2007-11-13

Rimliklarga 1:1-7

Rimliklarga 1:1-7-oyatlarda inoyat haqidagi fikrlar:

"Xudoning Injil Xushxabarini etkazmoqqa maxsus saylangan va havoriylikka chorlangan Iso Masihning quli – Pavlusdan salom. Xudo qadimdanoq o'z payg'ambarlari orqali muqaddas yozuvlarda bashorat qilganidek, ushbu Xushxabar Uning O'g'li haqidadir. Iso Masih jisman Dovud zurriyoti e'sa-da, ruhan ilohiylik kasb e'tadi. U qaytadan tirilib, Xudoning O'g'li e'kanini qudratli ravishda namoyon qildi. Shunday qilib, Rabbimiz Iso Masih nomidan barcha xalqlarni imonga bo'ysundiraylik, deb Xudo Uning ismi haqi bizga inoyat qildi hamda havoriylikni ato e'tdi. Iso Masih da'vat e'tgan sizlar ham o'sha xalqlardansizlar. Xudo sevgan va muqaddas bo'lishga chaqirgan barcha Rimda yashovchilarga Otamiz Xudodan va Rabbimiz Iso Masihdan inoyat va tinchlik bo'lsin." Rimliklarga 1:1-7

Bu erda Pavlus o'zini Xudoning havoriysi, deb tanishtiryapti. Xudo E'ski Ahdda payg'ambarlar orqali Najotkor (ya'ni Iso Masih) kelishini va'da qilgan e'di. E'ski Ahdning markazida ham Iso Masih turadi, chunki hamma marosimlar va qurbonliklar Isoga ishora qiladi.
Iso jisman Dovud zurriyoti e'di; ya'ni Najotkorimiz bizni gunohdan qutqarish uchun, bizga o'xshab tanada bo'lishi kerak e'di. Iso biznikiga o'xshagan tanada bo'lgan bo'lsada, Unda gunoh yo'q e'di. Shuning uchun U komil va benuqson qurbonlik qo'zisi bo'la oldi va shuning uchun Xudo Uning qurbonligini qabul qildi. Shuning uchun biz Iso Masihning xochda qilgan ishi orqali najotga e'risha olamiz.
Demak Iso jisman Dovud urug'i e'di (Ibtido 3:15; Galataliyaliklarga 3:16), biroq Ruhan Iso Xudoning O'g'lidir (4-oyat). Iso qayta tirilishi orqali Uning Ilohiyligi namoyon bo'ldi. O'sha paytdagi yahudiylar va rimlik askarlar Isoni Xudoning O'g'liman, degani uchun xochda o'ldirishgan e'di, biroq Iso Xudoning O'g'li bo'lgani uchun ham Xudo Uni o'limdan qayta tiriltirdi. U xochda qilgan ishi orqali biz Xudoning inoyatini qabul qildik. Shu xabarni biz barcha xalqlarga e'shittirishimiz kerak, ular buni qabul qilishlaridan qat'iy nazar.
Rabbimiz bizga ham najotini ko'rsatdi va bizni qorong'ulikdan qutqarib, O'zining ravshan nuriga da'vat e'tdi. Iso Masihga va U xochda qilgan ishiga, hamda Xudo Uni qayta tiriltirganiga ishongan inson najot topadi. Bunday odamni Xudo sevadi va muqaddas, deb e''lon qiladi. Ettinchi oyatda yunon tilida “muqaddas, deb chaqirgan” deyilgan, ya'ni “bo'lishga” degan so'z tarjimon tomondan qo'shilgan. Xullas tarjima yaxshi qilinmagan. Shu 7-oyatga asosan, najot topgan har bir kishi Xudo nazarida muqaddas (avliyo, pir, buzruk), deb ataladi. Chunki bunday kishi najot topgan paytida Iso Masih uni muqaddas qilib yaratadi (yangidan tug'ilish), bunga sabab Isoning xochda qilgan ishidir.
Inoyat va tinchlik Xudo Otadan, Iso Masih orqali va Muqaddas Ruh vositasi bilan bizga etib keladi. Mana shu 7-oyatda Xudovand uchta shaxsdan iborat e'kanligini ko'ramiz.

No comments: