2008-11-14

Oxirzamon yaqinlashganini ko'rsatadigan belgi

Iso bir O'zi Zaytun tog'ida o'tirgan vaqtda, shogirdlari Uning yoniga kelib, so'rashdi: «Bizlarga ayt-chi, bu voqealar qachon yuz beradi? Sening kelishing va oxirzamon yaqinlashganini ko'rsatadigan belgi qanday bo'ladi?» (Matto 24:3).

Iso, Isroil xalqining Xudosi, O'z uyini tashlab ketganda shu makon ma'nan moxovli binoga aylanib qoldi. Chunki Iso tashlab ketgan har qanday narsa va kimsa ma'nan moxov bo'lib qoladi. Shuning uchun, Leviylar 14:45 oyatga yozilgan moxovlik haqidagi qonunga binoan, Iso bu binoning hech bir toshi (yoki g'ishti) boshqasi ustida qolmaydi, deb aytadi (Matto 24:2). Iso O'z xizmatini tog'lik ustida (baxtiyorlik tog'i) voizlik qilish bilan boshlagan e'di; shu bilan birga U xizmatini tog'lik ustida (Zaytun tog'ida) yakunlaydi.
Masih Isroilga Xudo shohligini taklif e'tdi, biroq ular Isoni ham, shohlikni ham rad e'tdilar. Buning oqibatida, Iso mana shu Matto 24-bobda aytganidek, butun dunyoda doimiy ravishda urushlar, qahatchiliklar, er qimirlashlar va hakazolar sodir bo'la boshladi; bu davr mana hozirgi kunga kelib 20 asrdan beri davom e'tib kelyapti.
Matto 24-bobining ko'pchiligi Isroilga qaratilib aytilgan; biroq ilk 14 oyat to'ppa-to'g'ri Jamoat Davri haqida bo'lib, bilvosita jamoat haqida aytilgan gaplardir. Shu oyatlardan uchtasiga biz e''tibor qarataylik:
1. “Aldovlar yoki yo'ldan ozdirish”: “Chunki talay kishilar Mening nomim bilan kelib: “Men Masih bo'laman”, – deb ko'plarni yo'ldan ozdiradi”. Shaytonning e'ng kuchli qurollaridan biri yolg'ondir. Yolg'onga javob e'sa Xudo Kalomini aniq bilishdir. Xudo Kalomini bilgan kishi e'sa Masihni va U xochda qilgan ishini aniq biladi.
2. “Sohta payog'ambarlar”: “Ko'pdan-ko'p soxta payg'ambarlar paydo bo'lib, ko'plarni yo'ldan uradi”. Agar aytilgan xabar (voizlik) “Iso Masih va Uning xochda mixlangani” haqida bo'lmasa, demak xabarni aytayotgan kishi “soxta payg'ambar” hisoblanadi.
3. “Injil Xushxabari”: “Xudo saltanati to'g'risidagi Injil Xushxabari hamma xalqlarga dalolat bo'lish uchun jahon bo'ylab targ'ib qilinadi va o'shandagina so'ng bo'ladi”. Soxta payg'ambarlar va yolg'on yo'llar bor bo'lishidan qat'iy nazar, mana shu oyatdagi bashoratga binoan, Xudo saltanati to'g'risidagi Injil xushxabari “hamma xalqlarga” aytiladi. Bu erda hamma odamlarga deyilmagan, balki “hamma xalqlarga” deyilgan. Bunga misol qilib, turli xil masihiylar televidenie orqali o'z dasturlarini ko'p mamlakatlarda ko'rsatib, Injilni targ'ib qilishganini aytsa bo'ladi.
“O'shandagina so'ng bo'ladi” degan ibora bizga shuni ma'lum qiladiki, hozirgi kunda Iso Masih xushxabari butun dunyo xalqlariga targ'ib qilinyapti va shu orqali Jamoat Davri yakunlay deb qolganini bilamiz.
Matto 24:15 oyatdan boshlab Buyuk Musibat davri haqida gapiriladi. Bu e'sa Iso Masihga tegishli jamoat Xudo oldiga ketishga tayyoralanishi kerak (1chi Salonikaliklarga 4:13-18), degan ma'noni bildiradi.