2008-12-14

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:3)

1:3-oyat
Otamiz Xudodan va Rabbimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat ila tinchlik bo'lsin.
Xudoning inoyati va tinchligi Rabbimiz Iso Masih orqali keladi. Ya'ni agar siz Iso Masihni Rabbiy, deb tan olgan bo'lsangiz, faqat o'shanda Xudo sizga inoyatini va tinchligini beradi.
Qisqa qilib aytganda inoyat bu Xudoning bizni e'zgulik bilan qabul qilishi va bizga kerak bo'lgan narsalarni berishidir; ya'ni Xudo bizga O'z solihligini, muqaddasligini, umuman olganda O'zining tabiatini bizga ato qiladi. Bularning hammasi Muqaddas Ruh orqali bizga beriladi va ichimizda saqlanadi.
E''tibor bersangiz biz birinchi navbatda inoyatni qabul qilishimiz kerak va undan keyin tinchlikka e'ga bo'lamiz.
Tinchlik deganda bizda hech qanday muammo bo'lmasligi yoki urush-janjal bo'lmasligi degani e'mas, balki qalbimizda tinchlik bo'lishidir, agar ilgari biz Xudoga manzur bo'lish uchun bezovtalanib harakat qilgan bo'lsak, e'ndi e'sa yuqorida aytilgan inoyat asosida va Isoning xochdagi qurbonligi asosida biz Xudoga manzur bo'lamiz; agar ilgari “e'ndi nima eyman, nima ichaman, nima kiyaman?”, deb xovotir olgan bo'lsak, e'ndi biz bezovtalanmasdan, hamma ishlarimizni Xudoga topshiramiz, chunki U biz uchun g'amxo'rlik qiladi, Xudo bu haqda va'da bergan (Matto 6:25-34).
Tinchlik deganda bu avvalo Xudo bilan dushmanligimiz tugadi deganidir; chunki biz Isoni qabul qilmasimizdan avval Xudoga dushman e'dik va shayton hukmronligi ostida e'dik. Lekin Isoni qabul qilib, biz Xudoga do'st bo'lamiz va o'rtamizda tinchlik hukm suradi.
E''tibor bergan bo'lsangiz inoyat va tinchlik Iso orqali bizga beriladi. Umuman olganda, Xudodan keladigan hamma narsa bizga Iso xochda qilgan ishi asosida beriladi. Iso “Men e'shikman” degan, ya'ni U orqali biz Xudoga yaqinlashishimiz mumkin, shu bilan birga aynan Iso orqali Xudo bizga kerakli narsalarni beradi.

No comments: