2007-11-13

Havoriy Pavlusning Rimliklarga yozgan maktubi

Rimliklarga 6-bob

Xoch
1 Xo'sh, nima deylik? (Bu savol e''tiborimizni Rim. 5:20-oyatga qaratadi). Inoyat ko'paysin, deb gunoh qilishni davom e'ttiraveraylikmi? (Inoyat gunohdan yuksakroq bo'lgani bilan masihiy kishida e'ndi gunoh qilishga ruxsatnoma bor degani e'mas).
2 Aslo! (Yuqorida o'zi bergan savolga Pavlus javob beryapti, “Bunday fikrni yo'qoting, mutlaqo bunday bo'lmasin!”). Biz gunoh qarshisida o'lganmiz (gunoh tabiatiga nisbatan o'likmiz). E'ndi gunoh qilib qanday yashayveramiz? (Bu so'zlar e'ndilikda imonli kishi Masihda kimligini ko'rsatadi).
3 Unutmangizki, biz Iso Masihni tan olib suvda imon keltirganimizda, (aslida qo'lyozmalarda yunon tilida “suvda” degan so'z yo'q; bu erda suvga cho'mdirilish e'mas, balki Iso Masihga cho'mdirilishimiz haqida gap ketyapti [1-Kor. 1:17; 12:13; Gal. 3:27; E'fes. 4:5; Kol. 2:11-13]) hammamiz ham Uning o'limini tan olib imon keltirdik. (aniqrog'i: Uning o'limiga cho'mdik; Masih xochda o'lganida Xudoning fikricha biz ham U bilan o'ldik; boshqacha qilib aytganda Iso bizning o'rnimizni e'gallab, biz uchun o'ldi, shunday qilib Uning o'limida U bilan bir bo'lganimiz sababi, Iso o'limi natijasida qo'lga kiritgan hamma barakatlarga ham e'ga bo'lamiz; ya'ni Iso Masih biz uchun bularning hammasini amalga oshirdi).
4 Biz suvga cho'mib, Masih bilan birga o'ldik va ko'mildik (aslida qo'lyozmalarda yunon tilida “suvda” degan so'z yo'q; biz nafaqat Iso bilan birga o'ldik, balki U bilan birga ko'mildik ham; ya'ni o'tmishdagi barcha gunohlaru va qonunbuzarliklar ham ko'mildi; Isoni qabrga qo'yishganda, bizning barcha gunohlarimizni ham o'sha qabrga qo'yishgan e'di). Shuningdek, Masih Otasining ulug'vor qudrati bilan tirilganiga o'xshab, biz ham yangi hayotda yurishimiz lozim. (biz Iso bilan o'ldik, U bilan ko'mildik va Uning tirilishi bizning qayta tirilishimiz bo'lib, shu orqali biz yangi hayotga e'ga bo'ldik).
5 Agar o'lishda Masihga e'rgashgan bo'lsak (aslida “e'rgashgan” so'zi “birga e'kildik” degan ma'noni bildiradi; ya'ni biz Iso bilan birga e'kildik. Pavel bu erda barcha barakatlar xoch orqali kelishini e''lon qilyapti; demak imonimiz doim xochga qaratilgan bo'lishi kerak, o'shanda Muqaddas Ruhga hayotimizda ish olib borishi uchun yo'l ochiladi), albatta, tirilishda ham Unga e'rgashamiz. (agar biz “Uning o'limida birlashish” nimaligini tushunsak, o'shanda “Uning tirilishida birlashish”, ya'ni shu qayta tirilgan hayot bilan yashashga e'rishamiz; bularning hammasi e'sa xoch vositasida amalga oshadi).
6 Gunoh qilishga mubtalo bo'lgan bu vujudimiz yo'q qilinsin (ya'ni gunoh kuch-quvvati buzildi, sindi), deb e'ski o'zligimiz (aslida: e'ski odam – Masihni qabul qilishimizdan oldingi holatimiz, o'zligimiz) Masih bilan birga xochga mixlangan. Buni bilib, biz e'ndi gunohga qul e'masmiz (imonga kelish vaqtida gunoh aybi olib tashlanadi, chunki yuragimiz va hayotimizda gunoh tabiati e'ndi hukm surmaydi).
7 Chunki o'lgan odam (Iso bizning o'rnimizni e'galladi, shuning uchun Xudoning fikrida biz ham ishonish orqali U bilan o'ldik) gunoh qilishdan ozoddir (gunoh tabiati qulligidan ozod bo'ladi).
8 Agar biz Masih bilan birga o'lgan bo'lsak (bu oyatda ham xoch haqida va Isoning o'limiga cho'mdirilganimiz haqida gap ketyapti), U bilan yashashimizga ham ishonchimiz komil (yangi, qayta tirilgan hayotga, ya'ni yanada farovon hayotga e'ga bo'lamiz, [Yuhanno 10:10]).
9 Masih tirilib boshqa o'lmasligini (ya'ni Isoning ishi yakunlangan, bitirilgan ishdir, shuning uchun bu ish hech narsaga muhtoj e'mas, unga hech narsa qo'shilishi kerak e'mas), o'lim e'sa Unga e'ndi hokim bo'lolmasligini bilamiz (chunki barcha gunoh uchun baho yoki narx to'lanib bo'ldi; Masih bizning o'rnimizni e'galladi hamda o'lim Uning ustidan hukmronlik qila olmaydi, xuddi shunday ravishda o'lim bizning ustimizdan ham hukmronlik qilmaydi; bu degani gunoh tabiatining kuch-qudrati buzilgan demakdir).
10 Uning o'limi gunoh uchun (gunoh tabiatiga nisbatan) bir bor o'lim e'di (aniqroq ma'nosi: “U gunoh tabiatiga nisbatan bir marta, hamma uchun o'ldi”). Qolgan hayotini e'sa (ya'ni qayta tirilib) U Xudo uchun yashamoqda (barcha hayot Xudodan keladi, bu hayotni e'sa biz xoch orqali va o'sha yakunlangan ishga ishonish bilan qabul qilamiz).
11 Shunga o'xshab, sizlar ham o'zlaringizni gunoh qarshisida o'lik (gunoh tabiati o'lik e'mas, biroq xoch fazilati bilan va xochdagi qurbonlikka bo'lgan ishonchimiz orqali biz gunoh tabiati uchun o'likmiz, lekin ishonchimiz davomiy ravishda xochda bo'lib qolishi kerak), lekin Rabbimiz Iso Masih bilan birlashgan holda (Iso xochda qilgan ishi haqida gap ketyapti, shu ish qayta tirilgan hayotning manbaidir) Xudo qarshisida tirik hisoblanglar (qayta tirilgan hayot bilan yashash).

Muqaddaslanish
12 Shunday qilib, e'ndi gunoh (gunoh tabiati) sizlarning foniy badanlaringizga (ya'ni agar imonli kishi doimiy ravishda Masihga va xochga qaramasa, uning yuragi va hayotida gunoh tabiati yana hukmronlik qilishi mumkinligini bildiradi; “foniy badan” – neytral yoki betarafdir, ya'ni u solihlik yoki nopoklik uchun ishlatilishi mumkin) hokimlik qilmasin (hukmronlik, boshchilik qilmasin), siz badanlaringiz ixtiyoriga bo'ysunib ketmanglar (agar imon xochga qaratilmasa, foniy tana orqali nopok hirslar va e'htiroslar namoyon bo'ladi [1-Korinfliklarga 1:17-18]).
13 A'zoyi badaningizni (foniy tanangiz uzvlarini) yomonlik quroli qilib gunohning (gunoh tabiatining) izmiga topshirmanglar. Aksincha, o'lib tirilganlar kabi o'zingizni (biz Masih bilan birga “yangi hayot” uchun qayta tirildik), ya'ni butun a'zoyi badaningizni solihlik quroli qilib (bunga e'rishish uchun xochning xislati va o'sha erda yakunlangan ishga ishonishimiz kerak, shu bilan birga o'sha yakunlangan ishga bo'lgan ishonchimiz kun sayin davom e'tishi kerak [Luqo 9:23-24]) Xudoning izmiga topshiringlar (biz Masih va xochga bo'ysinishimiz, yon berishimiz kerak; faqat shunday usul gunoh tabiati ustidan g'alaba qozonishimizga kafolat beradi).
14 Gunoh sizlarga hukmron bo'lmasin (biz imonli sifatida doimiy ravishda Masih xochiga ishonchimizni yo'naltiradigan bo'lsak – gunoh tabiati ustimizdan hukmronlik qilmaydi; agar imonli bunday qilmasa, gunoh tabiati albatta uning ustidan hukmronlik qiladi), chunki sizlar e'ndi Qonun e'mas (ya'ni, agar biz hayotimizni qandaydir qonun asosida boshqarmoqchi bo'lsak, o'sha qonun o'zicha qanchalik yaxshi bo'lishidan qat'iy nazar, oxirida gunoh tabiati ustimizdan hukmronlik qila boshlaydi), inoyat panohidasizlar (imonli kishi doimiy ravishda Masihga va U xochda bajargan ishiga ishonib kelsa, Xudo inoyatining oqimi to'xtamasdan unga quyilib turiladi yoki etkaziladi; inoyat – noloyiq imonli kishilarga Muqaddas Ruh orqali ko'rsatiladigan Xudoning e'zguligidir).
15 Xo'sh, buyog'i e'ndi nima bo'ladi? (Bu erda Pavel shu bobning boshida bergan savoliga qaytib bormoqda). Qonun e'mas, inoyat panohida bo'lganimiz uchun gunoh qilaveraylikmi? (agar biz shunday savol beryapgan bo'lsak, demak inoyatni to'g'ri tushunmayapgan bo'lamiz. Xudoning inoyati bizga muqaddas hayot kechirishimiz uchun ozodlik beradi, bunga e'sa biz Masihga va xochga ishonish orqali e'rishamiz; bu ayrimlar o'ylaganidek gunoh qilishga ruxsat bor degani e'mas.) – Aslo! (har bir haqiqiy imonli kishi gunohdan nafratlanadi; shuning uchun gunohning hukmronligi ostida yashash fikrining o'zi nafratomuzdir).
16 Bilmaysizlarmi? Siz o'zlaringizni itoatkor qul qilib kimning izmiga topshirsangizlar, u kishining quli bo'lasizlar (imonli kishi yoki Masihning quli bo'ladi, yoki gunohning quli bo'ladi – ya'ni agar u Masih va xochga ishonishda davom e'tmasa gunohning quli bo'lib qoladi). Siz yo o'limga olib boruvchi gunohga (yana bir bor qaytaramiz: agar imonli kishi Masihning yakunlangan ishiga ishonishning o'rniga boshqa usul bilan Xudo uchun yashamoqchi bo'lsa, bunday imonli qanchalik harakat qilmasin baribir mag'lubiyatga uchraydi), yoki solihlikka olib boruvchi itoatkorlikka qul bo'lasizlar (imonli kishi Rabbimiz Kalomiga bo'ysunishi shart. U o'z kuch-quvvati bilan buning uddasidan chiqa olmaydi, balki u Masih xochda qilgan ishi orqali hamma narsalarga e'ga bo'lishini tushunsa, hamda kun sayin o'sha yakunlangan ishga ishonishda davom e'tsagina bunga e'risha oladi. O'shanda Muqaddas Ruh hayotimizda O'zining ishini amalga oshira oladi, chunki faqat Muqaddas Ruh bizni bo'lishimiz kerak bo'lgan shaxsga aylantira oladi).
17 Lekin Xudoga shukurki, ilgari gunohga qul bo'lganingiz holda (gunoh tabiatiga qul bo'lgan e'dik, ya'ni najot topishdan oldingi holatimiz), e'ndi o'zingiz qabul qilgan (Rabbimiz shu ta'limot shaklini Pavelga berdi, Pavel e'sa shu maktub orqali bizga o'sha ta'limotni etkazdi) ta'limotning mohiyatiga sidqidildan berilgansizlar (ushbu ta'limot mag'zi: Iso Masih va Uning xochga mihlanganini, hamda imonli kishi hamma narsalarni Xudodan xoch vositasi orqali qabul qilishini tushunishdir).
18 Gunoh qilishdan ozod bo'lib (gunoh tabiatidan ozod bo'ldik; u e'ndi imonli ustidan hukmron e'mas, lekin biz doim xochga qarab yashashimiz kerak), solihlikka o'zingizni qul qilib qo'ygansizlar (ilgari siz gunoh tabiatiga qul e'dingiz, e'ndilikda e'sa solihlikka qul bo'ldingiz; agar imonli kishining ishonchi har safar xochda bo'lsa, unda u solihlikka doimiy ravishda tortiladi).
19 Bandaligingiz tufayli insonlarcha fikr yuritib gapiryapman (“insonlarcha” so'zi ilk bor Odam Ato qilgan gunohiga taalluqli bo'lib, shu hodisa oqibatida inson tanasi ojiz bo'lib qoldi; ya'ni bu so'zlar bizning kuch-quvvatimiz va qobiliyatlirimizni bildiradi). Siz bir vaqtlar ifloslik (agar imonli kishi ishonchini xochga e'mas, balki boshqa narsalarga qaratsa, u tanasini qonunsizlikka qul qilib topshiradi) va yovuzlik qilish uchun a'zoyi badaningizni qonunsizlikka qul qilib topshirgansizlar (imonli har doim xochga ishonishni davom e'tmasa, uning gunohga nisbatan bo'lgan vaziyati battarlashib ketaveradi). E'ndi e'sa a'zoyi badaningizni solihlikka qul qilib topshiringlar va muqaddas yashanglar (yana takrorlab aytamiz: buning uddasidan chiqish uchun imonli doim xochga ishonishi kerak; biz xoch orqali barcha narsalarni qabul qilishimizni tushunishimiz kerak, hamda faqat Muqaddas Ruh hayotimizda solihlik va muqaddaslikni rivojlantira olishi mumkinligi va U faqatgina xoch vositasi orqali amal qilishini bilib olishimi kerak).
20 Gunohning quli e'kaningizda, solihlik talablaridan ozod e'dingizlar (Masihni qabul qilishimizdan ilgari bo'lgan hayotimiz shunday e'di).
21 Hozir o'zingiz uyalayotgan qilmishlardan o'sha vaqtda qanday naf bor e'di? (ya'ni gunohkor qilmishlardan umuman hech qanday yaxshi narsa chiqishi mumkin e'mas. Bunday ishlardan yaxshi meva chiqishining iloji umuman yo'q). U qilmishlarning oqibati o'limdir (agar imonli kishi xochga qarashni rad e'tib, buning o'rniga solihlikka e'rishish uchun boshqa narsalarga qarasa, natijada gunoh tabiati uning ustidan hukmronlik qila boshlaydi va oxiri ruhiy o'lim bilan tugaydi; gunohning yagona echimi xochdir).
22 Hozir e'sa (Masihni qabul qilganingizdan keyin) gunoh qilishdan ozod bo'lib (aniqrog'i: gunoh tabiatidan ozod bo'ldingiz), Xudoning qullari bo'lgansizlar (biroq bu bo'yinturuq engildir [Matto 11:28-30]). Bundan naf – muqaddaslikdir (demak ishonchimiz doim xochda bo'ladigan bo'lsa, Muqaddas Ruh buni amalga oshiradi) va buning natijasi e'sa abadiy hayotdir (shunday qilib imonli kishi yo “o'limni” tanlashi mumkin – bu Masih va xochdan tashqari boshqa narsalarga ishonish natijasida sodir bo'ladi, yoki “abadiy hayotni” tanlashi mumkin e'kan – bu e'sa Masih va xochga ishonish natijasida sodir bo'ladi).
23 Gunohning e'vazi – o'lim (ya'ni ruhiy o'lim – Xudodan ayrilishdir), Xudoning in'omi e'sa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir (yuqorida aytganimizdek, istisnosiz bularning hammasini biz Masih xochda amalga oshirgan ishi orqali qabul qilamiz, shu bilan birga bunga e'rishish uchun xoch doim ishonchimiz markazida bo'lishi kerak, buning natijasida e'sa Muqaddas Ruh hayotimizda O'z ishini olib boradi va O'zining mevasini paydo qildiradi).

No comments: