2009-01-10

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:7)

1:7-oyat
“Aslida boshqa Injil yo'q. Faqat ba'zilar sizlarni chalg'itib, Masih Xushxabarini buzib ko'rsatishni xohlaydilar”.
Avval Pavlus, kimki o'z xabarida Isoni xochda o'lganini aytmasa, u Injil xushxabarini aytmayapgan bo'ladi, deydi; va bu xushxabarni “boshqa xushxabar” deydi; ya'ni Isoning Injil xushxabaridan boshqa demoqchi. Keyin 7-oyatda u “aslida boshqa Injil (yoki xushxabar) yo'q” deydi, ya'ni agar Isoning xochda qilgan ishi aytilmasa, unday xushxabar noxush xabar bo'lib qoladi. Chunki agar xabar insonni Xudoga etaklovchi yo'ldan uzoqlashtirsa, bunday xabar - xushxabar e'mas, balki yomon xabar bo'lib qoladi. Mana shuni nazarda tutib, Pavlus aslida boshqa xushxabar yo'q depti.
E'ndi e'sa bu noxush xabar manbai va u o'zi nimaligini bizga ko'rsatyapti. Uning manbai - odamlar e'di, ular galatiyaliklarni chalg'itib, to'g'ri yo'ldan ozdirmoqchi e'dilar. Ularning o'zlari adashgan bo'lib, biroq o'zlarini to'g'ri yo'ldamiz, deb o'ylashardi, shuning uchun boshqalarni ham o'zlariga qo'shilishlarini undardilar. Yuqorida aytganimizdek, bular asosan yaxudiylar e'di, ular majusiylikdan masihiy bo'lgan odamlarga, “siz e'ndi Muso Qonunini bajarishingiz kerak” derdilar.
Bu noxush xabar maqsadi Masih xushxabarini o'zgartirishdan iborat e'di. Albatta buning ortida shayton turadi; u xushxabarni inkor qila olmasdan, uni buzishga harakat qiladi. Bunga misol qilib qalbaki pullarni olsak bo'ladi: qalloblar qalbaki pul qilganda avval haqiqiy pullarni yaxshilab o'rganib chiqadi va keyin haqiqiyga o'xshaydigan pullarni yasashga kirishadi. Bunda masalan AQSh dollarini qalbakilashtirmoqchi bo'lsalar, ular 1, 5, 10, 20, 50 va 100 dollarlik pullarni yasaydilar; ular 3 yoki 60 dollarlik qog'oz pul qilmaydilar, chunki aslida bunday pulning o'zi yo'q, bunday qilsalar ular qalbakiligi darrov bilinib qoladi. Xuddi shunday yo'sinda ayrim odamlar shayton boshchiligida Injil xushxabarin buzmoqchi bo'ladilar. Bunda ular asosan Iso Masihga va U xochda qilgan ishga hujum qiladilar. Zero faqat Iso Masihga ishonish va U xochda biz uchun qilgan ishiga ishonish orqali inson najot topadi va keyinchalik muqaddaslanadi. Agar shu asosiy narsani xushxabardan olib tashlasangiz, unda xushxabardan hech ham foyda qolmaydi. Ko'pgina jamoatlarning to'g'ri yo'ldan ozishi ham mana shunday bo'lgan. Ular paydo bo'lishidan boshlab, Iso Masihni xochda qilgan ishini targ'ib qiladilar, biroq keyinchalik boshqa narsalarga e''tibor bera boshlashadi va boshqa xabarni va'z qila boshlaydilar. Ana shunday vaziyatda Muqaddas Ruh bunday jamoatlar va odamlarda harakat qila olmaydi va ular Muqaddas Ruh yordami va quvvatisiz qoladilar, bu e'sa oxrida ruhiy o'limga olib keladi. Shuning uchun masihiyning e'ng oliy maqsadi injil xushxabarini o'zgartirmas saqlash va boshqalarga shunday holda va'z qilishdir.

No comments: