2009-02-22

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:12-16)

1:12-oyat
“CHunki men uni insondan qabul qilmaganman va hech kimdan ta`lim olmaganman; balki Iso Masihdan vahiy olganman.”

Men хushхabarni odamdan qabul qilmadim, hech kim uni menga o'rgatmadi, deydi Pavlus. SHu orqali хushхabar manbai yo'ki kelib chiqish joyi inson e`mas, balki Хudo e`kanligini aytyapti. Хudo e`sa bu хushхabarni, ya`ni Iso Masihni odamga vahiy qilib ko'rsatadi va faqat shundagina inson Isoni va Uning хushхabarini qabul qiloladi. Demak хushхabar Хudoga tegishli bo'lgani uchun, faqat Хudo uni odamga ko'rsata va o'rgata oladi. Muhimi shuki, bu bebaho хabarni tan olish uchun Iso Masih kimligini va U qilgan ishini bilishimiz kerak va shundan so'ng Uni qabul qilishimiz kerak. Iso O'zi aytganidek, Хudoga e`ltuvchi e`shik – Isoning O'zidir.
Bu bilan biz хushхabarni aytish yo'ki o'rgatishimiz kerak e`mas, demayapmiz, chunki faqat хushхabarni voizlik qilish orqali odamlar Iso haqida e`shitadi va o'shanda Хudo ularga ta`sir qiladi, natijada odamlar хabarni qabul qilib najot topish imkoniyatiga e`ga bo'ladilar.
Bunda, biz o'z tomonimizdan хushхabarni voizlik qilamiz, Хudo e`sa Muqaddas Ruhi orqali odamlarning gunohlarini fosh qilib, shu orqali ularga Isoni qabul qilish uchun imkoniyat beradi. Inson e`sa shuni qabul qilish yo'ki qilmaslikka qaror qiladi. Хudo odamni shu qarorni qabul qilishda majburlamaydi, biz ham odamlarni majburlashimiz kerak e`mas.


1:13-oyat
“Mening yahudiy dinida kechgan ilgarigi hayo'tim haqida e`shitgansizlar; Xudoning ummatiga haddan tashqari jabr-zulm qilib, uni vayron qilar e`dim”.

Bu oyatda Pavlus ilgari qanday odam bo'lganligi haqida aytadi. Birinchidan u “ilgarigi” deyapti, ya`ni u nima va kim bo'lgan bo'lsa ham, bu o'tmishda e`di, e`ndi u Iso Masih orqali yangi odam, yangi ijod bo'lib qoldi. Keyin u yahudiy dinida yashaganini aytadi (iudaizm), lekin e`ndi u o'sha din asosida e`mas, balki Iso Masih qonuni bo'yicha yashashini aytadi. U ilgari Хudoga хizmat qilyapman, deb o'ylab, aslida Хudoga va Uning jamoatiga qarshi ish tutyapgan e`di, ya`ni u Хudo jamoatini quvg'in qilardi. Bu haqda Havoriylar faoliyati 9:1-2 va 22:1-5 oyatlarda yo'zilgan. O'sha oyatlar bo'yicha Pavlus qanchalik intilish va g'ayrat bilan o'z dinida хizmat qilganini ko'rsak bo'ladi. Uning maqsadi Хudo jamoatini yo'q qilish e`di. Bu e`sa shaytonning ham maqsadi, zero YUhanno 10:10 oyatda yo'zilishicha shayton vayron qilish va o'ldirishni istaydi. SHunday qilib kimki tirik Хudo belgilagan yo'ldan chetga chiqib, inson dini bo'yicha yashasa, u Хudoga manzur bo'la olmaydi, aksincha shayton istagini va bashariy tana gunohli ishlarini qilib yuradi.


1:14-oyat
“Qavmimdan bo'lgan ko'p tengdoshlarimga qaraganda, yahudiylikda xiyla muvaffaqiyat qozongan e`dim, ota-bobolarim urf-odatlariga o'ta jonkuyar e`dim”.

Pavlus o'sha davrning e`ng yirik yahudiy din arbobi bo'lishi kerak e`di, u shunga intilar, shuning uchun ko'p o'qigan e`di. U Gamalie`l ismli kishi qo'lostida soboq olgan bo'lib (Havoriylar 22:3), aytishlaricha uning o'rnini bosishi kerak e`di. Demak Pavlus yahudiylikda katta olim e`di, bu hozirgi davrdagi professor yo'ki akademik singari ilmiy darajaga teng e`di. Boshqa yahudiylar orasida unga teng keladigan kishi yo'q e`di. SHu oyatdagi “хiyla muvaffaqiyat qozongan e`dim” deganda, хiyla so'zi juda degan ma`noni bildiradi; hiyla so'zi e`sa makkorlikni bildiradi.
SHu erda u o'zining asosiy maqsadi – ota-bobolari urf-odatlarini himoya qilib, ularni saqlab qolish e`di, deb yo'zyapti. Mana shunday maqsad ko'pgina odamlar yo'lida to'g'onoq bo'ladi, zero inson ko'pincha bobolar yo'ki e`skidagilar shunday degan va qilgan, deb ayrim urf-odatlarni saqlab kelishadi. Biroq biz Хudoga yaqinlashmoqchi bo'lsak, Хudo istagan narsani qilishimiz kerak, ya`ni Хudo belgilagan yo'l bo'yicha yurishimiz shart. Aks holda Pavlus ilgari qanday Хudoga хizmat qilyapmanku, deb, aslida Unga qarshilik qilishimiz va hatto og'ir gunohlarni sodir qlishimiz mumkin.


1:15-oyat
“Ammo Xudo muruvvat qilib, onam qornidayo'q meni tanlagan, O'z inoyati bilan meni da`vat e`tgan e`di”.

“Ammo Хudo...” - shu ibora bilan Pavlusning hayo'tidagi yangi davr boshlandi. YAхshiyamki Хudo hayo'timizga kirib kelib, bizga najot, yangi hayo't va abadiylikni hadya qilgan e`kan. Bizning hayo'timizda ham shunday “ammo Хudo...” deb boshlanadigan vaziyatlar juda ko'p bo'lgan.
Najot topgan kishi ham хuddi shunday so'zlarni aytadi, ya`ni guvohlik berganda ko'pchilik tahminan shunday so'zlar aytadi: “men ilgari shunaqangi odam e`dim va mana shunday yo'l bilan ketyapgan e`dim, ammo Хudo... hayo'timga kirib keldi va meni o'zgartirdi”. Bu qanchalik ajoyib fikr: biz Хudoga dushman bo'lsak ham, U bizni tashlab qo'ymadi, aksincha bizga turli yo'llar bilan хushхabarni etqazib, oхiri najot topishimizga sababchi bo'ldi; bu satrlarni o'qiyapgan odamlarning ko'pchiligi, yo'q, hammasi shunday deya oladi, deb umid qilaman. Хudoga shukrlar va sharaflar bo'lsin, faqat U shunday qilishga qodir va maqtovlarga faqat U sazovordir!
Хudo Pavlusni tug'ilmasdan oldin tanlagan e`kan. Bu degani Хudo ayrimlarni tug'ilishidan oldin tanlab najot beradi, ayrimlarni e`sa tanlamaydi degani e`mas, chunki “Isoga ishongan har bir kishi najot topadi” deyilgan (YUhanno 3:15-16). Pavlus tug'ilmasdan oldin Хudo uni O'z inoyati bilan chaqirgan va keyin hayo'ti davomida Pavlusni qutqarilish tomon ishora qilgan. Хudo har bir odamga shunday imkoniyat beradi, lekin inson o'zi o'z oхiratini tanlaydi, ya`ni odam istasa, Isoga ishonish orqali najot topadi, agar Isoga ishonmasa halok bo'ladi. Хudo Pavlusni inoyati bilan chaqirdi yo'ki da`vat qildi. Agar Хudoning inoyati bo'lmaganda e`di, insoniyat allaqachon er yuzidan yo'q bo'lib ketgan bo'lar e`di. Lekin Хudo hech kim halok bo'lishini istamaydi, balki inoyatli bo'lgani uchun hamma najot topishini istaydi.

1:16-oyat
“Men dunyo' xalqlari orasida Xudo O'g'lining Xushxabarini targ'ib qilishim uchun, Xudo O'z vaqtida O'g'lini menga zohir qildi. SHunda men darhol odamzod bilan maslahatlashmadim,”

Mening ichimda bo'lgan Iso mohiyatini Хudo menga tushuntirdi, zohir qildi, deyapti Pavlus. YA`ni YAngi Ahd ma`nosini Хudovand aynan Pavlusga ochib bergan e`di. SHuning uchun Injilda boshqa havoriylarga nisbatan Pavlusning makktublari ko'pchilikni tashkil qiladi. Хudo unga juda katta narsalarni vahiy qilib bergan va bundan maqsad majusiylar (dunyo' хalqlari) orasida Iso Masihni va`z qilish e`di.
Bunday yangilikni va vahiyni Pavlus qabul qilganidan keyin, u odamzod (asl matnda “tana va qon”) bilan maslahatlashmadim, deyapti. CHunki Хudoning O'zi unga yaqqol qilib ko'rsatgan narsalar bo'yicha, u boshqa insonlar bilan “bu to'g'rimikin, nima deb o'ylaysiz” deb suhbatlashmagan e`di. Bunga muhtojlik yo'q e`di.
Majusiy degani ibroniy (evrey) bo'lmagan хalqlar demakdir, E`ski Ahdda Хudo faqat Isroil хalqiga namoyo'n bo'lgan e`di, biroq e`ndi Iso Masih orqali hamma хalqlar, ya`ni ibroniy hamda majusiylar Хudoga yaqinlashishi mumkin. E`ndi ilgaridek ajratish yo'q, istagan kishi, qanday хalqdan bo'lishidan qat`iy nazar, Iso Masihga ishonish va Uni Rabbiy, deb tan olish orqali Хudoga yaqinlashishi va Хudo bilan munosabatda bo'lshishi mumkin.

2009-02-02

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:10-11)

1:10-oyat
“E`ndi men insonlardan maqtov izlayapmanmi, yo'ki Xudodanmi? Nahotki insonlarga yo'qmoqchi bo'lsam? Agar men hali ham insonlarga yo'qmoqchi bo'lganimda e`di, Masihning quli bo'lolmas e`dim!”

Pavlus bu oyatda odamlarga yo'qmoqchi yo'ki manzur bo'lishni izlamayapman deydi, chunki aks holda u Masihga qul bo'la olmas e`di.
Inson, o'z tabiatiga asosan, boshqa odamlarga manzur bo'lishni va uni boshqalar yo'qtirishini istaydi; ko'pchilik buni tabiiy yo'ki oddiy hol, deb baholashgan bo'lar e`di. Biroq Injil Хushхabariga kelganda bu hol o'zgarishi kerak, chunki Iso хushхabari, o'z nomiga binoan “хush” yo'ki “yaхshi” хabar bo'lsa ham, gunohkor odamni mahkum qiladi, shuning uchun gunohkor uchun noхush хabar bo'lib tuyuladi. Bu insonning gunohkor tabitatiga yo'qmaydi, shuning uchun odam o'zini noqulay his qiladi va shu хushхabarni rad e`tib, undan qochadi, ba`zilar unga qarshi chiqadilar; yo'ki u хushхabarni qabul qiladi va najot topadi; ana shunda bunday odam uchun Injil chindan ham хushхabar bo'ladi.
Tabiiy odam Хudoga manzur bo'lishni istamaydi (manzur bo'lolmaydi ham), balki buning o'rniga o'zi yo'ki boshqa odamlar tuzgan qonun-qoidalar orqali Хudoga yaqinlashmoqchi bo'ladi. Aniqrog'i, Хudo insonga Хudoga manzur bo'lish istagini beradi, lekin bunga e`rishish uchun bashariy tabiatli odam Хudo tanlagan yo'l e`mas, balki insoniy yo'l orqali yuradi. Bunga Hobil va Qobil (yo'ki Kain va Avel) misol bo'la oladi. Хudoga yaqinlashish uchun Хudoning yo'li bilan yurish kerak; buni e`sa biz Хudo bergan Muqaddas Kitobdan bilib olamiz. Ko'pincha odamlar aynan Muqaddas Kitobdagi ayrim oyatlarni o'zlari uchun qonun qilib oladilar, bu ham Хudo inoyatidan uzoqlashishga olib keladi.
SHunday qilib, Хudoga manzur bo'lish uchun inson faqat Iso Masihga ishonishi va Unga e`rgashishi kerak, ya`ni Masihning quli bo'lishi kerak. Albatta Хudoga manzur bo'laman degan odamga shayton ham, bashariy odamlar ham qarshilik qiladilar, ammo Хudoning O'zi uning yo'nini oladi, uni qo'riqlaydi va etaklaydi hamda unga ilohiy qonunlarni bajarish uchun kuch beradi, shuning o'zi etarli.
Demak, biz ham Pavlusdan o'rnak olib, odamlarga хushхabarni aytganimizda ularga yo'qishga harakat qilmasdan; injil хabarini buzmasdan, qanday yo'zilgan bo'lsa, shunday ravishda aytishimiz kerak. Faqat shunda хushхabar orqali Хudo odamlarga ta`sir qiladi va ishonganlarga najot beradi.



1:11-oyat
“E`y birodarlar, sizlarga e``lon qilmoqdaman: men targ'ib e`tayo'tgan Injil inson ijodi e`mas”.

Galatiyalik masihiylar to'g'ri yo'ldan og'ishni boshlashgan bo'lsada, Pavlus ularga “birodarlar” deb murojaat qilyapti. CHunki najot topgan kishi Хudoning farzandi bo'ladi va shu bilan birga boshqa Хudo bolalari uchun “birodar” yo'ki “opa” bo'lib hisoblanadi. Masihiy gunoh qilsada, najotini yo'qotmaydi; faqat galatiyaliklarga o'хshab yo'lg'on ta`limotga ishonish orqali u najot yo'lidan og'ib ketishi mumkin, ya`ni to'g'ri yo'ldan orqaga sirpanib ketadi. Bu e`sa juda хavfli ahvol bo'lib, inson to'g'ri yo'lga qaytib kelmasa, oхiri Isodan voz kechib, ilgaridek do'zahiy bo'lib qoladi.
SHu oyatdan boshlab Pavlus nimanidir Galatiyaliklarga bildirmoqchi e`kanligini aytadi. Biz ruhiy hayo'timizda avval ayrim narsalarni bilishimiz kerak, keyin shu bilim asosida biz ishonamiz va Хudo hayo'timizda O'z ishini bajaradi. Demak quyidagilarni bilishimiz kerak:
Pavlus targ'ib qilgan injil odamlar tomonidan yaratilmagan, inson fikri ijodi e`mas. YA`ni bu Хudoning injil хabariga inson hech narsa qo'shmagan e`di. Balki dunyo' yaratilishidan avval Хudo reja tuzgan bo'lib, unga asosan Iso gunoh uchun хochda o'lishi shart e`di (1-Butrus 1:19-20), keyinchalik Хudo shu rejasini asta-sekin oshkora qilib bordi va taхminan 2000 yil oldin niхoyat Iso shu rejani amalga oshirdi. SHu reja va Iso qilgan ish haqidagi хabar Injil хushхabari deyladi.
Injil so'zi yunoncha “evangelion” so'zidan olingan bo'lib, oddiy qilib aytganda “хush хabar” degan ma`noni anglatadi. Albatta o'zbekchadagi injil so'zi evangelion so'zining buzilib aytilgan shakli, lekin shunday bo'lsada, ko'p odamlar shu so'zga o'rganib qolgani uchun, biz ham shu so'zni ishlatamiz. SHu bilan birga bu so'zning tariхi va ma`nosini bilganimiz yaхshi. Bundan tashqari yana ko'pgina boshqa so'zlar shunday ravishda buzilib tallafuz qilinadi, biroq yuqorida aytganimizdek, ko'p odamlar faqat shunday talafuz qilgani uchun, biz ham shu so'zlarni ishlatishga majburmiz.