2008-01-23

Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki...

Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga e'ga bo'lsin.

Xudo olamni hukm qilish uchun e'mas, balki O'g'li orqali qutqarish uchun O'g'lini dunyoga yubordi.

Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam e'sa allaqachon mahkum bo'lgan, chunki u Xudoning yagona O'g'li ismiga ishonmagan.

Ilohiy hukm shundan dalolatdirki, olamga nur kelgan bo'lsa ham, odamlar nurdan ko'ra zulmatni a'lo ko'rdilar; chunki ularning qilmishlari yomonlik e'di.

Kimki yomonlik qilib yursa, nurni yomon ko'radi, yomon qilmishlari fosh bo'lib qolmasligi uchun nurga qarab yurmaydi.

Kimki haqiqat yo'lini tutsa, nurga qarab yuradi, toki Xudoga tayanib qilgan ishlari oshkora bo'lsin.

Yuhanno 3:16-21



No comments: