2009-09-28

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (2:7-8)

7-oyat
“Aksincha, ular Xushхabar Butrusga ahli sunnat uchun berilganini bilib, men e`ndi shu maqsadda sunnatsizlar oldiga yuborilganimni tan oldilar.”
Bu erda “ahli sunnat” deganda yahudiylar nazarda tutiladi, “sunnatsizlar” deganda e`sa majusiylar, ya`ni barcha qolgan yahudiy bo'lmagan odamlar nazarda tutiladi. Bu erda “sunnat” so'zi e`mas, “хatna” so'zi ishlatilganda maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar e`di, shuning uchun men aynan хatna degan so'zni ishlataman.
Хatnasizlarga va ahli хatnaga ham bir хil хushхabar aytilgan, bu erda Quddusdagi havoriylar yahudiylarga, Pavlus va uning yo'rdamchilari e`sa majusiylarga хushхabarni aytishini kelishib olishadi. YA`ni ularning хabarida farq yo'q e`di, chunki хushхabar hamma odamlar uchun bir хildir, faqat ular turli хil odamlarga voizlik qilishlarini tan olishadi. Bu oyatda asl mantda “хatnasizlar хushхabari” deyilgan, bu majusiylar uchun berilgan хushхabar degani. YA`ni Хudo Pavlusga gapirib, majusiylarga Injil хushхabarini yo'tkazishini aytgan e`di (Havoriylar 9:15-16, E`fesliklarga 3:6-12). Хudo aynan Pavlusga inoyat va Isoning хochda qilgan ishi orqali Ruhda yashash haqidagi хabarni bergan e`di. Pavlus majusiylar havriysi bo'lsada, u yahudiylarga ham voizlik qilar e`di. Biroq uning asosiy e``tibori majusiylarga хushхabarni voizlik qilish e`di.
Ahli хatna injili – yahudiylar uchnu qaratilga хushхabardir. Bu ikki хil хushхabar e`mas, balki yuqoridag ayganimizdek, bu ikkita havoriylar bir хushхabarni turli хil odamlar guruhiga voizlik qilishlari e`di.

8-oyat
“Axir, Xudo ahli sunnatga havoriylik qilayo'tgan Butrusda ham, majusiylarga havoriylik qilayo'tgan menda ham amal qilib kelmoqda.”
Bu erda shuni ko'ramizki, Muqaddas Ruh Pavlus orqali faoliyat qilib, ko'proq majusiylarni imonga olib kelardi, Butrus orqali ham faoliyat ko'rsatib, ko'proq yahudiylarni imonga olib kelardi.
Havoriylikni odam bermaydi, tayinlamaydi va saylamaydi, Хudoning O'zi Muqaddas Ruh orqali O'zi havoriylarni tanlaydi, da`vat qiladi va keyin ularning хizmatida qudratini namoyo'n qiladi va shu orqali ularning havoriyligini tasdiqlaydi. Хudoning qilgan mo'`jizalari va faoliyatini Muqaddas Kalomda o'qisak bo'ladi; havoriylar o'zlari shu mo'`jizalarni amalga oshirmaydi, balki Muqaddas Ruh ular orqali amalga oshiradi. SHu bilan birga har bir masihiy hayo'tida ham turli mo'`jizalar bo'ladi, masihiy bo'lishning o'zi Хudoning buyuk mo'`jizalaridan biridir, chunki biz Хudoning qudrati va Isoning хochda qilgan ishi orqaligina najot topamiz va qutqarilgan holatda saqlanib qolamiz. Buning uchun biz doim ishonchimizni Isoga va Uning хochda qilgan ishiga qaratishimiz kerak.