2008-12-14

Oxirgi videolar

Oxirgi videolar
Youtube sahifasi joylashtirgan videolarni mana shu manzilda korsangiz boladi:

http://masihiy-muallim.blogspot.com/2008/11/blog-post_1880.html

O'sha videolar matni:

Yutub sahifasida chiqargan videolarimni bu erga ham qo'ydim:
Galatiyaliklarga 5:19-26
Masihiy muallim
http://masihiy-muallim.blogspot.com/
http://masihiymuallim.blogspot.com/
http://www.youtube.com/user/masihiy

Muqaddas Kalomdan soboq
Injildan oyatlar
Galatiyaliklarga 5:19-26

Bashariy tabiatning ishlari ma'lum, chunonchi: fahshbozlik, harom-harishlik, fisq-fujur, butparastlik, jodugarlik, dushmanlik, janjalkashlik, rashk-g'azab, manmanlik, ixtilofchilik, bid'atchilik, hasad, qotillik, ichkilikbozlik, aysh-ishrat va shularga o'xshagan ishlar. Sizlarni oldin ogohlantirgan e'dim, yana ogohlantiryapman: bu kabi ishlarni qiluvchilar Xudo Shohligidan bebahra bo'ladilar.
Ilohiy Ruhning samarasi e'sa -- muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr-toqat, lutfkorlik, xayrixohlik, sadoqat, muloyimlik va ibodir. Bu xislatlarga qarshi biror qonun yo'q. Iso Masihga tegishli bo'lganlar e'sa o'z tabiatini, hirsu e'htiroslari bilan birga, xochga mixlab qo'yganlar. Agar biz Ruh amri ostida bo'lsak, Ruh amri bilan umr kechirishimiz lozim. Shuhratparast bo'lmaylik, bir-birimizdan rashk qo'zg'amaylik, baxillik qilmaylik.



video


Haqiqiy baxtiyorlik
Masihiy muallim
(http://www.youtube.com/user/masihiy)

Xudo inoyati haqidagi xabarni bilib olsangiz, Muqaddas Ruh hayotingizda qanday qilib ishlashni boshlashini bilib olasiz va shunga o'zingiz guvoh bo'lasiz; shu orqali Muqaddas Ruh sizga gunoh ustidan g'alaba beradi. Shu habarni bilib oling hamda boshqa tanish masihiylarga ham sahifam haqida va shu habar haqida gapirib bering. Bir-birimizga dalda beraylik va birga imon tor yo'lida yurishda davom e'taylik!

Matto 5-BOB 1-16-oyatlar

1 Iso talay xaloyiqni ko'rib, toqqa chiqib o'tirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelishdi. 2 Iso ularga ta'lim berish uchun og'zini ochib, dedi:
3 «Ruhan kambag'al bo'lganlar baxtlidir,
Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
4 Yig'layotganlar baxtlidir,
Chunki ular tasalli topur.
5 Beozor bo'lganlar baxtlidir,
Chunki ular er yuziga e'ga bo'lur.
6 Adolatga ochu chanqoqlar baxtlidir,
Chunki ular to'q bo'lur.
7 Rahmdil bo'lganlar baxtlidir,
Chunki ular rahm-shafqat topur.
8 Pokdil bo'lganlar baxtlidir,
Chunki ular Xudoni ko'rur.
9 Tinchlik o'rnatuvchilar baxtlidir,
Chunki ular Xudo o'g'illari deyilur.
10 Adolat yo'lida jabr ko'rganlar baxtlidir,
Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
11 Men tufayli odamlar sizni haqoratlab quvg'in e'tsa, siz haqda yolg'on gapirib fisqu g'iybat qilsa, baxtlisiz! 12 Sevininglar va xursand bo'linglar, chunki sizga osmon mukofoti buyuk. Sizdan avval o'tgan payg'ambarlar ham shunday quvg'in bo'lgan».
13 «Siz -- erning tuzisizlar. Agarda tuz kuchini yo'qotsa, uni yana qanday sho'r qilish mumkin? U e'ndi chiqitga tashlab yuboriladi, oyoq ostida poymol bo'lishdan boshqaga yaramaydi.
14 Siz -- dunyoning nurisizlar. Tog'ning tepasida qurilgan shahar yashirin qololmaydi. 15 Shuningdek, shamni yoqib, keyin idish bilan yopib qo'yishmaydi. Uydagilarning hammasiga yorug'lik bersin, deb uni shamdonga qo'yishadi. 16 Ayni ravishda sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, ular yaxshi ishlaringizni ko'rib, osmondagi Otangizni ulug'lasinlar».


video


Haqiqiy sevgi
Muqaddas Kitob, Injildan oyatlar:

Korinfliklarga yozilgan birinchi maktub, 13-bob, 1-8 va 13 oyatlar

Agar men insonlarning va farishtalarning tillarida gapirsam-u, lekin sevgim bo'lmasa, jaranglaydigan mis cholg'u, yangraydigan zang bo'lib qolaman. Agar bashoratgo'y bo'lsam, agar butun sirlardan voqif bo'lib, har qanday ilmni bilsam, agar tog'larni ko'chiradigan imonga e'ga bo'lsam-u, lekin sevgim bo'lmasa, men hech narsa e'masman. Agar butun er-mulkimni taqsimlab bersam, hatto badanimni yondirishga topshirsam-u, lekin sevgim bo'lmasa, menga hech foydasi yo'q.
Sevgi sabrli va ko'ngilchandir. Sevgi hasad qilmas, kekkaymas, shishinmas. Sevgi beboshlik qilmas, xudbinlik qilmas, achchiqlanmas, kek saqlamas. Sevgi nohaqlikka sevinmas, aksincha, haqiqat ila shod bo'lur. Sevgi har narsani ko'tarar, har yo'lda ishonch hosil qilar, har sharoitda umid saqlar, har narsaga toqat qilar.
Sevgi aslo ado bo'lmas.

E'ndilikda bu uch narsa qoladi: ishonch, umid, sevgi. Sevgi e'sa e'ng a'losidir.



video

E'y Xudo, Sen bilan yaxshi!
Uyg'ur tilida masihiy ashula, o'zbekcha so'zlari bilan.



video

Qadimgi imon qahramonlari
Muqaddas Kitob Injildan oyatlar:

Ibroniylarga 11-bob
1Imon – bu umidvor bo'lgan narsalarning mujassamlanishidir, imon bilan biz ko'rinmaydigan mavjudotga amin bo'lamiz.
2Ota-bobolarimiz imon bilan Xudoning roziligini qozondilar.
3Bizlar imon orqali anglayapmizki, koinot Xudoning kalomi bilan bunyod bo'lgan, ya'ni ko'rinadigan moddalar ko'rinmaydigan voqelikdan vujudga kelgan.
4Imon bilan Hobil Xudoga Qobildan ko'ra yaxshiroq qurbon keltirdi. Hobil imoni tufayli solih kishi deb qabul qilindi. Xudoning O'zi uning bag'ishlovlarini tasdiqlab, undan roziligini bildirdi. Hobil o'lgan bo'lsa ham, imoni orqali hanuz gapiryapti.
5Imoni tufayli Hano'h o'lmay, yuqoriga olindi. U yana topilmadi, chunki Xudo uni yuqoriga olgan e'di. Yuqoriga olishdan oldin Xudo undan roziligini ta'kidlagan e'di.
6Ishonmasdan e'sa Xudoning roziligini topmoqning imkoni yo'q. Kim Xudoga yaqinlashmoqchi bo'lsa, Uning borligiga ishonmog'i lozim, Xudo Uni izlovchilarga mukofot berishiga e''tiqod qilmog'i shart.
7Nuh payg'ambar imonli bo'lgani uchun, Xudo unga kelajakda yuz beradigan hodisalar haqida vahiy yubordi, Nuh e'sa o'z xonadonini qutqarish uchun ixlos bilan kema yasadi. U bu ishi bilan dunyoni mahkum qildi, o'zi e'sa imoni tufayli ahli solih deb qabulga o'tdi.
8Ibrohim payg'ambar ham o'z imoni tufayli Xudoga itoat qildi. Xudo uni chaqirib: “Nasib e'tadigan mamlakatga ket”, - deb buyurganida, Ibrohim qaerga borishini bilmasdan yo'lga tushdi.
9Imon bilan u Xudo va'da bergan erda o'rnashdi, nasib bo'ladigan qut-barakalarning ham vorislari bo'lgan o'g'illari Ishoq va Yoqub bilan birga g'ariblarcha chodirda yashadi.
10U me'mori va quruvchisi Xudo bo'ladigan mustahkam, boqiy shaharni kutar e'di.
11Soro bibi ham imon bilan va'da bergan Xudoning sadoqatiga ishonib, yoshi o'tsa ham, homilador bo'lishga quvvat oldi.
12Shuning uchun ham bir odam, ya'ni qartayib jonsizlashgan Ibrohimdan ko'kdagi yulduzlar va dengiz sohilidagi qum kabi son-sanoqsiz nasl tug'ildi.
13Bu kishilarning hammasi Xudo va'da e'tgan barakalarga e'rishmay, imonli bo'lib olamdan o'tdilar. Barakani uzoqdan ko'rib olqadilar, er yuzida g'aribu musofir e'kanliklarini e''tirof e'tdilar.
14Kimki bunday fikrda bo'lsa, bir vatan izlayotganini ko'rsatadi.
15Agar ular ayrilgan vatanini qumsab qolganlarida e'di, qaytib borishga fursatlari bo'lar e'di.
16Ammo ular yanada yaxshisi, ya'ni samoviy vatanni orzu e'tardilar. Shuning uchun Xudo ularning Xudosi atalmoqdan or qilmaydi. Uning O'zi ular uchun bir shahar hozirlagan e'di.
17Xudo Ibrohimni sinovdan o'tkazayotganida, Ibrohim imon bilan o'g'li Ishoqni qurbonlikka olib bordi. Ha, u Xudodan ma'lum va'dalarni olganiga qaramasdan, yagona o'g'lini bag'ishlamoqchi bo'ldi.
18Vaholanki, Xudo unga: “Sening nasling Ishoq orqali ko'payadi”, - deb va'da bergan e'di.
19Demak, Ibrohim Xudo hatto o'liklarni ham tiriltirishga qodir, degan fikrda e'di. Shuning uchun ham u ramziy ma'noda Ishoqni o'limdan qaytarib oldi.
20Shuningdek, Ishok ham imon bilan o'g'illari Yoqub va E'sovni istiqbollari haqida duo qildi.
21Yoqub e'sa o'layotganida, imon bilan o'g'li Yusufning o'g'illarini bir-bir duo qildi va o'z hassasiga suyangancha Xudoga sajda qildi.
22Yusuf ham olamdan o'tay deganda, Isroil o'g'illarining Misrdan chiqib ketishi to'g'risida imon bilan karomat qildi va o'z suyaklari haqida vasiyat qildi.
23Muso tug'ilganda ota-onasi uni imon bilan yashirishdi. Ular chaqaloqning chiroyli e'kanligini ko'rib, Fir'avnning farmonidan qo'rqishmadi.
24Muso voyaga etgach, Fir'avn qizining o'g'li deb atalishni imon bilan rad e'tdi.
25Gunoh qilib vaqtinchalik huzur-halovat ko'rishdan, Xudoning xalqi bilan azob-uqubat chekishni afzal ko'rdi.
26Masih tufayli haqoratga qolishni Misrning xazinalaridan buyukroq boylik hisobladi, chunki u oladigan mukofotni ko'zlar e'di.
27Fir'avnning g'azabidan qo'rqmasdan imon bilan Misrni tark e'tdi. U ko'rinmas Xudoni ko'rganday, sabot-matonatli bo'ldi.
28So'ngra misrlik to'ng'ichlarni qirgan azroil isroilliklarga tegmasin deb, nabi Muso imon bilan Fisih qurbonini so'ydi va e'shiklarga qon purkadi.
29Imon bilan isroilliklar Qizil dengizdan xuddi quruqlikdan o'tayotgandek kechib o'tishdi. Misrliklar ham o'tishga harakat qilgach, g'arq bo'lib ketishdi.
30Isroilliklar etti kun Erixo shahri devorlari atrofida aylanib o'tgandan keyin, imonlari tufayli devorlar qulab tushdi.
31Imon bilan fohisha Rahoba ham josuslarni do'stona qabul qilib oldi va kofirlar bilan birga halok bo'lmadi.
32Yana nimalar haqida gapiray? Yana Gid'o'n, Baraq, Shim'o'n, Iftah, Dovud, Shomuil va barcha payg'ambarlar haqida hikoya qilishim uchun vaqtim etarli e'mas.
33Ular imon bilan podsholiklarni to'ntardilar, adolatni barqaror qildilar, ilohiy va'dalarga e'rishdilar, sherlarning og'zini bog'ladilar.
34Lovullagan otashni so'ndirdilar, qilich tig'idan qochib qutuldilar, holdan toygan bo'lib quvvatga kirdilar, jangda matonat ko'rsatdilar, begona qo'shinlarni engib daf qildilar.
35Bir necha ayollar o'z marhumlarini tirilgan holda qaytarib oldilar. Boshqalari e'sa a'loroq tirilishga – qiyomatga e'rishish umidida yurib, qutulishni qabul qilmadilar va azobda qolib o'ldilar.
36Yana boshqalari haqoratlar, kaltaklarga chidab, zindonlarda zanjirband bo'lib yotdilar.
37Toshbo'ron bo'ldilar, qiynoqlarga chidadilar, arralab ikkiga bo'lindilar, qilichdan o'tkazildilar. Qo'y va e'chki ko'ni ichida sarson-sargardon kezib, muhtojlik, tanglik, azob-uqubat chekdilar.
38Cho'l-sahrolarda, tog'-toshlarda adashib, g'orlarda, erning kavaklarida faqirlarcha umr kechirdilar. Mana, dunyo ularga munosib e'mas e'di!
39Ularning hammasi ham imoni bor degan tasdiqqa e'ga bo'lsa-da, Xudo va'da e'tgan qut-barakaga muyassar bo'lmadilar.
40Xudo bizsiz kamolga e'rishmasin deb, Xudo biz uchun a'loroq barakalarni ko'zda tutgan e'di.


video

Muqaddas Ruhda yashash
Qanday qilib Muqaddas Ruhda yashash mumkin va gunohli tabiat ustidan g'alaba qozonish haqida oyatlar.

Rimliklarga 8-bob 1-17 oyatlar
1Shunday qilib, Iso Masih ummati bo'lganlarga qarshi e'ndi hech bir mahkumlik yo'qdir.
2Iso Masih ummatiga hayot beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi.
3Inson tabiati ojizligi tufayli Ilohiy Qonun o'zi ham ojiz bo'lib qoldi. Qonun ulgura olmagan ishni e'sa Xudo qildi: U O'z O'g'lini gunohkor insonga o'xshatib olamga yubordi va Uni gunoh uchun qurbonlikka bag'ishladi, shu yo'sin inson tabiatidagi gunohni mahkum qildi.
4Xudo buni, Ilohiy Qonun talablari tabiat amri bilan e'mas, Ruh amri bilan yashayotgan bizlarda bajo bo'lsin, deb qildi.
5Bashariy tabiat amri bilan yashaydiganlar bashariy fikr qiladilar. Ilohiy Ruh amri bilan yashaydiganlar ilohiy fikr qiladilar.
6Bashariy tabiatning murod-maqsadi — o'limdir. Ilohiy Ruhning murod-maqsadi — hayot va tinchlikdir.
7Bashariy tabiatning murod-maqsadi Xudoga dushmanlikdir; chunki bunday tabiat Xudoning Qonuniga itoat qilmaydi hamda qila olmaydi.
8O'z tabiati amri bilan yashaydigan odamlar Xudoga manzur bo'la olmaydilar.
9Xudo Ruhi sizning ichingizda yashayotgani uchun, sizlar e'ndi tabiatingiz amri bilan e'mas, balki Ruh amri bilan yashayapsizlar. Kimki Masihning Ruhiga e'ga bo'lmasa, u Masihniki e'masdir.
10Agar Masih ichingizda e'kan, badan gunoh uchun o'limga mahkum bo'lsa-da, ruh oqlanganingiz uchun hayotdir.
11Chunki Iso Masihni tiriltirgan Xudoning Ruhi sizning vujudingizda yashayapti. Agar Xudo O'z Ruhi qudratida Masihni tiriltirgan bo'lsa, U ichingizdagi o'sha Ruh orqali sizning foniy badanlaringizni ham tiriltirajak.
12Shunday qilib, e'y birodarlar, tabiatimiz amri bilan yashash uchun biz bu tabiat talablari oldida majbur e'masmiz.
13Agar o'z tabiatingizga mahliyo bo'lib yashasangiz, ruhan o'lishingiz muqarrar. Lekin agar bashariy tabiatning qilmishlarini Ruh kuchi bilan o'ldirsangiz, ruhan yashaysizlar.
14Xudo Ruhi bilan boshqariladigan barcha Xudoning farzandidir.
15Chunki sizlar yana qo'rquvda yashash uchun qullik ruhini olmadingizlar, balki o'g'illik Ruhini oldingizlar. Bu Ruhdan ruhlanib, biz Xudoni aziz Ota deb chaqiramiz.
16Xudo Ruhi O'zi bizning ruhimizga qo'shilib, Xudo farzandlari e'kanligimiz haqida guvohlik berib turadi.
17Agar Xudoning farzandlari bo'lsak, farzandlarday meros olish huquqiga ham e'gadirmiz. Xudoning qut-barakalaridan meros ulushi oluvchilar cifatida Masihning vorisdoshlarimiz. Agar biz Masihning azob-uqubatlariga sherik bo'lsak, albatta, Uning ulug' shon-sharafiga ham sherik bo'lajakmiz.

http://masihiy-muallim.blogspot.com/2008/11/blog-post_1880.html

No comments: