2007-11-13

Javob hochda topiladi

Muqaddas Kalomning Leviylar kitobida, 17-bobning 1- va 2-oyatlarida shuni o'qisak bo'ladi: “Xudovand Musoga gapirib dedi, - Horun, uning o'g'illari va butun Isroil farzandlariga shunday degin, - Xudovand shuni amr qilayotir”.

Bu bobda aniq qilib “Qon bilan jon poklanadi” deb ko'rsatilgan. Bu haqda Makintosh ismli Muqaddas Kalom olimi shunday degan: “Men Ibtidoning uchinchi bobidan boshlab to Vahiy kitobining oxirigacha qaraydigan bo'lsam, solihlikning asosi sifatida Iso Masihning qoni qo'yilganligini ko'raman. Bizga kechirim, tinchlik, hayot hamda solihlik faqatgina qon orqali beriladi va qon o'rnini hech narsa e'gallay olmaydi. Butun Leviylar kitobida va ayniqsa 17-bobda Qon ta'limoti talqin qilinadi. Bu mavzu shunchalik ochiq va oydin takrorlab ta'kidlanishi – Muqaddas Kalomni o'rganayotgan har bir kishi uchun g'alati tuyulishi mumkin. Buning sababi shuki, ongimiz juda osonlik bilan Kalomda keltirilgan aniq guvohlikdan o'girilib ketadi. Ko'pincha biz dastavval turli xil fikrlarni Ilohiy guvohlik asosida sinchiklab tekshirib ko'rmasdan turib, shu fikrlarni qabul qilishga tayyormiz. Shunday ish tutib biz osonlik bilan chalkashlik, qorong'ulik va xatoga duchor bo'lamiz.”
“Biz Masih qoniga o'ziga xos o'rinni berishni o'rganishimiz kerak. Xudo nazarida Isoning qoni juda ham katta qadrga e'ga bo'lgani uchun, U unga qandaydir narsa qo'shilishi yoki aralashishiga yo'l qo'ymaydi.”

Muqaddas Kalom – xoch hikoyasi
Mana shu sarlavha so'zlari o'rnini almashtirib, “Xoch – Muqaddas Kalom hikoyasi” deb o'qisak ham bo'ladi. Agar kimda-kim Kalomni to'g'riligicha o'rganib olsa, u xochni o'rgangan bo'ladi; xuddi shu gapni aylantirib aksini aytsak ham bo'ladi, ya'ni agar kimda-kim xochni o'rganib olsa, u Kalomni o'rgangan bo'ladi. Ular yagona va bir xildir!
Agar siz Xudoning Kalomini to'g'ri tushunsangiz, unda xochni ham to'g'ri tushungan bo'lasiz. Xuddi shunga o'xshab, agar kimdir xochni tushunmasa, u albatta shu paytning o'zida Kalomni ham noto'g'ri tushunadi. Bunday yo'l odamni ruhiy xalokatga etaklaydi.
Odam gunoh qilgan vaqtdan beri (Ibtido 3:15) to Vahiy kitobining oxirigacha (Vahiy 22:21) xoch Xudo Kalomining markaziy mavzusi (shiori) e'kanligi ko'rsak bo'ladi. Xudo Kalomini boshqacha qilib tushunishga harakat qilish – Kalomni noto'g'ri tushunmoq demakdir.
Xoch haqida gaplashganda, u haqda Rabbimiz buyruq berganligini bilib olamiz.

Oxirgi zamonlardagi imondan qaytish
Oxirgi kunlardagi yoki oxirgi zamonlardagi imondan qaytish – xochdan tonish, voz kechish bilan belgilanadi. Pavlus shunay deydi: “Xudo Ruhi (Muqaddas Ruh) yaqqol aytyaptiki, oxirgi zamonlarda (biz hozir yashayotgan kunlarda) ba'zi odamlar imondan qaytadilar. Ular yo'ldan ozdiruvchi ruhlarga, jin ta'limotiga quloq soladilar”. (Timo'tiyga birinchi maktub 4:1).
Biz imon deganda “Iso Masih va Uning xochga mixlangani”ni tushunamiz (1-Korinfliklarga 1:23; 2:2).
Oxirgi 10-20 yil ichida shunday imondan qaytib ketganlar juda ko'p bo'ldi. Lekin shu bilan birga Rabbimiz bunday yovuzlikka qarshi chiqib, masihiylar jamoati va dunyo uchun xoch haqidagi xabarni taklif qilyapti; bu safar ilgarigi paytlardan ham kuchliroq xabar berilmoqda. Shu so'zlarni o'qiyapgan kishi shuni tushunsinki, xochni tushunish butun Yangi Ahdni tushunish demakdir. Shu xabarni Xudovand havoriy Pavlusga bergan e'di, u e'sa o'z navbatida bizga 14 maktbularida yozib qoldirgan. Shunday qilib, xochni tushunish faqatgina qandaydir ta'limotni (doktrinani) tushunish e'mas, balki hamma ta'limotlarning asosini yoki poydevorini tushunishdir. Barcha ta'limotlar xoch asosi ustida qurilishi shart, aks holda bunday ta'limot yolg'on ta'limotga aylanib qoladi.
Pavlus yashagan davrda xoch xabariga Yahudiychilar qarshi chiqqan. Bular Yahudiy millatiga mansub masihiylar bo'lib, ular Xudo inoyatiga qonunni qo'shishga harakat qilar e'dilar. Boshqacha qilib aytganda, ular faqat og'izlarida xoch xabarini tan olar e'di, lekin ular asosan “majusiylar (ya'ni g'ayri-yahudiylar) najot topishlari uchun qonunga ham rioya qilishlari kerak” derdilar. Bu masala qisman Quddusdagi buyuk kengashda hal qilingan e'di (Havoriylar faoliyati 15-bob), to'liqligicha hal qilinmagandi. Kengashda majusiylar bo'yniga Qonunni yuklamaslikka qaror qilingan e'di, shunda ham ayrim yahudiylar shu masalani keyinchalik ham ko'taraverdilar va bu bilan Pavlusga ko'p qiyinchiliklar keltirishdi. Kimdir aytganidek, Yahudiylik masihiy jamoatini dunyoga keltirgan bilan birga, uning o'limiga ham sabab bo'lishiga sal qolgan e'di.
Hozirgi kunda ham “Qonun-mi yoki Inoyat-mi?” degan muammo oramizda mavjud, lekin hozir u juda mug'ombirlik yo'li bilan harakat qilmoqda.

Qonun
Hozirgi kunda va'zxonlar e'ndi Muso qonunini ilgari surmasalar ham, ularning ko'pi boshqacha “qonunni” ilgari suradilar. Bu qonunni ularning o'zi yoki boshqa kishilar o'ylab topgan bo'ladilar. Nima bo'lganda ham, o'sha muammo hali ham o'zgargani yo'q, shu bilan birga uning ziyoni ham o'zgargan e'mas. Shunday qilib, qonun deganimizda biz Muso qonuni, va'zxonlar yoki jamoatlar o'ylab topgan qonunni yoki umuman boshqacha qonunni ko'zda tutamiz. Nima bo'lganda ham qonunni Inoyat bilan aralashtirib bo'lmaydi. Pavlus shunday degan: “Men Xudoning inoyatini inkor qilmayman. Agar Ilohiy Qonunga amal qilish bilan oqlanish mumkin bo'lganda e'di, u holda Masih behuda o'lgan bo'lardi.” (Galatiyaliklarga 2:21).
Aziz havoriy bu erda bizga qonun yoki qonunlar Xudoning Inoyatini inkor qilishi yoki buzishi mumkin, deb aytmoqda. Bu degani qonun bo'lgan joyda Xudo Inoyati o'z ishini amalga oshira olmaydi demakdir.
Biz shu bilan nima demoqchimiz?
Biz bu erda muhokama qilyapgan masala shubhasiz imonli kishining yuragi va hayotidagi yagona e'ng muhim masaladir. Agar imonli kishi qanday qilib Inoyatda yashashni bilmasa, o'zi shuni bilishi yo bilmasligidan farqli ravishda, u qonun ostida yashayotgan bo'ladi. Qonun e'sa faqat yomon ahvolni undanam besh battar qiladi. Imonli odam qanchalik ko'p harakat qilmasin, qanchalik g'ayratli bo'lmasin, qanchalik bag'ishlangan bo'lmasin, baribir u g'alaba qozona olmaydi, faqat mag'lubiyatga uchraydi – uning bu mag'lubiyati borgan sari battarlashib ketadi.

Xudovand Inoyati
Imonli kishi Xudovand Inoyatini tushunishining va uning yuragida hamda hayotida Inoyat to'xtamasdan harakat qilishining yagona yo'li bor, bu ham bo'lsa xochni tushunish va unga ishonishdir. Shunday keyin bor Inoyatni boshqaruvchi Muqaddas Ruh imonli kishi hayotida g'alaba qozonishiga kafolat beradi. “Masih orqali biz hammamiz bir Ruh bilan Otamiz Xudoning huzuriga kira olamiz”. (E'fesliklarga 2:18).
Agar siz xochni to'g'ri tushunmasangiz, Xudovand Inoyatiga e'ga bo'lolmaysiz ham, unday bahramand bo'lolmaysiz ham. Xoch va Kalom bir xil bo'lgani uchun, xoch va Inoyat ham bir xil desak bo'ladi.
Xudo Inoyati – noloyiq ishonuvchiga qaratilgan Xudoning e'zguligi, yaxshiligidir. Yuqorida aytganimizdek, Muqaddas Ruh Inoyat yoki e'zgulikni boshqaradi va U Masihning bitirgan (yakunlagan) ishi chegarasida ishlaydi. “Shunday qilib, Iso Masih ummati bo'lganlarga qarshi e'ndi hech bir mahkumlik yo'qdir. Iso Masih ummatiga hayot beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi. Chunki Iso Masihni tiriltirgan Xudoning Ruhi sizning vujudingizda yashayapti. Agar Xudo O'z Ruhi qudratida Masihni tiriltirgan bo'lsa, U ichingizdagi o'sha Ruh orqali sizning foniy badanlaringizni ham tiriltirajak.” (Rimliklarga 8:1-2, 11).
Biroq, aksari masihiylar xochni tushunmaydilar, chunki ko'pgina va'zxonlar bu mavzuda so'zlamaydilar. Oqibatda imonlilar qonun ostida yashaydilar, chunki boshqacha yashashga iloj yo'q. Inson yoki qonun, yo Inoyat ostida yashaydi, agar kimdir Inoyat kaliti bo'lgan xochni tushunmasa, demak u noiloj faqat qonun ostida yashashiga to'g'ri keladi.
Agar imonlilarda muammolar bo'lsa, va ko'p imonlilarda muammolar bor, ular o'z cho'ponlari oldiga boradilar. O'shanda cho'ponlari ularga deyarli har bir safar, “Sen e'ndi ko'proq harakat qilishing kerak” deydilar. Bu cho'pon o'zi ham to'g'ri yo'lni bilmagani uchun shunday deydi. Gapni rostini aytsak, oddiy imonlida bo'lgan muammolar shu cho'ponda ham bor, balki uning ahvoli ancha yomonroq bo'lishi ham mumkin.
Xudo uchun yashash va g'alabakor hayot kechirish “ko'proq harakat qilish”ga aslo bog'liq e'mas. Kishi qanchalik ko'p kuch ishlatmasin, qanchalik g'ayratli bo'lmasin, ilgariroq aytganimizdek, qanchalik bag'ishlangan bo'lmasin, bunday usul orqali u g'alabaga e'risha olmaydi. Aksiga olib, hayotidagi muammoli vaziyati bunday besh battar bo'lib ketaveradi.
Xochni tushunmasdan turib, jamoat nima qilar e'kan?

Noto'g'ri yo'nalishlar
Agar e''tibor bersangiz g'arbdagi jamoatlar bir yo'nalishdan boshqasiga o'tib yuribdi. 1950 yillarda hamma muammo yovuz ruhlarda deyishardi. Boshqacha qilib aytganda ko'p kishilar aytishicha agar masihiylarda muammolar bo'lsa, demak ularni yovuz ruhlar boshqaryapgan bo'ladi. Ya'ni agar kishi achchiqlansa, demak unda achchiqlanish yovuz ruhi bor, va hakozo deyishar e'di. Bundan qutulish uchun e'sa shu masihiydan ayni yovuz ruhni haydab chiqarish kerak e'kan va ana shunda ularda shu muammo hal qilingan bo'ladi. Bunday ahmoqgarchilikni e''lon qilgan ayrim jamoatlarda odamlar katta navbatlarga turishib, kerakli yovuz ruhni haydab chiqarib g'alabaga e'rishishga umid qilishar e'di. Bunday hodisa 1960 yillargacha davom e'tdi, hozir ham ayrim jamoatlar shunday fikrlardan qaytishmagan.
O'sha yillarda men o'zim muqaddaslikka e'ltuvchi xochni tushunmas e'dim, lekin yuqoridagi ta'limot noto'g'ri e'kanligini bilar e'dim. Men buni ochiq va baland ovoz bilan aytar e'dim. Buning uchun boshqa ko'pgina va'zxonlarning menga jahli chiqdi, lekin bu Muqaddas Kitobga binoan e'masligin bilar e'dim.
To'g'ri hamma masihiylarda qachondir o'z hayotida yovuz ruhlar tomonidan muammolari bo'lishi mumkin, biroq masihiylar ichida yovuz ruhlar bo'lmaydi. Muqaddas Ruh O'z ma'badida yovuz ruhlar bilan birga turmaydi (1-Korinfliklarga 3:16).
Kim bo'lsa ham to'xtab, Xudoning Kalomida bunday narsani uchratib bo'lmasligini bir-oz o'ylab ko'rdimikin? Bu narsa Kalomda yo'q, chunki u Muqaddas Kitobga asoslanmagan. Albatta yovuz ruhlar chindan ham mavjudligini, hamda yovuz ruhlar ko'plab najot topmagan odamlar ichida yashashini biz tan olamiz; yovuz ruhlar shu bilan birga ko'pgina masihiylarga to'sqinlik qiladi, chunki imonlilar xochni tushunmaydilar, xoch e'sa butun g'alabaning siridir. Iso shunday deydi: “Sizlar haqiqatni bilib olasizlar, haqiqat e'sa sizlarni ozod qiladi.” (Yuhanno 8:32). Va'zxonlar masihiylar boshiga qo'l qo'yib, yovuz ruhlarni haydashi haqida Iso hech narsa demadi, balki imonlilarga haqiqat berilishi kerakligini aytyapti; haqiqat e'sa xoch haqidagi xabardir va bu xabarni Iso keyinroq Pavlusga ochib beradi (Rimliklarga 6:3-14). Iltimos quyidagiga e''tibor bering:
Iso Nosira shahrida xizmat qilyapganda shunday deydi: “Xudovandning Ruhi Menga yor. U Meni muqaddas moy-la moyladi. Bechoralarga mujda etkazmoq uchun, dilabgorlarga shifo bermoq uchun, asirga: ozod bo'lgil, basirga: ochilsin ko'zing, demoq-chun, mazlumga e'rkinlikni e''lon e'tib, Marhamat yili bo'lgay, demoq-chun, Xudovand Meni yubordi.” (Luqo 4:18-19).
Agar e''tibor bersangiz, bu erda Iso “mazlumga e'rkinlikni e''lon e'tish” yoki yunon tilida “mazlumga e'rkinlikni va'z qilish” uchun Xudo Uni yuborganligini aytmoqda. Boshqacha qilib aytganda, mazlum (ya'ni asir kishi) e'rkin bo'lishining yagona yo'li – ularga haqiqatni va'z (e''lon) qilishdir. Xo'sh, haqiqat nima e'kan?

Haqiqat
Haqiqat - “Iso Masih va Uning xochga mixlangani”dan iboratdir (Rimliklarga 5:1; 6:3-14; 8:1-2, 11; 1-Korifliklarga 1:17-18, 21, 23; 2:2, 5; Galatiyaliklarga 5:1-6; 6:14; E'fesliklarga 2:13-18; Kolosaliklarga 2:14-15). Demak biz Xochni va'z (e''lon) qilishimiz kerak e'kan!
1970 yillardan to 1980 yillargacha “o'zlik qadri g'oyasi” ilgari surildi. Ayrim va'zxonlar aytishicha, muammoga javob kishining o'z qadr-qimmatini bilishda topilar e'mish. Boshqacha qilib aytganda, agar odamda muammolar bor bo'lsa, demak shu kishi o'z qadrini past tutyapgan bo'ladi (o'zini kamsitish) va buni to'g'irlash uchun u o'zini qadrini ortirishi kerak e'kan.
Bu ta'limot ahmoqqona e'kanligi shunday bilinib turibdi-ki, biz buni tushuntirishga ham xarakat qilmaymiz, shunday ham ko'pgina va'zxonlar shu ahmoqqona ta'limotni qo'llab yuribdilar.
Haqiqatdan e'sa, hamma muammo shu “o'zlik”dadir, kishida past yoki yuqori o'zlik qadri bo'lgani muammoni ko'rsatadi. Nima bo'lganda ham muammo o'zlikdadir. O'zlik muammosini hal qilishning yagona yo'li bu – o'zlik Masihda joy topishidir, ya'ni aniqrog'i o'zlik xochga joylanishi kerak (Luqo 9:23-24). Biroq masihiylar jamoatidagi ko'pgina imonlilar yuqorida aytilgan ahmoq ta'limotga ishonib yuribdilar!
1980 yillarda e'sa “do'st tizimi” juda keng tarqalib ketdi. Bu tizim bo'yicha har bir imonli kishi o'zi uchun boshqa imonli va ishonarli do'st topishi kerak e'kan, ular birga imonda tursalar ular hamma muammolarni hal qilar e'kanlar, va hakazo.
Yana bir marta Pavlusning so'zlarini keltiraman: “Agar shunday ta'limotlarga amal qilish bilan oqlanish mumkin bo'lganda e'di, u holda Masih behuda o'lgan bo'lardi.”.
1990 yillar boshida “kulish fenomeni” keng tarqaldi, buni ham ko'pchilik g'alaba qozonish uchun yo'l deb aytishar e'di. Keyinchalik 90 yillarning o'rtalarida “qulab tushish” fenomeni yana qayta paydo bo'ldi. Buning tarafdorlari kimda shunday hodisa ro'y bersa, u shu orqali g'alaba topadi va hokazo, deb aytar e'dilar.
Albatta shu oxirgi hodisa ayrim paytlarda Xudo huzurida ro'y beradi, lekin bu faqat hodisadir yoki ro'y beradigan holdir. Xudo farzandi bunga o'xshash hodisalar orqali g'alabaga e'risha olmaydi; bunday hodisa va hollar Xudodan kelgan va Muqaddas Kalomga zid e'mas bo'lishi mumkin. Yana bir bor Masih aytgan so'zlarga qaytib boraylik: “Sizlar haqiqatni bilib olasizlar, haqiqat e'sa sizlarni ozod qiladi.” (Yuhanno 8:32).
Shunga o'xshash narsalar bo'lib turganda masihiylar jamoatidagi ayrim kishilar gumanistik psixologiyani ilgari surishmoqda; bu ham noto'g'ri e'kanligini aytib o'tishimiz kerak. Bunday kishilar boshqa yuqorida aytilgan ta'limotlarni hammasini qo'llab ko'rib, faqat ular amalda hech qanday natija bermasligini ko'rib, e'ndi e'sa nima qilishni bilmasdan – foniy dunyoga murojaat qilishmoqda. Afsuski, gumanistik psixologiyada yoki dunyo taklif qiladigan har qanday narsada hech qanday masalaning echimi yo'q, ular faqat ziyon keltirishi mumkin!

Javob xochda topiladi
Gunohkor kishida yoki imonli kishida bo'lgan har qanday muammoning javobi xochda va faqatgina xochdadir!
Xoch chalkash, murakkab g'oya e'mas, balki Rabbimiz bergan inson muammosining echimi, javobidir. Boshqacha qilib aytganda Iso Masih xochda amalga oshirgan ishi insonning barcha muammolarini echib beradi, bu qanday muammo bo'lishidan qat'iy nazar, hech qanday muammo bundan istisno e'mas! Menimcha bundan osonroq yoki oydinroq qilib ayta olmasam kerak. Imonsiz kishi muammolarining echimi (bu muammolar qanday va qanchalik yomon bo'lishidan qat'iy nazar) Masihning xochida topiladi, ilgari ham aytganimizdek yana aytaylik, faqatgina Masih xochida topiladi. Agar najot topmagan kishi Xudoning kalomini e'shitsa unga Muqaddas Ruh ishonch (imon) beradi, shundan keyin bu kishi faqatgina Isoga imon keltirib, Masihga yaqinlashsa, uning butun hayoti o'zgarishi mumkin (millionlab odamlarning hayoti xuddi shu yo'sinda o'zgargan e'di). Gunohkor kishi uchun mana shu yagona umid va muammoning echimidir (Yuhanno 3:3, 16).
Xuddi mana shunday yo'l bilan, Xudo farzandining barcha muammolari va masalalarining echimi (ular qanday bo'lishlaridan qat'iy nazar) – Masih xochida topiladi. Lekin shayton nima qiladi?
U bor kuchi bilan masihiy kishi boshqa joylarda muammolar echimini qidirishini istaydi va shunga harakat qiladi. U bor kuchi bilan xoch haqidagi xabarga qarshi kurash olib boradi. Biz nimalarga ishonimiz bilan shaytonning ishi yo'q, faqatgina biz xochga ishonmasak bo'ldi. U xochda va faqat xochda engilib, mag'lubiyatga uchragan e'di. Masih shayton ustidan g'alaba qozonib, insonlarni asir tutish qonuniy huquqini undan tortib oldi. Iso Masih O'z qonini to'kish orqali shu huquqni oldi va Uning qoni hamma gunohlarni kechirib, ularni qopladi (Kolosaliklarga 2:14-15). [Gunohlar kechirimi haqida Muqaddas Kitobning Leviylar 17-bobida o'qisa bo'ladi.]
Agar imonli kishi Xudodan qabul qilgan har bir narsa (u nima bo'lishidan qat'iy nazar) faqatgina xoch vositasi orqali unga kelishini tushunsa, shu orqali o'z imonini xochga qaratadi. U boshqa narsalarga imonini qo'ymasa, Muqaddas Ruh uning hayotida harakat qilishni boshlab, Xudo Inoyati to'liqligacha namoyon bo'lishiga yo'l ochib beradi. Ana o'shanda shu imonli kishi g'alabaga e'rishadi va bunday g'alabani u ilgari ko'rmagan bo'ladi, chunki bu doimiy g'alaba bo'ladi. Suyukli Yuhanno aytganidek: “Xudoning har bir farzandi dunyoni engadi. Mana shu bizning imonimiz dunyo ustidan g'olib chiqdi.” (1-Yuhanno 5:4).

(Jimmi Svaggart Muqaddas Kitob talqinidan olingan, Leviylar 17-bob).
(Jimmy Swaggart Bible Commentary, Levites 17)

No comments: