2007-11-13

Biz nimaga ishonamiz...

Muqaddas Kalom – Muqaddas Ruh ilhomi ostida vujudga kelib, komillik va qudrat bilan yozilgan Xudoning kalomi e'kanligiga ishonamiz. (Zabur 118; Matto 4:4; Luqo 24:27)

Bitta va yagona Xudoga, mangulikda uchta shaxsda (ya'ni Xudo Ota, Xudo O'g'il va Xudo Muqaddas Ruh) namoyon bo'lganiga ishonamiz. (1-Yuhanno 5:7)

Rabbimiz Iso Masihning Ilohiyligi, Uning bokira qizdan tug'ilgani, Uning gunohsiz yashagani, Uning yaratgan mo'jizalari, Uning dahshatli va najotbaxsh o'limi, tanasida o'limdan qayta tirilgani, Uning Xudovandning o'ng qo'l tomoniga ko'tarilgani, kelajakda ming yil hukmdorlik qilish uchun Uning O'zi shaxsan erga qudrat va sharaf bilan qaytib kelishiga ishonamiz. (Yuhanno 1:1-4; E'fesliklarga 2:13-18; Vahiy 19-20 boblar)

Baxtiyor umidimiz – masihiylar jamoati Isoning qaytib kelganida osmonga ko'tarilib ketishiga ishonamiz. (1-Salonikaliklarga 4:13-18)

Gunohdan poklanishning yagona yo'li tavba qilish va Iso Masihning qadrli qoniga ishonish, deb ishonamiz. (Rimliklarga 5:1; E'fesliklarga 2:8-9, 13-18)

Inson shaxsan najot topishi uchun Muqaddas Ruh orqali qayta tug'ilishi shartligiga ishonamiz. (Yuhanno 3:5-8; Titus 3:5)

Iso xochda amalda oshirgan qutqarish ishi inson tanasiga shifo bera oladi va buning uchun imon bilan ibodat qilish kerakligiga ishonamiz. (Chiqish 15:25-26; Yoqub 5:14-15; 1-Butrus 2:24)

Havoriylar faoliyati 2:4 oyatda yozilganidek, ibodat qilib so'ragan imonlilar Muqaddas Ruhda cho'mdirilishni qabul qilishiga ishonamiz. (Havoriylar 2:4; 10:44-46; 19:1-7)

Muqaddas Ruhning muqaddas qiluvchi qudratiga, Muqaddas Ruh masihiy kishi ichida maskan qurib, imonli kishiga muqaddas hayot kechirishi uchun kuch berishiga ishonamiz. (Rimliklarga 6:3-14; 8:1-2, 11)

Najot topgan va topmagan insonlarning oxiratda qayta tirilishlariga ishonamiz; bunda birinchi toifadagi odamlar abadiy hayot uchun qayta tiriladi va ikkinchi toifadagi odamlar abadiy lan'atga duchor bo'ladilar. (Vahiy 20:5-6; 11-15)

No comments: