2008-04-29

Qonun davri va inoyat davri

Ko'pincha ayrim imonlilar Iso Masih kelishidan oldin qonun davri e'di, Iso Masih qayta tirilganidan keyin e'sa inoyat davri boshlandi, deb aytadilar.
"Tavrot Qonuni Muso orqali berilgan e'di, Ilohiy marhamat (ya'ni inoyat) va haqiqat e'sa Iso Masih orqali zohir bo'ldi." Yuhanno 1:17
Bu qisman to'g'ri, lekin bu fikr noto'g'ri xulosaga olib kelishi mumkin. Ya'ni bu noto'g'ri xulosa taxminan shunday ko'rinishga e'ga: ilgari qonun davri bo'lgani uchun E'ski Ahdda inoyat bo'lmagan va e'ndi inoyat davri bo'lgani uchun biz gunoh qilsak ham bizga hech narsa bo'lmaydi, chunki e'ndi Xudo bizga inoyatini ko'rsatadi. Yana qaytarib aytay bu xulosa noto'g'ri.
Gap shundaki Xudo hech qachon o'zgarmaydi; E'ski Ahdda ham Yangi Ahdda ham Xudo inoyatini ko'rsatadi. To'g'ri E'ski Ahd davrida U inoyatini to'liq ko'rsata olmagan, chunki Iso Masih hali xochda o'lib, qayta tirilmagan e'di. Shuning uchun Iso qayta tirilganidan keyin Xudoning inoyati yanada ko'proq darajada namoyon bo'la boshladi.
"Gunoh sizlarga hukmron bo'lmasin, chunki sizlar e'ndi Qonun e'mas, inoyat panohidasizlar. Xo'sh, buyog'i e'ndi nima bo'ladi? Qonun e'mas, inoyat panohida bo'lganimiz uchun gunoh qilaveraylikmi? – Aslo!" Rimliklarga 6:14-15
Shu bilan birga E'ski Ahdda Xudo qanday gunohga munosabatda bo'lgan bo'lsa, hozir ham shunday munosabatda bo'ladi. Ya'ni har qanday gunoh Xudo uchun jirkanchli va marazlikdir; agar imonli kishi Xudo ko'rsatgan yo'l bilan gunohdan tozalanmasa Xudo albatta shu gunoh uchun jazolaydi. Inson gunoh qilsa Xudoning g'azabiga duchor bo'ladi, lekin tavba qilib Isoga va qurbonlikka ishonchini qaratsa Xudoning inoyatiga e'ga bo'ladi.
E'ski Ahdda bunga ko'p misollar bor, bu erda faqat bitta misol keltirmoqchiman - bu Gid'o'n hikoyasidir. Afsuski hali o'zbek tilida bu hikoya chop e'tilmagan, lekin russcha yoki inglizcha tillarni bilganlar bu hikoyani o'qisa bo'ladi: Qozilar 6-8 boblar.
Bu hikoyada Xudo Gid'o'nni ojiz bo'lgani uchun tanlaydi, keyin tosh ustida qilingan qurbonlik asosida unga g'alaba beradi.
(davomi bor...)

No comments: