2008-12-11

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:1-2)

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini

Bugundan boshlab, bir birodarimiz yoki opamiz iltimosiga binoan, Galatiyaliklarga yozilgan maktubning talqinini yozib boraman. Masihiy muxlislarimizda savollar yoki izohlar bo'lsa menga e'lektron pochta orqali xat yozishingiz mumkin, yoki mana shu maqola tagida komment yozsangiz bo'ladi; yozgan kommentingiz o'sha zaxoti chiqmasa ham, men uni tez oradi olaman va unga javob yozaman. Xudo inoyati sizga yor bo'lsin!

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini

Masihiy muallim talqini
Internetdagi sahifa: http://masihiymuallim.blogspot.com/


1-bob
1-oyat
Insonlar tomonidan e'mas, inson orqali ham e'mas, balki Iso Masih va Uni tiriltirgan Otamiz Xudo tomonidan havoriy qilib tayinlangan men – Pavlus,

Birinchi oyatda bu maktub mualiffi Pavlus e'kanligini bilib olamiz. Ayrim maktublarning muallfi Pavlus bo'lsada, u aytgan so'zlarni boshqa inson, ya'ni Pavlusning yordamchilari yozgan bo'lishi mumkin.
Bu oyatda u o'zining havoriy (apostol, ya'ni e'lchi) e'kanligini ta'kidlab o'tadi; uni insonlar havoriy deb nomlamagan, balki Iso Masih orqali Xudo Ota Pavlusni havoriy deb tayinlagan e'di. Nega Pavlus bu erda o'zini Xudo tomonidan havoriy deb tayinlanganligini ta'kidlab, himoya qilyapti? Qachonki masihiy Xudo inoyati haqidagi xushxabarni va'z qilsa, birinchi navbatda dushmanlar uning ta'limotiga hujum qiladi. Biroq ta'limot Xudoniki bo'lgani uchun ular unga qarshi tura olmaydilar. Bunga misol qilib Stefanni aytsak bo'ladi: u bilan ayrim yaxudiylar baxs qilishadi, “biroq uning so'zidagi hikmat va Ruhga qarshi turolmadilar” (Havoriylar 6:10). Keyin ikkinchi navbatda shu dushmanlar Pavlusning o'ziga hujum qiladilar. Ular uni haqiqiy havoriy e'mas deydilar, chunki u Quddusdagi havoriylar bilan yaqinmas va ular unga qo'l qo'yib duo qilishmagan deydilar. Bundan tashqari Pavlus haqida turli xil yolg'onlar va bo'htonlar aytishardi; bunga uning boshqa maktublarida yozgan so'zlari misol bo'la oladi.
Pavlusni boshqa odamlar yubormagan e'di, hamda insoniy tashkilot yoki inson buyrug'i bilan u ish tutmagan e'di. Biroq Pavlusni Ota Xudo xushxabar aytishga yuborgan e'di – mana shu e'ng asosiy masala e'di. Chunki agar odamni boshqa odamlar nimadir qilishga yuborgan bo'lsa, buday odam qiyinchilik va qarshiliklarga ko'p ham chiday olmaydi. Xudo odamni yuborgan bo'lsa, unda Xudoning O'zi unga quvvat beradi va yordam beradi; shuning uchun Pavlus Xudo uning oldiga qo'ygan maqsadlarni Xudo quvvati bilan bajarar e'di. Shu bilan birga Pavlus boshqa odamlar oldida bosh e'gmasdi, ya'ni ularga o'z havoriyligini buysutdirmasdi. Chunki bu havoriylik odamlardan kelmagan, shuning uchun odamlar uni hukm qila olmasdi. U birinchi navbatda Xudoga itoak qilib, Unga bo'ysunardi va Xudoning yo'lida yurardi.
Shu erning o'zida Pavlus Xudo Ota Isoni o'likdan qayta tiriltirganini aytadi; bu shunchaki aytilgan so'zlar e'mas, balki bu Injil Xushxabarining markazi va mag'zidir. Agar xushxabarimiz markazida Iso xochda o'lib, qayta tirilgani bo'lmasa, demak bu Xudoning xushxabari bo'lmay qoladi; biz Xudo xushxabarini albatta aytishimiz kerak. U markaziy mavzu bo'lganligi uchun ham shayton unga qarshi chiqadi. Ko'pgina boshqa din vakillari aynan shu mavzuga, ya'ni Iso qayta tirilgani haqidagi xabarga qarshi chiqadilar. Demak Iso qayta tirilishi xushxabarning asosiy mavzusi e'kan; agar siz shu mavzu borasida to'g'ri savollar berib, shu savollarga Muqaddas Kitobdan javob izlasangiz, Injil Xushxabari nima e'kanligini yanada aniqroq bilib olishingiz mumkin.


1:2-oyat
“shuningdek, men bilan birga bo'lgan hamma birodarlar Galatiya o'lkasidagi Masih jamoatlariga salom yo'llaymiz.”
Galatiyaliklarga 1:1-5 oyatlari shu maktubning so'zboshidir; bu qismda odatda xat kimdan kimga yozilganligi, salomlar va ayrim mahal maktubning asosiy mavzusi aytib o'tiladi.
2-oyatda Pavlus bilan birga yana boshqa birodarlar borligini ko'ramiz. Ayrim paytlari Pavlus maktub so'zlarini o'zi e'mas, balki boshqa birodar yozgan bo'ladi, albatta hamma so'zlarni va fikrlarni Pavlusning o'zi aytib turgan bo'ladi. Yana boshqa paytlari e'sa uning oldidagi borodarlar ayrim voqealarga aniqlik kiritgan bo'lishi mumkin.
Demak, bu maktub Galatiya o'lkasidagi jamoatlarga yozilgan e'kan. Galatiya hozirgi zamondagi Turkiya davlati o'rnida bo'lgan, va Ankara shahri o'sha davrda Galatiyaning ham paytaxi bo'lgan. Xarita:
http://www.ccel.org/bible/phillips/CNM24-Gal.gif
E''tibor bersangiz bu maktub (ayrim boshqa maktublar singari) bitta jamoatga e'mas, balki bir nechta jamoatlarga yozilgan e'di. Ya'ni birinchi jamoat shu maktubni olib, o'zlari o'qib olishar, keyin e'sa odatda o'zlari uchun bir nusxa qilib ko'chirib olishar va keyingi jamoatga shu maktubni jo'natishardi. Bunday narsalarni Pavlus o'z maktublarini jo'natgan kishilar orqali aytar, ba'zi paytlari e'sa maktubning o'zida shu haqda yozar e'di (E'fesliklarga 6:20-21; Kolosaliklarga 4:16).
Pavlusning ko'pgina maktublari qandaydir jamoatdagi yolg'on ta'limotga qarshi yozilgan e'di. Shuning uchun o'sha vaqtdagi va jamoatdagi ahvolni o'rganib, unga Pavlus qanday javob berganini o'rganishimiz kerak; zero shu orqali Xudo Pavlusga bergan inoyat xabarini bilib olamiz. Bu maktublar odatda bir yoki bir-nechta muammoga javob tariqasida yozilgan bo'lib, ular qandaydir mavzu bo'yicha qo'llanma sifatida yozilmagan e'di. Shuning uchun bir maktubdan bir nechta fikr, boshqasidan yana bir-nechta fikr olib, Xudoning inoyat xabari nimadan iboratligini bilib olishimiz mumkin. Shu vaqtning o'zida oyatlarni kontekstdan yulib olish mumkin e'masligini aytish kerak. Masalan Muqaddas Kitobda shunday oyatbor: “Ahmoq o'z qalbida “Xudo yo'q” deb aytdi”. Agar biz shu oyatga asoslanib, Muqaddas Kitobda “Xudo yo'q” degan fikr aytilgan desak, biz bu oyatni kontekstdan yulib olgan bo'lamiz. Chunki bu erda bunday fikr Xudodan e'mas, balki ahmoq kishi yuragidan chiqqanligini ko'ramiz. Demak Kalomni o'qiganimizda kontekstga e''tibor berishimiz kerak.

No comments: