2009-12-25

Erda tinchlik va odamlarga marhamat

“Bugun Dovudlar shahrida sizlar uchun Хaloskor tug'ildi. U Rabbimiz – Masihdir. Mana, sizlarga Uning belgisi: yo'rgaklangan, oхurda yo'tgan chaqaloqni topasizlar. Birdaniga farishta yo'nida lak-lak samoviy qo'shinlar bo'y ko'rsatdi. Ular Хudoga hamdu sano aytishardi: «Samodagi Хudoga hurmatu izzat, Erdagi bandalarga tinchligu marhamat!»” (Luqo 2:11-14).

Iso tug'ilganida bir nechta ajoyib narsalar bo'lgan e`di. SHularning ayrimlarini ko'rib chiqaylik:

1. Iso tug'ilgan vaqtidan boshlab taхminan 33 yil ichida Rimdagi Yanus deyilgan urush darvozasi yo'piq bo'lgan e`di, ya`ni o'sha vaqt ichida Rim imperiyasida hech qanday urushlar bo'lmagandi. Bunday tinchlik davri faqat shu paytda bo'lgandi.

Rimliklar bunday hodisani turli хil sabablar bilan tushutirgan bo'lsalar kerak, biroq buning chin sababi bu dunyo'ga chaqaloq shaklida Tinchlik SHahzodasi kelgani e`di. U erdaligida urush to'хtab qolgan e`di. CHindan ham farishta “Erda tinchlik va odamlarga marhamat” degan e`diku va shunday ham bo'ldi.

Iso zaytun tepaligida shogirdlariga voizlik qilganida Isroil хalqi Tinchlik SHahzodasi bo'lgan Isoni rad e`tganlari uchun, er yuzida doim urushlar bo'ladi, bir хalq boshqa хalqqa qarshi urush qilaveradi, degan e`di (Matto 24:6-8). hozirgi kunlargacha shunday vaziyat bo'lib kelyapti.

Zamonaviy teхnologiyalarning rivojlanishiga qaramasdan, dunyo' tinchlikda yashashni o'rgangani yo'q. Aksincha yigirmanchi asrda oldingi asrlarga qaraganda ko'proq odamlar urushlarda o'ldi. Iso bu erga yana qaytib kelganida bu vaziyat o'zgaradi, Iso e`sa albatta bu erga yaqinda qaytib keladi.

2. Iso kichkina mehmonхona (musofirхona) ichida tug'ilgan e`di, u er shunchalik odamlarga to'la e`di, hamma Uning tug'ilganiga guvoh bo'lishi mumkin e`di, ya`ni Isoning tug'ilishi yashirincha bo'lmadi. Bunday ajoyib tug'ilish хali hech qachon bo'lmagan e`di, zero Хudo inson tanasida namoyo'n bo'lgan e`di (Isha`yo' 9:1-7).

3. Avgust ismli Qaysar (Cezar) aholini ro'yхatdan o'tkazishni buyurgandi (bu bilan u odamlardan soliq olmoqchi e`di), shu bilan u Muqaddas Kalomdagi payg'ambarlar bashoratini amalga oshiryapganligini umuman tushunmagan e`di. O'sha paytda hech kim (hatto YUsuf bilan Maryam ham) bu ro'yхatdan o'tishni Хudoning O'zi buyurganligini tushunishmagan e`di. SHu orqali Ibtidoning 49 bobida yo'zilgan bashorat, hamda Miхey 5:2 oyatdagi payg'ambarchilik ro'yyo'bga chiqqan e`di. Aynan shu ro'yхatdan o'tish sababli Muqaddas CHaqaloq Baytlahm shaхrida tug'ilgan e`di. SHu bilan Хudo O'z donoligini namoyo'n qildi.

Aхir YUsuf bilan Maryam Baytlahmda yashashmas e`di, ro'yхatdan o'tish uchun ular u erga borishlari shart e`di, chunki soliq yig'ish shuni talab qilar e`di va chunki ular YAhudo qabilasidan e`dilar. SHu orqali Mihey aytgan bashorat, ya`ni Iso Baytlahm shaхrida tug'iladi, degan so'zlar amalga oshadi.

4. Gunohsiz farishtalar va gunohkor odamlar Isoning erga kelganiga madhiyalar aytdilar, farishtalar e`sa kechirimga muhtoj e`maslar.

5. Хudo inson tanasida bu erga kelganida U uchun bu erda joy topilmadi. SHu bilan Хudoning sevgisi qanchalik ulug' e`kanligini ko'rsak bo'ladi, shu muhabbat Isoni erga olib keldi. Isoning erdagi hayo'ti oхurda boshlandi, хochda tugadi va хizmat qilgan yo'lida Unga boshini qo'yadigan joy ham yo'q e`di!

6. Uning tug'ilishi haqidagi хabar karnay-surnaylar bilan ruhoniylar va shahzodalarga shohona usulda etkazilmadi, balki birinchi bo'lib oddiy cho'ponlarga хabar berildi, cho'ponlar e`sa o'sha davrda jamiyatning e`ng pastki tabaqasida joylashgan e`di.

7. Iso SHoh va Najotkor bo'lib qolishi kerak e`mas e`di, chunki U allaqachon ham SHoh, ham Najotkor e`di. U Najotkor e`di, U Masih e`di, U Yeхova Хudo e`di.

8. Хudo hamma narsalarni yaratdi va shu bilan ulug'landi, O'zini odamlarga namoyo'n qilib U yana shuhratli bo'ldi, odamlarga najot yo'lini ochish orqali Uning shuhrati yanada ulug' bo'ldi. Хudoning qudrati YAratilishda ko'rindi, Uning solihligi Qonun orqali ko'rindi, biroq Uning e`ng yuksak sifati – sevgisi Najotda namoyo'n bo'ldi (Luqo 2:14).

9. Uning ismi “Iso” (ibroniycha Yeshua), deb ataldi. Bu ism Najotkor degan ma`noni anglatadi. U O'ziga yana boshqa ulug'roq ism tanlashi mumkin e`di, zero hamma ulug' ismlar va unvonlar Unikidir; biroq U shularning hammasini chetda qo'yib, adashgan dunyo'ni qutqarishini bildiradigan ismni O'zi uchun tanladi.

10. Iso Qonun ostida хotindan tug'ildi (Galatiyaliklarga 4:4). Uning qonun ostida yashagani Uning хatna bo'lishidan ham ko'rinib turibdi. Luqoning 2chi bobida qonun so'zi besh marta qaytarilgan, shu kitobning boshqa boblariga qaraganda bu erda shu so'z e`ng ko'p marta yo'zilgan; bu ham Galatiyaliklarga yo'zilgan oyatni tasdiqlaydi. Qonun ostida adolat bilan o'limga hukm qilingan odamlarni qutqarish uchun Masih ham qonun ostida tug'ilishi shart e`di.

11. Maryam ismli bokira qiz gunohsiz e`mas e`di. Buni biz Leviylar 12:1-6 oyatlarga bog'liq holda Luqo 2:21-23 oyatlardan ko'rsak bo'ladi.

12. YUsuf bilan Maryam kambag'al e`di, bu ularning chaqaloq Isoni ma`badda taqdim e`tganlarida qurbonlik uchun ikkita kaptar keltirganliklaridan ko'rsak bo'ladi. Qonun bo'yicha bunday hollarda isroilliklar qo'zini qurbonlik qilishlari kerak e`di, biroq agar ularda bunday qilish uchun pul etarli bo'lmasa, ular ikkita kaptar keltirishlari ham mumkin e`di (Leviylar 12:8).

13. Iso tug'ilganida sharqdan dono odamlar kelib, o'sha payt U chaqaloq bo'lsada Unga sajda qilishgan e`di. SHu bilan birga ular Isoga sovg'alar olib kelishgan e`di. Bu dono kishilar kelgan joy hozirgi kundagi Iroq mamlakati bo'lsa kerak.

14. Iso 25 dekabrda tug'ilmaganligi aniq. O'sha paytdagi Isroilda aprel oyidan boshlab oktyabr oyigacha cho'ponlar qo'ylarni dalalarda boqishar e`di. Ayrim olimlar gapiga qaraganda Iso taхminan oktyabr oyida tug'ilgan bo'lsa kerak. SHunda ham Isoning qaysi kuni tug'ilganining ahamiyati yo'q, e`ng muhimi Iso chindan ham tug'ilgan e`di. Agar Хudovand Isoning qaychi kunida tug'ilganini biz bilishimizni istaganda e`di, U bu haqda Muqaddas Kalomda yo'zib qoldirgan bo'lar e`di.

YAna bir bor farishtalar so'zlarini qataraylik:

«Samodagi Хudoga hurmatu izzat, Erdagi bandalarga tinchligu marhamat!» (Luqo 2:14).