2008-12-30

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:6)

1:6-oyat
“Hayronman, sizlar qanchalik tez Masihning inoyatli da'vatidan yuz o'girib, boshqa bir “Injil”ga sajda qildingizlar!”
Shu oyatning aniqroq tarjimasi: “Hayronman, sizlar qanchalik tez Masih inoyatiga da'vat qilgan Zotdan yuz o'girib, boshqa bir “Injil”ga e''tibor beryapsiz yoki qarayapsiz.”
Iso Masih inoyati
Pavlus mana shu masihiylar qilgan ishini ko'rib, juda hayron bo'lyapti. Chunki ularni Masih inoyatiga Xudo chaqirgan (da'vat qilgan) e'di va qutqargan e'di. E'ndi e'sa ular Masih inoyatini tashlab (keyingi oyatlardan buni ko'rib chiqamiz), boshqa xabarga e''tibor qarata boshlashdi.
Masih inoyatining mag'zi shundan iboratki, inson o'zi o'zini qutqara olmagani uchun, uning o'rniga buni Xudo amalga oshirdi va e'ndi inson faqat shu xushxabarga ishonib, boshqa hech narsa qilmay najot topadi. Lekin bu masihiylar shunday inoyat orqali qutqarilganlaridan keyin, Xudoga manzur bo'lish uchun E'ski Ahddagi qonun-qoidalarga rioya qilishimiz kerak degan noto'g'ri xulosaga kelishadi. Bunday xulosaga kelishda ularga ayrim yaxudiylar “yordam” bergan bo'ladi; ularning gapiga qaraganda majusiylar (ya'ni yahudiy bo'lmagan odamlar) Iso Masihni qabul qilib najot topganlaridan keyin, e'ndi Muso qonunini bajarishlari kerak e'kan (Havoriylar 15:1). Lekin bu fikr Xudo inoyatining mag'ziga yoki ildiziga bolta solar e'di.
Mana bu oyatlarda Masih inoyati nima e'kanligi tushuntirilgan – E'fesliklarga 2:8-9; Rimliklarga 3:20, 27; 4:4-5; 11:6. O'sha oyatlardan xulosa chiqarsak, agar kishi Xudoga manzur bo'lish uchun qandaydir ish qilishim kerak, deb o'ylasa, demak u inoyat e'mas, balki ishlar asosida oqlanmoqchi bo'ladi va o'z ishlari uchun to'lov olmoqchi bo'ladi. Ammo buning iloji yo'q, aks olda Iso bu erga kelib, bizning gunohimiz uchun o'lmagan bo'lar e'di. Shunday qilib, kim qilgan ishiga ishona boshlasa va shu bilan inoyatdan yuz o'girsa, shu bilan u “Iso Masih xochda bekorga o'ldi”, degan bo'ladi, yoki “Iso xochda qilgan ishi etarli e'mas”, degan bo'ladi. Bu juda ham xavfli fikr va bu yo'nalishda yurgan kishi oxiri najotidan judo bo'ladi va do'zahiy bo'lib qoladi. Aynan mana shu sabablarga ko'ra Pavlus shunday tarzda maktub yozgan.
Galatalik imonlilar juda tez inoyat xabaridan yuz o'girishgan e'di, shu Pavlusni ajablantirar e'di. Ular “boshqa” xushxabarga ishona boshlashdi; agar xabarda Iso va uning xochda qilgan ishi yo'q bo'lsa, bu xabar “boshqa xushxabarga” aylanadi. Haqiqiy xushxabar bilan boshqa xushxabar o'rtasida xuddi tirik asalari bilan qog'ozga chizilgan asalari o'rtasidagidek farq bor. Tirik asalari uchadi, guldan asal teradi va hakazo; chizilgan asalari e'sa hech narsa qilmaydi, faqat asalariga tashqaridan o'xshaydi xolos. Xuddi shunday ravishda haqiqiy xushxabar odamlarga najot beradi, ularni o'zgartiradi va Xudoga olib boradi; sohta, boshqa xushxabar e'sa odamga najot bermaydi, uni o'zgartirmaydi va aksincha odamni Xudodan o'zoqlashtiradi.

No comments: