2008-01-03

Rimliklarga 7-bob

Qonun va gunoh (Rimliklarga 7:1-6)

1Qonunni biluvchilarga so'zim (Pavel Muso Qonuni haqida gapiryapti, biroq bu so'z turli diniy qonunlarga ham taaluqlidir): e'y birodarlar (u imonlilarga gapiryapti), odam tirik e'kan qonun uning ustidan hokim e'kanini nahot bilmasangiz? (kishi qonun bo'yicha yashashga harakat qilganda, qonun uning ustidan hukmronlik qiladi. Ming afsuslar bo'lsinki, muqaddaslanish jarayonida xoch qanday ma'noga e'ga e'kanligini tushunmasdan, juda ko'p masihiylar qonun bajarish orqali Xudo uchun yashashga harakat qilyaptilar. Imonli kishi shuni tushunishi kerak: u faqat ikkita usul bilan Xudo uchun yashashi mumkin, ya'ni inoyat yoki qonun bo'yicha yashashi mumkin. Agar imonli kishi muqaddaslanish jarayonida xochning ma'nosini tushunmasa [zero xoch g'alabaga etaklovchi yagona vositadir], unda u avtomatik ravishda qonun ostida bo'ladi, bu e'sa mag'lubiyatni kafolatlaydi).

2Masalan, e'rli xotin e'ri tirik e'kan, qonun bo'yicha unga bog'liqdir (bu erda Pavel nikoh (turmush) qonunini misol qilib keltiryapti). Lekin e'ri o'lsa, xotin boshi bog'liqlik qonunidan ozod bo'ladi. (ya'ni e'ndi ayol kishi ozod va yana turmush qurishi mumkin).

3Shuning uchun, e'ri tirik xotin boshqa e'rga tegsa, u zinokor sanaladi (bunday holatda Xudoning nazarida ayolning ikkita e'ri bor hisoblanadi; shu misolni keltirish orqali Muqaddas Ruh Pavel orqali bizga buyuk haqiqatni ochib beradi: ko'p masihiylar ruhiy zino qilib yashayaptilar; ular Masih bilan nikohlangan bo'lsalar-da, aslida boshqa xo'jayinga, ya'ni “qonunga” xizmat qilyaptilar; bu juda ham kuchli qiyoslashdir!). Ammo e'ri o'lsa (Iso Masih qonunni butunlay va to'liqligicha bajargani uchun e'ndi qonun o'ldi), xotin qonundan ozod bo'ladi (agar e'r o'lsa, ayol kishi boshqa e'rkakka tegib unga xizmat qilishga e'rkli bo'ladi; Masih Muso Qonunini qoniqtirdi va shuning uchun qonun imonli kishi uchun o'lik, demak qonun imonli hayotida o'rin e'gallamaydi va imonli Masihga xizmat qilishga e'rklidir) va boshqa e'rga tegsa ham, zino qilgan hisoblanmaydi. (e'ndi imonli Masih bilan nikohlangan va qonun oldida hech ham qarzdor e'mas).

4Shunga o'xshab, sizlar ham, e'y birodarlarim, Boshqasiga (Masih haqida gap ketyapti), ya'ni qayta tirilgan Masihga tegib (biz Iso bilan yangi hayot kuchida qayta tirildik, hamda U bizning hamma muhtojliklarimizni o'shanda qondirgani, hozir qondirishi va kelajakda ham qondiraverishini biz aniq tushunib olishimiz kerak; U biz uchun xochda qilga ishini doim e'sda tutib, shuning asosida faqat Isoga nazar tashlaymiz) va Masih badanining bir qismi bo'lib (aniqrog'i: Masih badani orqali biz Ilohiy Qonun oldida o'ldik; bu ibora Masihning xochda mixlangani haqida so'zlaydi, shu ish orqali Iso biz talablarini bajara olmagan qonunni talablarini to'liqligicha qondirdi; Masih buni biz uchun qildi; shunday qilib, qonunni har taraflama bajarish orqali masihiy e'ndi qonun oldida hech ham qarzdor e'mas, faqat Masihga va U xochda bajargan ishi oldida majburiyatimiz bor), Ilohiy Qonun oldida o'lgan hisobidasiz (qonun o'lik e'mas, balki biz qonunga nisbatan o'likmiz chunki uning ta'siriga nisbatan o'likmiz; demak biz qonun orqali Xudo uchun yashashga harakat qilishimiz kerak e'mas degani, qonun deganda Muso Qonuni yoki boshqa odamlarning qonunlari yoki o'zimiz o'ylab topgan qonunlarni nazarda tutyapmiz; biz har qanday qonunga nisbatan o'lik bo'lishimiz kerak). Bu e'sa Xudo yo'lida samarali bo'lishimiz uchundir. (imonli kishi yaxshi meva yoki hosil keltirishi uchun u doimiy ravishda xochga qarashi shart; Masih va xochda qilingan ish hech qachon ajratilishi kerak e'mas; kim-ki shunday qiladigan bo'lsa, u “boshqa bir Isoni” va'z qilyapgan bo'ladi [2-Korinfliklarga 11:4]).

5Zero biz irsiy tabiatimiz amri bilan yashagan vaqtlar (bu erda kishi najot topmagan payti xaqida yoki masihiy kishi gunoh qudratini engish uchun o'z kuchi bilan ya'ni gunohkor tanasi bilan harakat qilgan payti haqida gap ketyapgan bo'lishi mumkin), Ilohiy Qonun oshkor qilgan (qonun ta'sirida gunoh oshkor bo'lib qoladi; qonun shu maqsadda ham berilgan e'di, bunda bu Xudo Qonuni yoki odamlar qonuni bo'lishi mumkin; bu bilan qonun yomon yoki yovuz demoqchimasmiz, chunki qonun yomon e'mas; qonunda g'alaba yo'q, faqat u orqali gunoh va uning jazosi namoyon bo'ladi) gunohkor e'htiroslar (gunohkor tabiat qudrati ostida bo'lish haqida va gunohkor tabiat e'htiroslari haqida gap ketyapti) a'zoyi badanimizda amal qilar va o'lim uchun zamin hozirlar e'di. (imonli kishi qonun bajarish bilan Xudo uchun yashamoqchi bo'lsa, buning natijasi gunoh va mag'lubiyat bo'ladi, zero bu faqat shunday natijaga olib keladi; afsuski ko'pchilik imonlilar aynan shunday yo'l bilan yashayaptilar. Yana qaytarib aytamizki, agar imonli kishi muqaddaslanish jarayonida xoch qanday o'ringa e'galigini tushunmasa, unda u qonun bajarish bilan Xudo uchun yashashga harakat qiladi; hozirgi kunlarda ko'pchilik jamoatlar inoyat ostidamiz, deb o'ylaydilar, lekin aslida ular qonun ostida yashayaptilar, chunki ular xochni tushunmaydilar).

6E'ndi e'sa ilgari bizni bog'lab turgan (ilgari gunoh tabiati bizni bog'lab turardi) Qonun qarshisida o'lib (Masih bilan xochda o'lish orqali qonun uchun ham o'lgan bo'lamiz), Qonundan ozod bo'ldik (qonunning adolatli talablaridan ozod bo'ldik, chunki Masih qonun jazosini to'ladi). Shunday qilib, biz e'ski harfma-harf yo'l bilan e'mas (bu Muso qonuniga oid gaplar; ko'p zamonaviy imonlilar Muso qonuni bilan yashamayapmiz deyishi mumkin, lekin ilgari aytganimizdek, agan imonli kishi muqaddaslanish jarayonida xoch qanday o'rinni e'gallashini tushunmasa, unda u o'sha e'sk qonun ostida yashayotgan bo'ladi), balki yangi Ruh yo'li bilan yurib, Xudoga xizmat qilmoqdamiz. (bu erda inson ruhi e'mas, balki Muqaddas Ruh haqida gap ketyapti; masihiy e'ndi yangi yo'l bilan hayot kechiradi – bu Masihga ishonish va bizning o'rnimizda xochda qilgan ishiga ishonishdan iborat; mana shu doimiy g'alabamizga kafolat bo'ladi).


(davomi bor...)

No comments: