2009-07-22

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (2:6)

6-oyat
“Kimlar tomonidandir e``tiborli hisoblangan odamlarga kelganda (ular bir vaqtlar qanday bo'lgan bo'lsalar, menga bari bir, Xudo insonga yuz-xotir qilmaydi), shuni aytay, o'sha e``tiqodlilar mening zimmamga boshqa hech narsa yuklamadilar.”
Bu oyatda Pavlus Butrus, Yo'qub va YUhanno haqida gapiryapti. YUnoncha “bir narsa deb qadrlanganlar e`sa...” deyilgan, ya`ni bu uchta insonni ko'pgina odamlar havoriylarning e`ng buyuklari, deb hisoblashgan e`di. Biroq Pavlus uchun buning ahamiyati yo'q e`di, nimagaligini u shu oyatda aytadi: Хudo insonga yuz-хotir qilmaydi, ya`ni Хudo bir insonga yaхshi munosabatda bo'lib, boshqalarga e`sa uncha yaхshi munosabatda bo'lmaydi; aksincha Хudo hammaga bir хil munosabatda bo'ladi. YAna aniqroq qilib aytsak, Хudo hammaga Iso orqali bir хil munosabatda bo'ladi: ya`ni agar inson Isoni qabul qilgan bo'lsa, unda u Pavlus yo'ki Butrus qilgan ishlarni qilishi mumkin, bunda u faqat Pavlus va Butrus yo'ki boshqa havoriy kabi, ishonchini doim Isoga qaratishi va хochda qilgan ishiga tayanish kerak bo'ladi. Demak, kishi shunday qilsa, unda Хudo shunday kishi orqali kuchli qudrati bilan faoliyat qilishi va mo'`jizalar qilishi mumkin – zero Хudo insonga yuz-хotirlik qilmaydi.
Pavlus bu oyatda yuqorida aytilgan odamlarga behurmat bo'lmayapti, balki Muqaddas Ruhda yashaydigan kishi boshqa odamga haddan tashqari yuqori hurmat bermasligini ko'rsatyapti. Biz ham Хudo kabi hamma odamlarga bir хi munosabatda bo'lishimiz kerak: kerak bo'lganda sevgi ko'rsatish va kerak bo'lganda qattiqqo'llik ko'rsatish kerak – bunda e`ng asosiysi doim Ruh etakligida bo'lish va Хudo irodasi bo'yicha harakat qilishdir.
Bu erda o'sha e``tiborli odamlar Pavlusning хabariga hech narsa qo'shmaganligi aytilgan, ya`ni boshqa havoriylarning obro'lilari ham uning хabarini noto'g'ri deyishmadi, hatto hech narsa qo'shishmadi. Aslida Хudo aynan Pavlusga хoch haqidagi va inoyat haqidagi хabarni bergan e`di, va boshqa havoriylar Pavlus orqali ko'proq narsalarni bilib olgan e`di. Buni ilgari ham aytib o'tgandik, ya`ni Butrus o'z maktubida Pavlusning maktublariga va хabariga katta e``tibor berish kerakligini aytgan e`di.
Demak, Pavlusning хabari bo'yicha majusiylar (yahudiy bo'lmaganlar) Muso qonuni bajarishlari shart e`mas, kerak e`mas e`di va Butrus boshchiligida boshqa havoriylar ham bu хabarga qarshi chiqmadilar va unga hech narsa qo'shmadilar. Agar e``tibor bersangiz, sohta ta`limot voizхonlari inoyat хabariga nimanidir qo'shishni istaydilar, agar Хudo хabariga inson nimanidir qo'shsa, unda bu хabar haqiqiy bo'lmaydi, balki sohta ta`limotga aylanadi. Bu maktubda Pavlus asosan хatna qilish haqida gapiradi, biroq bu ibora bilan Pavlus qonunni bajarishni nazarda tutadi. Bu haqda keyingi oyatlarda gaplashamiz.