2007-11-13

Qutqarilish yoki najot topish uchun nima qilish kerak?

Ko'p yillar ilgari rimlik zindonbon havoriy Pavlusga e'ng muhim savollardan birini bergan e'di: “Najot topish uchun nima qilishim kerak?”
Pavlus o'sha zahotiyoq unga qisqa va lo'nda qilib javob qaytardi:
“Rabbimiz Iso Masihga ishongin, sen o'zing va butun xonadoning najot topasizlar”. (Havoriylar faoliyati 16:30-31).
Qutqarilish chindan ham shunday oddiy e'kan.
Nikodim ismli kishi ham Isoga deyarli shunday savol bergan e'di.
Iso unga javoban shunday dedi: “Senga rostini aytay: agar kim yuqoridan tug'ilmasa, Xudo saltanatini ko'rolmaydi.” (Yuhanno 3:1-8).

Bor odamzod gunohkor
Muqaddas Kalomda Rimliklarga yozilgan maktubda (3:23) “Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug'vorligidan mahrumdir,” deyilgan. Buning ma'nosi shuki, hamma odamlar gunoh qilgan, aniqrog'i gunohda tug'ilgan (gunohga botgan) va shuning uchun hamma Najotkorga muhtoj. Najotkorimiz e'sa Rabbimiz Iso Masihdir. Biz aytgan bu qoidaga hech qanday istisno yo'qdir, ya'ni men ham, siz ham, hattoki barcha boshqa odamlar ham gunohda tug'ilgan bo'lib, Najotkorga muhtojdir.
Pavlus Rimliklarga yozgan maktubida (6:23) “Gunohning e'vazi – o'lim,” deb yozgan.
Bu degani, agar bu masala hal qilinmasa, barcha odamlar to abad nobud bo'ladi demakdir. Xudoga ming qatla shukur bo'lsinki, U insoniyatni shunday gunohli holida tashlab qo'ymadi! Xudo bizni sevadi, ha, har birimizni sevadi. Xudo hech kimning halok bo'lishini istamaydi, balki har bir kishi tavba qilishini xohlaydi. (2-Butrus 3:9).

Xudo shu vaziyatda nima qildi?
Muqaddas Kitob ochiq shunday deydi: “Zero Xudo olamni (gunohkorlarni, ya'ni sizni) shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi, toki Unga ishongan har biri kishi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga e'ga bo'lsin”. (Yuhanno 3:16).

Buning ma'nosi nima e'kan?
Inson gunohkor bo'lgani uchun hech kim o'zini qutqara olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, buni amalga oshirishning iloji umuman yo'q. Aynan mana shu sabab uchun Xudo inson tanasida zohir bo'lib, bu dunyoga Maryam orqali keldi va nihoyat insoniyatni qutqarish uchun xochda o'ldi. Qutqarilish uchun nihoyatda katta baho to'langanligi hamma uchun oydin bo'lsa kerak. Xudoga sharaflar bo'lsin, chunki xohlagan kishi kelib hayotbaxsh suvni tekinga olishi mumkin bo'lishi uchun Iso Masih shunday katta bahoni to'ladi (Vahiy 22:17).

Rabbimiz Iso Masihga ishonishning ma'nosi (mag'zi) nimadan iborat?
Muqaddas Kitobda Pavlus shunday deydi:
“Agar sen Isoni Rabbim deb, og'zing bilan ochiq iqror e'tsang va Xudo Uni tiriltirganiga chin yurakdan inonsang, najot topasan. Chunki oqlanish uchun yurak bilan e''tiqod qilmoq, qutulish uchun og'iz bilan iqror bo'lmoq lozimdir.” (Rimliklarga maktub 19:9-10).
Rabbimiz Iso Masihga ishonish degani Iso Xudoning O'g'li e'kanligini faqatgina ongimiz bilan tan olishimiz kerak degani e'mas. Millionlab odamlar shunday yo'l tutgan bo'lsa-da, ular qutqarilmagan.
Muqaddas Kalom ishonish haqida so'zlaganda quyidagini ko'zda tutadi: kishi Isoni Xudo O'g'li sifatida qabul qilishi va Iso qilgan ishini, ya'ni xochda uning o'rnida gunohi uchun o'lib, uni qutqarganini tan olish kerak.
Buning uchun siz o'z Najotkorim deb Isoni va faqatgina Uni qabul qilishingiz kerak; Isoni hayotingizning Rabbiysi yoki Hukmroni deb tan olishingiz kerak va oxirgi nafasingizgacha butun qalbingiz, ongingiz, joningiz va bor kuchingiz bilan Isoga e'rgashishingiz kerak.

O'rin olish va moslashish
Ilgari ham aytganimizdek, inson o'z gunohi natijasida to abad o'limga mahkum bo'lgan va shuning uchun u o'zini qutqara olmaydi. Xudo buni bila turib, qutqarilish yoki najot yo'lini ochib berdi va e'ndi gunohkor odam solih bo'lishi mumkin bo'ldi. Bunga e'rishmoq uchun Xudo O'z O'g'lini bu dunyoga yubordi, U e'sa xochda O'z hayotini qurbon qildi va shu bilan biz to'lay olmaydigan bahoni U to'ladi. Bu baho Isoning qadrli qoni e'di.
Iso bizning o'rnimizni oldi. Buning ma'nosi nima?
Bu degani, biz odamlar o'zimiz uchun qila olmaydigan ishni Iso biz uchun bizning o'rnimizga amalga oshirdi. Inson gunohga botgani uchun shu gunoh uchun narx to'lashi kerak e'di. Hamma odamlar gunohkor va shu gunohlar uchun narx to'lash kerak e'di. Biz o'zimizni qutqara olmas e'dik, shuning uchun Xudo bizga Najotkorni berishi kerak bo'ldi. Xudoga shukurlar bo'lsinki, U bizga Iso Masihda Najotkor berdi. Xudo bizni sevgani uchun bizga najot yo'lini ko'rsatdi (Yuhanno 3:16).
Demak Iso bizning o'rnimizni olgan e'kan, e'ndi biz Isoni tan olsak, (ya'ni Iso bizning o'rnimizga xochda o'lganini qabul qilsak) – o'shanda najot topamiz. Qutqarilish chindan ham oson!
Iso bizning o'rnimizni oldi va agar biz Uni tan olsak, Xudo bizga abadiy hayot hadya e'tadi (Rimliklarga 6:23).

Ishonch, ishlar e'mas
Bunday sharafli va ajoyib Najotga e'rishishning birdan bir talabi Iso Masihga ishonishdir; Pavlus ham aytganidek Isoga imon keltirish kerak.
Buning ma'nosi nima?
Aslida bu juda ham oson. Xudovand har bir kishi bir xil imkoniyatga e'ga bo'lishi uchun shunday qutqarilish tartibini o'rnatgan.
Demak, najot topish uchun siz Iso qilgan ishiga ishonishingiz (imon keltirishingiz) kerak, hamda shaxsan o'zingizga shu imonni tadbiq e'tishingiz kerak e'kan. Xudo sizdan talab qiladigan narsa faqat shudir. Albatta, ishonish deganda, ilgariroq aytganimizdek, siz Iso Masih Rabbimizni o'z Najotkorim deb qabul qilishingiz, hamda Uni hayotingiz ustidan Hukmdor (Rabbiy) deb tan olishingiz kerak.
Birinchi navbatda o'zingiz gunohkor e'kanligingizni tushunib-bilishingiz kerak. Bu toifaga hamma odamlar kiradi (Rimliklarga 3:23). Bunday holatda bo'lganingiz uchun sizga Najotkor kerak. Bu olamda e'sa faqatgina bitta-yu bitta, yagona Najotkor bor; U insonning qutqarilishi bahosini to'ladi – va bu Najotkor – Rabbimiz Iso Masihdir. Boshqacha qilib aytganda, agar inson Iso Masihni qabul qilmasa, u najot topa olmaydi va qutqarilmaydi.
Millionlab odamlar ko'pgina va turli xil yo'llar bilan o'zlarining qutqarilishini sotib olmoqchi bo'ladilar, lekin najotga e'rishish uchun Masihni qabul qilish kerak, ular e'sa bunga amal qilmaydilar. Yana boshqa odamlar e'sa Masihga ishonib, qabul qilib, Masihga yana boshqa narsalarni qo'shmoqchi bo'ladilar.
Muqaddas Kalomda shunday deb yozilgan:
Ha, sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu – Xudoning in'omi, sizning yutug'ingiz e'mas. Yana hech kim: Men savob ishlarim tufayli qutulganman, deb maqtanmasin. (E'fesliklarga 2:8-9)
Buning ma'nosi shuki, masihiy jamoati sizni qutqara olmaydi; suvda cho'mib imon keltirish ham va hech qanday boshqa narsa sizga najot bera olmaydi. Boshqa marosimlar qanchalik muhim va ahamiyatli bo'lmasin, ular odamga najot bera olmaydi. Men bularni yozishimdan maqsad shuki, millionlab odamlar suvda cho'mib imon keltirish, yoki masihiy jamoatiga qo'shilish orqali yoki savob ishlar qilish orqali (va hakazo) najot topamiz deb o'ylaydilar.
Albatta, yuqorida aytilgan narsalar o'zlaricha ahamiyatli bo'lishi mumkin, lekin ular inson qutqarilishiga hech qanday aloqasi yo'q. Yuqorida aytganimizdek, har qanday kishi Iso Masihga ishonish orqali najot topadi.
Shuning uchun kishi har joyda ham najot topishi mumkin: masihiylar jamoatida, ko'chada, masihiy teledasturlarni ko'rish mobaynida, yoki masihiy radiodasturlarni e'shitish paytida yoki mana shu maqolani o'qish orqali ham qutqarilishi mumkin.
Insonning qaerdaligi e'mas, balki nimaga ishonishi chindan ham katta ahamiyatga e'ga.
Kishi Iso Masihni Rabbim, deb tili bilan e''tirof e'tgan va chindan yuragida shunga ishongan paytda, kishi qaerdaligidan qat'iy nazar, u najot topadi. Yuqorida ham bir necha marta takrorlaganimizdek – bu juda ham oson amalga oshiriladi.
Shunisi qiziqqi, zindonbon Pavlusdan “Najot topish uchun nima qilishim kerak?” deb so'ragan paytida u Pavlus va Sila bilan birga qamoq (zindon) ichida e'di. Dalillar shuni ko'rsatadiki, o'sha vaqtda zindon ichida shu kishi Rabbimiz Iso Masihga ishonib o'sha zahotiyoq najot topgan e'di (Havoriylar 16:27-34).

Vaqt soati etib keldi
Agar siz hali ham yuragingizni va hayotingizni Iso Masihga topshirmagan bo'lsangiz, mana hozir shuning vaqt soati etib keldi; istasangiz hozirning o'zida shuni amalga oshirsangiz bo'ladi.
Men sizdan quyidagi so'zlarni o'qishingizni iltimos qilaman va ovozingizni chiqarib aytishingizni so'rayman. Shu bilan birga men sizdan shu so'zlarga butun yuragingiz bilan ishonishingizni so'rayman; agar shunday qilsangiz shu zahotiyoq najot topasiz. Iltimos, shu so'zlarni ovoz chiqarib o'qing:

“Osmondagi qadrdon Xudovand, men oldinga adashgan gunohkor bo'lib kelyapman. Mening jonimni qutqarishingni va har qanday gunohdan meni poklashingni Sendan so'rayman. Menga najot kerakligini yuragim bilan tushunyapman va faqatgina Iso Masih orqali najot topish mumkinligini tan olaman. Men Isoni yuragimga qabul qilaman va menga najot berish maqsadda U men uchun xochda qilgan ishini tan olaman. Sening kalomingga itoatlik qilib, tilim bilan Isoni Rabbim deb e''tirof e'taman va yuragim bilan Xudo Uni o'limdan qayta tiriltirganiga ishonaman. Sen yolg'oni yo'q bo'lgan O'z kalomingda shunday degansan: Chunki “Rabbimiz ismini chaqiradigan har bir kishi najot topur” (Rimliklarga 10:13). Sen aytganingdek men ham ismingni chaqirdim va hozirning o'zida men najot topganimga ishonaman”.

Agar siz chin dildan shu yozilgan so'zlarni aytgan bo'lsangiz va yuragingizda Rabbiy Iso Masihga ishongan bo'lsangiz – unda siz hozir qutqarildingiz va ismingiz Qo'zining Hayot kitobida yozildi.
Tabriklayman!

No comments: