2008-07-05

Iso nimaga hayron qoldi?

“Iso buni e'shitgach hayron qoldi. Orqasidan e'rgashib kelayotganlarga: – Sizlarga chinini aytayin, – dedi, – Men bunchalik buyuk ishonchni Isroilning biron joyida ham topmadim.” (Matto 8:10).


Yuzboshi Rabbimiz Masihning oldiga kelib, Undan o'z xizmatkoriga shifo berishni iltimos qiladi; uning xazmatkoir e'sa “shol bo'lib g'oyat qiynalib” yotgandi. Masihning javobi o'sha zahotiyoq yangradi, “Men borib uni sog'aytiraman”. Yuzboshi javobi bilan Isoni hayron qoldirdi: “Kulbamga oyoq bosishing uchun men munosib e'masman. Sen birgina so'z aytsang bas, xizmatkorim sog'ayib ketadi”.

Bu kishining aqlu-zakovatiga besh ketsa bo'lardi. Uning aytishicha, unga Rim imperatori qudrat bergani tufayli uning askarlari unga bo'ysunishga majbur e'di; xuddi shunday tarzda Isoda Xudoning qudrati bo'lgani uchun kasallik Unga bo'ysunishga majbur e'di. Albatta bu kishi to'g'ri so'zlagan e'di!

Iso uning gapini e'shitib “hayron qoldi”. Muqaddas Kitobda faqat ikkita oyatda Iso hayron qolganligi haqida yozilgan: mana shu majusiy “ishonchi” va yahudiylarning “imonsizligi”ga Iso hayron qolgan e'di (Mark 6:6).

Iso bundan keyin “Sizlarga chinini aytayin, Men bunchalik buyuk ishonchni Isroilning biron joyida ham topmadim,” dedi. Shu orqali Isoni majusiylar qabul qilishi, yahudiylar e'sa Uni qabul qilmasligini ko'rsak bo'ladi. Shundan keyin Iso yuzboshining iltijosini bajo keltirdi. Iso unga “Bor, sen ishonganingdek bo'lsin” dedi.

Bundan keyin Muqaddas Kitobda yozilgan ajoyib so'zlarni tinglang: “Yuzboshining xizmatkori e'sa o'sha zahoti sog'ayib ketdi”.

Iso Masih ko'rsatgan bu buyuk mo'jiza bizga shuni ko'rsatadiki, Rabbimiz bizdan “ishonch”ni talab qilar e'kan.

Biroq quyidagini tushunib olish kerak:

Isoning o'limi va qayta tirilishidan avval ishonch faqat Masihda bo'lishi kerak e'di, buning sabablari hammaga ravshan bo'lsa kerak. E'ndilikda e'sa Iso xochda qilgan ishi taraxiy fakt (sodir bo'lgan hodisa) e'kan, Masih – manbaimiz, xochda qilingan ish e'sa shu manbaga e'ltadigan vosita e'kanligini tushunib olishimiz kerak. Ana o'shanda bizning ishonchimiz (imonimiz) Xudo tomonidan e''tiborga olinadi.

No comments: