2008-06-23

Moxovlikdan pok bo'lish

Shu o'rtada bir moxov Unga yaqinlashib, sajda qildi-da: – Hazrat, agar istasang, meni moxovlikdan pok qila olasan, – dedi. Iso qo'lini uzatdi va unga tegizib: – Istayman, pok bo'l! – dedi. Moxov shu zahoti dardidan forig' bo'ldi. (Matto 8:2-3).


Tog'da Iso Masih va'z aytib, erda o'rnatadigan Shohligining qoidalari haqida so'zlaydi. Shundan keyin U pastga tushib, Xudo sifatida qudratini namoyon qiladi: kasallikdan ustunligi (Matto 8:2-16), tabiatdan ustunligi (24-26 oyatlar), yovuz ruhlardan ustunligi ko'rsatdi (28-32 oyatlar); shu orqali Iso yovuzlikni yo'q qilib erni baxtiyorlik bilan to'ldirishga, hamda shayton ishlari va shohligini vayron qilishga qodirligini ko'rsatdi. Biroq insonlar buning o'rniga shayton humronligini, kasalliklarni, yovuz ruhlarni va cho'chqalarni avzal ko'rishdi (34 oyat).

Muso orqali berilgan qonunga ko'ra moxov kishini hech kim tegishi mumkin e'mas e'di. Kimki bunday qiladigan bo'lsa u nopok bo'lib qolar e'di.

Iso shu qonunni buzdimi?

Moxovlik gunohni bildiradigan ramz e'di va qadimdagi Isroilliklar moxovlikni Xudodan kelgan jazo deb bilar e'dilar. Moxovlik kasaligining o'zi juda daxshatli e'di, shu bilan birga ko'pchiliklar moxov kishi najot topa olmaydi, deb hisoblashar e'di. Luqo o'z xushxabarida bu kishini “butun tanasi moxov bo'lgan bir kishi” deb tasvirlaydi, bu e'sa u o'lishiga ozgina qolganligini bildiradi (Luqo 5:12). Qonunda bunday qilish mumkinmasligi yozilgan bo'lsa ham, bu kishi boshqa nima qilishini bilmasdan Isoning oldiga juda yaqin keladi. Iso Masihda moxovlikka shifo berishga qudrat borligiga u ishonardi, faqat bu Isoning irodasimi yo yo'qmi – shunda u shubhalanardi. O'zining shunchalik achinarli holatini bilgan holda u dedi: “...agar istasang, meni moxovlikdan pok qila olasan”.

Bu kishining ishonchi va shunday aytgan so'zlaridan keyin Iso “qo'lini uzatdi va unga tegizdi”. Iso qo'lini moxov kishiga cho'zayotib, “Istayman, pok bo'l!” deydi.

Yo'q! Iso moxov kishiga tegib qonunni buzmadi. Yunon tilidagi bu matnga binoan Isoning teginishi e'mas, balki so'zi moxov kishiga shifo bergan e'di. Isoning qo'li shu kishiga tegganida e'sa u allaqachon pok bo'lgan e'di, shunday qilib hech qanday qonun buzilmagan e'di. Muqaddas Kitobda bu kishi “shu zahoti pok bo'ldi” deb yozilgan!

Isa qilgan hamma narsalar nafaqat nochor ahvoldagi odamlarga yordam berish uchun, balki qandaydir ruhiy soboqni berish uchun sodir bo'lar e'di. Moxov kishining pok bo'lishi orqali Iso Masihning qudratini ko'rsa bo'ladi: Iso har qanday gunohdan bizni poklashi mumkin, buning uchun biz faqat ishonishimiz va shu ishonchimizni ochiq aytishimiz kerak.

2008-06-15

Soxta payg'ambarlardan e'htiyot bo'linglar!

“Soxta payg'ambarlardan e'htiyot bo'linglar! Ular sizning oldingizga qo'y kiyimida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich bo'rilardir.” (Matto 7:15)

Yuqorida keltirilgan oyatlarda yolg'onni va'z qiladigan odamlar haqida gap ochildi; ular Iso Masihni va U xochda qilgan ishini rad e'tishadi; ular haqiqatni va'z qiladigan va'zxonlarga qarama-qarshi turadi.

Bunday soxta o'qituvchilarning ma'naviy mevasi jamoatda ham, dunyoda ham buzuqlikdan iborat bo'ladi. Bunday odamlar tashqi ko'rinishi va fe'l-atvori yoqimli bo'lishi mumkin, biroq nima bo'lganda ham, ular gunoh qullaridir. Soxta va'zxonlar ilgari suradigan barcha yolg'on ta'limotning asosida xochni noto'g'ri tushunish yotadi. Xochda qilingan ish haqidagi ta'limot poydevor yoki asosdir va hamma ta'limotlar (doktrinalar) mana shu poydevor ustida o'rnatilishi yoki qurilishi shart (1-Butrus 1:18-20); agar qandaydir ta'limot shu poydevor ustida qurilmasa, u baribir qaysidir joyida mustahkam bo'lmaydi. Agar jamoatda xoch to'g'ri tushunilmasa, buning natijasida yolg'on ta'limot va yolg'on payg'ambarlar paydo bo'ladi.

Rabbimiz Iso Masih Matto yozgan xushxabarining 7-bobida yomon daraxtdan yaxshi meva kelmaydi, deb aniq-oydin aytgan e'di (Matto 7:15-20). Buning iloji yo'q! Boshida daraxt chiroyli bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin oxir-oqibati baribir achinarli bo'ladi.

Qanday qilib biz yolg'on payg'ambarlarni tanisak bo'ladi?

Iso allaqachon buni bizga aytgan e'di! “Shunday qilib, soxta payg'ambarlarni mevalaridan bilib olasizlar.”

Yolg'on yo'l doim diniy ishlar tizimi bilan to'lib-toshgan bo'ladi. Yolg'on yo'lga qul bo'lgan odamlar ham har doim o'z dinining ishlarini bajarish bilan band bo'ladilar; shuning uchun tashqi qizg'in faoliyat bo'lishi yolg'on yo'l uchun tabiiydir, biroq ularda ichki o'zgarish, ya'ni “ruhiy o'sish” umuman kuzatilmaydi va yo'q bo'ladi. Qachonki kishi ishonchini faqat Iso Masihga va U bizning o'rnimizda xochda amalga oshirgan yakunlangan ishiga qaratsa, o'shanda haqiqiy ruhiy o'sish paydo bo'ladi.

2008-06-05

Saodatlik so'zlari

Iso talay xaloyiqni ko'rib, toqqa chiqib o'tirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelishdi. Iso ularga ta'lim berish uchun og'zini ochib, dedi: (Matto 5:1-2)

Iso Masih O'z xizmatini boshlaganda va tugatganda ham tog'da va'z aytgan e'di. Mana hozir biz so'zlashyapgan birinchi va'zni Iso Kafarnahum degan shahar oldidagi tog'da aytgan e'di. Oxirgi va'zini e'sa U Quddus shahri oldidagi Zaytun tog'ida aytgan e'di (Matto 24-bob). Ikkala va'zning ham mavzusi Xudo shohligi e'di.

Shu bobda (Matto 5-bob) yozilgan to'qqizta “barakatlik”, “baxtiyorlik” yoki “saodatlik” so'zlaridan ilk to'rttasi najto topish jarayoni haqida so'zlaydi. Mana ular:

1. “Ruhan kambag'al bo'lganlar baxtlidir, Chunki Osmon Shohligi ularnikidir”: birinchi bo'lib, kishi o'zi ma'nan va ruhan hech narsaga loyiq e'masligini tushunib etishi kerak. “Ruhan kambag'al” degani tilamchi degan ma'noni bildiradi. Odamga o'zini shunday e'kanligini tushunish juda qiyin, lekin shuni tan olish bundan ham qiyin bo'ladi. Biroq Xudo Shohligiga kirish uchun odam o'zini shunday e'kanligini tan olishi shart.
2. “Yig'layotganlar baxtlidir, Chunki ular tasalli topur”: bu erda oddiy g'amginlikda yoki dafn e'tishdagi qayg'u natijasida yig'lash haqida gap ketmayapti. Balki bu erda Xudo oldida odam shunday achinarli holatda e'kanligi uchun qayg'urish haqida gap ketyapti. Yana bir bor, biz o'zimizni qanday bo'lsak shunday tan olishimiz kerak; shunday achinarli holatimizni bilib, bundan juda qayg'uramiz!
3. “Beozor bo'lganlar baxtlidir, Chunki ular er yuziga e'ga bo'lur”: mag'rur odam Xudo oldiga kelmaydi; agar bunday odam Xudoga yaqinlashaman desa ham, o'zini yomon gunohkor deb tan olmaydi va shuning uchun Xudodan hech narsa ololmay ketadi. Shu bobdagi boshqa “baxtiyorliklarga” e'ga bo'lish uchun kishi ularning birinchisiga e'ga bo'lishi kerak, ya'ni kishi “ruhan kambag'al yoki tilamchi” bo'lishi kerak. O'zini shunday ahvoldaligini ko'rib kishi “yig'laydi”, bu e'sa “beozorlik yoki kamtarinlik” holatiga olib keladi. Iso O'zi haqida aytgan so'zlar ham shunday e'di: “Men beozor va soddadilman” (Matto 11:29).
4. “Adolatga (solihlikka) ochu chanqoqlar baxtlidir, Chunki ular to'q bo'lur”: ilk uchta shartni kishi amalga oshirgandan keyin, unda solihlikka ochlik va chanqoqlik paydo bo'ladi. Bundan ochu chanqoqlik paydi bo'lgani bu kishi to'q bo'ladi demakdir.

Mana shu ilk to'rtta barakatlik so'zlari amalga oshganidan keyin, hamma narsa o'z joyiga tushadi.

Yana bir narsani tez qo'shib qo'yishim kerak:

Mana shu Matto 5-bobda yozilgan saodatlik so'zlariga e'rishish uchun odam nima qilishi kerak? Buning uchun uning ishonchi har doim Masihga va U biz uchun xochda qilgan ishiga qaratilgan bo'lishi kerak. Kishi Iso Masih biz uchun xochda nima qilganini ko'rganidan keyin, ya'ni xochni aniq ko'rganidan keyingina, u “ruhan kambag'al” bo'la oladi, bu e'sa qolgan boshqa saodatliklarga eltadigan e'shikni ochadigan kalitdir.