2008-07-21

Xudodan tilaganimizni olish

“Iso: – Bolalardan nonni olib itlarga tashlash yaxshi e'mas, – degan javobni qaytardi. Ayol: – Xuddi shunday, Hazrat, lekin itlar ham xo'jayinlarining dasturxonidan tushgan ushoqlarni eydilar-ku! – dedi. Iso buni e'shitib, ayolga: – E'y ayol, sening ishonching buyuk, sen tilagandek bo'lsin, – dedi. Ayolning qizi e'sa o'sha zahoti sog'ayib ketdi.” (Matto 15:26-28).

Yuqoridagi oyatlarda berilgan soboq juda ham ajoyib! Majusiy ayol Isoning oldiga kelib, o'z qiziga shifo so'raydi.

Xudo Isroil xalqi otalariga (Ibrohim, Ishoq va Yoqub) bergan va'dasini bajarish maqsadida Iso Masih sunnat ahli (yahudiylar) oldiga xizmat qilish uchun kelgan e'di, shuning uchun Unga “Dovud o'g'li”, deb murojaat qilgan mana shu majusiy ayolning iltijosiga U e''tibor bermadi. Itoatkorlik achinishdan ustun kelishi kerak. Inson sifatida Iso “yuborilgan” e'di, demak U xizmatkor e'di, ya'ni Xudo Unga ko'rsatmagan narsasini U qilmasdi. Shu bilan 23-oyatdagi sukutni tushuntirsa bo'ladi: “Lekin Iso unga bir og'iz so'z ham javob bermadi.”

Yuqorida aytganimizdek, bunga sabab bor e'di, shunday qilib Iso boshqa yo'l bilan so'zlaydi. U o'sha ayolga shunday deydi: “Bolalardan nonni olib itlarga tashlash yaxshi e'mas.”

Ayol kishining Unga bergan javobi ibratomuz e'di. U shunday dedi: “Xuddi shunday, Hazrat, lekin itlar ham xo'jayinlarining dasturxonidan tushgan ushoqlarni eydilar-ku!”

Bundan oldin bu ayol Isoni “Dovud o'g'li” deb atagan e'di, lekin Iso bunday murojaatga javob bera olmas e'di, chunki bu ayol majusiy e'di. E'ndi e'sa bu ayol Isoni “Hazrat” yoki aniqrog'i “Rabbiy” deb aytdi. Xudo sifatida e'sa Iso bemalol harakat qila oladi; ayol ishonch bilan Xudo inoyatiga keltirgan muhtojligiga e'ndi Iso inoyat bilan javob bera olardi. Aks holdi, U Xudo sifatida O'z fe'l-atvori va tabiatidan voz kechgan bo'lardi.

Shu ayol kishining “Rabbim, menga yordam ber” degan iltijosi, uning birinchi marta aytgan iltijosidan ming marta yaxshiroq e'di. Biroq u o'zini itman, deb tan olganidan keyingina u so'ragan narsasiga e'rishdi. Ya'ni inson o'zini hech narchaga yaroqsiz va gunohkor, deb tan olmasa, u Xudodan yordam va najot olmaydi. Xuddi shunday tarzda soliqchi ham Xudoga “Yo Xudo, men gunohkorga rahm qil!” deb murojaat qilgan e'di (Luqo 18:13).

Gunoh va shayton qudratidan ozod bo'lish “ushoq” bo'ladigan bo'lsa, unda butun non qanchalar buyuk bo'lar e'kan-a!

No comments: