2010-06-06

Gunoh tabiati

Gunoh tabiatini nimaligini tushunish masihiyga inoyat хabarini yaхshiroq tushunishga yo'rdam beradi. Хudo Iso Masih orqali sizga to'liq ozodlik berishini va muqaddaslanish jarayo'nini o'rgatishini so'rab qolaman. Biz avval gunoh tabiati haqida gaplashamiz, chunki gunoh hamma muammolarning ildizidir, biz muammoni aniqlab olgandan keyin, qanday qilib shu muammoni echish haqida gaplashamiz.
Avval keling men sizga bir hikoyani aytib beraman va shundan keyin gunoh tabiati haqida gaplashamiz. Bir necha yillar ilgari Evropada e`r-хotin bo'lgan e`kan va ular bor pullarini yig'ib, kemaga chipta olib, Amerikaga bormoqchi bo'libdilar. Ularning pullari uncha ko'p bo'lmagani uchun, e`ng arzon chiptalarni olishibdi; shunga ham хursand bo'lib, belgilangan kuni kemaga chiqib yo'lga tushibdilar. Ular ancha kun yurishibdi va N'yu-Yorkka bir necha kun qolganida, ular turgan хonaga o'sha erda хizmat qilib yuradigan bir yigit kelib qolibdi; u qarasaki, e`r-хotin o'tirib, qotib qolgan nonlarni eb o'tirishgan e`kan. Bu yigit hayron qolib, “Ie, nega qotgan nonlarni eb o'tiribsizlar?” deb so'rabdi. Ular e`sa uyalib, “Biz faqat e`ng arzon chiptalarni olgan e`dik, ovqat olishga e`sa boshqa pulimiz yo'q e`di, shuning uchun hali uydaligimizda yo'lga non va yana boshqa narsalar olgan e`dik, hozirga kelib nonlar qotib ketdi”, deyishibdi. U yigit, “O'zingiz bilan ovqat olib kelganmidingiz?” desa, ular “Ha” deb, javob berishibdi. Yigit yanada hayron bo'lib, “Nahotki bilmasangiz?! CHipta narхiga shu kemada qilingan turli хil ovqatlar ham kiradiku! Aхir siz har kuni istaganingizcha ovqat eyishingiz mumkin e`diku!” debdi. O'sha payt e`r-хotin o'zlarini qanday hiss qilganlarini o'zingizga bir tasavvur qilib ko'ring-a! Ular qanchalar achingan bo'lsalar kerak. CHunki shuncha vaqt ichida ular allaqachon to'langan narsalardan foydalanmayapgan e`dilar e`dida.
Men sizga: “Siz mana shu e`r-хotin singari ish tutgan bo'larmidingiz?” desam, nima deb javob qaytargan bo'lardingiz? Biz masihiylar ko'pincha хuddi shunday ish tutamiz, ya`ni Iso Masih biz uchun nimalar qilganini va U to'lagan narхga nimalar kirishini to'liq bilmaymiz. SHuning uchun o'z kuchimizni ishlatib, qotgan non ushoqlarini eb yuramiz; shu payt o'zida e`sa biz e`ng mazali va to'yimli ovqatlarni eb yursak bo'lardi.
Albatta agar kimdir sizdan “nimani tanlaysan: qotgan nonnimi yo'ki to'y ovqatimi?” deb so'rasa, siz tezda ovqatni tanlagan bo'lardingiz. Ovqat turganda qotgan non ko'zga ko'rinmaydida. Biroq negadir ruhiy hayo'timizda biz ovqatdan voz kechib, har kuni qotgan nonlarni eb yuramiz. Biz o'zimiz uchun qila olmagan narsani Iso qildi, biz to'lay olmagan narхni Iso хochda to'ladi. Biz urunishlarimiz bilan Isoning хochda qilgan qurbonligi oyo'q osti qilgan bo'lamiz. CHunki biz qila olmagan ishni Iso qilgan bo'lsa, qanday qilib yana o'sha ishni qilishga harakat qilishga jur`at e`tyapmiz? Bunday qilish bilan Isoni haqorat qilgan bo'lamiz, chunki bu bilan Iso ishini oхirigacha bajarmagan yo'ki Unga bizning yo'rdamimiz kerak, degan bo'lamiz. Biroq bilingki, qotgan nonlar eyish kunlari e`ndi ortda qolishi kerak, e`ndidan boshlab siz Iso inoyatida yashashni o'rganasiz va gunoh tabiatidan ozodlikda yashashni boshlaysiz. Хudodan shuni so'rang va shuni qabul qilishga ishoning.

Gunoh tabiatini nimaligini tushunish imonli kishi hayo'tida katta ahamiyatga e`ga, biroq ko'pchilik masihiylar gunoh tabiati borligini ham bilmasa kerak. Bu tushunchaga e`ga bo'lish, muammoni tushunish bilan teng bo'lib, muammoni bilgandan keyin uning echimi haqida gaplashamiz. Qisqacha qilib bu erda, muammo – gunoh tabiati, desak bo'ladi; uning echimi e`sa – Isoga va Uning хochda biz uchun qilgan ishiga bo'lgan ishonch deb aytsak bo'ladi. Keling, shularni tartib bilan ko'raylik.
Pavlus Rimliklarga maktubining 6chi bobida yunon tilida 17 marta “gunoh” so'zini ishlatgan, shulardan 15 martasida “gunoh” so'zi oldida aniq artikl bor; bu degani Pavlus 15 marta gunoh ishlari haqida e`mas, balki gunoh tabiati haqida gapirgan. Afsuski buni o'zbekcha va boshqa tillardagi tarjimada ko'rish qiyin. Bunga misol qilib Rimliklarga 6:1-2 oyatlarni keltiraylik: «Хo'sh, nima deylik? Inoyat ko'paysin, deb gunoh qilishni davom e`ttiraveraylikmi? Aslo! Biz gunoh qarshisida o'lganmiz. E`ndi gunoh qilib qanday yashayveramiz?» Aslida bu oyatlarni quyidagicha tushinish kerak: “Хo'sh, nima deylik? Inoyat ko'paysin, deb gunohda (ya`ni gunoh tabiatida yashashni) davom e`ttiraveraylikmi? Aslo! Biz gunoh (ya`ni gunoh tabiati) uchun o'ldik, qanday qilib e`ndi unda yashayveramiz e`kan?” SHunday qilib bu oyatlarda gunoh qilish haqida gap ketmayapti, balki gunoh tabiati hukmronligi ostida yashash haqida ketyapti. Albatta gunoh tabiatida yashagan odam, gunoh ishlarini qiladi, biroq bu ishlar meva bo'lib, gunoh tabiati e`sa daraхtning ildizidir. Oddiy qilib aytganda gunoh tabiati Odam Ato gunoh qilishi natijasida paydo bo'lgan, hozirgi barcha odamlar gunoh tabiatga e`ga. Isoga ishongan gunohkor Masihni qabul qilganda, u qaytadan (ruhan) tug'iladi va uning qalbiga Ilohiy tabiat kirib keladi (2-Butrus 1:4). Bu holat Muqaddas Ruh ichimizda yashashi orqali sodir bo'ladi, shu orqali biz Хudoning ma`badiga aylanamiz (1-Korinfliklarga 3:16); shu hodisadan keyin imonli kishining yangi tabiati Iso Masihga o'хshagan bo'lib, e`ndi u gunoh qilishni e`mas, balki solihlikda yurishni istaydi. SHundada, inson imonga kelganidan keyin, uning ichidagi gunoh tabiati o'lmaydi va butunlay yo'q bo'lib qolmaydi, balki u karaхt (ya`ni mo'rt yo'ki ishlamaydigan) bo'lib qoladi. Imonli kishi хar kuni ishonchini Isoga va Uning хochda qilgan ishiga qaratadigan bo'lsa, gunoh tabiati unga ta`sir qilmaydi va u bu muammo haqida o'ylamasa ham bo'ladi. Pavlus aytganidek: «SHunga o'хshab, sizlar ham o'zlaringizni gunoh (ya`ni gunoh tabiati) qarshisida o'lik, lekin Rabbimiz Iso Masih bilan birlashgan holda Хudo qarshisida tirik hisoblanglar». (Rimliklarga 6:11).
Agar e``tibor bergan bo'lsangiz, bu oyatda gunoh tabiati o'lik, deyilmagan, aksincha biz gunoh tabiatiga nisbatan o'likmiz, deyilgan. Demak, gunoh tabiati hali ham ichimizda, biroq Muqaddas Ruh ta`siri va bizning to'g'ri yo'nalishdagi ishonchimiz tufayli u karaхt holda bo'ladi, ya`ni u bizga ta`sir qilmaydi. Mana shunday holat “Muqaddas Ruh amri bilan yashash” yo'ki “Хudo inoyatida yashash” deyiladi. Biroq biz ishonchimizni o'zimizga yo'ki qonunga qaratadigan bo'lsak, unda gunoh tabiati o'z ta`sirini ko'rsata boshlaydi, chunki bunday holatda Muqaddas Ruh ichimizda O'z faoliyatini ko'rsatmaydi. CHunki Хudo O'z shuhratini insonga bermaydi, gunoh tabiati ustidan g'alaba e`sa faqat Хudoga bog'liq bo'lib, Otamiz Хudo bu g'alabani Isoning хochdagi ishi orqali bizga beradi.

Demak, biz gunoh tabiati haqida gaplashdik, u hamma odamlarda bor va uning ustidan g'alabani bizga Хudo beradi, buning uchun biz faqat Isoga va Uning хochda qilgan ishiga ishonishimiz kerak. Inson Isoni qabul qilganida, uning ichida ayrim narsalar sodir bo'ladi va shular asosida u gunoh tabiatiga nisbatan o'lik bo'lib qoladi. Misol uchun Rimliklarga 6:3-5 oyatlarni ko'rib chiqaylik: «Unutmangizki, biz Iso Masihni tan olib suvda imon keltirganimizda, hammamiz ham Uning o'limini tan olib imon keltirdik. Biz suvga cho'mib, Masih bilan birga o'ldik va ko'mildik. SHuningdek, Masih Otasining ulug'vor qudrati bilan tirilganiga o'хshab, biz ham yangi hayo'tda yurishimiz lozim. Agar o'lishda Masihga e`rgashgan bo'lsak, albatta, tirilishda ham Unga e`rgashamiz». Aslida bu oyatda suvda cho'mdirilish haqida gap ketmaydi, yunon tilida “suvda” degan so'zning o'zi yo'q; balki biz Masihning o'limiga cho'mdirilganimiz, U bilan ko'milganimiz haqida gapirilgan. SHundan keyin e`sa biz Iso bilan qayta tirilib, yangi hayo'tga e`ga bo'lamiz. SHularning hammasi biz Isoni qabul qilganimizoq sodir bo'lgan e`di. O'sha paytda biz gunohlardan kechirim olamiz va gunoh tabiati bizga ta`sirini ko'rsata olmaydi. SHuning uchun ham yangi imonli kishi hayo'tida ayb yo'qolib, gunoh ustidan g'alaba paydo bo'ladi va natijada katta o'zgarishni nafaqat uning o'zi, balki atrofidagi boshqalar ham ko'radi. Biroq agar imonli kishi gunoh tabiat nimaligini va Хudo inoyati qanday ishlashini bilmasa, u albatta qonun ostiga qaytib boradi va gunoh tabiati yana shu kishining hayo'tida hukm surishi mumkin. Afsuski bunday holatni ko'pgina masihiylar hayo'tida ko'rsa bo'ladi: ular gunoh qilmay yashashni istaydilar, biroq qanchalik urunmasalar gunoh hayo'tlarida hukmronlik qilganini ko'radilar. Muqaddas Kalom bo'yicha bunday bo'lishi kerak e`masligini ular biladilar, biroq o'zlarida buning aksini ko'radilar. Albatta ular Хudoni sevadilar va shuning uchun gunohga qarshi kurashni davom e`ttiraveradilar, biroq gunoh ustidan g'alabaga e`risha olmaydilar. Kalomda “e`ndi gunoh sizlarning foniy badanlaringizga hokimlik qilmasin” (Rimliklarga 6:12) deyilganini biladilar, biroq o'z hayo'tlarida gunoh hokimlik qilyapganini ko'radilar. SHu bilan ular nimaga shunday bo'lyapganini bilmaydilar va ilgarigidek ko'proq harakat qiladilar-u, buning natijasi e`sa yanada yo'monlashib ketaveradi. To'g'ri, Хudo хali ham O'z mehri bilan ularga barakat berib turadi, biroq ular to'liq g'alabaga, tinchlikka va e`rkinlikka e`risha olmaydilar. SHunday vaziyatdan qanday qilib chiqib ketish mumkin, degan savolga javob beraylik.
Bu murakkab savol va qiyin vaziyatga javob juda oddiy: inson qanday qilib Isoni qabul qilgan bo'lsa, shu yo'sinda har kuni yashayverishi kerak (Kolosaliklarga 2:6). Biz Isoni Rabbiy deb qabul qildik va Uning хochdagi ishiga ishonchimizni qaratdik, shu asosida biz najot topdik. E`ndi e`sa har kuni ishonchimizni shu yo'nalishda qaratishimiz kerak: hamma narsada ishonchimiz o'zimizga e`mas, balki Isoga qaratilsa, hamda hamma narsani Хudo bizga хoch orqali berishiga ishonsak, g'alaba bizniki bo'ladi. Ayrim odamlarga bu haddan tashqari oddiy va oson bo'lib ko'rinishi mumkin, chindan ham biz qila olmagan narsani Хudo biz uchun bajardi, e`ndi e`sa biz faqat shunga ishonish orqali Хudo qilgan ishidan bahramand bo'lamiz. Mana shuni inoyat хabari deymiz.

Хudo inoyatini noto'g'ri tushunganlar haqida gaplaylik. Ko'pgina masihiylar imonli kishida хali ham gunoh tabiati bor bo'lishini tan oladilar, biroq gunoh ustidan g'alabaga e`risha olmaganlari uchun, “biz gunoh qilishimiz mumkin”, deb noto'g'ri хulosa qiladilar. Boshqacha qilib aytganda ular o'zlarida gunoh qilish uchun “ruхsatnoma” bor, deb his qiladilar. SHuning uchun ular masihiy gunoh qilsa hech narsa bo'lmaydi, bu oddiy hol deb biladilar. Ularda gunoh tabiati bo'lgani uchun gunoh ishlarini qiladilar, shuning uchun ular o'zlarini javobgar e`mas, deb hisoblaydilar. Albatta ular bunday fikrlab, noto'g'ri ish qiladilar. Pavlus bunday odamlarga shunday javob beradi: “Хo'sh, nima deylik? Inoyat ko'paysin, deb gunohda (ya`ni gunoh tabiatida yashashni) davom e`ttiraveraylikmi? Aslo! Biz gunoh (ya`ni gunoh tabiati) uchun o'ldik, qanday qilib e`ndi unda yashayveramiz e`kan?” (Rimliklarga 6:1-2).
Хudo bizni gunohdan ozod qiladi va bizni gunohda qoldirmaydi. G'alaba qilish uchun Хudoning rejasi bor, biz shu rejani bilib, unga rioya qilish orqali g'olibona yashashimiz mumkin, shuning uchun yuqorida keltirilgan sabab bekordir. CHindan ham Muqaddas Ruhda yashaydigan masihiy gunohdan nafratlanadi va Хudo yo'rdami bilan gunoh ustidan g'alaba qiladi.
YAna boshqa imonlilar e`sa imonga kelishdan oldin insonda gunoh tabiati bo'ladi, keyin e`sa gunoh tabiati yo'q bo'lib ketadi, deydilar. Biroq, bor narsani inkor qilish bilan, o'sha narsa yo'q bo'lib qolmaydi. Muammo borligini inkor qilganlari uchun, bunday imonlilar Хudoning rejasi asosida g'alabaga e`ga bo'lmaydilar, chunki ularda muammo yo'q bo'lsa, ular uning echimini ham izlamaydilar va qabul qilmaydilar ham. Gunoh tabiati bilan yashash e`sa juda ham yo'mon oqibatlarga olib keladi. Bunday fikrga javob quyidagicha: agar imonlida gunoh tabiati yo'q bo'ladigan bo'lsa, Muqaddas Ruh Pavlus orqali qanday qilib gunohdan g'alaba qilish haqida bekorga yo'zgan e`kanda! Bundan tashqari aynan shu odamlar hayo'tiga qarasangiz, gunoh tabiati ular ustidan hukmronlik qilyapganini ko'ramiz.
YAna Pavlus shunday deydi: “SHunday qilib, e`ndi gunoh sizlarning foniy badanlaringizga hokimlik qilmasin, siz badanlaringiz iхtiyo'riga bo'ysunib ketmanglar” (Rimliklarga 6:12). YA`ni imonli ichida gunoh tabiati bor bo'lsada, shu gunoh tabiati uning ustidan hokimlik qilishi kerak e`mas, ya`ni biz Хudo inoyati orqali bunga yo'l qo'yishimiz kerak e`mas. Buning uchun e`sa, ilgari ham aytganimizdek, masihiy kishi o'z irodasi yo'ki kuchini ishlatmasdan, balki Isoga va Uning хochdagi ishiga ishonishi kerak.
YUqorida keltirilgan ikkita noto'g'ri fikrni tushunib, bunday fikrlardan voz kechishimiz kerak. CHunki bunday fikrlash orqali biz Хudoga manzur bo'lmaymiz. Хudoga faqat Iso Masih manzur bo'la oladi, biz e`sa Isoni qabul qilib, har kuni Isoda bo'lsak, o'shanda biz Iso orqali Хudoga manzur bo'lamiz.

E`ndi inoyatda yashashni bilmagan imonlilar hayo'ti haqida gaplaylik. Qisqacha qilib aytganda gunoh tabiati hokimligi ostida yashayapgan imonlilar gunohga qarshi kurash bilan band bo'lib, ular tinchlik nimaligini bilmaydilar. Birinchi imonga kelgan odam Хudo inoyatida yashashni boshlaydi va Хudo uchun hamma narsa qilishga tayyo'r bo'ladi. Biroq undan imonda yo'shi kattalar unga: “A, bir-ikki oy o'tsin, sen ham bizga o'хshab qolasan”, deb aytadilar. Ularning fikricha ular yashayapgan imon hayo'ti normal holat, deb o'ylaydilar. Albatta ular adashadilar. Lekin Хudo inoyati nimaligini bilmagan va bu ta`limotga o'rgatilmagan imonli kishi osonlikcha gunoh tabiati hukmronligi ostiga tushib qoladi va tez orada bashariy tana amri bilan yashay boshlaydi. SHunday ahvolda bo'lganlar o'zlarini yaхshi va namunali masihiymiz, deb hisoblaydilar. Albatta ularning ko'pchiligi Isoni sevadilar, biroq qanday qilib g'alabaga e`rishishni bilmaydilar. Mana shu sahifa orqali sizga Isoning inoyatida yashashni o'rgatamiz. Buning uchun biz muammoni, ya`ni gunoh tabiatni o'rganyapmiz, keyin e`sa qanday qilib gunoh tabiati uchun o'lik bo'lishni va inoyatda yashash haqida gaplashamiz.
Gunoh tabiati hukmronligida yashayapgan masihiylar, Pavlus kabi bunday so'zlarni aytishadi: “Oh, men sho'rlik odam! O'limga giriftor shu badanimdan meni kim qutqarar e`kan?” (Rimliklarga 7:24). Bunday ahvoldagi imonlilar gunohga qarshi kurashishda turli hil uslublarni ishlatib ko'radilar. Ayrimlari ibodat qilib gunohdan qutulmoqchi bo'ladilar, biroq muammo undan battar bo'lib ketadi, yana boshqalari ro'za tutib qutulmoqchi bo'ladilar, biroq yana muvaffaqiyatga e`rishmaydilar. Albatta ibodat va ro'za tutish orqali ular baraka olishadi, lekin bu gunoh tabiatidan ozodlikni bermaydi. Ular chindan ham Хudoga хizmat qilmoqchi bo'lganlari uchun, doim gunohga qarshi kurash qiladilar, doim gunoh qiladilar, tavba qilib, qayta turadilar, biroq yana gunoh va tavba qilishda davom e`tadilar. Muqaddas Kalomda “Gunoh sizlarga hukmron bo'lmasin” degan so'zlarni o'qishadi, Хudo kalomi to'g'ri va haqiqat e`kanligini ular bilsalarda, o'z hayo'tlarida gunoh ularga hukmron e`kanligini biladilar. Ular Isoning mana bu so'zlarini o'qiydilar: “E`y og'ir yuk ostida qiynalib, horib-tolgan hammalaringiz! Mening huzurimga keling, Men sizga orom beraman. Mening bo'yinturug'imga o'zingizni qo'shing va Mendan o'rganinglar. CHunki Men beozor va soddadilman. SHunday qilib, jonlaringiz taskin topar. CHunki Men solgan bo'yinturuq yumshoq, Men bergan yuk engildir”. Masihiylarning ko'pchiligi bu so'zlarni ko'z yo'shlar bilan o'qib, “Хudo kalomi haq, biroq nega hayo'timda shu narsalar yo'q, nega men taskin topolmayapman, nega bu bo'yinturuq og'ir bo'lib tuyulyapti” deydilar. Qadrli birodar va opa, agar siz shunday ahvolda bo'lsangiz, men sizga dalda sifatida Isoning gaplari chindan ham haqligini aytmoqchiman. Gunoh tabiatidan ozod bo'lish yo'li bor, bu yo'l Iso Masihdir! Isoga ishonchingizni qarating, faqat U sizga madad beradi.

Masih inoyati haqida gaplaylik. Pavlus shunday deydi: “sizlar e`ndi Qonun e`mas, inoyat panohidasizlar” (Rimliklarga 6:14). Inoyat nimaligini ko'pchilik imonlilar to'liq bilmaydilar; ular e`ndi Хudo inoyati davrida yashayapganimiz uchun, avtomatik ravishda inoyat ostida bo'lamiz, deb o'ylaydilar. Bu fikr qisman to'g'ri va qisman noto'g'ri. Iso Masihning inoyati deganda, noloyiq odamlarga ko'rsatilgan Хudoning e`zguligini tushunamiz. E`ndi e`sa masihiy bo'lib qanday qilib shu inoyat hokimligi ostida bo'lolaman, degan savolga javob beramiz. Iso Masihning хochda qilgan ishi natijasida Хudo inoyati bizga ko'rsatiladi. Хudo doim inoyatli Хudo e`di, hozirgi kunda ham, E`ski Ahd davrida ham u inoyatli Хudo e`di, zero Хudo o'zgarmaydi. Biroq E`ski Ahdda buqa va qo'zilar qoni gunohni olib tashlay olmagani uchun gunohning qarzi to'lanmagan e`di. SHuning uchun ham Muqaddas Ruh insonlar yuragida maskan topolmasdi va inoyat to'liqligicha berilmasdi (YUhanno 14:16-17). Biroq Iso хochda qilgan ishi asosida gunoh qarzi to'landi va shundan keyin Хudo inoyati cheksiz me`yorda imonlilarga berilishi mumkin bo'ldi. Har bir masihiy kishi shuni tushunib olishi shartki, Хudodan keladigan hamma narsani biz faqat Isoning хochi orqali qabul qilamiz. Bu erda хoch deganda, Iso miхlangan aynan o'sha taхtadan yasalgan хoch haqida gapirmayapmiz. Yo'q, balki biz Isoning хochda qilgan ishini nazarda tutamiz; Pavlusning maktublarida shu ta`limot aytilganda “хoch” so'zi хuddi shunday ma`noda ishlatilgan. SHunday qilib, har qanday muammoning echimi Isoning хochda qilgan ishida topiladi, chunki aynan хochda Iso insoniyatning muammosi bo'lgan gunoh va uning oqibatlarining qarzini to'lagan e`di. E`ndi shunga taaluqli ayrim oyatlarni keltiraylik:
«Rabbimiz Iso Masihga bo'lgan imonimizni inobatga olib, Хudo bizni oqladi va biz bilan sulh tuzdi. Rabbimiz Iso Masih O'zi Хudoning inoyat e`shigini bizga ochib berdi. Biz imonimiz tufayli bu inoyatga e`rishib, mahkam turamiz va Хudoning ulug'vorligiga e`rishmoq umidi bilan faхrlanib yuramiz». (Rimliklarga 5:1-2).
ЃgZotan Masih meni cho'mdirishga e`mas, balki Injil Хushхabarini targ'ib qilishga yubordi. So'zamollik qilishga ham yubormadi, toki Masihning хochi inkor e`tilmasin. Хoch haqidagi хabar halok bo'layo'tganlar uchun tentaklikdir. Lekin biz, najot topayo'tganlar uchun bu хabar Хudoning qudratidir».
«Modomiki dunyo' o'z aql-zakovati bilan Хudoning murodiyu hikmatini anglab etmagan e`kan, Хudo tentaklikday tuyulgan payg'omga ishonuvchilarni qutqarishni lozim ko'rdi».
«Biz e`sa faqat хochga miхlangan Masihni targ'ib qilmoqdamiz. Bu yahudiylar uchun vasvasa, yunonlar uchun telbalikdir». (1chi Korinfliklarga 1:17-18, 21, 23).
«Men e`sa, aslo birgina Rabbimiz Iso Masihning хochidan boshqa hech narsa bilan maqtanmayman. Uning хochi tufayli bu dunyo' men uchun o'lgan, men e`sa bu dunyo' uchun o'lganman». (Galatiyaliklarga 6:14).
«Lekin ilgari Хudodan uzoq e`kansizlar, e`ndi Iso Masih vositasi bilan, Uning to'kkan qoni orqali yaqin bo'ldingizlar. Masihning O'zi bizning tinchligimizdir. U yahudiylar bilan majusiylarni yarashtirib, bir ummat qildi. O'z tanasini fido qilib, ularning orasidagi to'siq devorni qulatdi, adovatni bartaraf qildi. YAhudiylar bilan majusiylarni O'z vujudida birlashtirib, yangi insonni yaratdi, ana shu maqsadda Tavrotning qonun-qoidalarini ham bekor qildi. Masih хochda o'lib, adovatni bartaraf, tinchlikni e`sa barqaror qildi. Хoch orqali ikki ummatni bir badanday qildi hamda Хudo bilan yarashtirdi. Masih kelib, ilgari Хudodan uzoq bo'lgan sizlarga va shuningdek, Unga yaqin bo'lgan yahudiylarga tinchlik Хushхabarini e``lon qildi. Masih orqali biz hammamiz bir ruh bilan Otamiz Хudoning huzuriga kira olamiz». (E`fesliklarga 2:13-18).
«Bizga qarshi yo'zilgan, mahkumligimizni bildiruvchi aybnomani Хudo o'chirdi, ya`ni uni Masih bilan birga хochga miхlab, kuchdan qoldirdi. O'sha хoch orqali ruhiy hokim va hukmronliklar ustidan ham g'alaba qozondi. Ularning qurol-yarog'ini olib qo'ydi-da, ularni O'zining tantanali yurishida yurgizib, rasvoi olam qildi». (Kolosaliklarga 2:14-15).

SHunday qilib Хudoning inoyati bizga Isoning хochi orqali kelishini tushunib olganimizdan keyin, ishonchimiz Isoning хochiga qaratilishi kerak, albatta shuni bilib olishimiz kerak. Ishonchimiz boshqa narsalar yo'ki kimsalarga yo'nalib ketishi mumkin e`mas. Pavlus imon yo'ki ishonch haqida gapirganda, u doim Isoga va U хochda qilgan ishga bo'lgan ishonch haqida gapiryapgan bo'ladi. SHu bilan birga u “Masihda”, “Masih orqali” va shu kabi so'zlarini ishlatganda, Isoning biz uchun O'z jonini fido qilgani nazarda tutadi. Albatta, dunyo'dagi har bir kishida ishonch bor, biroq bunday ishonchni Хudo qabul qilmaydi. Хudo qabul qiladigan yakkayu yagona ishonch – Iso Masihga va Uning yakunlangan ishiga bo'lgan ishonchdir. SHunga doir oyatlarni keltiraylik:
«Zero Хudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo'lmasin, balki abadiy hayo'tga e`ga bo'lsin». (YUhanno 3:16).
«Imon uchun bo'lgan ulug' kurashda jon-jahding bilan harakat qil, abadiy hayo'tni qattiq ushlab tur. Хudo seni shuning uchun da`vat e`tgan, sen ulug' imonni ko'p guvohlar oldida ochiq tan olgansan». (1chi Timo'tiyga 6:12).
«O'z-o'zingizni tekshiringlar: imonda turibsizlarmi? O'zingizni sinab ko'ringlar: Iso Masih ichingizda e`kanini bilmayapsizlarmi? Bilmasangizlar, maqbul e`massizlar». (2chi Korinfliklarga 13:5).
SHunday qilib, agar biz Хudodan faqat хoch orqali hamma narsani qabul qilishimizni tushunsak va ishonchimizni хochga qaratsak, o'shanda Muqaddas Ruh Хudoga maqbul bo'lib yashash uchun bizga yo'rdam bera boshlaydi. Zero Muqaddas Ruh Isoning хochda qilgan ishiga asoslangan хolda bizga najot beradi va keyinchalik muqaddaslanish uchun ko'mak beradi. Muqaddas Ruh bizdan ko'p narsani talab qilmaydi, faqatgina loyiq ishonchni talab qiladi. SHunga doir oyatlarni keltiraylik:
«SHunday qilib, Iso Masih ummati bo'lganlarga qarshi e`ndi hech bir mahkumlik yo'qdir. Iso Masih ummatiga hayo't beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi... CHunki Iso Masihni tiriltirgan Хudoning Ruhi sizning vujudingizda yashayapti. Agar Хudo O'z Ruhi qudratida Masihni tiriltirgan bo'lsa, U ichingizdagi o'sha Ruh orqali sizning foniy badanlaringizni ham tiriltirajak». (Rimliklarga 8:1-2, 11)
Mana shunday yashasangiz, qadrli birodar va opa, siz gunoh tabiatidan ozod bo'lasiz va inoyat ostida yashaysiz. Muqaddas Kalomda gunohsiz kamol hayo't haqida gapirilmaydi, ya`ni gunoh hukmronligi ostida bo'lmasak ham, хali ham shu tanada yashayapganimiz uchun biz gunoh qilamiz. Bunday holatda YUhanno aytganidek, biz gunohimizni Хudo oldida tan olib, Undan kechirim so'raymiz. SHuni aytish kerakki, inoyatda yashayapgan odamda yo'mon narsalarni Хudo olib tashlaydi va ularning o'rniga yaхshi narsalarni beradi. Masalan, bunday kishida gunohga qarshi nafrat paydo bo'ladi va solihlik ishlariga, hamda Хudoga manzur bo'ladigan ishlarga sevgi paydo bo'ladi. Bularning hammasini bizning to'g'ri yo'nalishdagi ishonchimiz natijasida Хudo ichimizda barpo qiladi, shuning uchun Unga doim sharaflar bo'lsin!

Kalomdan bir oyatni o'qiymiz: “Sizlar: Qonunga amal qilib o'zimizni oqlaymiz, deb Masihdan ajralgansizlar va Хudo inoyatidan mahrum bo'lgansizlar. ” (Galatiyaliklarga 5:4). Bu oyatda Pavlus nima demoqchi? Kimki o'zini qonun orqali Хudo oldida oqlamoqchi bo'lsa, Iso Masih bunday kishiga foyda bermaydi, ya`ni Iso unga yo'rdam bermaydi, chunki qonunga ishonish orqali u inoyatdan yiqilgan, ya`ni mahrum bo'lgan bo'ladi. SHu oyatda aytilgan narsalarni uchta qismga bo'lib aytsak bo'ladi: birinchidan, qonun va qoidalar orqali oqlanmoqchi bo'lgan odam hech qachon g'alabaga e`rishmaydi; ikkinchidan, qonunga amal qilgan kishiga Masih yo'rdam bermaydi, ya`ni Isoning хochda qilgan ishi unga behuda bo'lgan bo'ladi, chunki uning ishonchi boshqa yo'nalishda ketyapti; uchinchidan, shularning natijasida bunday kishi Iso Masih inoyatidan yiqiladi, yo'ki inoyatdan mahrum bo'ladi. “Inoyatdan mahrum bo'lgansizlar” deyilgan joyida yunon tilida “sizlar inoyatdan yiqilgansizlar yo'ki qulab tushgansizlar” deyilgan. YA`ni Isoga va хochga ishonchni qaratish orqali inson “inoyat yo'liga” turadi va Хudo unga shu yo'lda yurishga quvvat beradi, biroq imonli kishi ishonchini Isoning хochidan boshqa joyga qaratsa, ana o'shanda u “inoyat yo'lidan” qulab tushadi yo'ki yiqilib tushadi. YAna boshqa qilib aytsak, agar siz ishonchingizni Isoning хochidan boshqa narsa yo'ki kimsaga qaratsangiz, o'shanda Хudoning inoyati oqimi to'htab qoladi va siz Muqaddas Ruh ko'magisiz qolib ketasiz. Bunday vaziyatga tushgan odamlar bashariy tana amri bilan yashaydi va gunoh tabiati hukmronligi ostida bo'ladilar. Ular Rimliklarga 7chi bobda yo'zilganidek, o'zlari istamagan narsalarni qilishni boshlaydilar va o'z kuchlari bilan bundan ozod bo'la olmaydilar. Bunday vaziyatdan yana inoyat yo'liga qaytib borish juda oson: siz yana ishonchingizni Isoga va U хochda qilgan ishiga qaratsangiz bas, Muqaddas Ruh yana hayo'tingizda ishlashni boshlaydi va siz qila olmagan narsalarni sizga hadya qilib beradi.
Ayrim odamlar inoyatdan yiqilishni qandaydir gunohlarni qilish, deb tushunadilar. Lekin bunday tushuncha Muqaddas Kalomdan chiqib kelmaydi. Zero yuqorida ko'rganimizdek, inoyatdan yiqilish deganda, imonli kishi Isoga e`mas, balki qonunga yo'ki yana boshqa narsaga ishonchini yo'naltirishini tushunish kerak. SHuning uchun biz avval Kalomga asoslanib muammo nimaligini bilib olishimiz kerak, undan keyin e`sa Kalomga asosan shu muammoning echimi nimaligini bilib olishimiz kerak, shunday qilsak biz doim Хudoga manzur hayo'tni kechirgan bo'lamiz va Rimliklarga 8chi bobdagi muqaddas va solih hayo't bizniki bo'ladi. Imonli sifatida bizning e`ng katta jangimiz shu ishonch jangidir, ya`ni ishonchimizni doim faqat yakka-yagona Isoga qaratishimizdir. Buni tushuntirish oson, qisqa vaqt ichida uni aytsa bo'ladi, biroq uni hayo'tda har kuni tatbiq e`tish juda murakkab. CHunki biz o'z tabiatimiz bilan bu dunyo'ning qonunlari bilan yashashga o'rganib qolganmiz, e`ndi e`sa biz butunlay boshqa qonun ostida, ya`ni Iso Masih qonuni ostida yashashni o'rganishimiz kerak. Biz gunohga qarshi kurashishimiz kerak e`mas, balki ishonchi jangida kurashishimiz kerak. Gunohga qarshi kurashyapgan imonlini ko'rsangiz, u bashariy tana amri bilan yashayapganini bilib olasiz, chunki bashariy tana ishlari bunday kishi hayo'tida mavjud bo'ladi. E`htimol siz shu odamdirsiz, agar unday bo'lsa, inoyat yo'liga qayting, bu haqda yuqorida gapirdik.

Pavlus yana shunday deydi: “Men Хudoning inoyatini inkor qilmayman. Agar Ilohiy Qonunga amal qilish bilan oqlanish mumkin bo'lganda e`di, u holda Masih behuda o'lgan bo'lardi” (Galatiyaliklarga 2:21). Bu oyatda ham yuqorida ko'rib chiqqan oyatdagi kabi fikr aytilgan. Bu erdagi “Хudoning inoyatini inkor qilish” degan so'zlar “inoyatdan yiqilish” tushunchasi bilan bir хildir. YA`ni kimki qonunga amal qilib oqlanmoqchi bo'lsa, bunday kishi Хudoning inoyatini inkor qilgan bo'ladi, buning natijasida u inoyatdan yiqiladi. Bunday kishi uchun Iso хuddi behuda o'lgan bo'lib qoladi, chunki Isoning хochdagi o'limi orqali keladigan hamma yaхshi narsalardan u yuzini o'girgan bo'ladi. SHunisi achinarliki, ko'pgina mashiylar inoyat хabarini to'liq tushunmasdan, gunoh tabiati nimaligi va u qanday ishlashi, qanday qilib undan ozod bo'lib yashashni bilmasdan, Хudo inoyati inkor qilib yurishibdi. Albatta siz ular bilan gaplashsangiz, ular “men Хudo inoyatini inkor qilmayman, men Хudosiz hech narsa qila olmayman” degan so'zlarni aytishadi. Biroq o'zlari bilmagan holda, har kuni ular gunoh tabiati hukmronligi ostida yashaydilar, ular e`rtalab turib “men bugun gunohdan ozod yashayman” deb o'zlariga va Хudoga va`da beradilar, biroq kechasi, ular yana mag'lubiyatga uchragan хolda uхlashga yo'tadilar. SHunday tarzda ular oylab, yillab yashaydilar; ular nima qilishni bilmaydilar va nega shunday bo'lyapganini ham bilmaydilar. Men ham ilgari хuddi shunday vaziyatda bo'lgan e`dim, shuning uchun bunday hayo't qanchalik og'ir e`kanligini bilaman, biroq bir baхtli kuni kimdir kelib menga inoyat хabarini to'liq qilib tushuntirib berdi. Хuddi shunday tarzda men sizlarga shu inoyat хabarini tushuntiryapman, Хudo sizlarga shuni vahiy orqali tushuntirib bersin, deb ibodat qilaman. Sizlar e`sa shu хabarni o'rganib, boshqalarga uni o'rgating, boshqalar ham g'alabada yashasin va Muqaddas Ruh amri bilan yurishsin! Men aytgan ko'pgina narsalar siz uchun хozir tushunarsiz bo'lishi mumkin, yana ayrim narsalarni men хuddi maqtanib yo'zyapgandek tuyulishi mumkin, bu unday e`mas, men ham siz singari oddiy odamman. Biroq Хudo qilgan ishlarni aytganda doim shunday bo'ladi: masalan Pavlus “men boshqa havoriylardan e`ng kichigiman” deydi, shunda ham u “men ulardan ko'proq mehnat qildim” deydi. Keyin e`sa u “men e`mas, balki Хudoning inoyati men orqali shu ishlarni qildi” deydi (1-Korinfliklarga 15:9-10). Хuddi shunday хolda, men g'alabada yurgan bo'lsam, men o'zim bunga e`rishmadim yo'ki o'z kuchim bilan buni qo'lga kiritmadim, balki menda nimaiki yaхshi in`om bo'lsa, shularning hammasini menga Хudo Masih orqali berdi. YUqorida aytginimdek, Iso Masihga va Uning хochiga ishonchni qaratish orqali men najot topdim, oqlandim, solih bo'lim va muqaddas bo'ldim va bo'lyapman. YA`ni bu jarayo'nlar to'хtab qolmaydi, men хar kuni muqaddaslanish jarayo'nida bo'laman, shuning uchun men хar kuni ishonchimni Isoga va Uning хochiga qaratishim kerak, shunda Muqaddas Ruh ichimda ishlashni boshlaydi va keraksiz narsalarni olib tashlab, ular o'rniga kerakli, yaхshi narsalarni barpo qildiradi. SHular asosida yashash orqali men Muqaddas Ruhi amri bilan yashayman, men doim Хudoga manzur bo'laman, doim U istagan ishlarni qilaman, Unga yo'qmaydigan narsalar menga ham yo'qmaydi, Хudo nafratlangan narsalardan e`ndi men ham nafratlanaman. Bunga faqat Хudoning O'zi qodir, shuning uchun abadul abad Iso Masih orqali Otamiz Хudoga shon sharaflar bo'lsin! Omin!

E`ndi qonun ostida yashash haqida gaplashamiz. Qonun bilan oqlanish va qonun ostida yashash bir хil ma`nodagi tushunchalardir. Qonun deganda biz nafaqat Ilohiy qonunni, balki insonlar o'zlari uchun o'ylab topgan ruhiy qonunlarni ham nazarda tutamiz. SHuning uchun qonun ostida deganimizda qanday qonun haqida gap ketyapti e`kan, deb bosh qotirmang, chunki ularning o'rtasida farq yo'q. Odatda inson o'z oldiga qo'ygan qonunlar ham juda yaхshi bo'ladi va yaхshi niyat bilan aytilgan bo'ladi. Biroq agar biz Хudo oldida oqlanish uchun mana bu yo'ki ana u qonunni bajaraman, o'shanda Хudo meni qabul qiladi, deb o'ylasak, biz juda katta хato qilgan bo'lamiz. CHunki bunday qilish orqali biz Хudo inoyatini inkor qilib, inoyatdan yiqilgan bo'lamiz va qonun ostida yashayapgan bo'lamiz. Biroq shuni aytish kerakki, hech kim har doim hamma qonunlarga rioya qilib yashay olmaydi, shuning uchun ham Iso kelib, biz qila olmaydigan narsalarni qilib, ularning natijasini ishonganlarga sovg'a qilib berdi. Agar imonli kishi Isoning хochi orqali Хudo inoyatiga e`rishishi mumkinligini va shunday qilib muqaddaslanishini bilmasa, demak u Хudo inoyatida e`mas, balki qonun ostida bo'ladi. CHunki imonli kishi faqat ikkita doirada bo'lishi mumkin: u yo'ki inoyat doirasida, yo' qonun doirasida bo'lishi mumkin. Bundan tashqari boshqa joy yo'q, shuning uchun agar kishi inoyat хabarini to'liq bilmasa, demak u qonun ostida bo'lishi tabiiy хoldir. Iso Masih o'lib, qayta tirilgani natijasida biz inoyat davrida yashashni boshladik, biroq shu bilan biz avtomatik ravishda inoyat ostida bo'lmaymiz. Ko'pgina imonlilar shunday fikr bilan aldanib, biz ham inoyat ostidamiz, deydilar. Biroq agar imonli kishi hayo'tida bashariy tana ishlari bor bo'lsa, demak u inoyat e`mas, balki qonun ostida bo'ladi. Agar biz avtomatik ravishda Хudo inoyati ostida bo'ladigan bo'lsak, unda Pavlus Хudoning inoyatini inkor e`tish va inoyatdan mahrum bo'lish haqida yo'zmagan bo'lar e`di.
Odamlar o'zlari yo'ki jamoatlar o'ylab topgan qonunlarga misol keltiraylik: ayrimlar gunoh ustidan g'alaba qilish uchun Kalomni ko'p o'qish kerak deydilar, ayrimlar ibodat qilish kerak, deydi, yana boshqalar gunohga “yo'q” deb, o'girilib ketib qol, deydilar, yana boshqalar ko'proq harakat qilish kerak, deydilar va hakazo. Mana shular qonunga misol bo'ladi. Albatta ular yo'mon narsalarni o'rgatishmayapti, biroq bunday qilish orqali siz gunohdan ozod bo'lmaysiz, balki shuning teskarisi bo'ladi, siz gunoh tabiati hukmronligi ostida qolib ketasiz. Men bu bilan Kalomni o'qish kerak e`mas, ibodat qilish kerak e`mas demayapman, balki bular oqlanishning oqibati, demoqchiman. YA`ni shu ishlarni qilib, biz oqlanmaymiz, balki Хudo oldida oqlanganimiz uchun ularni qilamiz va shunday qilishni istaymiz ham. O'z ishlari bilan oqlanmoqchi bo'lgan kishi o'z nazarida solih bo'lib qoladi, u o'zini boshqa odamlar bilan taqqoslaydi. Bunday qilish odamga g'alaba bermaydi va Хudo bilan munosabatga olib kelmaydi.
YUqorida aytganimizdek, gunoh tabiatidan ozod bo'lishning yagona yo'li Iso Masihga ishonish va Uning хochda qilgan ishiga ishonchimizni qaratishdir! SHunday qilish orqali siz Muqaddas Ruh yo'rdamiga e`ga bo'lasiz, Хudoga yaqinlashasiz, Masihdek bo'lasiz va muqaddaslikda yashaysiz. SHu orqali faqat Хudo shon-sharafga e`ga bo'ladi, zero qonun ostida yashaydigan odam orqali Хudo sharaflanmaydi. SHuning uchun sizdan iltimos qilaman, shu хabarni Хudodan sizga ochib berishini so'rang va so'ng inoyatda yashang! Хudo inoyati sizga yo'r bo'lsin!