2008-01-26

Imon bilan oqlanish

Muqaddas Kalomdan oyatlar
Injil

Galatiyaliklarga yozilgan maktub 5-bob 1-6-oyatlar

Shunday qilib, Masih bizga bergan e'rkinlikni mahkam tutinglar, qaytadan qullik bo'yinturug'ini taqmanglar.
Buni men, Pavlus, sizlarga gapiryapman: agar sizlar sunnat qiladigan bo'lsangizlar, Masih sizlarga foyda qilmaydi.
Xatna bo'ladigan har bir odamga yana ta'kidlab aytaman: u butun Ilohiy Qonunni bajarishga majburdir.
Sizlar: Qonunga amal qilib o'zimizni oqlaymiz, deb Masihdan ajralgansizlar va Xudo inoyatidan mahrum bo'lgansizlar.
Bizlar e'sa Ilohiy Ruhdan umidvor bo'lib, imonimiz asosida oqlanishimizni kutamiz.
Iso Masih yo'lida na sunnat, na sunnatsizlik biron ishga yaramaydi, faqat muhabbat bilan amal qiluvchi imon yaraydi.


No comments: