2008-12-30

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:5)

1:5-oyat
Unga abadulabad shon-sharaflar bo'lsin! Omin.
Birinchi oyatlarni hisobga olib, Pavlus Xudoga shon-sharaflar aytyapti. Faqat Xudo ulug'lashga munosibdir. Biz avval Xudo biz uchun qilgan narsalar (najot yo'li, muqaddaslanish rejasi va kelajakad qayta tirilishimiz) uchun hamda hayotimizdagi mo''jizalar, g'aroyib va oddiy hodisalar uchun doim Xudoga shon-sharaf aytishimiz loyiq.
Omin so'zi “shunday (bo'lsin)” degan ma'noni bildiradi.

Galatiyaliklarga 1:1-5 oyatlar ushbu maktubning so'zboshi e'di; Pavlus shu erda yana ayrim narsalarni aytishi mumkin e'di; masalan Rimliklarga, Korinfliklarga va Filimonga yozgan maktublarida u odamlarni yoki jamoatlarni ma'qullaydi, boshqalarga o'rnak qilib qo'yadi. Lekin bu maktubda Pavlus so'zboshi qismini qisqa qilib, darrov asosiy masalaga o'tdi; keyingi oyatlarda u ularni urishib, o'zining qanchalar hayron bo'lganini bildiradi. Nega u shunchalik qattiq, dag'al va qo'polga o'xshab ko'rinadi? Chunki bu masihiylar Injil xushxabarining asosidan sekin og'ib ketishni boshlagan e'di;buning natijasi juda xavfli bo'lib, ular hatto qutqarilgan holatdan yana e'ski do'zahiy holatga o'tib ketish imkoniyati bor e'di. Shunday qilib, bu masihiylarning abadiyatda qaerda bo'lishlari shubha ostida bo'lib qolgan e'di, shuning uchun Pavlus shunchalik qattiq so'zlarni shu maktubida yozadi.
Shu bilan keyingi oyatlarga o'tamiz.

No comments: