2008-04-03

Gunoh va gunohkor tabiat haqida

Gunohkor tabiat haqida
Muqaddas Kalomni o'qigan har bir kishiga ma'lumki, inson gunoh qilgan va gunohkor hisoblanadi. Biz gunohkor bo'lganimiz uchun (ya'ni ichimizda gunoh tabiati bo'lgani uchun) gunoh qilamiz. Demak, biz hali gunoh qilib ulgurmasak ham allaqachon gunohkormiz; shuning uchun biz o'limga mahkummiz.

“Menda, ya'ni irsiy (ya'ni bashariy tanamda) tabiatimda yaxshi narsa yo'qligini aniq bilaman. Yaxshilik qilish istagi dilimda bor bo'lsa-da, uni ro'yobga chiqarishga kuchim etmaydi” (Rimliklarga 7:18).

Shunday qilib muammo nima e'kanligini bilib oldik: inson ichida gunoh tabiati mavjud bo'lib, uni o'limga mahkum qiladi. Inson bu muammoni hal qila olmaydi, faqat Xudo bunga qodirdir, faqat butun dunyo E'gasi insonga e'rkinlik bera oladi.

“Inson tabiati ojizligi tufayli Ilohiy Qonun o'zi ham ojiz bo'lib qoldi. Qonun ulgura (aniqrog'i: qonun qila olmagan ishni...) olmagan ishni e'sa Xudo qildi: U O'z O'g'lini gunohkor insonga o'xshatib olamga yubordi va Uni gunoh uchun qurbonlikka bag'ishladi, shu yo'sin inson tabiatidagi gunohni mahkum qildi. Xudo buni, Ilohiy Qonun talablari tabiat amri bilan e'mas, Ruh amri bilan yashayotgan (yurayotgan yoki qadam bosayotgan) bizlarda bajo bo'lsin, deb qildi.” Rimliklarga 8:3-4

Gunoh va gunohkor tabiatdan ozod bo'lib yashash mumkin; buning iloji bor. Inson o'z kuchi bilan bunga e'risha olmaydi; ya'ni insonga buning iloji yo'q. Lekin inson uchun iloji bo'lmagan joyda Xudoga iloji bor; ya'ni Xudo odam ichida harakat qilib, shunday e'rkinlikni bera oladi. Odam o'z qobiliyati yoki qilgan ishiga ishonmasa, balki Isoning xochda qilgan ishi orqali Xudo uning ichida shuni amalga oshirishiga ishonsa – shu e'rkinlikka va ozodlikka e'rishadi.

“Shunday qilib, Iso Masih ummati bo'lganlarga qarshi e'ndi hech bir mahkumlik yo'qdir. Iso Masih ummatiga hayot beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi.” Rimliklarga 8:1-2

No comments: