2007-11-13

Yomon odatlardan qutqarilish mumkinmi?

Ha. Qisqa va lo'nda. Oson. Murakkab e'mas.

Lekin bu javobni to'liqroq yoritadigan bo'lsak shularni aytishimiz kerak bo'ladi:
Yomon odatlardan qutqarilishi uchun imonli kishi Iso Masihga ishonishi kerak. Xuddi najot topish uchun Isoga va U xochda biz uchun qilgan ishiga ishonishimiz kerak bo'lganidek, hayotimizda uchta g'animdan g'alaba qozonishimiz uchun ham shunday yo'sinda Isoga ishonishimiz kerak.

Bizning uchta g'animimiz yoki dushmanimiz quyidagilar: shayton, dunyo va bashariy tanadir. Bularning uchchalasi ustidan g'alabani bizga faqat Iso bera oladi. Isodan tashqari hech kim buni bizga berolmaydi. Qidirib ham o'tirmang. Uddasidan chiqa olmaysiz. Chunki bizda faqat bitta Najotkor bor, Najotkor e'sa najot berish bilan band, ya'ni U bizga qutqarilish beradi.

Siz Iso Masihga ishonasizmi?
Siz najot topganmisiz?
Najot topgan bo'lsangiz, hayotingizda g'alaba qozonib yuribsizmi?
Bu savollarning bittasiga ham yo'q, deb javob bergan bo'lsangiz, Isoga ishoning deyman. Ana o'shanda siz najot topasiz va g'alabakor hayotga e'ga bo'lasiz.

Masihiy muallim.

No comments: