2008-03-25

Rimliklarga 8:6-13

Qiyoslash
6 Bashariy tabiatning murod-maqsadi - o'limdir (aslida “bashariy tananing ongi (fikri-zikri) o'limdir” deb yozilgan; bu erda, ko'pchilik odamlar o'ylagandek, televizorni haddan tashqari ko'p ko'rish haqida gap ketmayapti, balki Xudoning belgilagan tartibiga aks holda Xudo uchun yashashga harakat qilish haqida gap ketyapti; buning natijasida kishi gunohga botadi va Xudodan ajraladi). Ilohiy Ruhning murod-maqsadi - hayot va tinchlikdir (Xudoning belgilagan tartibi xochdir, ya'ni xochda amalga oshirilgan ishdir; o'sha xochdagi yakunlangan ishga biz doim ishonch ko'rsatishimiz kerak, shu Muqaddas Ruhning yo'lidir).
7 Bashariy tabiatning murod-maqsadi Xudoga dushmanlikdir (yana qaytaraylik, bu erda xochdan tashqari holda Xudo uchun yashashga harakat qilish haqida gap ketyapti, bu e'sa kishini “Xudoga dushman” qilib qo'yadi); chunki bunday tabiat Xudoning Qonuniga itoat qilmaydi hamda qila olmaydi. (oddiy qilib aytsak, nimaiki qilinsa ularning hammasi Xudo belgilagan tartibida bo'lmaydi, bu tartib e'sa xochda amalga oshirilgan ishdir).
8 O'z tabiati amri bilan yashaydigan odamlar Xudoga manzur bo'la olmaydilar. (bu erda imonli kishi masihiylik hayotini Masihga va xochga ishonish orqali e'mas, balki boshqa yo'llar bilan yashamoqchiligi haqida gap ketyapti).
9 Xudo Ruhi sizning ichingizda yashayotgani uchun (aslida “Xudo Ruhi sizning ichingizda yashayotgan bo'lsa” deb yozilgan; agar siz chindan ham najot topgan bo'lsangiz), sizlar e'ndi tabiatingiz amri bilan e'mas (boshqacha qilib aytganda “siz e'ndi masihiy bo'lib, bashariy tanaga tayanmayapgan e'dingiz, nima uchun unda yana qaytib bashariy tanaga murojaat qilyapsiz?” demoqchi), balki Ruh amri bilan yashayapsizlar (masihiy sifatida e'ndi Muqaddas Ruh sizni etaklaydi va sizga kuch-qudrat beradi, shu imtiyoz sizga berilgan; biroq Ruh hayotimizda harakat qilishining yagona sharti: biz Iso Masih yakunlagan ishiga ishonishimiz kerak). Kimki Masihning Ruhiga e'ga bo'lmasa, u Masihniki e'masdir. (Pavlus, xochda Masih qilgan ishi va Uning qayta tirilishi asosida Muqaddas Ruh hayotimizda ishlashi mumkin bo'ldi demoqchi).
10 Agar Masih ichingizda e'kan (Iso Muqaddas Ruhning shaxsi va qudrati orqali ichingizda yashaydi [Galatiyaliklarga 2:20]), badan gunoh uchun o'limga mahkum bo'lsa-da (aniqroq tarjima: “tana gunoh uchun o'lik”; odamzod gunohga botgani uchun e'ndi tana kuchsiz bo'lib qolgan; shuning uchun masihiy o'z irodasi bilan gunohga qarshi kurashmoqchi bo'lsa - u hech narsaga e'rishmaydi), ruh oqlanganingiz uchun hayotdir (faqat Muqaddas Ruh bizni o'zgartirishi mumkin, ya'ni biz o'z kuchimiz bilan bunga e'risholmaymiz; yana qaytaraylik, Masihning yakunlangan ishi asosida Xudo shu ishlarni ichimizda amalga oshiradi).
11 Chunki (aniqroq tarjima: Agar... yashayapgan e'kan,...) Iso Masihni tiriltirgan Xudoning Ruhi (Muqaddas Ruh) sizning vujudingizda yashayapti (Iso Masih haqiqiy masihiy ichida yashaydi). Agar Xudo O'z Ruhi qudratida Masihni tiriltirgan bo'lsa, U ichingizdagi o'sha Ruh orqali (Masihni o'likdan tiriltirgan Muqaddas Ruh orqali xuddi shunday kuch-qudrat ichimizda bor, xochdagi ish va xochdagi Qurbonlikka bo'lgan ishonchimiz asosida shu kuch bizga beriladi) sizning foniy badanlaringizni ham tiriltirajak (g'alab qilib yashashimiz uchun foniy badanimizga kuch beradi).
12 Shunday qilib, e'y birodarlar (ya'ni Pavlus masihiylarga murojaat qilyapti), tabiatimiz amri bilan yashash uchun (“tabiat amri bilan yashash” iborasi bizning ishlarimizga taaluqli, lekin Xudo bularni hech qachon qabul qilmaydi va ishlarimiz bizga hech qachon g'alaba berolmaydi, faqat mag'lubiyat beradi) biz bu tabiat talablari oldida (o'z qobiliyatimiz oldida biz qarzdormasmiz, ya'ni qobiliyatimiz bizga najot berolmaydi ham, g'alaba ham berolmaydi) majbur e'masmiz (Iso Masih biz uchun xochda qilgan ishi oldida biz majburmiz).
13 Agar o'z tabiatingizga mahliyo bo'lib yashasangiz (aniqroq tarjima: “Agar o'z tabiatingiz amri bilan yashasangiz”; o'z kuchingiz va qobiliyatingiz bilan yashasangiz, bu e'sa Xudo belgilagan tartibga qarshi), ruhan (“ruhan” so'zi yunon matnda yo'q) o'lishingiz muqarrar (g'alabakor, masihiy hayot kechira olmaysiz). Lekin agar bashariy tabiatning qilmishlarini Ruh kuchi bilan (Muqaddas Ruh kuchi bilan) o'ldirsangiz (buni e'sa faqat Muqadas Ruh amalga oshira oladi), ruhan yashaysizlar (g'alaba qilib yurasiz; Muqaddas Ruh faqatgina Masihning xochdagi ish asosida ishlashini e'sdan chiqarishimiz kerak e'mas; demak biz ishonchimizni Masih xochiga qaratishimiz kerak va shu bilan Ruhga ichimizda ishlashga yo'l berishimiz kerak).

No comments: