2007-12-02

Haqiqiy tok

Yuhanno 15:1-8
1 «Men haqiqiy tokman, Otam e'sa Bog'bondir.
2 Mendagi hosil bermaydigan har bir novdani U kesib tashlaydi. Hosil beradigan har bir novdani e'sa, yana ko'proq hosil bersin deb, xomtok qilib tozalaydi.
3 Mening sizga aytgan so'zim orqali sizlar hozirdan tozasizlar.
4 Men bilan aloqada bo'linglar, shunda Men sizlar bilan aloqada bo'laman. Tokda qolmagan novda o'z-o'zidan hosil berolmaydi; shu singari agar sizlar Men bilan aloqada qolmasangizlar, hosil berolmaysizlar.
5 Men – tok, sizlar – novdasizlar. Kim Men bilan aloqada bo'lib, Men u bilan aloqada bo'lsam, u ko'p hosil beradi. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar.
6 Kim Men bilan aloqani uzsa, novda kabi tashlab yuboriladi va quriydi. Bunday novdalarni e'sa terib, o'tga uloqtirib yondirishadi.
7 Agar siz Men bilan aloqada bo'lib, so'zlarimni qalbingizga jo qilsangizlar, istaganingizni so'ranglar, e'rishasizlar.
8 Sizlar ko'p hosil bersangiz, Otam ulug'lanadi, sizlar e'sa Mening shogirdlarim bo'lasizlar».


1 «Men haqiqiy tokman (ya'ni Iso haqiqiy Isroil hamda haqiqiy jamoat va haqiqiy Odamdir; e'ng muhimi yagona Iso hayot manbaidir), Otam e'sa Bog'bondir. (Xudo Ota haqida aytilgan so'zlar, Ota tokka qaraydigan bog'bon bo'libgina qolmasdan, balki tok E'gasidir ham).

2 Mendagi (najot topish uchun biz Iso Masihda bo'lishimiz kerak, bu e'sa Iso xochda qilgan ishiga ishonish haqida aytilgan) hosil bermaydigan (hayotimizda hosil yoki meva paydo bo'lishini faqat Muqaddas Ruh ta'minlab beradi; Ruh buni Isoning yakunlagan ishiga asoslanib bajaradi, biz e'sa o'z tomonimizdan imonimizni doim xochga qaratishimiz kerak) har bir novdani (imonlini) U kesib tashlaydi (agar imonli kishi xochni rad e'tsa, oxiri oqibatda u Iso tanasidan kesib yoki olib tashlanadi). Hosil beradigan har bir novdani e'sa (Masih va xoch haqida qandaydir tushunchaga e'ga bo'lgan imonlini), yana ko'proq hosil bersin deb (imonli kishining imoni to'liq xochga qaratilgandagina Muqaddas Ruh kerakli meva yoki hosilni paydo qildiradi [Rim. 8:1-2, 11]), xomtok qilib tozalaydi. (shu imonlining imoni to'liqligicha xochga qaratilgan bo'lishi uchun kerakli har qanday usullarni Xudo ishlatadi).

3 Mening sizga aytgan so'zim orqali sizlar hozirdan tozasizlar. (javob har doimgidek Xudo Kalomida topiladi; Muqaddas Kalomning asosiy mazmuni “Iso Masih va Uning xochda mixlanganidir”).

4 Men bilan aloqada bo'linglar (doim faqat Isoga va U xochda biz uchun bajargan ishiga qarashimiz kerak), shunda Men sizlar bilan aloqada bo'laman (agar imonimiz doim xochga qaratilgan bo'lsa, demak biz loyig'icha Isoda bo'lamiz; ana o'shandagina U albatta biz bilan aloqada bo'ladi). Tokda qolmagan (Isoda bo'lish uchun bizga kerak bo'lgan har qanday narsa va kerakli javob faqat Masihda va xochda topilishini tushunishimiz kerak; biz hech qachon Masih va xochni bir-biridan ajratishimiz kerak e'mas [1-Kor.1:23-; 2:2]) novda (imonli) o'z-o'zidan hosil berolmaydi (kishi o'zini o'zi muqaddaslay olmaydi! buning iloji yo'q); shu singari agar sizlar Men bilan aloqada qolmasangizlar, hosil berolmaysizlar.

5 Men – tok (jamoat e'mas, allaqanday voiz e'mas, hatto qandaydir ta'limot ham e'mas, balki faqat Masih tokdir), sizlar – novdasizlar (imonlilar). Kim Men bilan aloqada bo'lib, Men u bilan aloqada bo'lsam, u ko'p hosil beradi (shuni yana aytaylik: Xudodan qabul qiladigan hamma narsalar Masih va xoch orqali bizga keladi; shu sabab bilan imonimiz doim xochga qaratilgan bo'lishi kerak; o'shanda Muqaddas Ruh hayotimizda meva keltira boshlaydi; buni amalga oshirishning boshqa yo'li yo'q!). Mensiz (ya'ni Iso biz uchun xochda qilgan ishi) hech narsa qilolmaysizlar. (imonli kishi shu so'zlarni qayta-qayta takrorlashi kerak)

6 Kim Men bilan aloqani uzsa (xochni qabul qilishdan bosh tortsa; bunday holda ushbu kishi “o'zga Isoga” xizmat qilyapgan bo'ladi [2-Kor. 11:4]), novda kabi tashlab yuboriladi (ya'ni hayot manbaidan ajratib tashlanadi) va quriydi (imonli kishi loyiq ravishda Masihga va xochga ishonmasa, u oxiri qurib qoladi). Bunday novdalarni e'sa terib, o'tga uloqtirib yondirishadi. (bu so'zlarning ma'nosiga e''tibor bering; agar imonli kishi loyiq ravishda Masihga va xochga ishonishda davom e'tmasa, buning natijasida u abadiy do'zahga tushadi).

7 Agar siz Men bilan aloqada bo'lib (o'z ishonchingizni Masihda va xochda asoslang), so'zlarimni qalbingizga jo qilsangizlar (chindan ham Xudo Kalomi “Masih va xoch” hikoyasidir), istaganingizni so'ranglar, e'rishasizlar. (Masihga va xochga loyiq ravishda ishongan imonli faqat Xudo irodasini istaydi; mana shu Xudo irodasi yoki istagi amalga oshirilishi kafolatlanadi).

8 Sizlar ko'p hosil bersangiz (ya'ni Iso bekorga o'lmagan degani, balki Uning xochdagi o'limi natijasi “ko'p hosil” demakdir), Otam ulug'lanadi (imonli kishi ishonchini to'liqligicha faqat Isoga va xochga qaratishi kerak), sizlar e'sa Mening shogirdlarim bo'lasizlar». (Luqo 9:23-24).

No comments: