2008-03-08

Xudodan madad olish

Shohlar birinchi kitobi 30:6“Dovud yomon ahvolda qoldi, chunki har bir odam o'g'illari, qizlari uchun qayg'urar, “Dovudni toshbo'ron qilamiz”, deyishardi. Lekin Dovud o'z E'gasi Xudodan madad oldi.”

Tushkunlik vaqti
Muqaddas Kalomda Dovud Xudo yuragiga (qalbiga) mos odam e'kanligi yozilgan. Shu bilan birga u azoblarga duchor bo'lganligini ham ko'rsak bo'ladi. Shundan o'rnak olib, hatto Xudoni sevadigan imonlilar hayotida og'ir vaziyatlar bo'lishini bilib olsak bo'ladi. Ayrim vaziyatlar o'zimizning noto'g'ri ishlarimiz natijasida sodir bo'ladi. Yana boshqa vaziyatlar e'sa ruhiy qarshilik (ziddiyat) natijasida kelib chiqadi. Hayotimizdagi vaziyatga o'zimiz tushdikmi yoki Xudo shu vaziyatga yo'l berdimi, baribir nima bo'lganda ham shuning natijasida har birimiz yomon ahvolga tushishimiz mumkin. Dovud misoliga keladigan bo'lsak, u ancha vaqtdan beri Xudo irodasidan tashqarida yurgan e'di va shuning natijasida uning odamlari dahshatli mag'lubiyatga uchraydilar. Buning oqibatida Dovudning hatto e'ng yaqin odamlari uni toshbo'ron qilmoqchi bo'ldilar. Biroq Dovud shunday yomon ahvolni engish uchun Xudodan madad oldi.
Yakunlangan ish

Yuqori oyatdagi “madad” so'zi “ushlab olish, ya'ni tutib olish, dadil bo'lish (ko'chma ma'nosi – jasur bo'lish)” ma'nosini bildiradi. Olg'a yurish uchun Dovudga kuch kerak e'di, buning uchun u yuragini qandaydir haqiqatga qaratishi kerak e'di-ki, toki natijada inoyat va quvonch oqimi uning ichida paydo bo'lib tushkunlikni engsin. Imonli dadil bo'lishi uchun qanday haqiqatni tutib olishi kerak? Bu haqiqat – Iso Masihning xochda qilgan yakunlangan ishini tushunishdir. Biz Xudodan hozirgacha qabul qilgan va keyinchalik ham qabul qiladigan hamma narsa aynan Masih biz uchun xochda qilgan ishi natijasida keladi. Masih xochda “Amalga oshdi”, deganida, har bir masihiy kishiga to'liq farovon hayot uchun kerak bo'lgan barcha narsalarni etkazib beraman, deb va'da qilgan e'di. Yomon ahvolda bo'lganimizda Iso xochda biz uchun nima qilganini bilishimiz juda katta ahamiyatga e'ga, chunki shuni bilish orqali tushkunlik, g'am-azob yoki qayg'uni engishimiz mumkin. Biz yosh bolalar kabi Isoning xochdagi ishiga ishonsak, Xudo bizga qarshi e'mas, balki biz tarafimizda e'kanligini bilamiz. Agar Xudo biz uchun bo'lsa, unda kim (yoki nima) bizga qarshi chiqa olar e'kan?

O'tmishdagi g'alabalar
Xudo bilan hayotingiz tarixini ham e'slab, shundan dadillik olsangiz bo'ladi. Qanday masihiyni uchratmasam ham, ularning hammasi hayotlarida Xudo qanday qilib etkazib bergani va Uning sodiqligi haqida guvohliklar aytishadi. Xudo ilgari nima qilgan bo'lsa, hozir ham xuddi shunday ishlarni qiladi. Xudovand sizni shu ergacha etaklab kelib e'ndi tashlab ketmaydi! Qalbingizda ilgari Xudo qanday qiyin vaziyatlardan sizni chiqarganini e'slang.

Xudoni madh e'ting!
Tushkunlik vaqtida madh e'tish qiyin bo'lib tuyulishi mumkin, biroq har bir masihiy uchun madh qilish juda kerak quroldir. Madh qilish yoki ulug'lash ishonch bilan amalga oshiriladi. Bunda biz Xudoimiz kimligini va nima qila olishini tan olamiz. Hayotimizda nima sodir bo'layotgan bo'lishiga qaramasdan, butun dunyoni yaratgan Xudo bizning sharaflarga munosib e'kanligini e'slaymiz. U bizga najot berdi, bizni qo'riqlab kelyapti, O'z inoyati va bilimi bilan etaklab keldi va qancha vaziyatlarga madad berdi. U madhiyalarga sazovordir! Demak madh qilish ishonch bilan amalga oshirilar e'kan. Tushkunlikka tushganingizda og'zingizni ochib, Xudo hayotingizda qilgan, qilayotgan va qilaman, deb va'da qilgan hamma yaxshi ishlari uchun Unga madhlar ayting. Najot uchun va shuning natijasida sizga ko'rsatilgan e'zguliklar uchun Unga shukur ayting! Iso Masih uchun Xudoga madhlar ayting!

Xulosa
Dovud yomon ahvolda bo'lganida u yuragida shu haqiqatlarni tutib olgan e'di, deb ishonaman. Albatta, u o'sha davrda Iso Masih ismini bilmagan e'di, lekin kelg'usi Najotkor va Uning qurbonligiga ishonch orqali o'sha davrda ham Xudo inoyat ko'rsatishini u tushunar e'di (Zaburning 50-sanosi bunga dalil bo'la oladi). E'ndi siz qiyin ahvolga tushganingizda yuqoridagi so'zlarimizni e'slang. Shunda tushkunlikka tushmasdan, yaqinda qaytib keladigan Xaloskoringizni qutib yuqoriga qarab yurasiz!

No comments: