2007-12-24

Iso Masih tug'ilgan kuni hammaga muborak bo'lsin!

Iso Masih tug'ilgan kuni hammaga muborak bo'lsin!
Sizga tinchlik va marhamat bo'lsin!

Aslida Iso 25-dekabrda tug'ilmagan, chunki cho'ponlar qo'ylari bilan dalada e'dilar (Luqo 2:18), ular e'sa qish sovug'ida dalada bo'lmaydilar. Tarixda ko'p odamlar turli xil kunlarni Isoning tug'ilgan kuni deb belgilashgan. Nima bo'lganda ham, Muqaddas Ruh ilhomi bilan yozilgan Xushxabarlarda Iso qaysi kuni tug'ilgani ko'rsatilmagan.
Masihiylar har kuni Isoning tug'ilganini nishonlashi kerak, chunki bu hodisa hammamiz uchun buyuk ahamiyatga e'ga. Iso Masih bu dunyoga kelib, gunoh uchun o'lib va uchinchi kuni qayta tirilib, Unga ishongan hamma insonlarga najot berdi. Agar siz hali Isoga ishonmagan bo'lsangiz, Xudodan ibodat qilib so'rang - U sizga vahiy orqali shu haqiqatni ochib beradi. Isoga ishonib abadiy hayotga e'rishing! Chunki faqat Iso nomi orqali inson abadiyatga e'rishishi mumkin! Undan boshqa Najotkor yo'q! Omin.

Mana Luqo xushxabarida bayon e'tilgan Isoning tug'ilgan kuni:

Iso Masihning tug'ilishi
1 O'sha kunlarda Qaysar Avgust butun Rim dunyosidagi aholi ro'yxatga olinsin, degan farmon chiqardi. 2 Shunday qilib, Suriyada Kviriniy hokimlik qilganda ilk bor ro'yxatga olish sodir bo'ldi. 3 Har kim ro'yxatdan o'tish uchun o'z shahriga bordi.

4 Shuningdek, Yusuf ham Jalilaning Nosira shahridan Yahudiyaga, Dovudlar shahri Baytlahmga bordi. Chunki u Dovud nasabi va xonadonidan e'di. 5 U o'ziga unashtirilgan qiz, homilador Maryam bilan birga ro'yxatdan o'tmoqchi bo'ldi. 6 Ular o'sha erda bo'lganlarida e'sa Maryamning oy-kuni to'ldi. 7 U o'zining to'ng'ich o'g'lini tug'di. Uni yo'rgaklab, oxurga yotqizib qo'ydi, chunki musofirxonada ularga joy yo'q e'di.

Cho'ponlar va farishtalar
8 O'sha yurtda cho'ponlar bor e'di. Ular tunda suruvlarini poylab, dalada tunar e'dilar. 9 To'satdan Xudovandning farishtasi ularning oldida paydo bo'ldi va ilohiy nur ularning ko'zlarini qamashtirdi. Bu dahshat cho'ponlarni vahimaga soldi.

10 – Qo'rqmanglar! – dedi ularga farishta. – Men sizlarga e'l-xalqni cheksiz quvontirajak Xushxabarni keltirdim. 11 Bugun Dovudlar shahrida sizlar uchun Xaloskor tug'ildi. U Rabbimiz – Masihdir. 12 Mana, sizlarga Uning belgisi: yo'rgaklangan, oxurda yotgan chaqaloqni topasizlar.


13 Birdaniga farishta yonida lak-lak samoviy qo'shinlar bo'y ko'rsatdi. Ular Xudoga hamdu sano aytishardi:

14 «Samodagi Xudoga hurmatu izzat,
      Erdagi bandalarga tinchligu marhamat!»


15 Farishtalar ular oldidan osmonga ko'tarilgan zamon, cho'ponlar o'zaro so'z qotdilar:

– Qani kelinglar, Baytlahmga borib, Xudovand bizga bildirgan bu voqeani ko'raylik!

16 Ular yugura borishib, Maryam, Yusuf va oxurda yotgan chaqaloqni topdilar. 17 Ko'rishiboq, chaqaloq haqida o'zlariga aytilgan bashoratdan so'zladilar. 18 Hamma e'shitganlar cho'ponlarning gapiga juda hayron bo'lishdi. 19 Maryam e'sa bu so'zlarning barini diliga tugib olib, chuqur o'ylab yurdi. Oxiri cho'ponlar:
20 – Biz hamma narsani ayni aytilganidek topdik, – deb, e'shitib ko'rganlari uchun Xudoga hamdu sano o'qib, qaytdilar.

No comments: