2008-02-22

Ishonchni parvarish haqida

“Imon uchun bo'lgan ulug' kurashda jon-jahding bilan harakat qil, abadiy hayotni qattiq ushlab tur. Xudo seni shuning uchun da'vat e'tgan, sen ulug' imonni ko'p guvohlar oldida ochiq tan olgansan.” 1-Timo'tiyga 6:12

“Ulug' kurashda astoydil kurashdim, umr dovonini oshib bo'ldim, imonni saqladim.” 2-Timo'tiyga 4:7

1-Timo'tiy 6:12-oyatda quyidagi ma'nodagi so'zlar yozilgan: “Ajoyib imon kurashida jon-jahding bilan jang qilgin.” Ko'p imonlilar shu oyatni noto'g'ri tushunib, biz demak tanamiz bilan jang qilishimiz yoki kurashimiz kerak, deb o'ylaydilar. Men ham ilgari shu oyatni to'liq tushunmas e'dim. Shu so'zlarni aniq ma'nosini keltiraylik: najot topish uchun biz Iso Masihga va U xochda biz uchun qilgan ishiga (gunohimiz uchun o'lib qayta tirilganiga) ishongan e'dik; e'ndi e'sa shu imonni doim Iso Masihga qaratishimiz kerak va bu e'ng og'ir kurashdir. Demak imon kurashi deganda har doim ishonchimizni Isoga qaratishimizni tushunamiz.

Yuqoridagi ikkinchi oyatda qarasak Pavlus ham umrining oxirida shu haqda so'zlaganini ko'ramiz: “Ulug' kurashda astoydil kurashdim, umr dovonini oshib bo'ldim, imonni saqladim.” 2-Timo'tiyga 4:7. Uning gapi bo'yicha u umrining oxirigacha imonni saqlab qolgan e'di.

E'ndi imon yoki ishonch haqida ozgina so'zlashaylik:

Ishonch yoki imon bizga Xudodan beriladi, ya'ni ishonishimiz uchun Xudo bizga kuch va imkoniyat beradi. Buni U inoyati bilan amalga oshiradi. Keyin biz shu ishonchni (imonni) parvarish qilishimiz kerak. Masalan: tuvakdagi gulni parvarish qilganda biz unga suv quyib turishimiz va quyosh nurlari tushadigan joyga qo'yishimiz kerak. Agar bunday qilmasak gul so'lib, o'lib qoladi. Shunga o'xshagan holda, biz birinchi marta qanday qilib ishonchga e'ga bo'lgan bo'lsak, keyin ham shu ishonchni saqlab qolishimiz kerak. Ya'ni biz najot topganimizda Iso Masihga va U xochda biz uchun qilgan ishiga ishongan e'dik; aynan mana shu asosda biz najot topgan e'dik. Najot topganimizdan keyin ham biz xuddi mana shunday ravishda ishonishda davom e'ttirishimiz kerak. Agar biz shunday qilmasak biz “so'lib” qolib, to'g'ri yo'ldan ozib ketishimiz mumkin.

“Ha, sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu – Xudoning in'omi, sizning yutug'ingiz e'mas. Yana hech kim: Men savob ishlarim tufayli qutulganman, deb maqtanmasin.” E'fesliklarga 2:8-9

Yana bitta fikr: hammamizda ishonch bor, lekin ko'pincha u turli xil narsalarga qaratilgan bo'ladi. Masalan ishonchimizni 100% deb olsak, uning 50% o'zimizga qaratilgan, 25% ota-onamizga va qolgan 25% yana boshqa kimsalar yoki narsalarga qaratilgan bo'lishi mumkin. Biroq, ishonchimizning 100% to'liq Iso orqali Xudoga qaratilgan bo'lishi shart. Bunga e'rishish uchun biz doim ishonchimizni Iso Masihga va U xochda biz uchun qilga ishiga qaratishimiz kerak. Shunday qilib biz ishonchimizni parvarish qilamiz.

Ishonchi kam odam, o'z ishonchini to'liq Isoga qaratmagan bo'ladi, imoni o'sishni xohlagan kishi ishonchini to'liq Isoga qaratishi kerak. Xudo nazarida kishi qilgan ish e'mas, balki ishonchining yo'nalishi ahamiyatga e'ga. Shuning uchun Xudo sodiq, ya'ni ishonchini saqlab qolgan xizmatkorlarini maqtaydi va O'zining hujuriga qabul qiladi.

Oddiy qilib aytganda hamma savollarga javob Iso Masih va Uning xochda mixlanganida topiladi; bu vosita orqali Xudodan hamma narsalarni olamiz. Ya'ni Iso Masihning xochi vosita bo'lsa, Isoning O'zi manbadir. Isodan nimadir olmoqchi bo'lsangiz, faqat xoch vositasi orqali olsangiz bo'ladi. Xoch deganda taxta yoki metaldan qilingan xoch shaklini aytmayapman, balki Iso Masih xochda bizning o'rnimizda o'lgani va shu orqali bizga najot va boshqa narsalar berganligi jarayonini ko'zda tutyapman.

No comments: