2008-03-21

Xushxabarning mag'zi – xochga mixlangan Masih

Korinfliklarga yozilgan birinchi maktub

2-bob


Haqiqiy donolik va hikmat

1 E'y birodarlar, men sizlarning oldingizga Xudoning payg'omini (payg'om = shohidlik; bu payg'om yoki xabar Iso Masih va Uning xochda mixlanganidir) e''lon qilgani kelganimda, so'zamollik va bilgichlik (donolik) niqobi ostida kelmadim (ya'ni Pavlus ustalik bilan va'z qilish qobiliyatiga tayanmadi, hamda o'sha davrda juda avjiga chiqqan filosofiyaga murojaat qilmadi).

2 Orangizda e'kanman, Iso Masihdan va Uning xochga mixlanganidan (gunohkorga najot beradigan, asirni ozod qiladigan va masihiyga doimiy g'alaba beradigan xabar mana shudir va bundan boshqa qutqaruvchi xabar yo'qdir) boshqa hech narsa bilmaslikka qaror qildim (Pavlus Xushxabarni va'z qilganda dunyoviy bilim va filosofiga tayanmaslikni o'ziga atayin maqsad qilib qo'ygandi).

3 Oldingizga zaiflik (butunlay Xudoga tobeligi haqida gapiryapti) va qo'rquv (xoch xabarini noto'g'ri va'z qilishdan qo'rquv) hissi hamda katta qaltiroq bilan keldim (u va'z qilayotgan xabarning qanchalik muhimligini va o'zining noloyiqligini tushunardi).

4 Mening so'zim va va'zim inson zakovatining ishontiruvchiligidan e'mas (inson donoligi hech kimga najot bera olmasligini u bilardi; hozirgi davrdagi masihiylar jamoati shu oyatdan soboq olishi kerak), Xudo Ruhi va qudratidan dalolatdir (shu oyatning aniqroq tarjimasi: “So'zim va va'zimni inson donoligining ishontiruvchiligi bilan e'mas, balki Ruh va qudrat namoyishi bilan etkazdim”; ya'ni, agar xoch xabari to'g'ri aytilsa, imonlilar yuragi va hayotida Muqaddas Ruh nima qilishi haqida bu erda gapirilyapti),

5 toki imoningiz inson hikmatiga e'mas (xoch xabaridan o'zgacha bo'lgan yo'l, xabar), Xudo qudratiga asoslansin (faqatgina Isoning xochda amalda oshirgan ishi asosida shuning iloji bor).

No comments: