2007-12-21

Tavba qilish nima degani?

2-Korinfliklarga 7:10-11
“Azbaroyi Xudo keladigan xafagarchilik o'kintirmaydi, aksincha, odamlarni tavbaga keltirib, najot topishiga imkon yaratadi. Dunyoda bo'ladigan xafagarchilik e'sa faqat o'limni keltirib chiqaradi.
Qaranglar, aynan shu sababli, ya'ni sizga Xudo taqdir e'tgan xafagarchilik sababli o'zingizni oqlash uchun sizlarda qanday g'ayrat paydo bo'ldi, qanday g'azab, qanday qo'rquv, qanday sog'inch, qanday jonbozlik, qanday adolatparvarlik hosil bo'ldi! Ana shularning hammasi bilan o'zingizni halolladingizlar.”

Tavba qilish nima degani? Tavba qilish oddiy va murakkab bo'lmagan jarayon bo'lib, bunda kishi noto'g'ri yo'nalishda ketayotganini tan oladi. Bu haqiqat Xudoning Muqaddas Ruhi ta'siri ostida namoyon bo'ladi; ko'pincha bu Xudo Kalomini voizlik qilish natijasida sodir bo'ladi. Demak, najot topgan va topmagan kishi ham noto'g'ri yo'nalishda ketayotganligini tan olib, to'xtab, shu yo'ldan qayrilib to'g'ri yo'nalishda yurishni boshlagan kishi tavba qilgan bo'ladi.

To'g'ri yo'nalishda yurish uchun kuchni tavba qilish bera olmaydi. Buning uchun ishonchimiz to'g'ri yo'nalishda bo'lishi kerak. Iso Masihning yakunlangan ishiga ishonishda davom e'tsak, to'g'ri yo'nalishda yurish uchun inoyat va kuch bizga beriladi. Bunday inoyat va kuchni bizga Muqaddas Ruh orqali Xudo beradi. Shunday qilib imonli kishi xochga ishonishda davom e'tmasa, u har safar tavba qilaveradi, lekin gunoh ustidan g'alabaga e'rishmaydi. (1-Yuhanno 1:9-oyatda aytilishicha biz gunohimizni tan olsak, Xudo bizni kechiradi; shunday in'om uchun Xudoga shukurlar bo'lsin!). Bunday kishilar gunohdan fosh bo'lganlarida to'g'ri yo'nalishga tushadilar, lekin shu yo'nalishda yurishni davom e'tish uchun kuchlari bo'lmaydi. Bunday kuch faqat xochga ishonish orqali keladi. Bir xil gunohni qayta-qayta qilayotgan imonli chindan ham tavba qilgan bo'ladimi? Ko'p hollarda ular chindan ham tavba qiladi. Biroq ishonchlari to'g'ri yo'nalishda bo'lmaganligi, ya'ni xochga qaratilmaganligi uchun, ular yana noto'g'ri yo'nalishga tortilib ketadilar.

Biz gunohga qarshi gaprishimiz kerak va imonlilarga gunohni ustidan g'alaba qilish uchun qaerdan kuch kelishini ko'rsatishimiz kerak. Bunday kuch Masih xochiga ishonish orqali keladi!

No comments: