2008-07-12

Xudoga qarshi aytilgan kufr

“Farziylar buni e'shitishgach: «U ins-jinslarning boshlig'i – iblisning kuchi bilangina jinlarni quvib chiqaryapti-ku», – dedilar.” (Matto 12:24).

Xudo qudratini yovuz ruhlarga tegishli, deb aytish – Xudoga qarshi aytilgan kufrdir. Muqaddas Ruhga qarshi aytilgan kufr hamma kufrlardan e'ng yomonidir, zero buning uchun kechirim yo'qdir.

Iso erda bo'lgan paytda farziylar Isroilda diniy ulamolar (boshliqlar) bo'lishgan e'di. Ular Iso amalga oshirgan shifolashlar va mo''jizalarni inkor e'tisholmasdi, hamda U so'zlagan xabarga qarshi hech narsa aytolmasdilar. Shuning uchun ular Iso ko'rsatgan kuch-qudrat Muqaddas Ruhga e'mas, balki shaytonga tegishli, deb ta'kidlashardi. Shunday qilib ular Muqaddas Ruh qilgan ishlarni shayton qildi, deyishardi. Mana shu Muqaddas Ruhga qarshi qilingan gunohdir (kufrdir) (Matto 12:24-32).

Muqaddas Ruhga kufr qila oladigan ikkita guruh odamlar mavjud: birinchisi, Iso Masihni bir paytlari tanigan va keyinchalik Rabbimizdan yuz o'girgan odamlar, ikkinchi guruh e'sa mana shu farziylarga o'xshagan diniy peshvolardir. Isoni hech qachon tanib-bilmagan kishi, o'zini dindorman, demagan kishi Muqaddas Ruhni kufr qila olmaydi, chunki bu kishida bunaqa qilish uchun etarli bilim yo'q.

Mana shu farziylarga o'xshab Muqaddas Ruhni kufrlaydigan odamlar e'sa Masihning oldiga kelishni umuman istamaydilar va Muqaddas Kitob bo'yicha yashashni xohlamaydilar. “Kishi Isoning oldiga kelishni istaydi-yu, biroq Muqaddas Ruhga qarshi kufr qilganman, deb o'ylab Unga yaqinlasha olmaydi”, degan fikr noto'g'ri va Muqaddas Kitobga qarshi bo'lgan fikrdir. Chunki insonda Rabbimizga yaqinlashish istagi bor bo'lsa, bu istakni Muqaddas Ruh unda hosil qilgan bo'ladi. Agar insondan umid umuman yo'q bo'lganda e'di, Muqaddas Ruh uning ichiga bunday istakni solmagan bo'lardi.

Bu katta ahamiyatga e'ga bo'lgan mavzu bo'yicha so'zlashganda, ayrim kishilardan havotirdaman, zero ular Muqaddas Ruh chindan ham sodir qilgan narsalarni (masalan noma'lum tillarda gapirish va hakazo) shaytondan kelgan deyishadi. Bunday e'htiyotsizlik bilan aytligan so'zlardan qo'rqish kerak.

“Shuning uchun sizlarga aytaman [Iso juda qo'rqinchli mavzu haqida so'z ochyapti]: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi [albatta agar imonli kishi mos ravishda Xudoga gunohlarini e''tirof e'tsa (Yuhannoning birinchi maktubi 1:9)]. Lekin Muqaddas Ruhni kufr qilganlar kechirilmaydi.” (Matto 12:31).

No comments: