2008-02-03

Muqaddas Ruhda yashash

Rimliklarga 8-bob

Muqaddas Ruhda yashash

1 Shunday qilib, Iso Masih ummati (aslida: “Iso Masihda bo'lganlarga”; Rimliklarga 6:3-5-oyatlarga bog'liq bo'lib, Isoning o'limiga cho'mdirilish, ya'ni xochga mixlanish haqida gap ketyapti) bo'lganlarga (quyidagi ibora ayrim qo'yozmalarda yo'q bo'lsa ham, ko'pgina qo'lyozmalarda matnga kiritilgan va ma'no bo'yicha zid e'mas, mana o'sha ibora: “gunohkor tabiatda e'mas [tabiat amri bilan e'mas], balki Ruhda [Ruh amri bilan] yashayotganlarga”; gunohkor tabiatda yashaganlar gunohga qarshi bo'lgan kurashda o'z shaxsiy kuchi va qobiliyatlariga yoki buyuk diniy tirishishlariga tayanadilar; Muqaddas Ruhda yashayotgan imonlilar e'sa Masihning xochdagi yakunlangan ishiga ishonib yashaydilar, Muqaddas Ruh e'sa faqat shunday ishongan imonlilarda harakat qilib, ularga gunoh ustidan g'alaba beradi) qarshi e'ndi hech bir mahkumlik (ya'ni ayb) yo'qdir.
2 Iso Masih ummatiga (aslida: “Iso Masihdagi” deb yozilgan; Pavlus shu kabi iboralari ishlatganda u doim Masih xochda qilgan ishi haqida so'zlayapgan bo'ladi, chunki Isoning shu ishi oqibatida bunday “hayot” kechirish mumkin bo'ldi) hayot beruvchi (barcha hayot Muqaddas Ruh orqali Masihdan keladi [Yuhanno 16:13-14]) Ruhning (Muqaddas Ruhning qonuni, ya'ni mana shunday yo'l bilan Ruh ishlaydi degani) Qonuni (hozir beriladigan qonun Xudo qonuni bo'lib, abadiy o'tmishda Xudo tomonidan tayyorlangan e'di [1-Butrus 1:18-20]; aynan mana shu qonun Xudo belgilagan g'alaba beradigan tartibdir) meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan (bu ikkita qonun borliq dunyodagi e'ng qudratli qonunlardir; “Iso Masihdagi hayot Ruhining qonuni” “gunoh va o'lim qonunidan” qurdatliroqdir; buning ma'nosi shuki, agar imonli kishi Masihga va xochga ishonmasdan Xudo uchun yashamoqchi bo'lsa, u doim mag'lubiyatga uchraydi) ozod qildi (menga to'liq g'alaba berdi).
3 Inson tabiati ojizligi tufayli Ilohiy Qonun o'zi ham ojiz bo'lib qoldi (qonun ostida bo'lganlar faqat o'z irodalarini ishlatishlari mumkin e'di, bu e'sa hech ham etarli e'mas; shuning uchun ular qanchalik ko'p harakat qilmasinlar baribir qonunni bajara olmasdilar; xuddi shunday qobiliyatsizlik hozir ham mavjud; qandaydir qonunlar tizimi orqali Xudo uchun yashamoqchi bo'lgan kishi mag'lubiyatga uchraydi, chunki Muqaddas Ruh bunday vaziyatda faoliyat ko'rsatmaydi). Qonun ulgura (aniqrog'i: qonun qila olmagan ishni...) olmagan ishni e'sa Xudo qildi: U O'z O'g'lini (insonning nochor ahvoli haqida gap ketyapti, inson o'zini qutqara olmasdi, hatto oddiy qonunni bajara olmas e'di, va shuning uchun Najotkorga muhtoj e'di) gunohkor insonga o'xshatib (ya'ni Masih haqiqiy inson bo'lib, O'zida umuman gunoh bo'lmasada, tashqi qiyofasi bo'yicha gunohga mubtalo bo'lgan tanaga o'xshash shaklda kelgan e'di) olamga yubordi va Uni gunoh uchun (gunoh jazosini to'lab, uning kuch-qudratini buzib, gunohga qul bo'lganlarni qutqarib ularni muqaddasladi) qurbonlikka bag'ishladi, shu yo'sin inson tabiatidagi gunohni mahkum qildi (Iso gunoh uchun O'zining komil tanasini qurbonlik qilib bag'ishladi va gunoh kuch-qudratini barbod qildi, shu orqali biz e'ndi tanamizda gunohni enga olamiz; buning barchasi xoch vositasi orqali amalga oshirildi).
4 Xudo buni, Ilohiy Qonun talablari (biz faqat Iso Masihga va biz uchun xochda qilgan Iso ishiga ishonish orqali Qonun bizda to'liq amalga oshadi) tabiat amri bilan e'mas (o'z kuchimiz va qobiliyatimiz bilan e'mas), Ruh amri bilan yashayotgan (aslida “yashayotgan” so'zi e'mas “yurayotgan” yoki “qadam bosayotgan” so'zi ishlatilgan; shu “qadam bosish” degani, qanday yashashimizni yoki qanday hayot kechirayotganimizni bildiradi; biz ishonchimizni Masihga va xochga qaratsak, Xudo bizga beradigan hamma narsalar xoch orqali kelishini tushunib, ishonchimizni xochga qaratsak - o'shanda Muqaddas Ruh ichimizda qudrat bilan harakat qila oladi va bizda Ruh mevasini paydo qiladi; “Ruh amri bilan yashash”ning asl ma'nosi shudir!) bizlarda bajo bo'lsin, deb qildi.
5 Bashariy tabiat amri bilan yashaydiganlar bashariy fikr qiladilar (Masih xochiga ishonmasdan Xudo uchun yashashga harakat qilayotgan imonlilar haqida gap ketyapti). Ilohiy Ruh amri bilan yashaydiganlar ilohiy fikr qiladilar (istisnosiz faqat Masihga va xochga ishonadigan imonlilar haqida gap ketyapti; bunday imonlilar Muqaddas Ruh irodasini va xohishini bajaradilar, shuning o'zigina g'alabani keltiradi).

davomi bor...

No comments: