2007-12-21

Gunohkor tabiat

“Menda, ya'ni irsiy tabiatimda yaxshi narsa yo'qligini aniq bilaman. Yaxshilik qilish istagi dilimda bor bo'lsa-da, uni ro'yobga chiqarishga kuchim etmaydi”.
(Rimliklarga 7:18).


Gunohkor tabiat yoki gunohkor tana nima?
Shu savolga javobni Muqaddas Kalomdan qidiramiz. Buning uchun biz Ibtidoga qaytishimiz kerak.
Gunohkor tabiat qanday paydo bo'ldi

Xudo Odam Ato va Momo Havoni yaratganda ularni gunohsiz qilib yaratgan e'di (Ibtido 1:26-31). Lekin Ibtidoning 3-bobini o'qisak, birinchi Momo Havo, keyin e'sa Odam Ato Xudoga itoatkorsizlik qilib (Ibtido 3:6), gunoh qilganlarini ko'ramiz. Bu insoniyatning e'ng dahshatli kuni e'di.

Bundan oldin Odam Ato Xudo bilan juda yaqin munosabatda bo'lib, U bilan gaplashib yurar e'di. Lekin gunohga botgandan keyin Odam Xudoga e'mas, balki o'ziga (o'z shaxsiga) intila boshladi. Uning tabiati gunoh bilan birlashib, gunohkor tabiatga aylandi. Shundan keyin Odam o'ziga o'xshagan, ya'ni o'zining suratidagi farzandlarni ko'ra boshladi (Ibtido 5:3). Odamning o'zi e'sa Xudo suratida yaratilgan e'di (Ibtido 1:26).

Bu degani, Odam Atodan boshlab hamma insonlar gunohkor bo'lib tug'ila boshladi, chunki ularda ham gunohkor tabiat bor. Bola hech qanday gunoh hali qilmagan bo'lsada, u gunohkor hisoblanadi, chunki unda gunohkor tabiat bor. Shuning uchun bolalarga yomonlik qilishni o'rgatmasak ham, ular o'zlari yomonlik qilaveradilar. Buning o'rniga biz ularga yaxshilik qilishni o'rgatamiz. Shunga qaramasdan, yosh bolalar balog'at yoshiga etmaslaridan oldin, gunoh uchun javobgar bo'lmaydilar, Isoning O'zi ham Xudo shohligi bolalarga tegishli degan (Matto 19:14).
Gunohkor tabiatdan qutqarilish

Shunday qilib, najot topmagan kishi gunohkor tabiat hukmronligi ostida bo'lib, doim Xudoga itoatkorsizlikda va gunohda yashaydi. Yuhanno shunday deydi: “Agar gunohimiz yo'q desak, o'z-o'zimizni aldagan bo'lamiz va ko'nglimizda haqiqat bo'lmaydi” (1-Yuhanno 1:8). Bu erda gunoh degan so'z gunohkor tabiatni bildiradi.

Kishi najot topsa, bu holat o'zgaradi, ya'ni kishi najot topganidan keyin uning gunohkor tabiati kuchsizlantiriladi va hayotsiz bo'lib qoladi.

Bu haqda Pavlus shunday deydi: “Sizlar Masih bilan aloqada bo'lib sunnat ham qilindingizlar. Bu Masihning sunnati bo'lib, inson qo'li bilan qilinmaydi, bu sunnat gunohkor vujudning kesib tashlanishi demakdir.” (Kolosaliklarga 2:11). E'ski Ahddagi sunnat marosimida terining bir parchasi kesib tashlanar e'di; bu marosim Yangi Ahdda sodir bo'ladigan narsaga ishora qilar e'di, aniqrog'i Masih sunnatiga ishora qilardi. Kishi Isoga va Uning xochdagi ishiga ishonib, Uni qabul qilganda, Masih uni sunnat qiladi va uning gunohkor tabiatini kesib tashlaydi. Shuning uchun najot topgandan keyin insonda gunoh aybi yo'qoladi.

Lekin, gap shundaki, gunohkor tabiat yana qayta tirilishi mumkin (Rimliklarga 7:9). Agar imonli kishi ishonchini faqat Masihga va xochga qaratsa, uning gunohkor tabiati unga xalaqit bermaydi. Lekin hamma imonlilar buni bilmaydi va bunga rioya qilmaydilar. Yangi imonlilar odatda boshqa narsalar yoki kimsalarga ishona boshlaganda ularning gunohkor tabiati qayta tiriladi. Shunda imonli tuzoqqa ilinadi va gunohkor tabiat bilan jang boshlanadi, lekin imonli o'z kuchi bilan g'alaba qozonolmaydi (Rimliklarga 7:18).

Biz shu tanada e'kanmiz gunohkor tabiatdan to'liq ozod bo'lmaymiz. Xudo hozirgi kunda bu gunohkor tabiatni bizdan olib tashlamaydi, balki Iso ikkinchi marta erga kelganda va biz U bilan uchrashganimizda shu gunohkor tabiatdan forig' bo'lamiz (1-Korinfliklarga 15:53).
Gunohkor tabiat ustidan g'alaba qozonish

Imonli kishi gunohkor tabiatga qarshi qancha jang qilmasin, u hech qachon g'olib chiqmaydi (Rimliklarga 6:12). Xudo farzandi g'alaba qozonishi uchun yagona yo'l bor – bu Isoga va U biz uchun xochda qilgan ishiga ishonishdir.

Pavlus 1-Korinfliklarga 1:17-oyatda nima haqida voizlik qilishni aytadi, shu e''tiborimizning markazida bo'lishi kerak, chunki faqat shu yo'l bilan biz gunoh ustidan g'alaba qozonishimiz mumkin: “Zotan Masih meni cho'mdirishga e'mas, balki Injil Xushxabarini targ'ib (voizlik) qilishga yubordi. So'zamollik qilishga ham yubormadi, toki Masihning xochi inkor e'tilmasin.” Demak biz Injilni voizlik qilishimiz kerak e'kan, bunda Masihning xochi inkor e'tilmasligi kerak, ya'ni xoch xabari Injil xushxabarining markazida turadi.

Biz Xudodan oladigan hamma narsalarning manbai Iso Masihdir va shu narsalar xoch vositasida bizga beriladi; biz shuni tushunishimiz kerak va shundan kelib chiqqan holda Iso Masihga va xochga ishonishimiz kerak. Ana shundagina Muqaddas Ruh hayotimizda ishlay oladi va kerakli natijalarni paydo qildiradi (Rimliklarga 8:2).

No comments: