2008-04-14

Najot topish shartlari

Najot topish shartlarini bilib olish uchun biz Muqaddas Kalomga murojaat qilamiz. Keling birinchi Rimliklarga 10:9-13-oyatlarni o'qiylik, keyin shu oyatlar haqida so'zlashamiz.
Agar sen Isoni Rabbim deb, og'zing bilan ochiq iqror e'tsang va Xudo Uni tiriltirganiga chin yurakdan inonsang, najot topasan. Chunki oqlanish uchun yurak bilan e''tiqod qilmoq, qutulish uchun og'iz bilan iqror bo'lmoq lozimdir. Tavrotda yozilganiday: «Unga e''tiqod qilgan hech kimsa uyatga qolmas». Bu masalada yahudiy bilan g'ayridin orasida farq yo'qdir. Xuddi o'sha Rab - hammaning Rabbidir. Ismini chaqirganlarning hammasi uchun U e'hsonga boydir. Chunki «Rabbimiz ismini chaqiradigan har bir kishi najot topur»

Demak najot topish uchun ikkita shart bor e'kan: buning birinchisi Iso Masihni Rabbim yoki Xo'jayinim, deb tan olish va ikkinchi sharti Iso qayta tirilganiga ishonishdir. Shu ikkala shart birgalikda bajarilishi kerak, aks holda kishi najot topmaydi.
Iso qayta tirilganiga ishonish - shu bilan siz Iso chindan ham shu erda yashagani va xochda biz uchun qayta tirilganiga ishonch bildirasiz. Chunki agar Iso qayta tirilmaganiga ishonsangiz, demak hozir Uni o'lik deb e''lon qilgan bo'lasiz; agar siz uchun Iso o'lik bo'lsa U siz uchun hech narsa qila olmaydi.
Iso Masihni Rabbiy deb tan olish - Rabbiy degani Xo'jayin degani; Isoni Xo'jayin deb tan olish bilan o'zingizni Uning quli deb tan olgan bo'lasiz. Bu juda ham muhim narsa, chunki Isoning quli bo'lish orqali siz shayton quli bo'lishni xohlamasligingizni bildirasiz. Iso e'sa shaytondan kuchliroq va shuning uchun siz Unga murojaat qilib Uni Rabbiy deb tan olsangiz, Iso o'z qullarini O'z uyiga olib keladi. Ya'ni shu orqali shayton qudrati ostidan sizni chiqarib, Xudo shohligiga olib kiradi.
Agar inson najot topmoqchi bo'lsa, mana shu ikkita shartga roiya qilishi kerak, agar shunday qilmasa u najot topa olmaydi.
Masalan, agar kishi Isoni qayta tirilganiga ishonmasa - Isoni o'lgan degan bo'ladi, bunday kishiga Iso yordam bera olmaydi, chunki Xudo inson ihtiyoriga qarshi hech narsa qilmaydi. Mana shu Xudo sevgisi qandayligini ko'rsatadi - Xudo insonni sevgani uchun uning xohishiga qarshi hech narsa qilmaydi; inson sevgisi e'sa boshqa odamni nazorat qilish bilan namoyon bo'ladi.
Agar kishi Isoni qayta tirilganiga ishonsa, biroq Uni Rabbiy deb tan olmasa, u ham najot topa olmaydi. Chunki Isoni Rabbiy deb tan olmagan va Unga qul bo'lishni istamagan kishi, shaytonga qul bo'lib qolaveradi. Zero hamma odamlar gunohkor (osiy banda) bo'lgani uchun shayton qudrati ostida bo'lib, shayton qullari hisoblanadi. Shayton kuchlidir, lekin Iso Masih undan kuchliroq, shuning uchun Iso shayton qullarini olib O'zining qullariga aylantira oladi.
“Agar kuchli odam o'z uyini qurol-yarog'i bilan qo'riqlab tursa, uning mol-mulki bexatar bo'ladi. Ammo undan kuchlirog'i hujum qilib uni engsa, u tayangan barcha qurollarini tortib oladi va o'ljasini istaganga taqsimlab beradi. Kim Men bilan birga bo'lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig'masa, sochadi.” Luqo 11:21-23
Siz kimning shohligidasiz: shaytonningmi yoki Xudoning shohligidami?

No comments: