
Suvda cho'mdirilish

Suvda cho'mdilirishning ma'nosi nima? Agar biz Masihni og'zimiz bilan e''tirof e'tgan bo'lsak – Muqaddas Kitobda yozilgani kabi – najot topish uchun hamma narsa qilgan bo'lmaymizmi? Imonga kelganimizni isbotlash yoki tasdiqlash uchun yana nimadir qilishimiz kerakmikan? Gap shundaki, suvda cho'mdirilish uchun bir nechta sabablar bor. Birinchisi – Isoning O'zi suvda cho'mdirilish orqali bizga o'rnak berdi. U “ilohiy amrni to'la bajarish” uchun shunday qilgan e'di (Matto 3:13-15).

Suvda cho'mdirilish marosimi Rabbimiz Iso Masihning o'limi, qabrga qo'yilishi va qayta tirilishini bildiradi. Shunday qilib Uning suvda cho'midirilishi - bizga najot berish uchun qilgan ishini bildirardi. Shuning uchun biz Xudoga itoat qilganimiz va Najotkorim, deb Rabbimiz Iso Masihni qabul qilganimizni odamlarga e''lon qilib, suvda cho'mdirilishimiz kerak. Suvda cho'mdirilish bizga najot bermaydi, yoki najotimizga hech narsa qo'sha olmaydi, balki bu marosim biz allaqachon najot topganimizni ko'rsatuvchi nishonadir. Biz e'sa najot topganimizni butun dunyoga e''lon qilishni istaymiz. Chindan ham, suvda cho'mdirilish ajoyib timsol bo'lib, bu orqali kishi o'z yuragi va hayotini Iso Masihga topshirganini ko'rsatadi. Shu bilan birga bu marosim o'tmishdagi xunuk va Xudosizlik qabrga ko'milib, e'ski hayotimiz uchun biz o'lganimizni, hamda Iso Masihda biz yangi hayotga qayta tirilganimizni bildiradi. Mana shu sabab bilan ham suvda cho'mdirilish – suvga to'liq botish orqali amalga oshiriladi. Bu e'ski odam ko'milgani va yangi odam yangi hayotga qayta tirilganini bildiradi (Rimliklarga 6:4).
Hayotingizda Xudo irodasi

Mana siz Xudoning farzandi bo'ldingiz, e'ndi Rabbimiz hayotingiz uchun kamol irodasi borligini bilib oling. Boshqacha qilib aytganda, siz Xudo shohligida muhim o'ringa e'gasiz va shuning uchun Rabbimiz sizga shunga muvofiq munosabatda bo'ladi. Siz Xudoga yuragingiz va hayotingizni topshirgan e'kansiz, e'ndi U Xudo shohligini sizga ochib beradi va o'sha shohlikdagi o'rningizni ko'rsatadi (Yuhanno 3:3). Chindan ham Muqaddas Ruhning yuragingiz va hayotingizdagi qiladigan ishi – sizga “Xudo irodasi”ni ochib berishdir (Rimliklarga 8:27). Boshqacha qilib aytganda, siz Xudo irodasiga butunlay qoplanib qolasiz – bu e'sa dunyodagi e'ng ajoyib va a'lo hayotdir.

Agar Muqaddas Ruh hayotingizda O'zi xohlaganicha harakat qilishiga yo'l qo'yib bersangiz, U Xudo irodasini amalga oshirib, shu iroda asosida yashashga hamda Rabbiy istagan narsalarni bajarishingizda sizga yordam beradi.

Xudovandning har bir masihiy kishi uchun O'z irodasi bor; ya'ni siz uchun ham Xudoning irodasi bor. Uning irodasi faqat siz uchun va buni boshqa hech kim bajara olmaydi. Shuning uchun siz Xudoning irodasini izlashingiz kerak. Shunday qilib ajoyib yo'llar orqali Muqaddas Ruh ishlashi bilan, yuragingizda Iso Masih ko'proq gavdalanishini ko'rasiz. Xudo siz uchun belgilagan joylarga Muqaddas Ruh sizni etaklaydi. Shunday yordamga e'ga bo'lish juda ham yaxshi, hammasidan ham shunday etakchilik va yo'lboshchilikka e'ga bo'lish ajoyibdir (Yuhanno 16:13-15).
Masih xochiga ishonish

Siz Iso Masihga hamda U xochda najotingiz uchun bahoni to'laganiga imon keltirish orqali najot topdingiz va yangi masihiy imonliga aylandingiz (Yuhanno 3:16). Lekin faqat najot topish uchun xochga ishonish kerak e'mas; shu bilan birga siz har kuni xochga ishonishda davom e'tishingiz kerak va shu orqali kundalik hayotingizda g'alabaga e'risha olasiz. Mana shu yo'l har qanday yomon odat va gunoh ustidan g'alaba qilishga etaklaydi; ya'ni sigaret, aroqxo'rlik, giyohvand moddalar (narkotiklar), achchiqlanish, depressiya, qimorvozlik, rashk-hasad, ochko'zlik, har qanday fisqu fijir va insoniyat mubtalo bo'lgan har qanday muammoga javob Isoning xochida topiladi (1-Korinfliklarga 2:2).

Imonli kishi xochga ishonishda davom e'tishi bilan (buni doimiy ravishda qilishi kerak), Muqaddas Ruh unga kerak bo'lgan yordamni beradi va shu bilan har taraflama to'liq g'alaba qo'lga kiritiladi (Yuhanno 14:16-17). Gap shundaki, masihiy kishi ustidan qandaydir gunoh hukm surishiga hech qanday sabab yo'q. Agar inson xochga ishonadigan bo'lsa, Muqaddas Ruh har doim imonli kishiga g'alaba beradi. E'ng asosiy narsa xochdir, chunki Muqaddas Ruh xoch orqali ishlaydi, xarakat qiladi (Galataliklarga 6:14; Rimliklarga 8:1-2, 11).
Masihiylar jamoatiga borish

Masihiylar jamoati – yo'l chetidagi qandaydir bino e'mas, balki Masihning tanasidir. Mana siz hozir shu tananing bir qismi, uzvi bo'lib qoldingiz, Iso Masih e'sa shu tananing boshidir. Shuning uchun, agar buning iloji bo'lsa yaxshi masihiylar jamoatini topib, u erga qatnashingiz kerak.

Masihiylar jamoatida quyidagi narsalar o'qitilishi va va'z qilinishi kerak:

1. Inson Iso Masih qoni orqali najot topishi va'z qilinishi kerak. Agar qandaydir jamoat, Iso Masih qoni orqali e'mas (ya'ni insoniyatni qutqarish uchun Rabbimiz xochda amalga oshirgan ishi orqali e'mas), balki boshqa yo'l orqali najot topish mumkin, deb o'rgatadigan bo'lsa, bunday jamoat Xudoning Kalomiga zid bo'lgan narsalarni ilgari suryapgan bo'ladi (Matto 26:28; Havoriylar faoliyati 20:28; Kolosaliklarga 1:20; Ibroniylarga 9:22; 1-Butrus 1:18-19).

2. Jamoat Muqaddas Ruh bilan cho'mdirilishni o'rgatishi kerak; bu kechinma inson Isoni qabul qilganidan keyin sodir bo'lib, barcha imonlilar uchun mo'ljallangan va boshqa tillarda gapirish Muqaddas Ruhda cho'mdirilishning dalili bo'lib xizmat qiladi (Isha'yo 28:11-12; Havoriylar faoliyati 2:4; 10:45-46; 19:6; 1-Korinfliklarga 14:4-5, 14-18).

3. G'alabakor va samarali masihiy hayot va'z qilinishi kerak (Rimliklarga 6:11; 1-Korinfliklarga 15:57-58; E'fesliklarga 6:10- 13; Yoqub 1:22; 1-Yuhanno 5:4-5; Vahiy 2:7). Bu degani har jihatdan va har tomonlama gunoh ustidan g'alaba qilish demakdir.

4. Xudoning Kalomiga asoslangan xolda ilohiy shifolanish va'z qilinishi kerak (Chiqish 15:26; 23:25; Isha'yo 53:5; Mark 6:13; Yoqub 5:14-15; 1-Butrus 2:24). Muqaddas Kalom davridagi kabi bugungi kunda ham Iso Masih insonlarga shifo berishi Kalomda yozilgan, deb ishonamiz.

5. Masihiylar jamoati osmonga ko'tarilib ketishi o'rgatilishi va va'z qilinishi kerak. Bu e'sa masihiylar jamoati Rabbimiz bilan bo'lish uchun bu dunyodan ko'tarilib, olib ketiladigan vaqtni bildiradi. Bu hodisa istalgan vaqtda sodir bo'lishi mumkin; bunda har bir masihiy kishi (hox o'lik, hox tirik bo'lsin) qayta tiriladi yoki o'zgaradi (ya'ni samoviy tanaga e'ga bo'ladi). Aslida osmonga ko'tarilish bilan qayta tirilish bitta hodisadir (1-Korinfliklarga 15-bob; 1-Salonikaliklarga 4:13-17).

6. Rabbimiz O'z o'rnini, ya'ni shohlarning Shohi va xo'jayinlar Xo'jayini bo'lgan o'rnini e'gallash uchun tez orada ajoyib holda erga qaytishi jamoatda va'z qilinishi kerak. O'sha vaqtda, dunyo bino bo'lgan vaqtdan beri yashagan har bir Xudoning azizi (muqaddas odami) Iso bilan birga keladi. Boshqacha qilib aytganda, masihiylar jamoati ko'tarilish (qayta tirilish) paytida bu dunyodan ko'tarilib ketgan barcha kishilar Iso bilan o'shanda shu er sayyorasiga qaytib kelishadi; shunday qilib Podshohlik davri boshlanadi (Vahiy 19-bob).

7. Siz shunday masihiylar jamoatini tanlashingiz kerakki, u erdagi imonli odamlar (soni ko'p yoki kamligidan qat'iy nazar) butun dunyoga Iso Masihning xushxabarini etkazish istagi bilan yonib yurishlari kerak. Barcha odamlarga xushxabarni etkazish maqsadi Xudoda birinchi navbatda turadi, buning hayron qoladigan joyi yo'q bo'lsa kerak.

Kimdir sizga xushxabarni qachondir aytgan e'di, e'ndi e'sa siz Rabbimizni etarli darajada sevib, boshqa barcha kishilar ham siz kabi xushxabarni e'shitish imkoniyatiga e'ga bo'lishlarini istashingiz kerak. Boshqalar xushxabarni qabul qilish yoki qilmasligi – ularning ixtiyorida; biroq aynan ularda xushxabarni e'shitish imkoniyati bo'lishi – birinchi o'rinda turadi. Ochiqchasiga aytganda, Xudovand bizga shunday buyuk Najot bergani uchun Unga tashakkur aytishning e'ng zo'r yo'li – qo'limizdan kelganicha boshqalarga shu ajoyib hikoyani aytib berish, hamda xushxabarni butun dunyoga tarqatayotgan odamlarga yordam berishdir. Har qanday ishda shu istak bizda yonib turishi kerak (Mark 16:15-16). Xushxabarni bilmagan va uni e'shitish imkoniyatiga muyassar bo'lmagan kishilar uchun Iso bekor o'lgan hisoblanadi. Lekin ular e'shitishlari kerak, bu e'sa umuman olganda siz va menga bog'liq. “Targ'ib qiluvchi bo'lmasa, qanday e'shitadilar? Yuborilmasdan turib, Kalomni qanday targ'ib qiladilar?” (Rimliklarga 10:14-15).

Agar siz shu maqola orqali yuragingizni Rabbimizga topshirgan bo'lsangiz, hayotingizdagi shu yagona muhim hodisa haqida bizga ham aytishingizni istardik. Iltimos “Comments” tugmasini bosib, qisqa o'zingiz haqingizda va qanday qilib Iso Masihni qabul qilganingizni bizga yozib qoldiring.

No comments: