2008-12-21

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:4)

1:4-oyat
Iso Masih bizni hozirgi yovuz asrdan qutqarmoqchi bo'lib, gunohlarimiz uchun O'zini fido qildi, shu yo'sin Otamiz Xudoning irodasini ado e'tdi.

Bu oyatda Isoning xochda qilgan qurbonligi va uning maqsadi haqida gapiriladi. Iso xochda bizning gunohlarimiz jazosini tortdi; E'ski Ahdda kishi o'zi qilgan gunohi uchun begunoh qo'zini qurbonlik qilganidek, Iso ham bizning o'rnimizni e'gallab, haqiqiy Qurbonlik Qo'zisi sifatida gunohimiz oqibatini (jazosini), ya'ni o'limni O'z ustiga oldi. Bundan maqsad bizni mana shu yovuz dunyo tizimidan (yovuz asrdan) qutqarish e'di. Bu dunyo shayton hukmronligi ostida yotibdi; Isoni Rabbiy deb qabul qilmagan har bir kishi shayton hukmronligi ostida bo'ladi va shuning uchun shayton quli hisoblanadi; ya'ni ular shaytonga qaram bo'ladi. Faqatgina Iso qilgan ishga ishongan kishi shu yovuz dunyodan qutqariladi, nafaqat dunyodan, balki shayton va bashariy tana hukmronligidan ham ozod bo'ladi (bashariy tana haqida keyingi maqollarda xabar beramiz).
Isoning xochda bizning gunohlarimiz uchun o'lishi Xudoning irodasi e'di. Bu reja er yaratilishidan ilgari Xudo tomonidan tuzilgan e'di (Vahiy 13:8), oxiratda ham Iso qurbon bo'lgan qo'zi sifatida bizga ko'rinadi; shulardan ham Isoning xochdagi o'limi va qayta tirilishi qanchalik buyuk ahamiyatga e'ga e'kanligini ko'rsa bo'ladi.
Odamlar (yaxudiylar va rimliklar) Isoni jonini olib, o'z irodalari bilan o'ldirmadilar, balki Isoning O'zi shunga rozi bo'ldi va shu orqali Xudo Ota irodasini amalga oshirgan e'di. Albatta yahudiylar va rimliklarga Uni o'ldirganlari uchun javobgardir, lekin Iso aytganidek, U jonini biz uchun O'z xohishi bilan fido qildi (Yuhanno 10:17-18).
E'ski Ahddagi qurbonliklar va turli xil marosimlar aynan Isoning xochda o'lishiga ishora qiluvchi belgilar e'di; shuning uchun Qonun faqatgina soya e'di va kelajakdagi borliq haqida (ya'ni Iso qilgan ishga) guvohlik berardi.
Iso qilgan ishning samarasi yoki foydasiga e'ga bo'lish inson Isoning xochda o'lganiga ishonishi va Isoni Rabbiy, deb qabul qilishi kerak. Demak, inson najot topish uchun ham ishonchini Isoga qaratishi kerak, najot topgandan keyin muqaddaslanish uchun ham ishonchini Isoga har kuni qaratishi kerak. Ishonchimiz kimga qaratilgani juda katta ahamiyatga e'ga, shuni doim e'sda tutishimiz kerak.

No comments: